folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Har qanday perfeksionistning kayfiyatini ko‘taruvchi 15 surat
Hammamiz ham qisman perfeksionistmiz — sotib olayotgan oddiy pomidorimiz-da ideal ko‘rinishda bo‘lishini xohlaymiz. TravelAsk nashri mualliflari me’morchilikdagi muvozanat va simmetriyaning haqiqiy dahosi bo‘lgan Instagram’dagi bir qator akkauntlardan aqlbovar qilmas suratlarni jamladi.
75
287
Foto
Toshkentda “sayohatchi” havo shari osmonga ko‘tarildi (foto)
21-mart kuni Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida Navro‘z sayillari boshlangani haqida xabar bergan edik. Dasturga muvofiq bugun ham sayillar belgilangan hududlarda davom ettiriladi. E’tiborlisi hozirda Amir Temur xiyobonida havo shari osmonga ko‘tarilishga tayyor. Ushbu havo shari nafaqat mahalliy aholi, balki Samarqand, Buxoro kabi ko‘hna shaharlar uchun ham begona emas. Shuningdek, O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab birinchi havo shari ekspeditsiyasida ham qatnashgan. Eslatib o‘tamiz, xalq sayillari 21-martdan 24-martga qadar soat 12:00 dan 22:00 gacha poytaxtning turli chekkalarida davom etadi.
60
615
Foto
Dunyo siyosatidagi 10 nafar eng go‘zal va obro‘li ayollar (fotogalereya)
AdMe go‘zallik, aql va kuchli xarakter bir kishida uyg‘unlik bilan jam bo‘la olishini isbotlovchi o‘n nafar siyosatchi ayollar bilan tanishtirdi. Ilgari fotomodel va teleboshlovchi bo‘lgan italiyalik siyosatchi. Estoniya Shaxmat ittifoqi prezidenti (2004—2011). Hozir ham ittifoq a’zosi bo‘lib qolmoqda. Livanlik mashhur siyosatchi. Iordaniya qirolichasi, qirol Abdulla II ning rafiqasi. 2007—2015-yillarda Argentina prezidenti bo‘lgan. Isroillik fotomodel, teleboshlovchi va siyosatchi. Kanada Liberal partiyasi a’zosi, 2004—2011-yillarda Kanada Jamoat palatasi tarkibida bo‘lgan. Gretsiya parlamenti a’zosi, milliy mudofaa va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha qo‘mita a’zosi. Amerikalik siyosatchi va Nyu-York shtatidan kichik senator. 2014-yilgacha Braziliyaning inson resurslarini rivojlantirish masalasidagi kotibi bo‘lgan, 2014-yilda kongressga saylangan.
72
871
Foto
Fotogalereya: Ota-ona bo‘lish oson emas
Ota-ona bo‘lish baxt. Ammo shu bilan birga mas’uliyati va qiyin tomonlari ham bor. AdMe mana shunday rasmlarni taqdim etdi. Bolali uy doim shovqin bo‘ladi degan gapni hazil deb o‘ylaganmidingiz?! Nima bo‘lganda ham to‘y quvonarli o‘tdi Bolakay sizning yotog‘ingizda uxlagani yaxshi... Faqat boshida Hamma janjalni mana shu qizaloq boshlab qo‘yganini tushunyapsizmi? Bolaning gazli ichimlikdan ko‘nglini qoldirishning oson yo‘li Tushunsangiz-chi, kichkintoy quvvatga to‘la, lekin siz unday emassiz! Yaxshiyam sutni topmadi Muhimi bolakayning hammayog‘i top-toza Ota-onaning shaxsiy hayoti endi yo‘q, lekin hayot zerikarli bo‘lmaydi Bolangizni siz bilan bir qatorda mushuk ham tarbiyalasa “Dadajon, qarang, noutbukingizni chiroyli qilib qo‘ydim” Ba’zan bolalar qanday o‘tirish kerakligini unutib qo‘yadi Qanday qilib bunday bo‘ldi? Kitobni yuvib qo‘ymoqchi “Oyi, uning o‘zi meni ortimdan keldi” Uyqu joy tanlamaydi Kichkintoy bir o‘zi uxlashni xohlamadi, ammo otasi uning karavotiga sig‘maydi-da Ba’zan bola kimga o‘xshashi yaqqol ko‘rinib turadi Hamma uydagi siringiz oshkor bo‘lishiga ehtiyot bo‘ling: “Oyim divanda o‘tirib, SMS yozadi” View this post on Instagram
39
1,190
Foto
Hayratomuz maskanlar: Shahar shovqinidan qochib ketish istagini uyg’otuvchi so‘lim qishloqlar (foto)
So‘nggi vaqtlarda yashash uchun sokin qishloqlarga ketish megapolis aholisi uchun to‘g‘ri fikrga aylandi. Albatta, texnologiya asri yaxshi, lekin insonni charchatadi. Yaxshiyamki, Yer yuzida hali sayyohlar uchun havosi toza, taomlari tabiiy, go‘zal tabiati va mehribon aholiga ega taniqli maskanlar mavjud. Zaanse-Sxans qishlog‘i, Niderlandiya 60-yillarda mamlakatning turli burchaklaridan ko‘chirilgan hududda atigi 30 ga yaqin uy bo‘lgan. Qo‘y va sigirlar Zaanse-Sxans yaylovlarida o‘tlaydi. Yo‘llarda mahalliy aholi bemalol uylar orasida yuradi va velosipedda sayr qiladi. Qishloq Amsterdamdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Zeriksangiz, poytaxt markaziga borishingiz mumkin. Biburi qishlog‘i, Buyuk Britaniya Bir necha asrlar oldin shoir va rassom Uilyam Morris bu joyni Britaniyaning eng go‘zal maskani deb atagan. Hozirgi kunda bu joy zamonaviy kino ijodkorlari uchun ilhom manbasi bo‘lib kelmoqda. Yunavir qishlog‘i, Fransiya Fransiyaning eng go‘zal provinsiyalaridan biri hisoblangan Yunavir qishlog‘i Reyn viloyatida joylashgan. U yerda atigi 600 kishi yashaydi. Jegv qishlog‘i, Daniya Jegv qishlog‘ida mahalliy aholi velosiped va qayiqlardan boshqa transportdan umuman foydalanmaydi. Shuningdek, 2006-yilgi so‘rovga ko‘ra, qishloq aholisi 49 kishini tashkil etgan. Gitxorn qishlog‘i, Gollandiya Gollandiyaning ushbu qishlog‘i yo‘llar yo‘qligi va faqat kanallar borligi bilan mashhur. Suv havzasi bog‘, ko‘cha, bino va turar joylarni o‘rab turadi. U yerdan biror joyga borish uchun, albatta, qayiqdan foydalanish kerak. Pampaneyra qishlog‘i, Ispaniya Ushbu qishloq 356 kishi aholiga ega va qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan gilamlari bilan mashhur. Umuman olganda, bu joy yolg‘iz qolishni istaydigan va ispan madaniyati bilan tanishishga tayyor bo‘lganlarga yoqadi. Sirakava-go-i-Gokayama qishlog‘i, Yaponiya Uzoq vaqt davomida qishloqning mahalliy aholisi dunyodan yakkalanib yashagan, biroq buning natijasida o‘z madaniyatini saqlab qolgan. Shuningdek, o‘ziga xos arxitektura uslubini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
100
2,060
Foto
Turli mamlakatlarda bemorlar nima yeydi?(foto)
Kasalxonada o‘tadigan vaqt ham, u yerdagi taom ham yoqimli bo‘lmaydi. Shifoxonada berildigan taomlar ishtaha ochar darajada mazali bo‘lmaydi. Shuning uchun bemorlar odatda uyidan keladigan ovqatlarni kutadi. Lekin dunyoning barcha mamlakatlarida ham bunday emas ekan, deya yozadi Travel Ask. Germaniya Estoniya Shvetsiya Massachusets, AQSh Polsha Malvern, Avstraliya Yaponiya Dubay, BAA Jakarta, Indoneziya Buyuk Britaniya Malayziya Fransiya Norvegiya Tokio, Yaponiya Nyu-York, AQSh Kanada
46
504
Foto
“Ishtahaochar niqob”. Yaponiyalik rassom sho‘rva suzilgan kosa shaklidagi himoya vositasini yaratdi (foto)
Yaponiyaning Tokio shahrida yashovchi rassom Takaxiro Shibata ramen sho‘rvasi solingan kosa shaklidagi niqobni yaratdi. Rassom shu tarzda terlab ketadigan ko‘zoynaklar mavzusini kulgi ostiga oldi. “Men dastlab ko‘zoynakni terlatmaydigan niqob yaratmoqchi bo‘ldim, biroq menda yaxshi g‘oya yo‘q edi. Men terlaydigan ko‘zoynakka ko‘nika olamanmi, bunda biror ma’no topa olamanmi, deb o‘yladim va ushbu niqobni yaratdim”, — deydi Shibata. Sho‘rvali kosa namat matosidan tayyorlangan bo‘lib, ichidagi lapsha, baliq, go‘sht bo‘lagi kabi “masalliqlar” loydan yasalgan. Terlaydigan ko‘zoynak shorvani qaynoq taomdek ko‘rsatadi. Rassom kelgusida boshqa yapon milliy taomlar ko‘rinishidagi niqoblarni yaratishni rejalashtirgan.
106
719
Foto
Buxorodagi uylar yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan yodgorliklar ro‘yxatiga kiritildi (fotogalereya)
Butunjahon yodgorliklarni himoya qilish fondi yaqin kelajakda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 25 ta madaniy obyektlardan iborat ro‘yxatni taqdim etdi. Aprel oyida Notr Dam (Bibi Maryam sobori)da kuchli yong‘in yuz bergan va u 12 soat davom etgandi. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv sabab yuzaga kelgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron soborni besh yil ichida qayta tiklashga va’da bergan edi. Uni ta’mirlash uchun dastlabki kunlarning o‘zida besh milliard yevrodan ortiq pul yig‘ilgan. Tusheti milliy bog‘i Gruziyaning shimoli-sharqida joylashgan diqqatga sazovor maskanlardan biri. Faqat bitta avtomobil yo‘li eltadigan mazkur maskanga yilning bir necha oyidagina borish mumkin. Hukumat u yerga yangi yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Fondning ta’kidlashicha, buning oqibatida turistlar oqimi ko‘payib, ekologiyaga jiddiy zarar yetishi mumkin. Bundan tashqari, fond Pasxa orolidagi g‘or rasmlari hozirda to‘g‘ri nazorat qilinmayotganidan xavotirda. Pasxa oroli, Chili Notr Dam, Fransiya Bennerli ko‘prigi, Buyuk Britaniya Pryanik uychalar, Gaiti Mam Rashan dahmasi, Iroq Sardar Vallabxai Patel nomidagi stadion, Hindiston Tusheti milliy bog‘i, Gruziya Inari-Yu jamoat hammomi, Yaponiya Mexikodagi milliy kanal, Meksika Inklarning muqaddas vodiysi, Peru Choyjin-lama ibodatxona muzeyi, Mo‘g‘uliston Kindlerlar butxonasi, Polsha Anarkali bozori, Pokiston Buxoroda joylashgan yahudiylar dahasidagi eski uylar, O‘zbekiston “Ontario Plays” ko‘ngilochar bog‘i, Kanada Kordova markaziyadgi tarixiy uylar, Ispaniya Beard Ears milliy monumenti, AQSh
97
1,569
Foto
Fotogalereya: Sokinlik aks etgan manzaralar
Fotograf Nikolas Shteynberg tumanlar suratlari bilan keng omma orasida mashhur bo‘ldi. Uning aksariyat ishlarida mazkur tabiat hodisasining tushuntirib bo‘lmas sehri va go‘zalligi aks etgan. AdMe mazkur suratkashning sokinlik aks etgan fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi.
43
275
Foto
Foto: Nyu-Yorkda hatto igludagi bir kecha ham 200 dollar turadi
Reklama kompaniyasida art-direktor lavozimida ishlovchi nyu-yorklik Patrik Xorton shaharga yopirilgan qor bo‘ronining foydali tomoni topdi — u iglu (qor-uy) qurib, uni Airbnb’da savdoga qo‘ydi. Meduza’ning yozishicha, Xorton igluda bir kecha tunab qolishni 200 dollarga baholagan. Oradan ko‘p o‘tmay, igluda tunash haqidagi e’lon Airbnb’dan yo‘qoldi — turar-joy sayt talablariga mos kelmagan, chunki unda na elektr ta’minoti, na suv quvurlari va na kirish eshigi bor. #indiastreetigloo pic.twitter.com/xunxUAwxRb — Patrick M. Horton (@patrickmhorton) January 24, 2016 Patrik Xortonning aytishicha, igluni qurish va bu haqdagi e’lonni saytga joylashtirish uchun uch soat vaqti ketgan. #WSU graduate's blizzard creation becomes web hit. Check out what @PatrickMHorton made: https://t.co/B0YeP2T0Il pic.twitter.com/v0Tj06KWKn — Nicolle Tonasket (@NicolleTonasket) January 26, 2016
63
878
Foto
Fotogalereya: Kundalik hayotdagi g‘aroyib ixtirolar
Kundalik hayotni yengillashtirish uchun kishilar turli narsalarni o‘ylab topadi. AdMe ana shunday kishilarning ixtirolariga e’tibor qaratdi.
51
140
Foto
Fotogalereya: Turli mamlakatlardagi boshqa joyda uchramaydigan hayratlanarli narsalar
Har bir mamlakat boshqa joyda uchramaydigan o‘ziga xos jihatlariga ega. AdMe ana shunday jihatlarga e’tibor qaratdi.
85
116
Foto
Kopengagen — velosipedchi uchun haqiqiy jannat (fotogalereya)
Bloger Sergey Dolya Daniya poytaxti Kopengagenga sayohati haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi Travel Ask. Uning qayd etishicha, “Daniya poytaxti — velosipedchi uchun haqiqiy jannat, Moskva tirbandliklarining doimiy ishtirokchisi uchun dahshatli tush”. Chorrahalardagi velosiped yo‘laklari ko‘k rangga bo‘yalgan. Velosipedchilar uchun alohida yo‘nalish tarmog‘i tashkil qilingan, hatto alohida velosvetoforlar ham bor. Xilma-xil — ikki o‘rinli, uch g‘ildirakli, katta “yukxona”li va boshqa velosipedlarda yurishadi. Bolalar o‘tiradigan kabinali velosipedlar ham bor. Velosipedlar uchun maxsus turargohlar bor. Ular ham o‘z navbatida turlicha bo‘lishi mumkin: an’anaviy parkovkalar bilan birga, ikki qavatlilari ham bor. Ikki qavatli turargohdan foydalanishda relsni pastga tushirish, unga velosipedni joylash va yana tepaga ko‘tarib qo‘yish kifoya. Do‘kon va ofislar yonida kichik to‘xtash joylari ham bor. Mehmonxonalar o‘z tashrifchilari uchun firma velosipedlarini tayyorlab qo‘yadi. Shunday ko‘chalar borki, u yerga mototsikl va avtomobillar kira olmaydi, ammo velosipedlar kirishi mumkin. Parking va ijara. Bu yerda elektr velosipedni ijaraga olish ham mumkin. Bu jamoatchilik transportining nisbatan yangi turi bo‘lib, o‘tgan yildagina foydalanish boshlangan. Har bitta velosipedga navigatsiya va xaritasi bo‘lgan yo‘l kompyuteri o‘rnatilgan. Istasangiz, avtomatda yoki pedal yordamida harakatlanish mumkin.
61
1,438
Foto
Xonadonning ta’mirdan keyin qanchalik o’zgarishini o’zida aks etgan suratlar
Gap-so‘zlarga qaraganda, ta’mirlash ishlari hech qachon tugamaydi. Ammo buni rad etadigan insonlar ham yo‘q emas. Isbot sifatida quyidagi suratlarni taqdim etamiz. “Hammomni butunlay boshqacha ko‘rinishda ta’mirladim”. “Men va nihoyat koridorda ta’mirlash ishlarini yakunladim”. “Oshxonamizning bir yil avvalgi va hozirgi surati”. “Men 80-yillar uslubidagi kvartirani shoshilinch tarzda ijaraga olgandim. Bir kuni ertalab bu holatni qayta ko‘rmaslikka qaror qildim”. “Mening kichkinagina shinam studiyam avval va hozir”. “Bizning oshxona ta’mirdan keyin”. “Oshxonani qayta ta’mirlatdik. Umuman olganda, men apelsin rangdan umuman zerikmayman” “Nihoyat yangi uyning mehmonxonasidagi ishlar tugadi”. “9 yashar o‘g‘limning yotoqxonasi ta’mirdan keyin”. Oshxona ta’mirdan avval va keyin. Zamonaviy hamda qulay. “Bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydim, ammo o‘rgandim”. “Turmush o‘rtog‘im uyning har bir burchagini ta’mirdan o‘tkazdi. Qayerda yashasak ham u hamma joyni haqiqiy uyga aylantiradi”. “Bir necha yil avval dahshatli uy sotib olgan edim. Nihoyat 7 haftalik ta’mirdan so‘ng xotirjam yashash mumkin”. “Oshxona tejamkorlik variantida ta’mirlandi”. “Xonadonimda ta’mirlash ishlari tugadi. Bu men kutgandan ko‘ra ko‘proq vaqt oldi, ammo natijadan xursandman”.
76
1,270
Foto
Dunyodagi eng baland kuzatuv charxpalagi, vaksina olayotgan hind ayoli, sohilda mashgʻulot oʻtkazayotgan askarlar — 21 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Dubayda 1750 kishini sigʻdiradigan dunyodagi eng baland kuzatuv charxpalagi ochildi. Charxpalak kabinalarida dumaloq oynalar oʻrnatilgan boʻlib, ular atrofni toʻliq kuzatish imkonini beradi. Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi davom etmoqda. Meksikada Marhumlar kuni bayrami arafasida gul yigʻish jarayoni Rossiyalik sportchi Anjelina Melnikova Yaponiyaning Kitakyushu shahrida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Hindiston koronavirusga qarshi vaksinaning dozasi milliarddan oshdi. 4-qirollik artilleriya polkining askarlari Angliyaning Saltbern sohilida mashqlar oʻtkazmoqda. «Ignas» boʻroni Germaniyaning gʻarbiy qismiga yetib keldi. Yuzlab oʻt oʻchiruvchilar vafot etgan hamkasbining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Barselonadagi Sant Jaume maydonida toʻplandi. Sotheby's da Frida Kaloning «Diego va men» nomli avtoportreti sotuvga qoʻyildi. Asar 30 million dollarga baholanmoqda. Kemerovoda kuzgi chaqiruv
136
1,038
Foto
Fotogalereya: Tasodifligiga ishonish qiyin bo‘lgan suratlar
AdMe hayotda har qanday tasodiflar sodir bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi ajoyib suratlarni to‘plab xabar berdi. Professionallik Suv bilan quchoqlashmoq “Senmisan o‘sha Jadi?” To‘tiqushlar aslida ko‘ringani kabi emas Asteklarning zamon bilan hamnafas burguti Kim frik? Men frik? Ha, men frik! “Axir sen qiz bolasan!” deyishlari joningga tekkanida Baliq ovlashga otlanganingda va tabiatning o‘zi senga yo‘l ko‘rsatganida U o‘zining aslida kim ekanligini yashirayotgan ko‘rinadi O‘zga sayyoraliklarning Yerni ishg‘ol etishi borasida nazariya to‘g‘ri bo‘lib chiqqan ko‘rinadi Nimalar sodir bo‘lyapti?! Endi tobutni nimada olib ketishadi?
