text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, qo‘mitalari (komissiyalari) raislari, Devoni rahbari mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat va monitoring bo‘limi (A. Abdukodirov) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har oyda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritib borsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridagi chora-tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni amalga oshirilishini ta’minlasin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatilsin. 6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
10Qonunchilik
ShHT uchun terrorizm va ekstremizm tahdidi qayerdan kelayotgani aytildi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlari uchun terrorizm va ekstremizm xavfi birinchi navbatda Afg‘onistondan kelmoqda, biroq vaziyatga yechim topish bo‘yicha bir tomonlama harakatlar uni yanada chuqurlashtiradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ShHT davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining seshanba kungi uchrashuvida ma'lum qildi. "ShHTga a'zo davlatlar uchun terrorizm va ekstremizm xavfi birinchi navbatda Afg‘oniston hududidan kelmoqda. Ishonchimiz komilki, Islom respublikasidagi vaziyatni kuch usullari bilan, xalqaro huquq normalari hamda prinsiplarini chetlab o‘tgan holda, bir tomonlama hal qilishga yo‘naltirilgan istalgan sa'y-harakatlar xavfsizlik uchun qo‘shimcha xatarlar uyg‘otadi", - dedi Patrushev. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakati ShHTga a'zo boshqa davlatlar bilan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni afg‘onlarning o‘zi boshchiligida siyosiy yechim topish yo‘li bilan tiklash tarafdoridir. "26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha anjuman ko‘p tomonlama o‘zaro harakatlarni kuchaytirish lozimligini tasdiqladi, jumladan ShHT doirasida ham. Ushbu uchrashuvni, shuningdek, Kobul jarayoni doirasidagi yig‘ilishni Moskva shakli va “ShHT - Afg‘oniston” guruhi doiralaridagi maslahatlashuvlarning mantiqiy davomi, deb hisoblaymiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Patrushev. Uning aniqlik kiritishicha, afg‘on masalasi bo‘yicha istalgan tashabbuslar mintaqa davlatlari manfaatlarini hisobga olishi va ularga ma'lum bir ssenariylarni yuklab qo‘yish ehtimolini yo‘qqa chiqarishi lozim. "Shu sababdan Xitoy tomonining aloqa guruhining ikkinchi yig‘ilishini Pekinda o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz", - deya xulosa qildi Patrushev.
2Dunyo
Poroshenko prezidentlikdan keyin nima bilan shug‘ullanmoqchi ekani haqida gapirdi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko prezidentlik davri tugagandan so‘ng u uchun “arzirli ish” borligini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Bu gapni prezident Pereyaslav-Xmelnitskiy shahrida “Yoshlarning fikri muhim. NATO va YeIdagi istiqbollar” forumida aytgan. Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, “prezidentlik xotimasi”dan so‘ng u o‘zi “orzu qilgan” “arzirli ish” bilan shug‘ullanadi. Prezident Ukrainadan chiqqan Yevroparlament deputati bo‘lishni xohlashini ta’kidlagan. Shuningdek, prezident uni bunday lavozimga faqatgina Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat yo‘naltirishi mumkinligini aytgan.