59
646
Foto
Fotogalereya: Environmental Photographer of the Year tanlovida g‘olib bo‘lgan eng yorqin suratlar
Ekologiya muammolariga bag‘ishlangan Environmental Photographer of the Year 2019 tanlovi natijalari ma’lum qilindi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Quyida g‘olib bo‘lganlarning eng kuchli yorqin suratlari keltirildi. “Noiloj chora”. Brakonerlardan himoya qilish uchun karkidon shoxi egovlanmoqda. Nevill Ngomane surati. Ekologik jihatdan dunyoning eng noxush megapolislaridan biri bo‘lgan Mexikoga qarashlari. Eliud Gil Samanegon surati. “Chiqindi”. Istambuldagi Bosfor bo‘g‘ozi suv ostiga nazar. Sebnem Soskun surati. Plastik paket o‘ynayotgan bola surati. Plastik paketlar ishlab chiqarish 1950-yildan 2,3 million tonnadan 2015-yilda 448 million tonnagacha oshdi. Antonio Aragona Renunsio surati. “Qattiq uyqu”. Bangladesh poytaxti Dakkada chiqindilar to‘la sohilda uxlayotgan ayolni suratga oldi. Amdad Xossey surati. 12 ming yillik qadimgi Xambax o‘rmoni surati. Dj. Genri Feyr surati. “Okean yuragi”. Dengizlarni saqlash muammosiga e’tibor qaratdi. Baliqlar zaxirasi qancha kam bo‘lsa, ularning tutish usullari shunchalik tajovuzkor bo‘lmoqda. Vetnamlik Chan Tuan Vet surati. “Kundalik ish”. Minglab bangladeshliklar yaxshi yashash umidida ko‘mir tashish kabi eng og‘ir va qora ishlarni qilishga majbur. Surat muallifi M Yusuf Tushar.  “Suv taqchilligi” ma’nosini anglatuvchi ta’sirli surat. Surat olingan joydagi suv taqchilligi o‘rmonlar kesilishi bilan bog‘liq. Frederik Darshin surati. “Ko‘rinmas odam”. Chiqindi yig‘uvchilar sotishga arzigulik narsa qidirmoqda. Valeri Leonard surati. SL Shant Kumar surati. Mumbaydagi suv toshqini. Daraxtlarni kechasi suratga olish oson emas. Britaniyalik suratkash Yan Ueyda ushbu kadrni olishga qariyb 1 hafta vaqtini sarfladi. “Shirin uyqu”. Antonio Aragona Renunsio Afrikaning Saxel mintaqasida joylashgan maktablardan biridagi partada uxlab qolgan qizni suratga oldi.
97
1,825
Foto
Fotogalereya: Mashhur yulduzlar kecha va bugun
Vaqt hamma uchun birdek o‘tadi. Bu, albatta, barchaning tashqi ko‘rinishida aks etadi. AdMe Gollivud yulduzlarining 20 yoshdagi va bugungi kundagi suratlarini taqqosladi.
46
170
Foto
Fotogalereya: Suv osti jonivorlarining g‘ayrioddiy ko‘rinishlari
Roman Fedorsov baliq ovlash paytida turli xil ajabtovur suv osti jonzotlarini ko‘radi. Hamda ularning suratlarini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtiradi. TravelAsk ana shunday suv osti jonivorlarining g‘ayrioddiy ko‘rinishdagi suratlarini jamlab, taqdim etdi.
64
269
Foto
Pufak-kelin va asalarichi: 2020-yil podiumda ko‘rinish bergan noodatiy obrazlar (foto)
2020-yil bir qancha muammolar tufayli qiyin o‘tganiga qaramay, butun dunyo dizaynerlari ijod qilishdan to‘xtamadi va yangidan yangi kolleksiyalarni yaratdi. Biroq moda haftaligida namoyish etilgan ba’zi liboslar barchani hayratga soldi. Antiqa niqob, pufaksimon libosli kelin – bu kabi nostandart kiyimlarning bir qanchasini quyida tomosha qilish mumkin.
86
354
Foto
Ko‘zlarining rangi turlicha bo‘lgan qora tanli o‘g‘ri yigit modelga aylandi (foto)
Internet tarmog‘ida “eng chiroyli jinoyatchi” aniqlandi. AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 20 yoshli firibgar Mexi Alante Laki o‘zining terisi rangi va geteroxromalari bilan bu “unvon”ga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Bu maqomga o‘zidan oldin sazovor bo‘lgan Jeremi Miks kabi Mexi Alante ham politsiya tomonidan internetda tarqatilgan suratlari tufayli mashhur bo‘lib ketdi. U 2016-yilning aprel oyida avtomobil o‘girlagani va unda tezlikni oshirgani uchun qo‘lga olingan. U ikki ko‘zining rangi turlicha bo‘lgani sababli ommaning e’tiborini qozondi. Mexining suratlari juda tez tarqaldi va u bir nechta modelyerlik agentliklarining nazariga tushdi.
82
689
Foto
Fotoreportaj: Dizayner Narimon Umarov modalar uyini ochdi
Toshkentda dizayner Narimon Umarovning modalar uyi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda MyDay. Bride by Nariman Grigoryan modalar uyidan to‘y va oqshom liboslari kolleksiyalari o‘rin oldi.
57
196
Foto
San’at yo‘lida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan 20 nafar mashhur aktyor (foto)
Orzusidagi rolni qo‘lga kiritish va ijro etish uchun aktyorlar nimalarni boshdan kechirmaydi deysiz. Zamonaviy texnologiyalar asrida yashayotgan bo‘lsak-da, barcha obrazlar ham kompyuter grafikasi yordamida yaratilavermaydi. Vizajistlar, grimyorlar, libos bo‘yicha mutaxassislar — aynan ular tufayli biz sehrli ertaklar olami yoki dahshatli tushda paydo bo‘lishimiz mumkin. AdMe qoyil qoldiradigan darajadagi grim tufayli tanish qiyin bo‘lgan aktyorlarning suratlarini to‘pladi. Xit Ledjer — Joker. “Qora ritsar” Bred Pitt — Benjamin Batton. “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” Mayvenn Le Besko -— Plavalaguna. “Beshinchi unsur” Reyf Fayns — Volan-de-Mort. “Garri Potter” Geri Oldmen — graf Drakula. “Drakula” Robin Uilyams — Missis Dautfayr. “Missis Dautfayr” Jim Kerri -— Grinch. “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” Jon Leguizamo — Masxaraboz. “Spaun” Denni De Vito - Pingvin. “Betmenning qaytishi” Eddi Myorfi — Sherman Klamp. “Telba professor” Piter Meyxyu — Chubakka. “Yulduzlar jangi” IV—VI epizodlar Tim Rot — general Teyd. “Maymunlar sayyorasi” Jon Travolta — Edna Ternblad. “Soch uchun lak” Deyvi Cheyz — Samara Morgan. “Qo‘ng‘iroq” Sergey Bezrukov — Vladimir Visotskiy. “Visotskiy. Tirikliging uchun tashakkur” Dug Jons — Eyb Sapiyen. “Xellboy 2” Xelena Bonem Karter — Ari. “Maymunlar sayyorasi” Oleg Tabakov — Miss Endryu. “Ko‘rishguncha, Meri Poppins!” Kichik Robert Dauni — Kirk Lazarus. “Omadsizlik askarlari” Georgiy Millyar — Yalmog‘iz kampir. “Ayoz bobo”
78
1,485
Foto
Fotogalereya: Yer yuzidan butunlay qirilib ketish arafasida turgan hayvonlar
“Yo‘qolib ketish xavfi” kitobining muallifi Tim Flak uzoq yillardan beri ustida ish olib borgan noodatiy loyihasi natijalari bilan bo‘lishdi. Muallif yer yuzining yarmini aylanib chiqib butunlay qirilib ketish arafasida turgan hayvonlar haqida ma’lumot to‘pladi. AdMe Tim Flak tomonidan olingan suratlarni taqdim etdi. Oqqorin pangolin Ushbu hayvon nam tropik o‘rmonlarda, Senegaldan g‘arbiy Keniyagacha hamda Zambiyaning janubigacha bo‘lgan savannalarda yashaydi. 2008-yildan buyon oqqorin pangolin qirilib ketish arafasida, 2014-yilda esa noyob turlar ro‘yxatiga kiritilgan. Agarda uni himoya qilish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, pangolin 10—20 yil ichida 30—50 foizga qisqarib ketishi mumkin. Mushuksimon lemur Mushuksimon lemurlar odatda quruq ochiq havoda va Madagaskar orolining janubidagi o‘rmonlarda ko‘p uchraydi. Tabiatni qo‘riqlash xalqaro ittifoqi lemurlarni qirilib ketish xavfi ostidagi hayvonlar safiga qo‘shadi — ularning umumiy soni 2000 —2400 gacha kamaygan. Uzuntumshuq maymun Uzuntumshuq maymun faqatgina Borneo orolida yashaydi va uni orol atrofidagi uchta mamkalatda uchratish mumkin — Indoneziya, Bruney va Malayziya. Oltin maymun Janubiy va Markaziy Xitoyda 1,5—3 ming metr balandlikdagi mahalliy tog‘ hududlarida yashaydi. U ham “Qizil kitob”ning yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar safiga kiritilgan. Qizil panda Yer yuzida salkam 2500 dona qizil panda qolgan, shu sababli ular Xalqaro “Qizil kitob”ning yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar ro‘yxatidan joy olgan. So‘nggi 50 yil ichida Himolay tog‘ hududlarida yashovchi qizil pandalarning soni 40 foizga kamaygan. Qirollik qarqarasi Markaziy va Sharqiy Afrikadagi tropik botqoqliklarda — asosiy ozuqasi bo‘lgan protopter balig‘i mavjud hududda yashaydi. Yog‘och poyabzalga o‘xshash tumshug‘i uni baliq ovining ustasiga aylantiradi. Ularning soni atiga 10—15 ming donani tashkil etadi. Monarx kapalagi Shimoliy Amerikada yashaydi. Har yili shimoliy va markaziy Qo‘shma Shtatlar hamda Janubiy Kanadadan Florida va Meksikaga ko‘chib o‘tadi. U yerda kapalaklar tog‘li o‘rmonlarda qishlaydi. O‘rmonlarning qisqarishi esa bevosita monarx kapalaklariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
76
2,190
Foto
Krasnodar futbol klubining stadioni yaqiniga qurilgan istirohat bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun ochildi (video+foto)
28-sentabr kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida ayni shu nomdagi futbol klubining stadioni yoniga qurilgan istirohat bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun ochildi. Ushbu kompleksga “Magnit” savdo tarmog‘ining egasi Sergey Galitskiy sarmoya kiritgan. Hozircha bog‘ning rasmiy nomi yo‘qligi sabab uni “Krasnodar” deya atashmoqda, deb xabar berdi TJournal. Bog‘ning maydoni 22 gektarga teng bo‘lib, uning dizaynini yaratish bilan GMP International nemis byurosi shug‘ullangan. Bu Krasnodarda so‘nggi 30 yil ichida qurilgan birinchi keng ko‘lamli istirohat bog‘i hisoblanadi. Bog‘dan yozgi amfiteatr, kuzatish maydonchasi, terrasa, fontan-katok, bolalar maydonchasi, musiqiy va suvli labirintlar kabi 30 ga yaqin mavzulashtirilgan hududlar joy olgan. Bog‘ni qurish ishlari 2016-yilning noyabrida boshlangan edi. Bog‘ hududiga tashrif buyuruvchilar kiritilayotganiga qaramay, hali tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tganicha yo‘q. Chunki hali ayrim ishlar yakunlanmagan: ba’zi obyektlarni qurish, yoritish tizimlarini ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini 2018-yilning bahoriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
118
1,114
Foto
Fotogalereya: O‘xshamagan panoramali suratlar
Zamonaviy fototexnologiyalar yordamida haqiqiy shedevrlarni yaratish mumkin. AdMe panoramali suratlarni olish chog‘ida o‘xshamagan kadrlarni taqdim etdi.
45
153
Foto
Xalqaro armiya o‘yinlarida 28 mamlakat askarlari qatnashmoqda (fotogalereya)
28 mamlakat askarlari Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda, deb yozadi “Vedomosti”. Xalqaro armiya o‘yinlari 29-iyuldan 12-avgustgacha o‘tkaziladi. Musobaqalar Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Belarusda bo‘lib o‘tmoqda. O‘yinlarda 28 ta mamlakat jamoalari musobaqalashmoqda, yana yettita davlat o‘z kuzatuvchilarini yubordi.
76
341
Foto
G‘ayrioddiy tashqi ko‘rinishi bilan har qanday insonni hayratga soluvchi jonzotlar (foto)
Ba’zi jonzotlar o‘z oilasidan ajralib turadigan tashqi ko‘rinishi bilan dunyoga keladi. Masalan, ular noodatiy rangga ega bo‘lishi mumkin. Insoniyat kamdan kam hollarda ularni uchratgani uchun ham, shuningdek, g‘ayrioddiyligi bilan yanada ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Yo‘l-yo‘lakay uchrab qolgan albinos kiyik. Tuz va murch: albinizm va melanizm kasalligi bilan tug‘ilgan timsohlar. Suratlar orasidagi farq roppa-rosa bir yil. Galapagos orolida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv marosimida ko‘k oyoqli qushlar. Flamandiyalik quyonning itga taqlidi. Dengiz mushuklari orasida kamdan kam hollarda albinosga uchraganlari tug‘iladi. Ammo bunisi ko‘proq qizg‘ish tusga o‘xshaydi. Afrikaning marabu laylagi ushbu oilaga mansub qushlarning eng yirik vakillaridan biri hisoblanadi. O‘rtacha uzunligi 115-152 sm, qanotlari 225-287 santimetrni tashkil etadi. Albinos o‘rgimchak. Uzunligi 3-5 santimetr. Deraza ortidan bo‘lsa ham, ko‘rganingizda nima qilar edingiz? Ushbu hasharot chaqib olganda superkuchga ega bo‘lish mumkinmi? Uchar ajdar  − ushbu kaltakesak turi Janubiy-Sharqiy Osiyoda yashaydi. Tanasining yon tomonlarida qanot shakliga o‘xshash bo‘lgan teri burmalari mavjud. Kvezal qushi Qizil kitobga kiritilgan, ammo insonlar ularning asosiy yashash joyi − tropik o‘rmonlarni kesib tashlamoqda. Antilop quyonlari chindan ham ajoyib quloqlar egasi. Xitoyning ipak tovuqlari. Goatsinlar uchishni yoqtirmaydi, panjalari yordamida shoxdan shoxga o‘tishni afzal ko‘radi. Yomg‘irdan keyin qanotlarini yoyib, patlarini quritadi. Bu dengiz mushugi  − leykist. Ushbu hayvonlarning mo‘ynalari oq, ammo ko‘zlari har doim qop-qora. Darvin ko‘rshapalagi yaxshi suza olmaydi. U suyaklari yordamida okean tubida yuradi. Ushbu albinos toshbaqa Burdvan shahrining suv havzasidan topilgan. Bu kabi toshbaqalar qobig‘ida dog‘lar mavjud va ularning barchasi sariq rangda.
89
1,859
Foto
“Dostavshik”larning noroziligi, Chikagodagi qor bo'roni, manziliga ketayotgan Olimpiada mash'alasi — 3 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Kyoln hayvonot bog'idagi oq boshli saki bolasi. Pekindagi qishki Olimpiada mash'alasi estafetasining ikkinchi kuni o'tdi. Nepalda Madxav Narayan festivali o'tkazilmoqda. Ushbu festival bir oy davom etadi va odamlar bu vaqt davomida turli marosimlarni ado etadi. Chikagoda kuchli qor bo'roni yuz berdi. Germaniyaning shimoli-g'arbiy qismida boychechaklar bo'y cho'zdi. Londondagi Kyu qirollik botanika bog'ida orxideya festivali o'tkazilmoqda. Istanbulda yetkazib berish xizmati xodimlari ish haqini ko'tarish va mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilib norozilik namoyishiga chiqdi. G'azoda Quyosh botishi. Bir necha kundan buyon Boltiq dengizida to'fon yuz bermoqda. Shimoliy Irlandiyaning Bandbrij shahridagi Linen Mill studiyasi pavilonlarida “Taxtlar o'yini” seriali atributlari namoyishi bo'lib o'tmoqda.
119
875
Foto
Internetda mashhur bo‘lgan bolalar (foto)
Barchaning chiroy haqidagi tushunchalari har xil. Biroq bolalar chiroyi haqida gap ketganda ko‘pchilikning fikri bir joydan chiqadi. Ularning lo‘ppi yonoqlari, uzun kipriklari va katta ko‘zlari hatto muz yurakni ham eritib yuboradi. AdMe mana shunday chiroyga ega bo‘lgan yosh model bolalarning suratlarini taqdim etdi. Greyli Mey, 3 yosh (AQSh) View this post on Instagram Greyli amerikalik futbolchi Lans Murning to‘ng‘ich qizi. Qizcha bir nechta bolalar brendida suratga tushishga ulgurgan. Violetta Antonova, 4 yosh (Rossiya) View this post on Instagram Violetta bor-yo‘g‘i 4 yoshda, biroq u allaqachon moda namoyishlari va bolalar brendida suratga tushgan. Qizchaning Dmitriy ismli akasi bo‘lib, u ham o‘zini model sifatida sinab ko‘rgan. Arina Lebedyeva, 5 yosh (Rossiya) View this post on Instagram Arina Rossiyaning mashhur modeli Yelena Perminovaning qizi. U kichikligidanoq onasining yo‘lidan borgan. Arina tez-tez moda jurnallarida chiqib turadi. Jeyr Ijalana, 6 yosh (Nigeriya) View this post on Instagram Jeyr tasodifan mashhur bo‘lib ketgan. Nigeriyalik suratkash Mofe Bamaiva o‘zining loyihasi uchun qizni bir nechta suratga olib uni internetga joylagan. Suratlar tez orada tarqalib, qiz mashhur bo‘lib ketgan. Liza Tolmachyeva, 6 yosh (Rossiya) View this post on Instagram Uzun sochli, moviy ko‘zli qizcha raqs, vokal va aktyorlik mahoratiga qiziqadi. Liza moda olamini zabt etishni endi boshlagan. U turli namoyishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, jurnallarda suratga tushadi. Kuper Chjian Londe, 6 yosh (Janubiy Koreya) View this post on Instagram O‘zining o‘tkir nigohi va uzun kipriklari tufayli Kuper Janubiy Koreyadagi eng mashhur bolaga aylangan. Uning Instagram’dagi sahifasida 250 mingdan ortiq obunachilari bor. Uni bolalar kiyimlari reklamasida va moda jurnallari muqovasida ko‘rish mumkin. Jordin Reynl, 7 yosh (AQSh) View this post on Instagram Jordin yetti yosh bo‘lishiga qaramay, u AQShdagi eng talabgor modellardan biri hisoblanadi. U Simplicity Patterns, The Children’s Place va Kidpik kabi yirik brendlar bilan ishlaydi. Kiike, 7 yosh (AQSh) View this post on Instagram Jingalak sochli Kiike qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi. Qizcha yosh bo‘lishiga qaramay, V. Pirratte Agency moda agentligi bilan shartnoma imzolagan. Uning hayotini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida 100 mingta obunachi kuzatadi. Lea Rouz va Ava Mari Klements, 8 yosh (AQSh) View this post on Instagram Qizlarning onasi ularning suratlarini ijtimoiy tarmoqda qo‘yishni boshlaganidan keyin ular mashhur bo‘lib ketgan. Opa-singil Klementslar moda agentiligi e’tiboriga tushgan va ularga shartnoma imzolash taklif etilgan. Anna Pavaga, 9 yosh (Rossiya) View this post on Instagram Anna 3 yoshlik paytidanoq bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar va sport mahsulotlari reklamasida suratga tushadi. Uni musiqiy kliplar va filmlarda ham ko‘rish mumkin. Anna, shuningdek, balet, gimnastika bilan shug‘ullanadi, rasm chizishni yoqtiradi. Alisa Samsonova, 12 yosh (Rossiya) View this post on Instagram 12 yoshli Alisa Armani Junior, Monnalisa, Mischka Aoki, Liu Jo kabi brendlar bilan ishlashga erishgan. Moda namoyishi va suratga olish ishlaridan bo‘sh vaqtda Alisa badiiy gimnastika va mental arifmetika bilan shug‘ullanadi. Sofiya Razuvayeva, 12 yosh (Rossiya) View this post on Instagram Sofiyani ko‘pincha Natalya Vodyanovaga o‘xshatishadi. U jurnallar uchun suratga tushadi, teleshoularda ishtirok etadi, Instagram va YouTube’da o‘zining blogini yuritadi, shuningdek, raqs, vokal va aktyorlik mahorati bilan shug‘ullanadi. Lara va Mara Bavar, 12 yosh (Braziliya) View this post on Instagram Lara va Mara Bavar kamyob mutatsiyaga ega. Ularning terisi va sochlarida umuman pigmentlar yo‘q. Qizlar o‘zining opasi Sheyla bilan turli tadbirlarda ishtirok etadi. Ular kichikligidanoq Nike, Bazaar Kids va Insanis reklamalarida suratga tushgan.
41
4,024
Foto
Bangladeshlik suratkash bolalarni og‘ir mehnatdan ozod qilish uchun ularning ta’lim olishiga yordam bermoqda (foto)
Ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan Bangladesh fotomuxbiri − GMB Akash o‘z suratlari bilan vatandoshlarini tashvishga solayotgan bir qator masalalarga e’tibor qaratmoqda. Ulardan eng muhimi − bolalar mehnatidir. Suratkash o‘zining loyihasiga ko‘ra, yosh bolalarga oilasining roziligi bilan ta’lim olishiga homiylik qiladi va og‘ir mehnatdan qutqaradi.
115
352
Foto
Qishga xos tabiatni o‘zida mujassam etgan suratlar
Qishda tabiat o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Daraxtlar ustini qoplagan qor, uy derazasidan ko‘zga tashlanadigan manzara, ko‘chadagi qahratondan qotib qolgan daryo va o‘simliklar go‘zalligiga qarab kishining ko‘zi to‘ymaydi. Dunyoning turli burchaklarida har xil manzaraga ega bo‘lgan, qish kayfiyatini his etishingizga sabab bo‘ladigan suratlar bilan bo‘lishamiz. Muzdan paydo bo‘lgan logo. Kuzdan qishga qarab yo‘nalgan so‘qmoq Andorradan ijaraga olingan uy derazasidan qish manzarasi shundoq ko‘zga tashlanadi. Finlyandiyalik mazkur mushukcha “Taxtlar o‘yini” filmidagi Vinterfell lordining o‘zginasi. Chelyabinsk suratda xuddi “Garri Potter”dagi Xogvarts yo‘liga o‘xshaydi. Kanadadagi muz bo‘lib qotib qolgan Xelmken sharsharasi. Sovuqdan muz bo‘lib qotib qolgan gul. Qor va quyosh. Avstriyada qish. Argentina, Perito-Morenodagi muzxona ichidan olingan surat. “Onam yangi uyga ko‘chib o‘tdi. Bu uning yangi uyidagi xonaning yorug‘ligi”. Muzli yomg‘irdan keyin barg ustida qolgan muz bo‘laklari. Tabiatga qish hukmronlik qilishni boshlayotgani aks etgan kadr. Moskvada qor. Muzga aylanayotgan Volga daryosi. Muz bosgan Toyota. Shohlarini qor qoplagan qayin daraxti Finlyandiya, Valtavara tog‘i cho‘qqisidagi ertaklarni esga soladigan uycha. Qishki Shveysariya. Qor ustida turgancha yoz kelishini kutayotgan mushuk.
50
1,341
Foto
Torontoda quyosh tutilishi, G7 davlatlari rahbarlari Kornuollda, Yevro-2020 ochilish marosimi — hafta suratlari
E'tiboringizga haftaning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. G7 davlatlari rahbarlari sammitining ochilish marosimida davlat rahbarlari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hamrohligida umumiy suratga tushmoqda. Sammit Buyuk Britaniyaning Kornuoll grafligida 7-13 iyun kunlari boʻlib oʻtdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Angela Merkel, Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula Von der Leen, Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel va Italiya bosh vaziri Mario Dragi sammit doirasida stol atrofida samimiy suhbatlashmoqda. Hindistonlik fermerlar makkajoʻxori donalarini quyosh nurlari ostida quritmoqda. Oʻtgan haftada Quyosh tutilishi hodisasi yuz berdi. Uni dunyoning turli mintaqalarida odamlar kuzatdi. Toronto minorasi ortida koʻrinib turgan hodisa. Xitoyda koʻchmanchi fillar 500 km masofa yurgandan keyin charchab uxlab qoldi. 11 iyun kuni Italiya poytaxti Rim shahrida futbol boʻyicha Yevropa chempionati bahslarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi hamda chempionatga start berildi. Dastlabki bahsda Italiya va Turkiya terma jamoalari kuch sinashdi. Daniya va Finlyandiya oʻrtasida kechgan bahsda hushidan ketib maydonga yiqilgan Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksenni shifokorlar maydondan olib chiqib ketmoqda. Maydondan chiqayotganda u hushiga kelgan boʻlgan. Iordan daryosining gʻarbiy sohilida joylashgan Jenin shahrida Isroil harbiylari tomonidan oʻldirilgan falastinlik polisiyachining dafn marosimida qatnashgan ayollardan biri hushini yoʻqotdi. Falmut porti yaqinidagi plyajda Oxfam International tashkiloti a'zolari G7 davlat rahbarlari niqobida oʻtiribdi. Ular shu orqali oʻz noroziliklarini namoyish etmoqda.
111
1,681
Foto
Fotogalereya: Fransiyaning eng chiroyli va xushmanzara qishloqlari
TravelAsk Fransiyaning sayyohlarni o‘ziga mahliyo etuvchi ajoyib qishloqlari va tabiatining suratlarni to‘plab taqdim etdi. Domm, Dordon Barflyor, Quyi Normandiya Byovron-an-Oj, Quyi Normandiya Ar-en-Re Egisxaym, Elzas Flavini-syur-Ozren, Burgundiya Lavardan, Jegyon Lya-Rosh-Giyon, Il-de-Frans Lokronan, Bretan Monpazye, Dordon Najak, Averon
66
352
Foto
Velosiped va lolalar shahri Amsterdamga boshqa tomondan nazar solishga turtki bo‘luvchi suratlar
O‘tmishda kichik baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan, bugungi kunda esa Niderlandiyaning madaniy hamda tarixiy markazi hisoblangan Amsterdam haqida gap ketganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga lolalar, kanal va tomi uchli bo‘lgan uylardan iborat shahar keladi. Rang-barangligi bilan o‘ziga maftun qilishi mumkin bo‘lgan ushbu shaharga tashrif buyurgan har bir sayyoh u bilan butunlay xayrlashishni istamaydi va qayta kelish ilinjida: “Tot de volgende keer!” (Tez orada ko‘rishguncha) deydi. Velosipedlar aholisidan ham ko‘proq bo‘lgan ushbu go‘zal shahar suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Amsterdam vokzaliga yetib borishingiz bilan 3 qavatli velosipedlar to‘xtash joyiga ko‘zingiz tushadi. “Savdo markazi, deysizmi? Yo‘q, bu shaharning asosiy gospitali”. “Tug‘ilgan kunimni Amsterdamda nishonladim. Mehmonxona xodimlari otkritkaga nima deb yozish haqida savol berganida ulardan mushuk suratini chizishni so‘radim”. Muzlagan kanal ustida konki uchayotgan odamlar. Piyoz, tuzlangan bodring hamda seld balig‘i mamlakatning gastronomik ramzi va mahalliy delikates hisoblanadi. Waterbuurt (suv kvartali) — 100 ta suv ustiga qurilgan uylardan tashkil topgan Amsterdamdagi zamonaviy turar joy kompleksi. Ushbu shahardagi har bir ko‘prikning o‘z raqami bor. Bu hali hammasi emas, ulardan aksariyatining shaxsiy nomi ham bor. Tozalash chiqimlarini kamaytirish maqsadida Amsterdam aeroporti hojatxonalaridagi unitaz ichiga pashsha surati yopishtirib qo‘yilgan. Amsterdamdagi odatiy haydovchi. Aeroportdagi avtomobillarning aksariyati — Tesla. Amsterdamdagi barlardan birida o‘tirgan jahldor mushuk. Amsterdamda istagan kishi baliq oviga borishi mumkin. “Amsterdam yaqinidagi Marken qishlog‘iga borishga qaror qildim. Bu rostan ham juda ajoyib bo‘ldi”. Shunchaki, Amsterdamdagi go‘zal manzara. “Ko‘cha o‘rtasida shunday narsalarga duch kelib qolsangiz, hayron qolmang”. Shaharning markaziy qismi juda ham ko‘p ko‘chalardan tashkil topgan. Ulardan ayrimlari haddan ortiq tor. Bu yerda mana shunday ko‘rinishdagi uylarni ko‘plab uchratish mumkin. Do‘konda juda ham kelishgan sotuvchiga duch keldim. Yostiq, adyol hatto to‘shaklarni deraza tashqarisiga yoyib qo‘yish Amsterdamda odatiy hol sanaladi. Bunday go‘zal manzarani tomosha qilish qon bosimini me’yorlashtiradi, stressni bartaraf qiladi va tinchlantiruvchi dori vositasi o‘rnini bosadi.
96
2,348
Foto
Tabiatning mo‘jizaga boy ekanini isbotlaydigan hodisalar (foto)
Tabiatning naqadar sir va sinoatlarga boy ekanining isboti bo‘lgan hodisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Namibiyadagi aylanalar Namibiyadagi sahro kengliklarida kelib chiqishi ekologlarning bahsiga sabab bo‘lgan, diametri 15 metrgacha bo‘lgan aylanalar bor. Ayrimlar bunga uyasi joylashgan yerdagi o‘simliklarni joyidan tozalaydigan termitlar (chumolisimon hasharot) sababchi deb biladi. Boshqa bir taxminlarda esa shu yo‘l bilan o‘simliklar suvga erishish uchun raqobatlashishini bildiradi. Mahalliy aholi bo‘lsa, yer tagida ajdarho yashashi va uning nafasi tashqariga aynan shu yo‘l bilan chiqishiga ishonadi. Olimlar har ikkala gipoteza — termit va suv bilan bog‘liq qarashlar haqiqat bo‘lishi mumkin degan qarorga kelgan. Tanzaniyadagi Natron ko‘li Natron ko‘li sohili bir qarashda kishini qo‘rquvga solsa, rang-barangligi bilan kishini o‘ziga maftun qiladi. Ko‘ldagi tuz va ishqor konsentratsiyasi shunchalik yuqoriligidan suvga tasodifan tushgan istalgan tirik jon mumiyoga aylanadi. Yagona istisno galofil sianobakteriyalari hisoblanadi. Aynan ular sabab ko‘ldagi suv rangi pushtidan alvon rangigacha o‘zgarishi mumkin. Ikkinchi istisno mitti flamingolar hisoblanadi. Suvning yuqori harorati (50 daraja) sabab flamingolar yilning istalgan faslida tuxum qo‘yishi mumkin. Yoqimsiz hid ularga umuman halal bermaydi, qaytanga yovvoyi qushlarni cho‘chitadi. Fevral va mart oylarida ko‘ldagi karbonat natriyning konsentratsiyasi har doimgidan ham yuqori bo‘ladi. Raqs tushgandek gala bo‘lib harakatlanadigan chug‘urchuqlar Ko‘kda raqs tushgan singari parvoz etayotgan chug‘urchuqlarga nazar tashlab, ularning bir gala asalari emas, qush ekaniga ishonish qiyin. Kishini hayratga soladigan ushbu o‘ziga xoslikning sababini olimlar haligacha bilishga muvaffaq bo‘lmagan. Taxminlardan birida bu qushlarning yovvoyilardan himoya reaksiyasi ekani aytilsa, boshqasida chug‘urchuqlar qat’iy algoritm asosida harakatlanishi, bunday parvoz vaqtida bir-birini his qilib, maksimal darajada xabardor bo‘lib turishi ta’kidlanadi. Harakatlanuvchi toshlar AQShdagi O‘liklar vodiysida joylashgan, Reystrek-Playya qurigan ko‘l o‘rnidagi toshlar daqiqasiga 2-2,5 metrga o‘z-o‘zidan harakatlanadi hamda sezilarli iz qoldirmaydi. XX asrgacha buni ilohiy hodisa deb hisoblagan olimlar keyinchalik bunga magnit maydoni sabab deb o‘ylagan, 2014-yilda esa aniq xulosaga kelgan. Buning uchun tadqiqotchilar datchik va fotokamera o‘rnatilgan 5-15 kilo og‘irlikdagi toshlarni mazkur hududga qo‘yib kuzatgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, toshlarning bunday harakatlanishiga ingichka (bir necha millimetr), ammo uzun muzlar sababchi ekani, toshlar shu muz bo‘ylab harakatlanishi aniqlangan. Taos shovqini Taos hum deb ataladigan shovqin eng ajoyib tabiiy hodisalar reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. AQShning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Taos shahri aholisi ko‘p yillardan buyon sahrodan taraladigan past chastotali shovqinni eshitadi. Og‘ir texnika harakatlanishining ovoziga o‘xshagan shovqin mahalliy aholidan farqli o‘laroq sayohatchilarga kamdan kam hollarda eshitiladi. Shovqinning aniq sababini topa olmagan olimlar uning paydo bo‘lishiga qishloq yaqinidan o‘tadigan elektr uzatish liniyalari sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Hessdalen alangasi Tabiatga noma’lum bo‘lgan oq alanga ilk bor 1981-yil Norvegiyaning Hessdalen shahri yaqinidagi vodiyda payqalgan. Muntazam ravishda paydo bo‘lgan ushbu ajoyib hodisa 1984-yil bir oy ichida olimlar tomonidan 53 marta qayd etilgan. 1988-yilda vodiydan uzoq bo‘lmagan yerga avtomat kuzatuv stansiyasi o‘rnatilgan. Sharli chaqmoq Sharli chaqmoq fizik isboti bo‘lmagan, ammo paydo bo‘lishi bilan bog‘liq farazlar bisyor bo‘lgan kam uchraydigan tabiat hodisasi sanaladi. Ayrim olimlar sharli chaqmoq umuman mavjudmasligi, bu galyutsinatsiya ekanini ta’kidlaydi. Go‘yo bulutlar bulutlardan tushayotgandek ko‘rinadigan chaqmoq vaqti uning yonida bo‘lish xavfli sanaladi.
63
3,914
Foto
Fotogalereya: dunyoning eng chiroyli ko‘priklari namoyish etildi
The Business Insider nashri dunyoning eng chiroyli ko‘priklari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. Ro‘yxatga 20 dan ortiq ko‘prik kirgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos shakl va o‘lchamga, individual uslub va konsepsiyaga ega, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Nashrda ta’kidlanishicha, ko‘priklar, yo‘llarni tutashtirish va uzoqni yaqin qilishdan tashqari, estetik vazifa ham bajaradi. Ayrim ko‘priklar kichik daryolarning qirg‘oqlarini birlashtirsa, boshqalari ulkan kanyonlardan o‘tadi.
64
500
Foto
Noodatiy rakursi tufayli sehrgarlarning fokusidek hayratga soluvchi suratlar
Agar mushuk to‘satdan panteraga aylansa, bahaybat hasharotlar xuddi qo‘rqinchli filmlardagidek ko‘chada uchib yursa va hamma narsa sehrli tarzda havoda muallaq tursa – buning sababi balki yorug‘lik va rakurs tufaylidir. Quyida AdMe nashri taqdim etgan bir qarashda yolg‘on tasavvurni paydo qiluvchi suratlarni tomosha qiling. “Kim bu panterani uyimga kiritdi?” Qandaydir sehr itni ulkan pufakcha ichiga kiritdi. “Bugun hovuz bo‘ylab yurganimda yorug‘lik suvning ustida shunday sindi”. Shunday katta hasharot bo‘lishi mumkinmi? Yo‘q, faqat deraza juda yaxshi tozalangan. “Havoda muallaq turgan aravachalarni ko‘rib qoldim”. Mushuk sakrab g‘oyib bo‘lmasidan ikki soniya oldin olingan surat. U shunday eshik tepasida yotishni yaxshi ko‘radi. O‘tkir burchakli uy xuddi kino uchun qurilgan dekoratsiyaga o‘xshaydi. “Men shisha eshik oldida, oyoq kiyimga qarama-qarshi tomonda turgan edim. Ammo oyoq kiyimning aksiga qarab, uni arvoh kiyib olgan deb o‘ylash mumkin”. Quyosh botganda nurlarning ko‘lmakda aks etishi Yerning koinotdagi ko‘rinishiga o‘xshaydi. “Soyadek ko‘ringan stol ustidagi naqsh tufayli go‘sht bo‘lagi havoda muallaq turganga o‘xshaydi”. “Mening itlarim bir butunga aylandi”. Aslida do‘stlar daryo bo‘yida, lekin manzara xuddi osmonga o‘xshaydi. “Xonamdagi bu oynadan narigi tarafga o‘tsangiz bo‘ladi”. “Dadamning bunday rakursdan olgan surati xuddi uni video o‘yindagi mashinaga o‘xshatib qo‘ydi”. “Dadamning ko‘z uchun tomchi dorisi havoda turganga o‘xshaydi”. “U nimanidir juda xohlayotganga o‘xshaydi”. “Bu qanday jonivor bo‘ldi ekan?”