2Dunyo
«Aqlli hisoblagichlar» energiya sarfini ko‘p hisoblaydimi? Mutaxassis bilan suhbat Bugungi suhbatdoshimiz Davrbek Imomovning lavozimi rasman quyidagicha ataladi – «Hududiy elektr tarmoqlari» aksionerlik jamiyati qoshidagi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish tizimini joriy qilish hamda muvofiqlashtirish direksiyasi direktori. Mehmonimiz bilan «aqlli hisoblagichlar» nega «ko‘p hisoblashi», tabaqalashtirilgan tizim qachon ishga tushishi, umuman, yangi tizim yo‘lga qo‘yilsa, elektr ta'minotiga qanday ta'sir qilishi haqida suhbatlashdik. – Davrbek, ASKUE, «aqlli hisoblagichlar», avtomatlashtirilgan tizim o‘zi nima? – Avtomatlashtirilgan tizim bu inson omili ta'sirisiz hisoblagich ko‘rsatkichlarini qayd qilish, qarzdorlik mavjud bo‘lganda tarmoqdan ajratish, qarzdorlik bartaraf etilgandan keyin tarmoqqa qayta ulashning avtomatlashtirilgan mexanizmi hisoblanadi. Bundan tashqari bu diagnostika vazifasini ham bajaradi. Xalq tili bilan aytganda «tizim shifokori» hisoblanadi, ya'ni «kasallik» qaysi hududlardaligini, qayerda yo‘qotishlar ko‘p, qaysi hududda tarmoqni rekonstruksiya qilish kerakligini aniqlash mumkin. Dunyoda shu tizimga yuz foiz o‘tgan yagona davlat Italiya hisoblanadi. Boshqa davlatlarda qisman joriy qilingan, hattoki ayrim rivojlangan davlatlarda hali-hanuzgacha induksion mexanik hisoblagichlardan foydalanib kelinmoqda. Avtomatlashtirilgan tizim juda ko‘p afzalliklarga ega shu bugungacha nazoratchilar fuqarolarni har-xil xizmat vazifalari bilan bezovta qilgan bo‘lsa, bu tizimda hech kim fuqaroni bezovta qilmaydi. Turli tamagirlik holatlari kamayadi, debitor qarzdorlik o‘sishiga yo‘l qo‘yilmaydi, undirilgan mablag‘lar tizimni rivojlantirishga tarmoqlar sifatini yaxshilashga sarflanadi, tarmoqda tijorat yo‘qotishlarni aniqlashga hamda kamaytirishga xizmat qiladi. 2020 yilda 4,5 mln dona hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu jarayonga 3000dan ortiq mutaxassislar jalb qilish kerak bo‘ladi. – Ko‘pchilikni bir savol qiynaydi: yangi o‘rnatilayotgan hisoblagichlar ko‘p hisoblaydimi? Hatto «chiroq o‘chgan» paytlarida ham hisoblagich ishlayverayotgani aytiladi. –  Yangi, zamonaviy hisoblagichlar ishlab chiqarilayotgan zavodlarda har bir hisoblagich inson omili ta'sirisiz alohida, bir nechta bosqichli ko‘riklardan o‘tkaziladi. Ya'ni davlat metrologik ko‘rsatkichlari talabiga javob bermasa, yaroqsiz deb topiladi va foydalanishga chiqarilmaydi. Bu hisoblagichlar ko‘p hisoblamaydi, balki avvalgi hisoblagichlar kam hisoblagani uchun va bu hisoblagichlar aniqlik sinfi yuqori bo‘lganligi uchun fuqarolarimiz nazarida shunday tushuncha paydo bo‘lgan. Elektr ta'minoti bo‘lmaganda ham tizim bilan aloqa mavjudligini bildiruvchi chirog‘i o‘chib yonishi va xotira batareykasi borligi sababli raqamlarni ko‘rsatib turishi tufayli ishlayveradi, degan fikr tug‘ilgan. Aslida unday emas. – Avtomatlashtirilgan tizim qay tartibda ishlaydi? – Tizimda hisoblagich, transformatorga o‘rnatilgan konsentrator (uni tizim yuragi deyish mumkin), BILING dasturi hamda «Elektrhisob» dasturi o‘zaro ma'lumotlar almashgan holda ish yuritadi. Ya'ni hisoblagichdan ma'lumotlarni konsentrator olib jamlab boradi va ASKUE dasturiga jo‘natadi, ASKUE dasturi ma'lumotni BILING («Elektrhisob») dasturiga jo‘natadi, dastur esa qarzdorlikni hisoblab tarmoqdan ajratish yoki qayta ulash uchun ushbu jarayonning teskari uslubida ish bajaradi. Avtomatlashtirilgan tizimni uyali aloqa operatoriga o‘xshatishadi, ya'ni qarz bo‘lsangiz o‘chadi, to‘lasang darhol yonadi. Lekin energetika sohasida tizim boshqacharoq – bir nechta omillarga bog‘liq. Ya'ni uyali aloqa operatori aloqa sifatiga, tarmoqning eskirganligiga qarab avtomatlashtirilgan tizim yaxshi yoki yomon ishlashi