76
1,568
Foto
Fotogalereya: Insonning tabiatga munosabati mahsuli
Meteokuzatuvlar tarixida 2017-yil eng issiq yil bo‘ldi. Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, qisqa vaqt ichida Yevropa va AQShni abadiy muzlik qoplaydi. Bu taxminlarning qanchalik haqiqatligi hozircha noma’lum. AdMe insoniyatning tabiatga munosabati natijasida yuzaga kelgan salbiy holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
51
321
Foto
Tabiat sivilizatsiya ustidan g‘olib chiqqani aks etgan 20 surat
Biz osmono‘par binolar, katta magistral va ko‘priklar qurishimiz mumkin, biroq tabiat baribir ustun chiqaveradi. Tabiat va insonning abadiy kurashida g‘olib tomon yo‘q. Shunga qaramay, binoda yoriq paydo bo‘lishi bilan yoki ishdan chiqqan avtomobil qarovsiz qoldirilishi zahoti o‘simliklar dunyosini uni mahv etishga kirishadi. AdMe tabiat manzaralarining bir bo‘lagiga aylanib ketgan tashlandiq tonnellar, kemalar, qasrlar va boshqalar bo‘ylab sayrga taklif qildi.
63
465
Foto
Milandagi talafotli shamol, qishki Olimpiada timsolini ishlab chiqaruvchi fabrika, Saragosa osmonidagi maynalar — 8 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Milandagi talafotli shamol. Tszyansu fabrikasida qishki Olimpiya o'yinlari timsollarining ishlab chiqarilishi. Saragosa osmonida maynalar. Kemerova shifoxonasida egasini kutayotgan it. Pekin olimpidasining 5 kuni o'z poyoniga yetdi. Myunster harbiy lagerida tayyorgarlik ko'rayotgan nemis harbiylari. Nishonga o'q uzayotgan rossiyalik biatlonchi Maksim Tsvetkov. Kanada poytaxti Ottavada yuk mashina haydovchilarining ish tashlashi bir haftadan beri davom etmoqda. Chilida “Pfizer” vaktsinasi bilan revoktsinatsiya jarayoni boshlandi. Novosibirsk hayvonot bog'idagi Batu orangutani.
132
643
Foto
Davlat rahbarlari qanday samolyotda parvoz qiladi? (foto)
“Gazeta.ru” nashri mamlakat rahbarlari qanday samolyotlarda parvoz qilishi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. AQSh prezidenti Donald Trampning ixtiyorida Amerikaning Air Force One kompaniyasiga tegishli uchta havo kemasi — Boeing 747-200B, VC-25A, Boeing C-32 mavjud. Boeing 747-200B — dunyodagi birinchi ikki qavatli samolyot bo‘lib, uzoq masofaga parvoz qilish imkoniyatiga ega. Uning uzunligi 70 metrga, qanotlarining o‘lchami 65 metrga, fyuzelyajining eni 6,5 metrga teng. Maksimal tezligi 1000 km/soatni tashkil etadi. Agarda aeroport bu kabi ulkan samolyotni qabul qilib olishga qodir bo‘lmasa prezident Boeing C-32’dan foydalanadi. VC-25A havo kemasining o‘ziga xos jihati tibbiyot anjomlari bilan jihozlangani: samolyotda hatto operatsiya qilish xonasi ham mavjud. Germaniya kanslerining ixtiyorida unchalik katta bo‘lmagan Eurocopter AS 532 vertolyoti mavjud. Kansler undan Germaniya ichida yoki yaqin mamlakatlarga parvoz qilishda foydalanadi. Uzoq parvozlar uchun esa kansler Bombardier Global 5000 va Airbus A319-133X CJS kabi samolyotdan foydalanadi. Bahrayn qiroli Xamad bin Isa Al Xalifa faqatgina Royal Flight davlat aviakompaniyasining samolyotlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda qirolning havo floti oltita havo kemadan iborat: Boeing Business Jet BBJ2, 2 ta Boeing 747-400, Boeing 767-400ER, Gulfstream G-IV hamda Bell 430 vertolyoti. Ularning barchasi faqat qirollik oilasi va yuqori mansabli amaldorlar uchun mo‘ljallangan. Royal Flight aviakompaniyasi qirol samolyotlarining interyeri qanday ko‘rinishda ekanligi haqida aytmaydi. Suratlardan ko‘rish mumkinki, qirollik havo flotining samolyotlari ikkiga: VIP-mehmonxona va muzokara uchun xonadan iborat. Bundan tashqari samolyotda alohida VIP-xonalar va yotoqxonalar mavjud, biroq ularning soni nechta ekanligi noma’lum. Qirolicha Yelizaveta II ning ixtiyorida1000 kilometr masofaga qadar parvoz qilish imkoniyatiga ega ikkita AW109 vertolyoti, 3 ming kilotemtga qadar parvoz qila oladigan oltita BAE-125 samolyoti va to‘rtta BAE-146 reaktiv samolyotlari mavjud. Bundan tashqari Yelizaveta II ning shaxsiy Sikorsky S-76 vertolyoti ham bor.
57
2,114
Foto
Foto: Kaliforniyadagi yong‘inlarning fazodan ko‘rinishi
AQShning Kaliforniya shtatida avj olgan yong‘inlar shtat tarixidagi eng yirik shu turdagi tabiiy ofatlar bo‘ldi. O‘rmon massivlari, uzumzorlar va binolar yo‘q bo‘ldi; 23 kishi halok bo‘ldi. 30 ming gektar hududni olov qamrab oldi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda yong‘in tarqalishini ko‘rish mumkin. 9-oktabr kuni NASA’ning Aqua sun’iy yo‘ldoshi Kaliforniyaning yong‘inda qolgan shimoliy qismini suratga oldi. Surat o‘rta yechimli MODIS spektroradiometri yordamida olindi. Unda faol yong‘in zonalari qizil bilan belgilangan. Har bir yorqin nuqta — issiqlik detektorlari ekstremal darajada yuqori havo haroratini qayd qilgan hududlar. “National Geographic Rossiya” ushbu suratlarni taqdim etdi.
55
700
Foto
Shahar va betakror manzaralarning samolyotdan turib olingan suratlari
Bugunga kelib suratga olish uchun birgina telefonning o‘zi kifoya. Qolaversa, jamoat joylaridan tashqari nostandart yerlarda ham o‘ziga xos kadrlarni muhrlash mumkin. Buning uddasidan chiqqan kishilarning ijod mahsulini e’tiboringizga havola qilamiz. “Samolyot derazasidan olingan eng yaxshi fotolarimdan biri”. “Otam o‘zining aerobatika uchun mo‘ljallangan samolyotida”. “Ish joyidan olingan surat. Momaqaldiroqni aylanib o‘tyapmiz”. View this post on Instagram “Yo‘lovchi uchun bortdagi yoqimli va tinchlantiruvchi musiqadan a’losi bo‘lmaydi. Derazadan bunday go‘zal manzara ko‘rinib tursa, yana yaxshi”. Alp tog‘lari uzra parvoz. Xud vulqoni. Kamalakning illyuminatordan ko‘rinishi. Samolyotdan kun botishini tomosha qilishdan yaxshiroq nima bo‘lishi mumkin? Moskvaning illyuminatordan ko‘rinishi. Bulutlar uzra uchayotgan samolyotdan olingan surat. Eron hududidagi eng baland tog‘: Damovend tog‘i 5671 metrni tashkil qiladi. “Xitoydan samolyotda parvoz qilayotgan vaqtim o‘ziga xos manzarani kadrga muhrladim”. “Samolyot derazasidan olgan suratim”. Betakror manzara. Quyosh ko‘kka ko‘tarilayotgan vaqt olingan surat. “Xellouinda samolyotdan parashyutda sakradim”. Tokioning yuqoridan ko‘rinishi.
69
1,231
Foto
Foto: Bo‘sh vaqtida tikuvchilik bilan shug‘ullanadigan shifokorning san’at asari darajasidagi liboslari
Instagram’da Sewstine nomli sahifasi mavjud bo‘lgan Kristin Miller kasbidan qat’i nazar, har bir odamning zavq baxsh etadigan sevimli mashg‘uloti bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. U kuzatuvchilar bilan bir-biridan go‘zal ijod namunalarini bo‘lishib keladi. Shifoxonada haftasiga 60-80 soat ishlaydigan Kristinning xobbisi tikuvchilik. O‘tgan asrlardagi liboslardan ilhomlanadigan qiz 1887-yilning bal libosini tikishga muvaffaq bo‘lgan. Xobbi borasida Kristinning asosiy ixtisoslashuvi XVIII asr modasi hisoblanadi. Suratda uning ijodiga mansub birinchi libos. Qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan qiz suratdagi libos uchun 64 metr mato ishlatgan. 1980-yillarga xos libosga o‘xshashi uchun korset kiyishiga to‘g‘ri kelgan. “Tiffanida nonushta” filmini bolaligidan yaxshi ko‘rgan qiz Odri gavdalantirgan qahramonnikidek ko‘ylak tikishga ham qaror qilgan. Kibor xonimga taqlid. Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q: 1740-yillarga xos mazkur libos bir ignali tikuv mashinasida tikilgan. “Xoh inoning, xoh inonmang, ammo bu ko‘ylak uchun garderobimdan bir dona ham qora narsa ishlatmadim”. Bola dunyoga kelishi sevimli mashg‘ulotga nuqta qo‘yish uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Unga ham qo‘shib libos tikish kerak. U multfilm qahramonlari libosini ham o‘xshatib tika oladi. Mana buni detallarigacha o‘ylangan libos desa bo‘ladi. Netflix filmi qahramonining libosi nafaqat chiroyli, balki qulay hamdir. Syurtuk (uzun kamzul) faqat erkaklar uchun deb kim aytdi? Libos uchun 9 metrlik mato Shotlandiyada xarid qilingan. Yangi Mariya-Antuanetta bilan tanishing. “Ushbu suratda o‘zimga bag‘oyat go‘zal tuyulaman”. Suratdagi barcha libos, hatto divan qoplamasi ham Kristinning ijod mahsuli.
103
1,681
Foto
Kommunistik partiyaning 100 yilligi, dunyo bo'ylab anomal issiq, Boyqo'ng'irdan uchgan raketa — 30 iyun suratlari
E'tiboringizga 30 iyunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Bugun xitoyda Kommunistik partiya tuzilganining 100 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda. xitoy bayrog'i ranglariga burkangan osmono'par binolar uzra chaqmoq chaqishi kuzatildi va bu o'zgacha go'zallikni namoyish qildi. Hindistonning Chennay shahrida koronavirus iblisining niqobini kiyib olgan ko'ngilli shu tariqa odamlarni vaktsina olishga targ'ib qilmoqda. Al Quds brigadasi bosh niqobini taqib olgan falastinlik yosh askar Falastin Islomiy Jihod harakati tomonidan tashkil etilgan yozgi lager mashg'ulotlarida qatnashmoqda. Nigeriyalik yosh bokschilar mashg'ulotlar oralig'ida telefondan video tomosha qilmoqda. Indoneziyada Qizil xoch jamiyati xodimlari ko'chalarda dezinfektsiya ishlarini amalga oshirmoqda. Mamlakatda koronavirus bilan bog'liq holatlar o'sayotgani kuzatilmoqda. Qozog'istonning Qizilo'rda viloyatida joylashgan Boyqo'ng'ir kosmodromidan raketa uchirildi. Suratda raketaning ostki qismi. Frantsiyaning Nant shahrida joylashgan Avliyo Pyotr ibodatxonasida yong'in sodir bo'lganidan bir yil o'tib, u yerga jurnalistlar va tegishli tashkilot xodimlari tashrif buyurdi. Shu kunlarda butun dunyoda anomal issiq havo kuzatilmoqda. Nyu-York shahrida bolalar fontanda cho'milmoqda. Iroqning Basra shahridan oqib o'tuvchi Shatt ul-Arab daryosida issiq havoda cho'milayotgan iroqliklar.
113
1,362
Foto
Turk kinematografiyasini yangi darajaga olib chiqqan “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari 10 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
“Muhtasham yuz yil” seriali bundan 10 yil avval ekranlarda namoyish etildi va dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Serial ijodkorlari rang-barang obrazlari orqali Sulton Sulaymon hukmronligi haqidagi hikoyani yoritib berishga harakat qildi. Turk kino olamida alohida e’tirofga loyiq bo‘lgan ushbu serial qahramonlari o‘tgan vaqt mobaynida qay darajada o‘zgarganini e’tiboringizga havola etamiz. Xurram sulton — Maryam Uzerli Sulton Sulaymon I — Halit Ergench Oysha Xafsa sulton — Nebahat Chehre Mehrimoh sulton — Pelin Karaxan Shahzoda Jahongir — Tolga Saritash Mohidavron sulton — Nur Fettaho‘g‘lu Shahzoda Mustafo — Mehmet Gunsur Gulshoh xotun — Nihan Buyukagach Oybeka xotun — Ezgi Eyyubo‘g‘lu Izabella Fortuna — Malika Ipak Yalova Gulfem xotun — Selen O‘zturk Shohixubon sulton — Deniz Chakir Xadija sulton — Selma Ergech Xurijihan sultan — Burju O‘zberk Fotima sulton — Meltem Jumbul Sumbul og‘a — Selim Bayraktar Malkacho‘g‘lu Balibey — Burak O‘zchivit
132
973
Foto
Pensilvaniyada sug‘ur erta bahor kelishini bashorat qildi (foto)
Pensilvaniya shtati Panksutoni shaharchasidan bo‘lgan Amerikaning “xalq meteorologi” bo‘lgan Fil sug‘uri 2-fevral kuni erta bahorni bashorat qilgan, deya xabar beradi “TASS”. Mahalliy vaqt bilan soat 07:25 shahar klubi a’zolari tomonidan 10 kilogrammli pahmoq “meteorolog” Gobbler-Nob tepaligidagi inidan chiqarilgan. Mahalliy afsonalarga ko‘ra, agar sug‘ur o‘z soyasidan qo‘rqib, iniga yashirinsa, bu bahor yana bir yarim oyga kechikadi degani. Agar havo bulutli bo‘lib, Fil o‘z soyasini ko‘rmasa bahor erta keladi degani. Ayni damda Panksutonida ob-havo sovuq, tunlari havo harorati minus 13 daraja Selsiyga teng, kunduzlari minus 4 darajaga tushadi, shunga qaramay Sug‘ur kuni an’anaviy tadbiriga 25 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurgan. Bahorning kelishini sug‘ur yordamida aniqlash an’anasi Shimoliy Amerikaga germaniyalik muhojirlar bilan kelgan. Ob-havoning bashoratchisi rolini bo‘rsiq bajargan. Pensilvaniya shtatida bo‘rsiqlar yo‘q va shu sababli ko‘chmanchilar ushbu vazifani sug‘urga yuklagan. “Xalq meteoroligining” bashoratlari o‘rtacha 40 foiz hollarda amalga oshadi.
64
1,087
Foto
Dinozavrlar, sekvoyyalar va ajabtovur restoranlar: kanadalik kolleksionerning noodatiy otkritkalari (fotogalereya)
Flickr’ning Swellmap taxallusi ostidagi foydalanuvchisi eski otkritkalarni kolleksiya qiladi. Uning profilida 40 dan ortiq mavzulashtirilgan albomlar bor. Ular orasida dinozavrlar, g‘orlar va turli noodatiy rasmli tabriknomalar mavjud. Meduza mana shu noodatiy otkritkalar jamlanmasini taqdim etdi. Dinozavrlar va attraksionlar Gigant sekvoyyalar va ularning ostidan o‘tayotgan avtomobillar Ichki ko‘rinishi ajabtovur restoranlar Ijodiy jamoalar G‘orlar Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
114
636
Foto
Fotoreportaj: Tungi Farg‘ona
O‘zA Farg‘ona viloyatining tungi hayoti tasvirlangan ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
28
91
Foto
Fotogalereya: Butun dunyo onalari mashhur fotograf nigohida
Ona mehri hamma joyda va har doim shartsiz va chegarasizdir. Buni turli mamlakatlardagi onalarning erkin suratkash Paskal Mannarts tomonidan olingan suratlari ham isbotlaydi. Tengrinews ijodkorning suratlarini taqdim etdi.