mumkin. – Iste'molchi hisoblagichni almashtirishga majburmi, almashtirishni xohlamasa qanday chora ko‘riladi? – Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga muvofiq, hisoblagichni almashtirish majburiy hisoblanadi. Kimdir xohlamasa, tarmoqdan uziladi. –  Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga muvofiq hisoblagichni almashtirish majburiy hisoblanadi. Kimdir xohlamasa, tarmoqdan uziladi. Bilasizmi, davlat tomonidan tekinga almashtirilayotgan bir paytda aksariyat noqonuniy foydalanayotgan, uyiga nazoratchilarni kiritmaydigan, o‘z vaqtida qarzini to‘lamaydigan iste'molchilar ana shunday qarshiliklar qilishi ko‘p kuzatiladi. Oddiy fuqarolarimiz, o‘qituvchi, shifokor, pensionerlar esa hech qanday qarshilik ko‘rsatmaydi. – Hisoblagich almashtirish bepulmi? Har necha yilda bu hisoblagichlar davriy qiyoslovdan o‘tqaziladi? –  Hisoblagich, almashtirish xizmat haqi, tamg‘alash, xujjatlarni rasmiylashtirish tekin, lekin hisoblagichgacha bo‘lgan yaroqsiz simni yangi sim olib berish va yangisiga almashtirish, yaroqsiz avtomat/rubilnikni sotib olish va almashtirish va boshqa qo‘shimcha elektr ish xizmatlari bundan mustasno. O‘rnatilayotgan hisoblagichlar har 10 yilda bir marotaba davriy qiyoslovdan HETK tomonidan o‘tkaziladi, qolgan hisoblagichlar esa har 8 yilda bir marotaba. Shu o‘rinda aytmoqchimanki, elektr energetika sohasida qiyoslov o‘z vaqtida o‘tqazilmagani uchun hech qanday jarima yo‘q, iste'molchilarga hech qanday ta'sir choralar ko‘rilmaydi, balki hisoblagichlarni o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tqazish HETK majburiyatiga kiradi. Shuning uchun fuqarolar umuman bezovta bo‘lmasa bo‘ladi. Ko‘pchilik tabiiy gaz va ichimlik suvi yoki issiqlik ta'minotida qiyoslov muddati o‘tgani uchun ortiqcha to‘lovlar mavjudligi uchun elektr energiyada ham jarima bor, deb o‘ylashadi, aslida unday emas. – Nima deb o‘ylaysiz, avtomatlashtirilgan tizimga to‘liq o‘tilishi elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf eta oladimi? – Dastlabki bosqichda bartaraf eta olmaydi. Sababi, ishlab chiqarish va avtomatlashtirilgan tizim o‘rtasida yetkazib berish ham bor. Afsuski, ko‘p uskunalarimiz eskirgan. Ularni to‘la almashtirib chiqish ma'lum vaqt talab qiladi. – Ma'lum muddat oldin «aqlli hisoblagichlar» sutkaning turli vaqtlarida turlicha tarif bo‘yicha hisoblashi e'lon qilingandi. Bu tizim yo‘lga qo‘yildimi? – Tabaqalashtirilgan tizim deb ataluvchi bu tizim e'lon qilingandi, ammo hali yo‘lga qo‘yilmadi. Yangi hisoblagichlarimizda sutkaning to‘rt vaqtida turli tariflar qo‘llash imkoniyati bor. Tizimni ishga tushirish uchun hali qilinadigan ishlar bor. Lekin ayrim yuridik shaxslarga – 750kVA dan yuqori quvvatli yuridik iste'molchilarga nisbatan bunday hisoblash amal qilmoqda. – 7 mln.ta hisoblagich bu juda katta raqam. Uning xaridi qay darajada shaffof? Bu hisoblagichlarning ishlab chiqaruvchilari qaysi tashkilotlar? – Albatta, bu hisoblagichlar asosan o‘zimizda, «Toshelektroapparat» korxonasi hamda «Elektronhisoblagich» qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqariladi. Bu yurtimizda ish o‘rinlari, soliqlar demakdir. Shuningdek, qisman Janubiy Koreyadan keltirilganlari ham bor. Ammo ko‘rinishi farqlansa-da, hammasining ish prinsipi bir xil. Har bir viloyat uchun ma'lum bir turga mansub hisoblagichlar tanlab olindi. Misol uchun Toshkent shahrida «Elektronhisoblagich» qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan «YeX18,YeX518» rusumli hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. Kelajakda tizimda har xil muammolar kuzatilmasligi uchun, hisoblagichlar tekin o‘rnatilayotganligi uchun qaysi hududga qanday hisoblagich o‘rnatilishini hududlardagi HETKlar belgilab beradi. Iste'molchi manfaatini