59
222
Foto
Sayyoramizdagi ajoyibotlar: Qimirlaydigan toshlar, alangali kamalak va tabiatning boshqa jumboqli hodisalari (foto)
Quruqlikning qoq o‘rtasidagi okean yoki o‘sib chiqqan o‘simlikni ko‘rgan kishi olam-olam emotsiyalarni his qiladi. Bunday noodatiy hodisalarga guvoh bo‘lib, tabiatning mukammal rassomligiga tasanno aytmay iloj yo‘q. Jumboqlarga to‘la ekani bilan kishini lol qoldiruvchi Yer sharining turli burchagida uchratish mumkin bo‘lgan kam uchraydigan hodisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Tosh qotgan pufaklar Ko‘rinishi o‘zga sayyoraning tubida yashiringan olamga o‘xshaydigan mazkur qotib qolgan pufaklarning real hayotda mavjud ekaniga ishonish qiyin. Ajoyib muzli aylanalar, qotgan metan pufaklaridan tashkil topgan. Ular suv ostida muzlab o‘ziga xos manzara kasb etadi. Sinoatlarga to‘la ushbu kam uchraydigan hodisani faqatgina qish kunlari shimoliy kenglikda joylashgan ko‘lda tomosha qilish mumkin. Ammo, mahliyo qilgani bilan o‘ziga yarasha xavfli ekanini ham yodda tutish kerak. Muz eriganida, metan pufaklari yorilishni boshlaydi va shovqin eshitiladi. Bu vaqtda yaqin joyda gugurt yoqilsa bormi, metan bir zumda alanga oladi. Rang-barang ustun ko‘rinishidagi yorug‘lik Qishda guvoh bo‘lish mumkin bo‘lgan yana bir o‘ziga xos hodisa — yorug‘likning g‘aroyib ustun ko‘rinishida taralishi hisoblanadi. Tashqaridan bu go‘yoki kimdir o‘nlab projektorlarni yoqib qo‘ygandek yoki Yerga o‘zga sayyoradagi rivojlanish kelib qolgandek tasavvur uyg‘otadi. Gap shundaki, ayozli havo katta miqdordagi muzli kristallardan tashkil topgan bo‘ladi. Shafaq yoki quyosh ko‘kka ko‘tariladigan zamon bir tartibda bo‘lgan muzli kristallarda quyosh nuri aks etib, ustun paydo bo‘ladi. Yorug‘lik ustuni, shuningdek, oy va fonusni o‘zida aks ettirib kechasi ham paydo bo‘lishi mumkin. Harakatlanuvchi toshlar Ayrimlarining og‘irligi 300 kiloni tashkil qiladigan toshlar kezi kelsa 250 metrgacha joyidan siljishi mumkinligiga ishonish qiyin. AQShdagi O‘liklar vodiysida joylashgan, Reystrek-Playya qurigan ko‘l o‘rnidagi toshlar daqiqasiga 2-2,5 metrga o‘z-o‘zidan harakatlanadi hamda sezilarli iz qoldirmaydi. XX asrgacha buni ilohiy hodisa deb hisoblagan olimlar keyinchalik bunga magnit maydoni sabab deb o‘ylagan, 2014-yilda esa aniq xulosaga kelgan. Buning uchun tadqiqotchilar datchik va fotokamera o‘rnatilgan 5-15 kilo og‘irlikdagi toshlarni mazkur hududga qo‘yib kuzatgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, toshlarning bunday harakatlanishiga ingichka (bir necha millimetr), ammo uzun muzlar sababchi ekani, toshlar shu muz bo‘ylab harakatlanishi aniqlangan. Uchta quyosh Pargeliy ayrim qoidalarga qat’iy amal qilgandagina guvoh bo‘lish mumkin bo‘lgan kam uchraydigan hodisa sanaladi. Uni istisno sifatida faqatgina qish faslida ko‘rish mumkin, buning uchun havo ochiq, shuningdek, quyosh ufqdan unchalik yuqoriga ko‘tarilmagan bo‘lishi kerak. Havodagi muz kristallari sabab bir vaqtni o‘zida uchta quyoshni ko‘rsa bo‘ladi. Markazda haqiqiy quyosh, ikki chetda esa soxtasi ko‘rinadi. Alangali kamalak Alangali kamalakning olovga aloqasi bo‘lmagani sabab undan hayiqishga asos yo‘q. Atmosferadagi kam uchraydigan optik effekt, mikroskopik muzlardagi yorug‘likning sinishi natijasida yuz beradi. Ulardan patsimon cho‘zilgan yupqa bulutlar tashkil topadi. Hodisa, bulutni samoviy kenglikda nur sochadigan kamalakka aylantiradi. Qonli sharshara Bir vaqtni o‘zida kishining zavq bilan xavfni tuyishiga sabab bo‘luvchi mazkur tabiat hodisasidan dahshatli filmlarda dekoratsiya sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Antarktidaning sharqida joylashgan sharshara ko‘proq muzliklardan oqib tushayotgan qon oqimini esga soladi. Ko‘rinishi shunday bo‘lgani bilan hech qanday qo‘rquvga hojat yo‘q. Muz ostida qolgan ko‘ldagi oxralar mana shunday ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Million yil avval muz ostida qolib ketgan suv havzasiga yorug‘lik, issiqlik tushmagan. Suv muz yorig‘idan sizib ichkariga kirganida, tuzli suyuqlik havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishadi. Shu yo‘sinda qonli sharshara paydo bo‘ladi. Vahimaga soladigan bulutlar Mazkur bulutlarni ko‘rgan kishining eti junjikib ketadi va go‘yo bir necha daqiqadan keyin qiyomat boshlanadigandek tasavvur uyg‘otadi. Ammo aksariyat hollarda bunday bulutlardan, hatto oddiy yomg‘ir ham yog‘maydi. Momaqaldiroq, bo‘ron va boshqa muammolar ham kuzatilmaydi. Kam o‘rganilganiga qaramay, olimlar bunday bulutlarda namlik kam, ularning paydo bo‘lishiga ko‘plab energiya va issiqlik ketadi, deb taxmin qiladi. Yashirin sohil Faqatgina sizga tegishli bo‘lgan, odamlardan holi sohilda bo‘lib qolishni kim ham xohlamaydi deysiz. Bunday sohil mavjud va uni ko‘rish uchun Meksikaga borish kifoya. Yashirin sohil sifatida ma’lum bo‘lgan Playya-del-Amorning kelib chiqishi bilan bog‘liq tarix bor. Mutaxassislar uning paydo bo‘lishini bombalar portlashi bilan bog‘laydi: 1900-yillar Meksikadagi odam yashamaydigan orollarda sinov o‘tkazilgan. Aynan shunday qilib orollardan birining ustida tuynuk paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan esa to‘lqinlar orqali mazkur joyga suv va qum kelib qolgan. Vulqonli momaqaldiroq Mazkur momaqaldiroqlar go‘yo oxirgi zamon kelgandek tasavvur uyg‘otadigan qo‘rqinchli hodisalar qatoriga kiradi. Kam uchraydigan hodisa vulqonli momaqaldiroq deb ataladi. Momaqaldiroq vulqon ustida hosil bo‘ladi va aynan ushbu omil tufayli kishini dahshatga soladi. Yirik vulqonning otilib chiqish mobaynida kul zarrasi va vulqon gazlari to‘qnashadi hamda kuldan hosil bo‘lgan bulutda elektr zaryadlar yuzaga keladi. Pushti ko‘l Avstraliyada joylashgan Xiller ko‘lini tomosha qilgan kishi bunday manzarani aslo unutmaydi. Betakror yam-yashil o‘rmonlar o‘rtasida joylashgan ko‘ldagi suvning rangi kishini o‘ziga mahliyo qilmay qolmaydi. Mutaxassislarning fikricha, suvning bunday rangiga qizil-olovrang beta-karotin pigmentini o‘ziga to‘plovchi yashil suv o‘tlari, qolaversa ko‘plab to‘planganda qizg‘ish ko‘rinadigan galobakteriyalar sabab bo‘ladi.
115
5,783
Foto
Uchar kostyum, Germaniyadagi Rojdestvo archasi, Xitoydagi guruchli “togʻ” — 2 noyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Nepallik ayol Tihar hindu festivaliga baxmal gul termoqda. Ixtirochi Richard Brauning Britaniyaning Farnboro shahrida oʻtgan harbiy konferensiyada Gravity reaktiv kostyumini namoyish qildi. Moskvada ishchilar kuchli shamol tufayli qurilish narvoni qulagani sababli buzilgan Kreml devorining singan tirgagini tiklamoqda. Indoneziyaning Banda-Ache shahrida dengizda qolib ketgan sut emizuvchilarni qutqarish boʻyicha trening boʻlib oʻtdi. Germaniyaning Myunxen shahridagi Marienplas maydonida 27 metrlik Rojdestvo archasi oʻrnatilmoqda. Xotira kunida Rim papasi Fransisk Rimdagi fransuz harbiy qabristonida ibodat qildi. Flemington ot poygalarida Melburn kubogi musobaqalari. Nyu-Yorkda quyosh botishi. Mexiko shahrida ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi marsh boʻlib oʻtdi. Xitoyning Susong shahridagi guruch fermasi
94
880
Foto
Odatiy hayot tarziga qaytayotgan eronliklar, avtomat koʻtargan harbiy qizlar, daryoni kechib oʻtayotgan muhojirlar — 24 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Eronning ayrim hududlarida koronavirus bilan bogʻliq ba‘zi cheklovlar olib tashlandi. Aholi odatiy hayot tarziga qaytmoqda. Kaliforniyadagi Long Beach aeroportiga yaqinlashib kelayotgan samolyot. Rio Grande daryosidan kechib oʻtayotgan gaitilik muhojirlar. Soʻnggi kunlarda AQSh chegarasini kesib oʻtishga urinayotgan gaitilik muhojirlar oqimi keskin oshib, inqirozli vaziyat yuzaga kelmoqda. AQShdagi oʻrmon yongʻinlari oqibatida yonib ketayotgan uy. Sochida boʻlib oʻtayotgan Formula-1 poygalari davomida Aston Martin jamoasi poygachisi Sebastian Vettelga texnik yordam koʻrsatilmoqda. Angliyada ekofaollar norozilik namoyishi paytida katta yoʻlni toʻsib qoʻydi. Oqibatda yoʻlda tirbandlik yuzaga keldi. Ispaniyaning Palma orolida vulqondan lava otilishidan omon qolgan uy. Italiya poytaxti Rim shahrida ekofaollar iqlim oʻzgarishlariga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi. Xitoydagi Chunsin kollejining birinchi kurs talabalari harbiy mashgʻulotlarda qatnashdi. Angliyaning shimoli-sharqiy qirgʻoqlarida quyosh chiqishi.
138
1,084
Foto
Foto: 90-yillarning mashhur aktyorlari vaqt o‘tishi bilan qanchalik o‘zgargan?
Navqiron, ko‘rkam va ilhombaxsh bu yigitlar qanchadan qancha qizlarning yuragida ishq olovini yoqib, ularning otashin muhabbatiga sazovor bo‘lgan! Vaqt biz sevgan har qanday chehraga o‘zining ayovsiz chiziqlarini tortsa-da, tan olish kerak, bu aktyorlarni ko‘rganda ko‘z hali ham quvnaydi. AdMe nashri 90-yillarda mashhurlikka erishgan aktyorlarning faoliyatini boshlagan damdagi va hozirgi kundagi fotosuratlarini taqqoslab chiqdi.
78
432
Foto
Fotogalereya: Har qanday vaziyatdan chiqib keta oladigan talaba-o‘quvchilar
O‘quvchi va talabalarning qiyin vaziyatlarga topgan yechimini ko‘rib, ularning cheksiz tasavvuriga qoyil qolsa bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan rasmlarni taqdim etdi. Eng kichik sonni belgilang
75
211
Foto
70 yilda 1 mil: dunyodagi eng katta va befoyda uchar qayiq (foto)
70 yil avval dunyodagi eng katta gidrosamolyot Hughes H-4 Hercules birinchi va so‘nggi marta havoga ko‘tarildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Uchar qayiq milliarder, aviator, muhandis, prodyuser va rejissor Govard Xyuz tomonidan yaratilgan edi. Martin Skorsezening 2004-yilda Leonardo DiKaprio ishtirokida suratga olingan “Aviator” filmi aynan u haqda hikoya qiladi. Havo kemasining yagona nusxasi yelim taxtadan yasalib, har biri 3000 ot kuchiga teng sakkizta dvigatel bilan jihozlangan edi. Qulochi 97,4 metr bo‘lgan qanotlari 2017-yil mayigacha dunyoda eng katta bo‘lib qoldi. Hercules Ikkinchi jahon urushi davrida transatlantik reyslarni amalga oshirish uchun transport samolyoti sifatida qurilgan, amm0 1947-yildagina bitkazilgan. Xyuz 1947-yil 2-noyabr kuni samolyotda yagona parvozini amalga oshirib, Los-Anjeles qirg‘oqlari bo‘ylab 21 m balandlikda qariyb 1,6 km masofani bosib o‘tdi. Xyuz 1976-yilda vafot etguniga qadar samolyot dvigatelini har oyda ishlatib turdi. Ayni paytda esa u Oregon shtatidagi Evergreen International Aviation muzeyida saqlanmoqda.
65
1,067
Foto
Toshkentda gigant xot-dog va burger tayyorlandi (foto)
12-14-dekabr kunlari Toshkent City bog‘ida bo‘lib o‘tgan gastronomik festival Street Food Fest doirasida rekord darajadagi katta xot-dog va gigant burger tayyorlandi. Bu haqda Afisha.uz xabar berdi. Festivalning birinchi kunida tayyorlangan 35 metrni tashkil qiladigan xot-dogning uzunligi 12 qavat uyga to‘g‘ri keladi. Asosida 35 metrlik sosiska bo‘lgan 90 ta bulochka, 5 litr ketchup, shuncha mayonez, shuningdek, maxsus sous qo‘shilgan. Rekord darajadagi uzun bo‘lgan xot-dogni tayyorlash uchun 3 nafar oshpaz va 7 nafar yordamchi ishtirok etgan. Istovchilarga kesib sotilgan xot-dogdan tushgan mablag‘ “Ezgu amal” fondiga sarflangan. Diametri 2,5 metrni tashkil qiladigan burger tayyorlash uchun esa o‘nlab kotlet, yuzlab pomidor, marinadlangan bodring hamda bir necha litr sous qo‘shilgan.
54
798
Foto
Fotogalereya: Dunxuan vohasidagi inson qo‘li bilan yaratilgan 700 ta g‘or
Syanfodun g‘or kompleksi Xitoyga tashrif buyurgan har qanday sayyohni hayron qoldiradi. Unchalik ham keng bo‘lmagan maydonda 700 ta g‘or joylashgan. Ularning ko‘pi Budda haykali, shuningdek, chiroyli gulli freskolar bilan bezatilgan. Devordagi suratlar esa 1500 yildan beri saqlansa-da, yorqin rangini yo‘qotmagan. Travel Ask ana shu g‘orning rasmlarini taqdim etdi.
73
366
Foto
Jonivorlar galereyasi: Bo‘lajak onalar
Homilador ayol o‘zidan go‘yoki nur taratishini ko‘pchilik sezgan. Bo‘g‘oz jonivorlar-chi? AdMe bo‘g‘oz jonivorlarning suratlari jamlanmasini tayyorladi — ulardan dunyoga keladigan mittivoylar kishi kayfiyatini ko‘tarishiga shubha yo‘q. AdMe AdMe
38
249
Foto
Sinchkov tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan film va seriallardagi kamchiliklar (foto)
Hammaga ma’lumki, film yoki serialning har bir epizodini yaratish uchun ulkan jamoa mehnat qiladi. Shuningdek, suratga olishning turli bosqichlarida vaqti-vaqti bilan xatolarga yo‘l qo‘yilishi ham ajablanarli hol emas. Masalan, qahramonning rekvizitlari yoki kiyimlari bitta sahnada o‘zgarib qolishi mumkin. Ammo hatto eng kichik kamchiliklar ham tajribali kino muxlislarining e’tiboridan chetda qolmaydi. “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” filmidagi sahnalarning birida Toni Starkning yelkasida kurtka bor edi. Ammo keyingi kadrlarda kurtkasiz ko‘rinish bergan. “Do‘stlar” serialining epizodlaridan birida Monika bir necha soniya davomida noma’lum qiz bilan almashtirilgan. “Ijtimoiy tarmoq” filmida Armi Xammer egizaklar rolini ijro etgani uchun maxsus effektlardan foydalanilgan. Ammo sahnalarning birida qahramonning yuzi g‘ayritabiiy ko‘ringan, hatto “niqob”ning chegaralarini ham sezish mumkin. “Gravitatsiya” kartinasining bosh qahramoni yig‘laganida uning ko‘z yoshlari atrofga uchib ketadi. Aslida esa kosmosda ko‘z yoshlar ajralmaydi va havoda suzmaydi. “Amerikalik oila” serialining qahramoni telefonni teskari tutib so‘zlashgan. “Uyda yolg‘iz” komediyasida qaroqchilar mashinasi raqamida bitta son o‘zgargan: 4565 AK 4566 AK ga aylanadi. “Forsaj 6” jangari filmida Dueyn Jonsonning soqoli qaysidir sahnalarda paydo bo‘ladi va ayrimlarida yo‘q. “Yomon qizlar” komediyasida qahramon Lindsi Loxan Afrikada yashaganini aytib o‘tadi. Biroq bolalikdagi rasmda u afrikalik emas, Osiyo filining yonida o‘tirganini ko‘rish mumkin. Xeppi Piter Parkerning belidagi jarohatni tikkanda aslida uning qo‘lida hech narsa yo‘qligini ko‘rish mumkin. “Yangi qiz” serialining sahnalaridan birida Jessning laki paydo bo‘ladi va yana bir sahnada yo‘qoladi. Griffindorga tayinlanganidan so‘ng Garri avval Ronning yonida o‘tiradi. Ammo keyingi kadrda uni stolning narigi tomonida Germionaning yonida ko‘rish mumkin. “Ozod etilgan Jango” filmida bosh qahramon zamonaviy ko‘zoynak taqib olgan. Biroq 1858-yilda bu kabi modellar bo‘lmagani aniq. “O‘zing bilan yasha” teleserialining ushbu sahnasi 2014-yil tasvirlangan. Qahramon Maykning qo‘lida esa 2017-yilda chiqarilgan iPhone X. “Hammasini o‘zgartirgan odam” filmida Bred Pittning qahramoni avval telefonning ovozini o‘chirish tugmachasini bosadi, keyin esa suhbatdoshiga: “Men sizga qayta qo‘ng‘iroq qilaman”, deydi. “Reinkarnatsiya”da Toni Kollett tasvirining yirik planida aktyorning parigi ko‘rinib qolgan. Qiziq, “Bortda” komediyasining bosh qahramoni qanday qilib kalitsiz mashinani boshqardi?
92
2,548
Foto
Fotogalereya: Sayohat qilish hayot uchun xavfli bo‘lgan shaharlar
TravelAsk sayohat qilish hayot uchun xavfli bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini taqdim etdi. Barkisimeto, Venesuela Ushbu katta shaharda deyarli har kuni odam o‘ldiriladi. Peshovor, Pokiston Peshovor muntazam sodir bo‘ladigan teraktlar sabab dunyoning eng xavfli shaharlaridan biriga aylanib qolgan. Sano, Yaman So‘nggi yillarda ushbu shahar sahoyatchilar uchun xavfli bo‘lib qoldi. Barchasiga mamlakatdagi beqaror siyosiy vaziyat sababchi. Akapulko, Meksika Meksikaning bu shahriga hozirda faqatgina o‘ta jasur sayyohlargina tashrif buyurmoqda. Tegusigalpa, Gonduras Ushbu shahar dunyo bo‘yicha eng ko‘p qotilliklar sodir bo‘ladigan shaharlar orasida yetakchi hisoblanadi. Maseyo, Braziliya Maseyo nafaqat Braziliyadagi, balki butun dunyodagi eng xavfli shaharlaridan biri hisoblanadi. Mogadisho, Somali Bu shaharda juda ko‘p terakt sodir bo‘ladi. Nayrobi, Keniya Nayrobida juda ko‘plab bosqinchilar guruhi faoliyat olib boradi. Chiuaua, Meksika Meksika shaharlari giyovhand moddalar savdosidan juda qattiq aziyat chekadi. Kali, Kolumbiya Kali Lotin Amerikasidagi eng xavfli shahar hisoblanadi. Har kuni bu yerda 80 ga yaqin odam o‘ldiriladi.
65
1,146
Foto
Fotogalereya: Jumboqlarga to‘la olam
Turli jumboqlarga har lahzada duch kelish mumkin. AdMe ana shunday jumboqlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
36
110
Foto
Bachkanami yoki aksincha: Qirollik oilasi vakillarining mehmon kutadigan xonalari qanday ko‘rinishga ega?