o‘ylab shunday yo‘l tutilmoqda. – Ma'lumki, elektr energiyasi uchun to‘lovlar Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan. Avtomatlashtirilgan tizimda undiruvga hojat yo‘q, hamma oldindan to‘lashga majbur. Bu holatda MIBning vakolati nima bo‘ladi? – Albatta, bu borada hukumatning maxsus qarori chiqsa kerak. Lekin aniq aytish mumkinki, elektr energiyasi to‘lov tizimida ba'zida uchrab turadigan tushunmovchiliklarga barham beriladi. – Avtomatlashtirilgan tizimga ulangan iste'molchilarning shaxsiy kabinetida boshqa ko‘rsatich, joyida boshqa ko‘rsatkich kuzatilishiga qanday izoh berasiz? – Fuqarolar tomonidan «nega uyimda ko‘rsatkich 100, dasturda esa 120?» deganga o‘xshash holatlar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kuzatiladi. Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarorining 108-bandiga muvofiq, oldingi davr uchun amaldagi elektr energiyasi iste'molining hajmi (dasturda eng oxirgi 2ta ko‘rsatkichlardan hosil bo‘lgan o‘rtacha kunlik sarf) bo‘yicha hisob-kitob olib boriladi, ya'ni iste'molchilar shaxsiy kabinetga e'tibor berib nazar tashlansa, «taxminiy ko‘rsatkich» deb ko‘rsatiladi. Ushbu taxminiy ko‘rsatkichdan hosil bo‘lgan qarzdorlik bo‘yicha iste'molchi tarmoqdan ajratilmaydi, balki haqiqiy ko‘rsatkich olinib qarzdorlik hosil bo‘lgandagina tarmoqdan ajratiladi. Shu sababli fuqarolardan ushbu holatga jiddiy e'tibor qaratmasliklarini, balki bu taxminiy iste'mol energetika korxonasida ayrim hisobotlar uchun qo‘llanilishda foydalanishimizni bildiraman. Abror Zohidov suhbatlashdi. Tasvirchi – Abdusalim Abduvohidov.
8O‘zbekiston
Ayollar uchun eng xavfli shaharlar nomi e’lon qilindi (foto) Thomson Reuters Foundation reytingidan 10 milliondan ortiq aholisi bor megapolislar o‘rin oldi. So‘rovda ishtirok etgan ekspertlar shaharlarga u yerda sodir bo‘ladigan zo‘ravonliklar, ayollarga an’anaviy madaniyatni singdirish, tibbiy xizmat darajasi, ta’lim va boshqa omillarni hisobga olib baho berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”. Misr poytaxti — Qohira o‘zining madaniy an’analari tufayli ayollar uchun dunyodagi eng xavfli shahar deya topildi Reytingda ikkinchi o‘rinni Pokistonning Karachi shahri egalladi Uchinchi o‘rinni esa Kongo demokratik respublikasining poytaxti — Kinshasa band etdi To‘rtinchi o‘rinda Dehli (Hindiston) Top-5 likka Peru poytaxti — Lima yakun yasadi Oltinchi o‘rinni Mexiko egalladi (Meksika) Yettinchi o‘rinda Dakka shahri (Bangladesh) Reytingning sakkizinchi pog‘onasidan Lagos shahri (Nigeriya) o‘rin oldi To‘qqizinchi pog‘onani Indoneziyaning Jakarta shahri egalladi Top-10 likka Istanbul yakun yasadi (Turkiya) Moskva shahri esa ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxatida 16-o‘rinni egalladi. Ayollar uchun eng xavfsiz shahar deya London tan olindi
3Foto
Qozog`istonda xodimlari bilan raqsga tushgan hokim jazolandi Qozog`iston Respublikasining Qarag`anda viloyati Jayrem tumani hokimi Amanqazi Naukenov o`z qo`l ostidagilar bilan birga raqsga tushgani uchun hayfsan oldi. Madaniyat va san`at xodimlari kuni munosabati bilan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan edi. Karajal shahar hokimiyatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, videoda “Jayremskiy go” AJ kasaba uyushma qo`mitasi raisi, Jayrem tumanining madaniy-hordiq markazi direktori va ushbu tashkilotning bir nechta xodimlarini ko`rish mumkin. Ushbu tadbir mamlakatda ommaviy tadbirlarni o`tkazishga qo`yilgan taqiqni buzgan holda o`tkazilganligi sababli hokimga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilgan. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 16 351 kishi koronavirusga chalingan. Sog`ayganlarning soni 10 195 nafarni tashkil etayotgan bo`lsa, 105 bemor vafot etgan.