Tashrif buyuruvchilar aynan u yerda qarshi olingani sabab ham qirollik vakillariga tegishli qarorgohlarda mehmon kutiladigan xonalarning dizayni va qulayligiga alohida e’tibor beriladi. Malika Anna, Getkomb bog‘i Qirolicha Yelizavetaning yagona qizi Annaning Glostershirdagi qarorgohida qulay va ko‘rimli mebel bilan rivojlangan shinamgina mehmonxona mavjud. Malika va uning turmush o‘rtog‘i Timoti Lorens kechasi katta televizor tomosha qilib vaqt o‘tkazadi. Shahzoda Garri va Megan Marklning Montesitodagi qo‘rg‘oni Shahzoda Garri va gersoginya Megan AQShdagi hayoti bilan bog‘liq tafsilotlarni e’lon qilavermaydi. Shunga qaramay, muxlislar video qo‘ng‘iroq qaydlari orqali ularning Santa-Barbaradagi uyi mehmonxonasiga nazar tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Unda eng birinchi bo‘lib, katta olovli kamin ko‘zga tashlanadi. Mebel va o‘rindiqlar devorga muvofiq och rangda ekanini ko‘rish mumkin. Zara va Mayk Tindollning Cheltnemdagi uyi Tindollarning o‘ziga xos uslubdagi mehmonxonasini poldan shiftgacha uchta deraza bezab turganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, kamin va dizaynerlik isi hisoblangan kichkina stol uy ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turadi. Uy devorining ranglari ochligi va mebelning ham to‘q rangi tanlanmagani sabab mehmonxona yorug‘ va keng ko‘rinadi. Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va qirolicha Maksimaning Huis Ten Bosch saroyi “Ko‘k mehmonxona” — qirollik oilasiga qarashli saroydagi eng ajoyib xonalardan biri. Tinchlantiruvchi ranglarning umumlashmasi, devorlardagi bezaklar, yumshoq stul va chetlari tilla rang bo‘lgan katta oyna xonani bir vaqtni o‘zida hashamatli va qulay bo‘lishiga xizmat qiladi. Shvetsiya malikasi Viktoriya va shahzoda Daniyelning Xagadagi uyi Shvetsiya malikasining uyidagi mehmonxonada qaymoq rang, jigarrang va kulrang umumlashmasini ko‘rish mumkin. Zamonaviy va qulay mebel, katta ko‘zgu, kamin va jurnal stoli uy dizaynidagi o‘ziga xoslik sanaladi. Daniya qirolichasi Margrete II Fredensborgdagi koshonasi Daniya monarxining shiftlari baland mehmonxonasidagi gul qog‘ozlar va moviy rangning mujassamligi o‘ziga xos dizaynni tashkil etadi. Devorlar suratlar, bilan bezalgani va yumshoq mebel tagida gul qog‘oz rangida gilam borligi e’tibordan chetda qolmaydi. Shahzoda Uilyam va gersoginya Ketrinning Kensington saroyi Fotosuratchi shahzoda Uilyam va gersoginya Ketrinning Kensington saroyidagi mehmonxonasini, 2016-yil ular Barak va Mishel Obamani qabul qilganida kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan. Och ranglardan foydalanilgan xona markazida gul qaymoq rang mebel borligi diqqatni jalb qiladi. Marmardan ishlangan kamin, yog‘ochdan ishlangan katta eshik va devorlarga osilgan suratlar mehmonxonani bezab turadi. Yelizaveta II Bukingem saroyi Bukingem saroyidagi “Oq” mehmonxonadan uncha katta bo‘lmagan yig‘ilishlarni o‘tkazishda foydalaniladi. Shuningdek, devorlarning oqligi, gilamning qizilligi va hashamatli mebellarning tilla rangligidan tashqari, katta ko‘zgu va qandil xonani darhaqiqat monarxlarga xos bezatilganidan dalolat beradi. Gretsiya malikasi Mari-Shantalning Nyu-Yorkdagi uyi Malika Mari-Shantalning Nyu-Yorkda joylashgan uyining mehmonxonasi zamonaviy va qulay ko‘rinadi. Qaymoq rang va kulrang umumlashgan mazkur xonaga dumaloq shakldagi ko‘zgu, katta oynalar geometrik printlar tushirilgan gilam noodatiylik bag‘ishlab turadi. Norvegiya valiahdi Xokon va malika Mette-Maritning Skaugumdagi uyi Norvegiya valiahdining mehmonxonasi kitoblar javonini o‘z ichiga olishi bilan boshqalarnikidan farq qiladi. O‘ziga xos dizayndagi qoplamasi bor jurnal stoli va marmardan ishlangan kamindan tashqari xonadagi qandil va devorga ilingan surat ham e’tiborni jalb qiladi. Ispaniya qiroli Filipp VI va qirolicha Letitsiyaning Sarsueladagi saroyi Ispaniya qiroli Filipp VI va qirolicha Letitsiyaning mehmonxonasi minimal uslubda bezatilgani bilan e’tiborga molik. Och va yorqin bo‘lmagan ranglardan foydalanilgan xonaga gilam to‘shalgani, yumshoq mebel borligi va devorga surat ilinganini ko‘rish mumkin.
105
3,971
Foto
Afro-amerikalik qizaloqlarning barokko uslubidagi portretlari (fotogalereya)
Yer yuzidagi har bir insonga tabiiy go‘zallik in’om qilingan, uni ko‘rsata bilish kerak, xolos, deb yozadi Travel Ask. CreativeSoul nomi ostida birgalikda ishlaydigan er-xotin Regis va Karan aynan shu bilan shug‘ullanadi. Bu safar ular butun dunyoga qora tanli qizaloqlarning tabiiy go‘zalligini namoyish etishga qaror qildi va Afro Art fotoloyihasini yaratdi. Portretlarda qizlarni barokko davridagi murakkab liboslarda jimjimador soch turmaklari bilan ko‘rish mumkin.
76
469
Foto
Olimpiya oʻyinlaridagi ilk oltin medal, gulchambar kiygan Fransiya prezidenti, shifokorlarga atalgan “Gigant” haykallar — 25 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtayotgan Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegasiyasi oʻzining birinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Bunga taekvandochi Ulugʻbek Rashidov sababchi boʻldi. 19 yoshli Ulugʻbek mamlakatga Tokio-2020 oʻyinlarida birinchi oltin medalni taqdim etishdan tashqari, tarixiy natijani ham qayd etdi. U Olimpiyada tarixida taekvando boʻyicha oltin medal qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlikka aylandi. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari doirasida tennischi Naomi Osaka oʻzining birinchi davradagi oʻyinida xitoylik Chjen Saysayga qarshi bahsida kelayotgan toʻpni qaytarishga chogʻlanmoqda. Ajoyib kadr. Olimpiya oʻyinlari doirasida skeytbordda uchish boʻyicha AQSh sharafini himoya qilayotgan skeytbordchi. Sport mavzusidan uzoqlashamiz. Suratda Xitoydagi zooparklardan biridagi panda. Buyuk Britaniyaning Hadington shahrida Dan Barton tomonidan yaratilgan shifokorlarga atalgan «Gigantlar» nomli illyustrasiya. U buni doktorlar pandemiyada qilgan mehnatlarini e‘tirof etish uchun yaratgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatdagi aeroportda shu tarzda kutib olindi. AQShning Koliforniya shtatida yonayotgan uy. Olovni oʻchirishga ketayotgan oʻt oʻchiruvchilar. Kuvayt shahrida quyosh botishi.
139
1,269
Foto
Fotoreportaj: Bulutlar ichra qoyalar
O‘zA qoyalar ustida suzib yurgan bulutlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. Suratlarni tomosha qilib, tabiatning betakror rassom ekanligiga yana bor amin bo‘lish mumkin.
36
173
Foto
Fotogalereya: Barchaning ko‘z o‘ngidan yashirilgan 10 ta maxfiy joy
AdMe dunyoning turli nuqtalaridagi mashhur binolar, inshootlar ichiga yashirilgan maxfiy joylarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Eyfel minorasining uchinchi qavatida Gustav Eyfelga tegishli xona joylashgan bo‘lib, bu yerda u muhim mehmonlarni, jumladan, Tomas Edisonni qabul qilgan. Hozirda ushbu xonadagi kursida Eyfel va Edisonning manekenlari o‘tiradi. Uan-Tayms-skver binosi o‘z xo‘jayinlariga yiliga 23 million dollarga yaqin daromad keltirsa ham, bino ichida tashlandiq ofis xonalari va birinchi qavatdagi dorixonadan boshqa hech nima yo‘q. Binoga egalik qiluvchi firma 1992-yilda bankrotga uchraganidan so‘ng, uni reklama kompaniyasiga sotib yuborgan. Shundan beri Uan-Tayms-skver ulkan ekranlar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Nyu-York metropolitenidagi “Siti-xoll” bekati 1904—1945-yillar davomida ishlagan. Yangi poyezdlar kelganligi, ularning vagonlari burilishlarni amalga oshirish uchun juda uzun bo‘lganligi sabab bekat yopilgan. “Siti-xoll” bekatini ko‘rish uchun №6 poyezd vagoni so‘nggi bekatga yetganida undan chiqmaslik kerak: poyezda ortga qaytish uchun aynan shu bekatdan burilishni amalga oshiradi. Rashmor tog‘ida o‘yib ishlagan to‘rtta prezident tasviridan tashqari maxfiy xona ham mavjud. Besh tonnali tosh bilan berkitilgan xonada AQSh tarixidagi eng muhim hujjatlarning nusxasi, jumladan mustaqillik deklaratsiyasi ham saqlanadi. Venetsiyadagi dojlar saroyining tomi ostida qachonlardir Jakomo Kazanova — Pombi saqlangan qamoqxona mavjud. Qamoqxonaning 400 yillik tarixi davomida Kazanova bu yerdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yagona mahbus. Las-Vegasdagi asosiy ko‘ngilochar ko‘chaning ostidagi tunellar ko‘plab boshpanasiz odamlar uchun panoh vazifasini bajaradi. Bu yer mutlaqo qorong‘i, biroq fonar yoqilishi bilan “odamlar yashaydigan maskan” ekanligi ma’lum bo‘ladi: mebellar, kiyimlar va turli xo‘jalik buyumlariga to‘la. Binoning 102-qavatida tomosha maydonchasi joylashgan. Biroq shaharni 103-qavatda joylashgan kichkina xona orqali ham kuzatishning imkoni bor. Ushbu xona faqat xodimlarga, mashhurlarga va muhim mehmonlarga ochiladi. Rafael Santi va uning shogirdlari tomonidan 1516-yilda ishlangan ushbu vanna kardinal Bibbiena apartamentlarining bir qismi hisoblanadi. Vannaga kirish kardinalning sobiq yotoxonasida, hozirda Rim papasining turli mamlakatlar rahlabarini qabul qiladigan xonasida joylashgan. Ushbu xona qimmat mehmonxonadagi nomerlardan biriga o‘xshashiga qaramay, pul to‘lab bu yerda bir kecha ham qolishning imkoni yo‘q. Bu yerda yashash uchun mukofotni faqat yutib olish mumkin — g‘ayrioddiy mukofot har yanvar oyida o‘ynaladi. 1916-yilga qadar haykal mash’alasida joylashgan maydonga chiqish uchun zina bo‘lgan. 1916-yilda portlash oqibatida mash’alaga zarar yetgan va turistlar uchun u yerga kirish butunlay taqiqlangan. 1986-yilda mash’ala yangisiga almashtirilgan bo‘lishiga qaramay, hozir ham u yerga kirish mumkin emas.
67
2,898
Foto
Soyasida kutilmagan ko‘rinishni aks ettirgan narsalarning suratlari
Soyalar odatda tasavvurni ishga tushiradi. Ba’zida oddiy narsalarning soyasi kutilmagan ko‘rinishni aks ettirishi mumkin. Faqatgina ularga sinchkovlik bilan qarash talab etiladi. “Shimning soyasida yuz namoyon bo‘ldi”. “Mening Lego’m tunda divanga shunday soya soladi”. Transformer yoki ofis kreslosi. Chiroqmi yoki vertolyot? Qurigan yaproq va ajdarho. Pochta qutilari uyushtirgan tasvir. Ushbu manzaraga 10 soniyadan ortiq qarab bo‘lmaydi. Aslida, Dart Veyder bo‘lganimda... Qurollangan mushuk. Xavfli gremlin o‘rgimchagiga o‘xshaydi. “Men jirafaman”. Soyalarda aks etgan gulmi yoki boshqa narsa? O‘rgimchak va uning soyasi. “Devordagi qushga qarang”. Polda aks etgan odam. “Men yozishni boshlagan edim, birdaniga yakkashox paydo bo‘ldi”. Osmono‘par bino soyasi.
67
780
Foto
National Geographic 2016 tanlovi g‘oliblari (fotogalereya)
Hayratlanarli tabiat manzaralari, g‘aroyib joylar va rang-barang mahalliy aholi tasvirlangan minglab ajoyib suratlar National Geographic’ning bu yilgi sayyohlik suratlari yo‘nalishidagi tanlovida namoyish etildi. AdMe mazkur tanlov g‘oliblarining ana shunday takrorlanmas suratlaridan bahramand bo‘lishni taklif etadi. Gran-pri: “Qish chavandozi”, Ichki Mo‘g‘uliston 1-o‘rin, “Shaharlar” yo‘nalishi: “Ibn Yusuf madrasasi”, Marokash 1-o‘rin, “Tabiat” yo‘nalishi: “Qayerga borma, ortingdan boraman”, Xokkaydo, Yaponiya Rag‘batlantiruvchi yutuq, “Shaharlar” yo‘nalishi: “Chegara”, Manxetten, Nyu-York, AQSh Rag‘batlantiruvchi yutuq, “Tabiat” yo‘nalishi: “Ayiqlar aysbergda”, Nunavut, Kanada 2-o‘rin, “Odamlar” yo‘nalishi: “Tomdagi uyqu”, Varanasi, Hindiston 3-o‘rin, “Tabiat” yo‘nalishi: “Atakama cho‘li”, Antofagasta, Chili 2-o‘rin, “Shaharlar” yo‘nalishi: “Jimib qolishdi”, Guandun provinsiyasi, Xitoy 3-o‘rin, “Odamlar” yo‘nalishi: “Ovloq joyda -21 darajadagi hayot”, Ximachal-Pradesh, Hindiston 2-o‘rin, “Tabiat” yo‘nalishi: “Ikki karrali o‘lja”, Pantanal, Braziliya
58
1,076
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi ko‘chalar qanday ko‘rinishda
Ko‘cha shaharning, ba’zida esa butun mamlakatning yuzi hisoblanadi. Ko‘pincha odamlar kinolarda ba’zi ko‘chalarni ko‘rib yoqtirib qoladi va o‘sha yerga sayohat qilishni orzu qiladi. Travel Ask dunyoning turli burchaklarida joylashgan 30 ta ko‘chaning suratini taqdim etdi. Barselona — o‘ziga xos arxitektura hukmronligi. Ispaniya Parijdagi Monmartr “Azob tog‘i” nomi bilan mashhur. Fransiya Marokashning rang-barang bozorlari. Marokko “Saxel javohiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan Suss. Tunis Stol tog‘i — Janubiy Afrikaning eng qiziqarli joylaridan biri Soy Rambuttrida Bangkokning eng mazali ko‘cha taomlarini tatib ko‘rishingiz mumkin. Tailand Shuki-Roud — Yangi Taybeedagi ilhom manbai. Tayvan Aleksandriya — kattaligi bo‘yicha Misrdagi 2-o‘rinda turuvchi shahar Lindau ertaknamo mamlakatga o‘xshaydi. Germaniya Kvebekda qish ajoyib fasl ekanini his qilish mumkin. Kanada Gamiltondagi Front-Strit. Bermuda orollari Amsterdam kanal va ko‘priklarga to‘la. Niderlandiya Park-Sloup, Bruklin, Nyu-York. AQSh Budapeshtdagi Avliyo Stefan baziligining ko‘rinishi. Vengriya Umbriyada har bir inson uchun o‘ziga xos narsa topiladi. Italiya Salvador da Baiya — Braziliyaning Baiya shtatining poytaxti. Braziliya Alachati ko‘chasidagi tinchlantiruvchi moviy ranglar. Turkiya Santorini —kichik doirasimon arxipelagning katta oroli. Gretsiya Oksford shahrining Brot-Stritidagi Balliol kolleji. Buyuk Britaniya Belizedagi Playya Asunsyon ko‘chasi Sujchoudagi kanalda odamlar tez-tez qayiqlarda sayr qiladi. Xitoy Sankt-Peterburg — go‘zallikka burkangan, hayot qaynaydigan shahar. Rossiya Autbek Kvinslend, Avstraliya UNESCO’da Evora “muzey-shahar” deb ataladi. Portugaliya Qadimiy uslubdagi turar joylar Xarar shahrida ko‘p uchraydi. Efiopiya Jaysalmirning sariq qumtoshlari quyoshda tovlanadi. Hindiston Kuzgi Gavana. Kuba Kartaxena — dunyodagi eng romantik shaharlardan biri. Kolumbiya Dubrovnikda “Taxtlar o‘yini” suratga olingan. Xorvatiya Kiotodagi Ninezaka ko‘chasida geyshalar sayr qilmoqda. Yaponiya
74
2,023
Foto
Fotogalereya: Gerenuk antilopasi — Afrika savannasidagi “begona” mavjudot
Antilopalar orasida qiziqarli jonzotlar uchraydi. Ba’zilari spiralsimon shoxlari bilan chiroyli bo‘lsa, boshqalari noodatiy yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan qoplangan bo‘ladi. Yana ular orasidan xuddi boshqa sayyoradan kelib qolgandek tuyuladiganlari ham bor. Ular gerenuk deb ataladi. Travel Ask ularning rasmini taqdim etdi.
73
319
Foto
Fotogalereya: Chernobildagi tashlandiq bolalar yozgi oromgohi
Bu yil bahorda rekord darajada mashhur bo‘lgan “Chernobil” seriali chiqdi va g‘arbiy davlatlarda yashovchi aholini ongida katta burilish yasadi. Shedevr darajasiga chiqqan ushbu film butun dunyo shari Chernobilda sodir bo‘lgan o‘sha mash’um voqeani yana bir bor eslashiga sabab bo‘ldi. 1986-yil 26-aprelda Ukraina shimolidagi Chernobil atom stansiyasida sodir bo‘lgan keng ko‘lamli yadro falokatidan uch kun o‘tgach, sovet hukumati stansiyadan 30 kilometr radiusda yashovchi barcha odamlarni zudlik bilan evakuatsiya qilishga majbur qildi. Odamlarga faqat bir necha kunga ketayotganlarini aytishdi. Ammo 33 yildan so‘ng istisnosiz hudud deb nomlangan bu joy hali ham jonsiz bo‘lib qolmoqda. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi.
61
732
Foto
Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)
Gollivud yulduzlari hududi katta, qimmatbaho uylarda yashaydi degan qarash bor. Aslida esa mashhurlar orasida ham kamtarona hayot kechirishni istaydiganlar yo‘q emas. Robert Pattinson “Sumerki” yulduzi 2014-yildan buyon Gollivuddagi boshqa hamkasblaridan farqli o‘laroq ancha arzon va kichik uyda yashaydi. Ikki qavatli, maydoni 180 kvadrat metrli uyni 2,2 million dollarga xarid qilgan. Uyda ikkita yotoqxona, boloxona va orqa hovlida basseyn bor. Jennifer Lourens 2016-yilda Jennifer Nyu-Yorkdan 15,45 million dollarga pentxaus xarid qilgan. Ammo bunga qadar u uncha katta bo‘lmagan, ixcham oshxona va past shiftli standart uyda yashagan. Elayja Vud “Uzuklar hukmdori” filmida Frodo Beggins rolini ijro qilgan aktyor 2013-yilga qadar Texasdagi go‘zal ammo uncha katta bo‘lmagan viktorian uslubidagi uyda yashagan. Baland shiftli, go‘zal manzarani ko‘rish mumkin bo‘lgan derazali mazkur uy narxi sotuvga qo‘yilganidan keyin ancha qimmatlashgan. Zoi Deshanel Aktrisa 2009-yilda Gollivuddan 2,2 million dollarga uy xarid qilgan, ammo oradan 6 yil o‘tib sotib yuborgan. Yog‘och shiftli, eshiklari fransuz uslubidagi, bog‘ va oltita yotoqxonasi bo‘lgan ushbu uyga nazar tashlab bu yerda mashhur inson yashashini taxmin qilish qiyin. Melissa Makkarti “Oskar” mukofotiga ikki marta nomzodi qo‘yilgan aktrisa 2009-yildan 2017-yilga qadar Los-Anjelesdan 780 dollarga xarid qilgan oddiy uyda yashagan. 1939-yilda qurilgan, keyinchalik yaxshilab ta’mirlangan mazkur uy uchun Melissa oyiga 10 ming dollar to‘lagan. Kira Naytli Aktrisa turmush o‘rtog‘i Jeyms Rayton va ikki qizi bilan Londonda yashaydi. 2014-yilda ular Kenterberi tumanidan uch qavatli, beshta yotoqxonasi va yerto‘lasi bor, devorlari yorqin ko‘k va siyohrangga bo‘yalgan uy sotib oldi. Emi Shumer Emi 2015-yilga qadar Nyu-Yorkdagi oddiy, yotoqxonasi bitta, alohida oshxonasi ham bo‘lmagan uyini keyinchalik sotib yuborgan. U ayni vaqtda 12 million dollarlik pentxausda turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan yashaydi.
105
1,977
Foto
Amerikalik ayol qushlar uyasiga kamera o‘rnatdi. Endi u yerda yuzlab qushlar rasmga tushmoqda (foto)
AQShda yashovchi ayol qushlar uyasiga kamera o‘rnatdi. Endilikda ayol uyaga mehmonga uchib kelayotgan turli xil qushlarni kuzatib o‘tiribdi, deb yozadi Bored Panda. Ayol qushlar oziqlanadigan uyaga harakatlanadigan datchikka ega kamera o‘rnatgan. Kamera qush yetarli darajada yaqin uchib kelganida suratga olish imkonini beradi. Ayolning aytishicha, bir kunda u 7 mingtagacha kadr oladi. Keyinroq oziqa solingan uya bilan ayrim hayvonlar ham qiziqib qolgani oydinlashdi.  O‘ychanlik, hayrat, quvonch. Jonivorlar ham his-tuyg‘ularini ifoda eta olishining isboti — suratlarda
100
587
Foto
Budapeshtlik fotografning Yangi yil oldidan olgan suratlari (fotogalereya)
Fotograf Tamasha Ritsavi o‘z ishlarida har doim efemer pallani poylashga harakat qiladi. Bu uning ishlari orqali o‘tmishni eslash, har bir shaharda yashiringan sehrli manzaralarni tomosha qilib, eski va yangi holatni o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Ushbu suratlarda Budapesht butun dunyodagi eng yaxshi shahardek ko‘rinadi. Tamasha Ritsavi yarim kun davomida avtobusda haydovchi sifatida ishlaydi, qolgan vaqtida esa suratkashlik qiladi. Yangi yil faqat ushbu davrga xos bo‘lgan sehrli onlarni tarixga muhrlash vaqti. Dekabr oyida shahar jonlanadi va Budapeshtni miltillagan nurli chiroqlar qoplab oladi. Ayniqsa Yangi yil munosabati bilan yorqin chiroqlar bilan bezatilgan tramvay hamda trolleybuslar Budapesht chiroyiga chiroy qo‘shadi.
74
742
Foto
“Kalmar o‘yini” serialidagi ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgan sirli belgilar va kamchiliklar (foto)
900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” filmi Netflix tarixidagi eng mashhur loyiha hisoblanadi. Xvan Don-Xyokning rejissorligidagi mazkur loyihani 17 kun ichida 111 million obunachisi tomosha qilgan. Ammo ekran yuzini ko‘rganidan buyon dunyoning 90 davlatida eng mashhur loyihalar ro‘yxatiga yetakchilik qilganiga qaramay, ushbu serial ham kamchiliklardan holi emas. Ikki ishtirokchida bir raqam Birinchi o‘yinda har biriga tartib raqami berilgan 456 nafar ishtirokchi qatnashadi. Bosh qahramonlarning raqamlari serial davomida chindan ham o‘zgarmaydi, ammo diqqat bilan kuzatilsa ikkinchi darajali qahramonlarga unchalik e’tibor berilmaganiga guvoh bo‘lish mumkin. Dastlab 061 raqami ayol ishtirokchiga tegishli bo‘lgan. Ammo suratda o‘yindan chiqib ketayotgan erkak ishtirokchida ham aynan shu raqam ekanini ko‘rish mumkin. Ko‘rsatilgan ilk ma’lumotdan xulosa qilinsa, ishtirokchilardan birining yoshi yuzdan katta bo‘lishi kerak Beshinchi o‘yinda ishtirokchilar shisha ko‘prikni kesib o‘tishi kerak bo‘lgan. 17 raqamli o‘yinchi odam vaznini ko‘tara olmaydigan shishalarni boshqasidan ajrata olgan. Boshlovchi o‘yinchining ma’lumotlarini tekshirganda, uning shisha zavodida ishlagani ma’lum bo‘lgan. Reddit foydalanuvchilaridan biri ushbu sahnada yanglishish borligini payqagan. Ekrandagi ma’lumotda o‘yinchining 1897-yilda tug‘ilgani yozilgan. Bunday bo‘lsa, ishtirokchi o‘yin vaqti 124 yoshda bo‘lishi kerak. Ammo keyinchalik Netflix bu xatoga e’tibor bergan chog‘i, 1987 ga o‘zgartirib qo‘ygan. Devordagi soyabon turli shaklda Ikkinchi o‘yinning boshlanishidan avval ishtirokchilar shakllar: dumaloq, uchburchak, yulduz va soyabondan birini tanlashi kerak bo‘ladi. So‘ngra ulardan tanlangan shaklni dalgona karameldan ajratib olishi so‘ralgan. Devordagi shunday shakllardan biri — soyabon turli ko‘ringan. Yuqoridagi foto buning isboti. Sahnalardan birida Son Ki Xun ismli qahramon o‘zini ovqatlanayotgandek tutgan 3-qismda Ki Xun ovqatni sovib qolganidan shikoyat qiladi. Aynan shu sahnaga yaxshilab e’tibor berilsa, uning bo‘sh qoshiqni og‘ziga olib borayotganini ko‘rish mumkin. Turli telefon So‘nggi qismda Ki Xun metroda qizi bilan Samsung S7 telefoni orqali gaplashadi. Aeroportda o‘tirganida esa qo‘lida Samsung S3 rusumli telefonni ko‘rish mumkin. Xvan Chun Xoning telefon quvvati serial davomida tugamaydi Politsiya xodimiga qarashli telefon ko‘plab mem va hazillarga sabab bo‘lgan. Gap shundaki, oddiy smartfonlarning avtonom ishlash vaqti serialdagidan ancha farq qiladi. Haftada davomida ko‘rganlarini kadrga muhrlash va qayd qilish uchun Chun Xoning qo‘lidan telefon tushmaydi. Telefonining quvvati serial oxirigacha yetadi, lekin shu bilan birga qahramon uni qanday va qachon quvvatlagani tomoshabinlarga ko‘rsatilmaydi. Tashrif qog‘ozlaridagi telefon raqami haqiqiy Pul topishga ishtiyoqmand kishilarga tashkilotchilar bilan telefon orqali bog‘lanish mumkinligi aytiladi. Ma’lum bo‘lishicha, tashrif qog‘ozida ko‘rsatilgan raqam haqiqiy va u Janubiy Koreyada istiqomat qiladigan ayolga tegishli. Serial ekran yuzini ko‘rganidan keyin ushbu raqamga ko‘plab qo‘ng‘iroq bo‘lgan va xabarlar yozilgan. Netflix vakillari ushbu anglashilmovchilikni bartaraf qilib, raqamni o‘zgartirishini bildirgan. Kan Se Byok Shimoliy koreyscha talaffuz qiladi Koreys tilini bilmaydigan tomoshabinlar buni payqamasligi tabiiy. Reddit foydalanuvchilaridan birining ma’lum qilishicha, Se Byokning talaffuzi tug‘ilgan yurti Shimoliy Koreyaga tortadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Se Byok diskriminatsiya bo‘lmasligi uchun boshqa o‘yinchilar bilan Janubiy Koreyaliklardek gaplashadi. Shimoliy koreyscha talaffuzi faqat ukasi va vositachilar bilan gaplashganidagina seziladi. Oltita o‘yinning hammasi o‘yinchilar xonasidagi devorda tasvirlangan O‘yinchilar ularni qanday o‘yin kutayotganini taxmin qilib, javob burnilaring ostida ekanini xayoliga ham keltirmagan. Aslida devordagi o‘yinlarning tasviri boshidanoq, karavotlar bilan yashirilgan. O‘yinchilar kamaygani sayin, ushbu surat yaqqolroq ko‘rina boshlagan.
106
4,034
Foto
Fotogalereya: Sehrgarlik singdirilgan dizaynerlik ishlari
Ukrainalik bezakchi dizayner Yelena Osadchaya tomonidan yaratilgan bezaklar o‘zida ajabtovur sehrgarlik aks ettirgan. U o‘z ishlarini polimer loy hamda yarim qimmatbaho tosh va metallardan yasaydi. AdMe uning ijod namunalariga e’tibor qaratdi.
57
243
Foto
Fotogalereya: Xorijlik shou-biznes yulduzlari istiqomat qiladigan koshonalar
AdMe nashri dunyoga mashhur shou-biznes yulduzlari, aktyor-u aktisalarning uylarini suratlarini to‘plab taqdim etdi.
76
116
Foto
Bugun suratlari. Dunyo Yangi yilni qanday kutib oldi?
Dunyo 31 dekabr tunida yangi 2022 yilni kutib oldi. “Bugun.uz” ushbu tunda olingan eng sara suratlarni taqdim etadi. Moskva shahridagi Qizil maydonda bayram mushaklari. Yopib qo'yilgan Qizil maydon. Sankt-Peterburg, Rossiya Vladivostok, Rossiya. Parijdagi Elisey maydoni ko'chasida Yangi yil bayrami. Nyu-Yorkdagi Tayms-Skverda Yangi yil kutib olinmoqda. London, Buyuk Britaniya. Shveytsariya tog'larida Yangi yil oqshomi. Sidney, Avstraliya. Rio-de-Janeyro, Braziliya. Chuntsin, xitoy. Budapesht, Vengriya. Moskva, Rossiya. Nyu-Yorkdagi Tayms-Skverda Yangi yil kutib olinmoqda. Bu esa Toshkentda kutib olingan Yangi yil haqida karikatura.
53
639
Foto
Nafaqat iPhone: Medvedev va uning smartfonlari
“Import almashinish” ko‘rgazmasida ishtirok etgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga mahalliy Inoi R7 telefoni sovg‘a qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu telefon xorijiy servislarga bog‘lanmagan va uni “aniq o‘chirib qo‘yishmaydi”. Smartfon Finlyandiyaning Jolla kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sailfish operatsion tizimida ishlaydi, deb xabar berdi  “RIA Novosti”. 2013-yilda ham Medvedevga mahalliy smartfon  YotaPhone sovg‘a qilingan edi. Undan oldinroq prezident lavozimida ishlagan Medvedevga Apple rahbari Stiv Jobs iPhone’ning to‘rtinchi avlodini sovg‘a qilgan edi. “Gazeta.ru” amaldagi bosh vazir shu kunga qadar ishlatgan smartfonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Dmitriy Medvedev va Apple rahbari Stiv Jobs Rossiya prezidentiga sovg‘a qilingan iPhone’ning to‘rtinchi avlodini tomosha qilmoqda, 2010-yil Dmitriy Medvedev “Import almashinish” ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Inoy smartfoni bilan, 2017-yil 12-sentabr Dmitriy Medvedev Qozondagi Universiadaning yopilish marosimida o‘zining Samsung smartfoni bilan birgalikda, 2013-yil “Rostexnologiya” korporatsiyasi bosh direktori Sergey Chemezov taqdim etgan smartfon, 2013-yil Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Apple kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil Dmitriy Medvedev “Gorki” qarorgohida telefon orqali suhbatlashmoqda, 2011-yil Dmitriy Medvedev Qozonda bo‘lib o‘tgan suv sporti bo‘yicha jahon chempionatida o‘zining Samsung kompaniyasiga tegishli smartfoni bilan, 2015-yil Dmitriy Medvedev MDUning jurnalistika fakulteti talabalari bilan uchrashuvida o‘zining Apple smartfoni bilan, 2012-yil
46
1,648
Foto
Efiopiyada ochlarga yordam, iqlim oʻzgarishlariga qarshi norozilik, falastinliklarga qoʻllov. G7 sammiti doirasida boʻlayotgan norozilik namoyishlari suratlarda
Xabaringiz bor, shu kunlarda Buyuk Britaniyaning Kornoul grafligida G7 mamlakatlari liderlari oʻrtasida sammit boʻlib oʻtmoqda. Shu munosabat bilan graflikning turli shaharlarida norozilik namoyishlari uyushtirilmoqda. Bu orqali namoyishchilar bugungi kunda butun dunyoga xavf solib turgan global muammolarga katta yettilik rahbarlarining diqqatini tortishni maqsad qilgan. «Kun suratlari» ruknining bugungi sonida ana shu namoyishlardan tayyorlangan fotogalereyani taqdim etamiz. Falmut porti yaqinidagi plyajda Oxfam International tashkiloti a'zolari G7 davlat rahbarlari niqobida oʻtiribdi. Ular shu orqali oʻz noroziliklarini namoyish etmoqda. Syorfingchilar dengizga chiqarilayotgan chiqindi suvlar miqdorining oshib ketganiga qarshi oʻz noroziliklarini izhor etmoqda. Namoyishchilar Kimberley istirohat bogʻida. Kornoulning Heyl shahrida Falastinni qoʻllab-quvvatlovchi namoyish boʻlib oʻtdi. Xuddi shunday mazmundagi namoyishlar Londondagi Douning Stritda (bosh vazir qarorgohi joylashgan koʻcha, ayni vaqtda bosh vazir qarorgohi mediada shu nom bilan ataladi) ham boʻlib oʻtdi. Extinction Rebellion tashkiloti a'zolari Falmut shahrida norozilik namoyishlarini oʻtkazmoqda. Tashkilot, asosan, iqlim oʻzgarishlari, bioxilma-xillikning buzilishiga qarshi kuch ishlatmasdan qarshilik qilishni targʻib qiladi. Shuningdek, Falmutda hozirda urush va ochlik girdobida qolgan Efiopiyaning Tigrey shahri aholisiga yordam berishga chaqirilgan namoyish boʻlib oʻtdi. Namoyishlarning aksariyati iqlim oʻzgarishlari muammosiga bagʻishlandi.
160
1,534
Foto
Fotogalereya: Misr poytaxtining chekka qismida joylashgan chiqindi va axlatlar shaharchasi — Zabbalin
Misr poytaxti Qohiraning chekka qismida Zabbalin deb nom olgan shaharcha joylashgan. Shaharchada mahalliy aholi tomonidan axlat va chiqindilar yig‘ilib, saralanadi va qayta ishlanadi. U yerdagi chiqindi uyumlaridan “taraladigan” qo‘lansa hid sabab bu yerni tunda ko‘zlarni yumib topish mumkin. Zabbalinda politsiya yo‘q, aholi ichki qonun-qoidalariga amal qilib hayot kechiradi. Zabbalinga borgan rossiyalik bloger Pyotr Loviginga ko‘ra, shaharchada yig‘ilgan chiqindilar tun-u kun saralanadi va qayta ishlanadi. Chiqindilar Qohiraning barcha burchaklaridan yig‘ib kelinadi. Zabbalin ko‘chalarida kalamush va cho‘chqalarni uchratish odatiy hol. Bu yerda chiqindi biznesi oilaviy hisoblanib, bolalar 10-12 yoshidan boshlab kattalarga “musor”ni saralashga yordam beradi. Chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi to‘rtta bosqichdan iborat: yig‘ish, tozalash, saralash va qayta ishlash uchun fabrikalarga yuborish. Erkaklar asosan metall va plastiklar bilan ishlaydi.
101
965
Foto
Xitoydagi qishloqda 39 juft egizak yashashi ma’lum bo‘ldi (foto)
Xitoyning Szyanszin okrugidagi 367 ta oiladan iborat qishloqda 39 juft egizak yashashi aniqlandi, deb yozadi TJournal. Egizaklarning eng keksasi 89 yoshda, eng kichigi to‘qqiz oylikdir. Statistikaga ko‘ra, egizaklar 1,1 foiz hollarda tug‘iladi, ammo ushbu anomaliya hududida ularni qariyb har o‘ninchi uyda uchratish mumkin. Shifokorlar hodisa sabablarini aniqlaganicha yo‘q, biroq ular buni homilador bo‘lish imkonini beradigan dorilardan ko‘rmoqda, ulardan xitoylik ayollar ko‘p foydalanadi.
64
497
Foto
Antiselfi: AQShlik qiz tarixiy yodgorliklar fonida o‘zini o‘likka solib suratga tushmoqda (foto)
AQShlik rassom Stefani Li Rouz selfiga qarshi kurashishga qaror qildi, deb yozadi Big Picture. U zamonaviy yoshlarning fotosuratlari juda sun’iy ko‘rinish olgan, deb hisoblaydi, shu sababli suratga tushishning o‘z usulini o‘ylab topdi. Dunyo bo‘ylab sayohat chog‘ida qiz shunchaki yerga yuzi bilan uzala tushib yotib, o‘zini o‘likka soladi. Uni na o‘tkinchilarning hayrat to‘la nigohlari va na trotuardagi loy to‘xtatib qoladi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
96
728
Foto
Fotogalereya: Hayotda bir marta sodir bo‘ladigan tasodiflar
TravelAsk odamni hayratga soluvchi tasodiflar hayotda faqatgina bir marta sodir bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
59
145
Foto
Fotogalereya: Omadli suratkashlarning ijod namunalari
Zamonaviy dunyoda suratga tushirishni o‘rganish qiyin ish emas. Kerakli lahzani tuta olish esa omadlilarga xos haqiqiy mahorat sanaladi. AdMe suratkashlarning ana shunday mahoratli ijod namunalarini taqdim etdi.
53
211
Foto
Fotogalereya: Bu odamlar hayoti uchun quyosh nuri xavfli. Ular ko‘chaga faqat kun botganda chiqadi
Pigmentli kseroderma bilan kasallangan odamlar hayoti uchun quyosh nuri xavfli hisoblanadi. Ular quyoshning ultrabinafsha nurlaridan yashirinish uchun himoya kiyimi kiyishi va kun botgunga qadar ko‘chaga chiqmasligi kerak. Ushbu xastalik bilan kasallanganlar ko‘proq Shimoliy Afrika mamlakatlarida uchraydi. Marokashda ushbu kasallikka chalingan bolalarning turmush tarzini o‘rganib, ularning hayotini rasmga muhrlagan Associated Press suratchisi Mosaaba Elshami (Mosa’ab Elshamy) fotosuratlarini TimesDaily e’lon qildi. Marokashning Muhammadiya shahridan bo‘lgan 27 yoshli Fatimazehra al-Gazaui (Fatimazehra El Ghazaoui) pigmentli kseroderma bilan xastalangan. Qiz ko‘chada ultrabinafsha nurlaridan asraydigan maxsus shlemda yurishi shart. Shuningdek, quyosh nurlaridan asrovchi krem hamda butun tanasini berkitib turadigan kiyimlarda bo‘lishi kerak. Shifokorlar Fatimazehraga kunduzi umuman ko‘chaga chiqmaslikni maslahat beradi. Ehtiyotkorlik, shlem, kremlar ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishga qisman yordam beradi. Fatimazehra 50 dan ortiq operatsiyalarni boshidan kechirgan. Rasmdagi ayol Fatime al-Fatuikai (Fatima El Fatouikai). U bolalar dermatologi bo‘lib ishlaydi. Fatime Kasablankada joylashgan Ibn Rushd universiteti gospitalida Marokashning barcha hududlaridan olib kelingan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kasallikni davolashning imkoni yo‘q. Faqatgina profilaktik choralar yordam beradi. “Bu bolalar quyoshning to‘g‘ri nurlari ostida kamroq bo‘lishlari shart”, — deydi Fatime al-Fatuikai. Marokashda pigmentli kseroderma bilan xastalangan har o‘n ming aholiga bitta fuqaro to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida bu kasallik o‘n barobar kamroq uchraydi.
98
1,703
Foto
Foto va video: yomg‘irda ivib ketgan Putin
22-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘ydi. Tantanali marosim sharros yomg‘ir ostida bo‘lib o‘tdi, unda davlat rahbari soyabon va ustki kiyimsiz holda qatnashdi, deb yozadi Tengrinews. Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan suratlarda Putin oxir-oqibat shalabbo bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bosh vazir Dmitriy Medvedev va mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham xuddi shunday ivib ketgan. Prezidentning xatti-harakati e’tiborsiz qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari davlat rahbarining “yomg‘irli zarba”ni o‘ziga olish qobiliyatini maqtadi va ijobiy baho berdi. Keyinroq jurnalistlarning Putin va vazirlar sharros yomg‘ir ostida soyabonsiz turgani sababi haqidagi savollariga javoban prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni tadbirning xususiyati taqozo etganini aytdi. “Bu xuddi xotira marosimida shlyapani yechmaslikday gap”, — dedi u.
42
914
Foto
Tibbiyot vakillari bilan uchrashgan Prezident, avtomobillar ustiga qulagan daraxtlar, Hindistonda nishonlangan Holi bayrami — 18 mart suratlari
Bugunning eng sara va dolzarb suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev xalqaro simpoziumlar saroyida tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Davlat rahbari o'z nutqida aholi murojaatlari asosida 7 ta muhim yo'nalishni ko'rsatib o'tdi. Har bir vazifa bo'yicha aniq moliyaviy manbalar, texnik yechimlar va amaliy mexanizmlar belgilandi.Ochiq muloqotda shifokorlar so'zga chiqib, muammolar, taklif va mulohazalarini aytdi. Prezident ularni mutaxassislar ishtirokida muhokama qilib, mutasaddilarga ko'rsatmalar berdi. Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo'jaev Prezident topshiriqlarini tinglamoqda. Samarqand shahrida 18 mart kuni xalqaro aeroport yangi terminalining ochilishi bo'lib o'tdi. Samarqand aeroporti yangi terminali orqali ilk bor xizmat ko'rsatgan reys “Uzbekistan Airways”ning Toshkentdan Samarqandga uchib borib, yana ortga parvoz qilgan HY-045/046 raqamli reysi bo'ldi. Ochilish marosimida 250 nafardan ortiq kishi qatnashdi. Marosimda bosh vazirining birinchi o'rinbosari Ochilbay Ramatov, transport vaziri Ilhom Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov, “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra'no Jo'raeva va boshqalar so'zga chiqdi. Toshkentning Uchtepa tumanida daraxt avtomobillar ustiga quladi. 14 mart kungi sun'iy yo'ldosh tasvirlari Belarusda Rossiya texnikasining katta miqdorda to'planganini ko'rsatdi. Musulmon taqvimida muqaddas kechalardan biri hisoblangan Baroat kechasi oldidan qabristonni ziyorat qilayotgan pokistonlik kishi. Chennay shahrida an'anaviy Holi bayrami bo'lib o'tdi. Indoneziyada fotograf Fanni Nurdiana egizaklarni fotosessiyaga tayyorlamoqda. Buyuk Britaniyaning ikki buyuk bosh vazirlari Margaret Tetcher va Uinston Cherchilning miniatur haykalchalari Konservatorlar partiyasi tomonidan sotuvga chiqarildi. Ukraina poytaxti Kiev shahridagi aholi uylari Rossiya hujumidan keyin. Rasmiylar tomonidan musodara qilingan qotirilgan Sumatra yo'lbarsi yoqib yuborildi.
143
1,946
Foto
Texasga yaqinlashayotgan “Xarvi” dovulining fazodan olingan foto va videolari
AQShning sharqiy sohiliga “Xarvi” dovuli yaqinlashmoqda. U Saffir–Simpson shkalasi bo‘yicha uchinchi darajaga yetishi kutilmoqda. Agar bu taxmin o‘zini oqlasa, “Xarvi” oxirgi 12 yil ichida AQShga yopirilgan eng shiddatli dovul bo‘ladi. “Xarvi”ning asosiy zarbasi Texas shtatiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda; dovul yaqinlashayotgan tumanlardan o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilindi; neftni qayta ishlovchi korxonalar faoliyati to‘xtatildi. Qolishni istagan odamlar suv, aynimaydigan oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi ehtiyoj mollarini zaxira qilib qo‘ymoqda. Hozir “Xarvi” Atlantika okeani ustida. Dovul ko‘lamini yaxshiroq tasavvur qilish uchun Meduza uning fazodan olingan video va fotosuratlarini jamladi. 30-second imagery of rapidly intensifying Hurricane #Harvey from GOES-16. pic.twitter.com/b8CFxJdgQD — NWS Eastern Region (@NWSEastern) August 24, 2017
77
863
Foto
Instagram’dan fotoreportaj: Shishali ko‘rfaz
Vladivostokda shunday ko‘rfaz borki, uning sohili qumdan tashqari suv ta’sirida charxlangan millionlab shishachalar va chinnilar bilan qoplangan. Bu yer bir necha yillardan buyon fotosuratchilarni o‘ziga jalb etadi, suratlar esa ba’zida G‘arb nashrlari va fotobloglaridan joy oladi. Shishali ko‘rfazning landshafti kelib chiqishining bir necha versiyalari bor. Birinchi versiyaga ko‘ra, yaqin atrofdagi mahalliy chinni zavodi chiqindilarni tashlab yuborgan. Yana bir versiyaga ko‘ra, shisha xomashyosini olib ketayotgan ikkita yuk mashinasi sohil yaqinida ag‘darilgan. Instagram’dan fotoreportaj: Qorga burkangan Sochi  Mahalliy aholining aytishicha, silliq va chiroyli oynachalar kun sayin kamayib bormoqda. Bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar uni esdalik uchun o‘zi bilan olib ketadi. TJournal nashri mana shu plyajga kelib, suratlarini Instagram’dagi sahifasiga yuklagan sayyohlarning ijod namunasini bir sahifaga jamladi. Instagram’dagi shaxs: Sayohatchi ayol va uning mushugi Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
44
1,148
Foto
Fotogalereya: Tashkent City’dagi mashhurlar muzeyiga sayohat
Avvalroq Tashkent City majmuasidagi istirohat bog‘i tarkibida mashhur yulduzlarning mumdan yasalgan haykallari namoyish etilgan “Yulduzlar muzeyi” ochilgan edi. Daryo muxbiri muzeyda bo‘lib maxsus fotolavhalar tayyorladi. Muzeydagi har bir eksponatning atrofi uni mashhur qilgan sohaga aloqador mayda detallarigacha o‘ylangan kompozitsiya bilan o‘ralgan. Qolaversa, ular haqidagi ma’lumotlar ramkaga solinib devorga ilingan. Hozircha dunyo madaniyati, siyosati va sportining 13 nafar yorqin vakillarining haykallari o‘rnatilgan bo‘lsa, 1 oydan so‘ng qolgan eksponatlar ham kelishi kutilmoqda. Ularning safida o‘zbek san’ati vakillari ham bo‘lishi kutilmoqda. Bo‘lajak eksponatlar ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, futbol yulduzlari Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, turk aktyorlari Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, hind aktyorlari Shohruxxon, Ayshvariya Ray, Amitabh Bachchan, xitoylik afsona Jeki Chan, o‘zbek qiziqchilik san’ati darg‘alaridan biri Hojiboy Tojiboyev bo‘lishi kutilmoqda. Figuralar xitoylik va turkiyalik ustalar tomonidan yaratilmoqda. Muzeyga kirish narxi: 20 ming so‘m O‘z yo‘nalishiga mos ravishda jihozlangan, “yulduzlar”ga ajratilgan xonalarda ularning hayoti va ijodiga tegishli ma’lumotlarni uch tilda o‘qish mumkin.
60
1,253
Foto
Shohrux Xon, Amir Xon va boshqa Bollivud yulduzlarning bolaligidagi kam uchraydigan suratlari
Filmdagi ijrosi bilan minglab muxlislarga ega bo‘lgan hind aktyor va aktrisalarining bolaligidagi suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Bollivud qiroli Shohrux Xonning buvasi, katta opasi va amakisining qizi bilan birga tushgan surati. Jajji Tabuning katta opasi Fara Naaz va onasi Rizvana Xashmi bilan tushgan surati. Taxir Xusseyn rafiqasi Zinat va o‘g‘illari Feysal hamda Amir Xon bilan. Mitti Jeki Shroffning onasi Rita Shroff bilan tushgan surati. Shatrugxan va Punam Sinxa yangi tug‘ilgan chaqaloqlari Lav va Kxush bilan. Egizaklarning ismi go‘zal ma’no — sevgi va baxtni bildiradi. Raj Kapurning farzandlari — Rishi Kapur va Rita Nanda. Ularning har ikkisi ham 2020-yilda vafot etgan.
93
701
Foto
AQSh janubida ob-havoning og'ir sharoitidan millionlab odamlar aziyat chekmoqdareportaj
Hafta boshidan beri AQSh janubida yashovchilar ushbu mintaqada kuzatilayotgan noqulay ob-havoning og'ir sharoitlaridan aziyat chekmoqda. Harorat minus 18 darajagacha pasaygan. Kamida 47 kishi vafot etgan. 4 milliondan ortiq xonadon issiqlik va elektr ta'minotidan uzilib qolgan. Texasda 30 yil ichidagi eng past harorat tufayli (minimal ko'rsatkich minus 18 darajaga yetgan) favqulodda holat joriy etildi. Elektr energiyasiga bo'lgan talabning ortishi natijasida tizimlar ishlamay qoldi. Harorat Texasdagi kamida 4,3 millionta xonadonga ta'sir ko'rsatdi. Juma kunigacha shtatdagi 200 mingga yaqin uy elektrsiz qolgan. 13 milliondan ortiq texasliklarning uyida esa issiq suv yo'q. Elektr energiyasidan tashqari, shtatda oziq-ovqat mahsulotlarining uzilishi kuzatilmoqda. Kamida 47 kishi bunday ob-havo sabab halok bo'ldi, ulardan 30 nafari Texasda yashagan. Ushbu raqamlar “Washington Post” tomonidan keltirib o'tilgan. Ta'minotdagi uzilishlar va elektrdagi muammolar tufayli hukumat 19 fevral kuni Galveston (Meksika ko'rfazi sohillari yaqinida joylashgan shu nomdagi orolda joylashgan shahar) va Korpus shahriga ikkita harbiy samolyotni yuborishga majbur bo'ldi. 18 fevral kuni 35-avtomagistralda janubga tomon cho'zilgan katta tirbandlik yuzaga kelgan. Texas rasmiylari buning oqibatlari bundan ham yomonroq bo'lishi mumkinligini aytmoqda, ammo ular anomal sovuq va qorga tayyor emasliklarini tan olgan. Texas shtati Yuless shahridagi yonilg'i quyish shoxobchasida 18 fevral kuni benzin tugagan. Fermer hayvonlarini sug'orish uchun muzni yormoqda. Oklaxomada uzoq davom etgan kuchli sovuq, qor va muzli yomg'ir odamlarni so'ng federal yordam so'rashga majbur qildi. Odamlar nafaqat o'tin ishlatmoqda, balki kerosin isitgichlarni ham sotib olgan. 19 fevralga kelib mamlakat janubida havo bir oz isiy boshlagan. Taxmin qilinishicha, sovuq tez orada tugaydi va hafta oxirida havo harorati plyus 10 darajaga yetadi. Texasda sovuq ob-havo kuzatilib, quvurlar yorilishi oqibatida 13 million aholi ichimlik suvisiz qoldi — fotoreportaj
87
2,031
Foto
Fotogalereya: Mashhur rassomlarning “erib ketgan” asarlari
Venalik dizayner Aller Dostal o‘z ishlarida mashhur rassomlarning asarlarini go‘yoki “eritib yuboradi”. U bu ishni Pit Mondrian, Pablo Pikasso, Vinsent Van Gog, Rene Magritt, Salvador Dali, Edvard Munk, Jak-Lui David va Xose David Alfaro Sikeyrosning asarlarida amalga oshirdi. Dizaynerning “Qaynoq san’at ko‘rgazmasi” nomi ostida yig‘ilgan ishlari kolleksiyasini TJournal taqdim etdi.
58
385
Foto
Fotogalereya: Namuna bo‘lishga arziydigan kichkintoylar
AdMe g‘ayratli kichkintoy bolalar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
55
67
Foto
Fotogalereya: BAA cho‘llarining hayratomus manzaralari
Birlashgan Arab Amirliklari Dubay va Abu-Dabidagi osmono‘par binolari bilan birga, o‘zining tabiiy manzaralari bilan ham sayyohlarni hayratga soladi. Avstraliyalik fotograf Ayrenis Xerek ushbu mamlakat cho‘llaridagi manzaralarni dronlar yordamida suratga oldi. TravelAsk ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi.
54
313
Foto
Fotogalereya: Mexanik arra yordamida yaratilgan san’at asarlari
Germaniyalik haykaltarosh Yurgen Lingl-Rebetez o‘z faoliyatini rassom sifatida boshlagan. Biroq vaqt o‘tishi bilan u yog‘och bilan ishlay boshladi va bu sohada haqiqiy ustaga aylandi. AdMe nashri esa ustaning eng sara asarlari fotojamlanmasini taqdim etdi. Uning haykallari biroz beso‘naqay ko‘rinishiga qaramay, bir vaqtning o‘zida epchillik va dinamikani o‘zida aks ettirib turadi. Haykaltaroshning qahramonlari xuddi tomoshabinlarga tashlanayotgandek tasavvur uyg‘otadi. San’atkorning haykallari bir qator davlatlardagi xususiy va jamoat kolleksiyalarida saqlanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
63
653
Foto
Noma'lum askar poyiga gul ko'yayotgan Pokiston bosh vaziri, Boris Jonsonning Ukraina masalasi bo'yicha murojaati, Rossiya—Ukraina urushi — 24 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Pokiston politsiyasi Zohir Ja'farni do'stining qotili sifatida aybdor deb topdi. Janubiy Koreya prezidentligiga nomzod Li Chje Myon saylovoldi tashviqoti chog'ida saylovchilar oldida ta'zim qildi. Indoneziyaning Palembang shahrida yuzlab odamlar yog' olish uchun navbatda turibdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida harbiy amaliyotlar o'tkazishga ruxsat berganidan so'ng Ukraina tanklari shaharga kirib keldi. Ukrainaning harbiy yuk mashinalari Rossiyaning bergan zarbasidan yonib ketdi. Pokiston bosh vaziri Imron xon Moskvadagi Aleksandr bog'ida Kreml devori yonidagi noma'lum askar qabriga gul qo'yish marosimida ishtirok etmoqda. Tailand janubida joylashgan Narativat provintsiyasidagi Ban Yakang qabristonida koviddan vafot etgan fuqarolar dafn etilmoqda. Kiev shahridan chiqib ketayotganda kuzatilayotgan tirbandliklar. Kievni tark etish uchun poezd kutayotgan ayol. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina inqirozi yuzasidan murojaat qilishga tayyorlanmoqda.
158
1,051

This is an Uzbek News Dataset with 512,750 articles (120 million words and in the Latin script) scraped from the web in 2023.

I combined and uploaded the dataset in this HF repo so that the community can fine-tune LLMs based on the Uzbek language.


@proceedings{kuriyozov_elmurod_2023_7677431,
  title        = {{Text classification dataset and analysis for Uzbek 
                   language}},
  year         = 2023,
  publisher    = {Zenodo},
  month        = feb,
  doi          = {10.5281/zenodo.7677431},
  url          = {https://doi.org/10.5281/zenodo.7677431}
}

Github: github Arxiv: https://arxiv.org/ftp/arxiv/papers/2302/2302.14494.pdf

Original dataset was created by scraping the Internet.

From the authors:

The dataset consists text data from 9 Uzbek news websites and press portals that included news articles and press releases. These websites were selected to cover various categories such as politics, sports, entertainment, technology, and others. In total, we collected 512,750 articles with over 120 million words accross 15 distinct categories, which provides a large and diverse corpus for text classification. It is worth noting that all the text in the corpus is written in the Latin script.

Downloads last month
44
Edit dataset card