2Dunyo
Jizzaxda YTH: 32 yoshli fuqaro va 3 yoshli bola halok bo‘ldi Jizzax viloyatida yuz bergan YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda. Aniqlanishicha, 2019 yil 14 noyabr kuni taxminan soat 03:50larda 25 yoshli M.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasida Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» M-39 avtomobil yo‘lining 956-km.da, Toshkent yo‘nalishidan Termiz yo‘nalishiga tirkamasi bilan qayrilib olayotgan 34 yoshli haydovchi A.N.ning boshqaruvidagi MAN rusumli yuk mashinasiga kelib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.  Xabarda aytilishicha, YTH vaqtida Cobalt rusumli avtomashinasida yong‘in kelib chiqishi oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Natijada, Cobalt avtomashinasi yo‘lovchilari 32 yoshli S.Ye. hodisa joyida, voyaga yetmagan 3 yoshli A.A. esa Sardoba tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganlar. Haydovchi M.T. turli tan jarohatlari bilan Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasiga ko‘ra qo‘shimcha axborot beriladi.
5Jamiyat
IBM tushumi 19-chorakdan beri kamaymoqda IBM kompaniyasining 2016 moliyaviy yilning 4-choragidagi tushumi 2015 yildagi shu davrdagiga nisbatan 1 foizga kamaydi va 21,8 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu tariqa kompaniyaning tushumi 19 chorakdan beri pasaymoqda. Shu bilan birga kompaniyaning sof daromadi 1 foizga oshib, 4,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Bir aksiyaga daromad 5,01 dollarni tashkil qilgan. 2017 yilda kompaniya bir aksiyaga 13,8 dollar foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.     Kompaniyaning 2016 yilda "bulutli" biznesdan olgan tushumi 35 foizga oshib, 13,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.  Kompaniya hisoboti ortida uning aksiyalari 2,5 foizga tushib, bir donasi narxi 162,8 dollarni tashkil qildi. IBM 2016 moliyaviy yildagi sof daromadi 11 foizga, ya'ni 11,9 mlrd dollargacha kamaydi. Kompaniyaning yillik tushumi 2 foizga, ya'ni 79,9 mlrd dollargacha kamaygan.    Ta'kidlash joizki, kompaniya 2016 yilda olingan patentlar miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. U AQShda 8088 ta patentni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Kompaniya ixtirolaridan aksariyati sun'iy ong, kognitiv hisoblashlar, bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlikka tegishli bo‘lgan.
14Texnologiya
Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tdi Videokonferens-aloqa tarzida o‘tkazilgan Oliy sud Plenumida Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy va iqtisodiy sudlar, harbiy sudlar raislari va sudyalari, Oliy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi. Oliy sud raisi K. Komilov boshqargan Plenum majlisida «Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining fuqarolik ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida» va «Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida"gi Oliy sud Plenumi qarorlari loyihalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, muhokama etilgan Plenum qarorlari fuqarolik va ma’muriy ishlarni qonuniy hamda adolatli hal etishda fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, qonun hujjatlarining sud amaliyotida aniq va bir xilda tatbiq etilishiga, yagona sud amaliyotini shakllantirishga, shuningdek yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini amaliyotda yanada samarali qo‘llanilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, yig‘ilishda Plenum qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini aholiga, tadbirkorlarga, davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va ma’muriy sudlar sudyalariga tushuntirish bo‘yicha viloyatlarda va mahallalarda tadbirlar amalga oshirilishi lozimligi qayd etildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
12Siyosat
KVN boshlovchisi Aleksandr Maslyakov 75 yoshda (fotojamlanma) Yarim asrdan ziyod vaqt avval Quvnoqlar va zukkolar klubiga kelgan Aleksandr Maslyakov bugun, 24 noyabr kuni o‘zining 75 yoshligini nishonlamoqda. U KVNni uzoq yillar davomida xazil sanoatining o‘chog‘i, har qanday shou-biznes uchun ajoyib maydon va shunchaki biznes-imperiyaga aylantirdi. Uning karerasi o‘ziga xos muvaffaqiyat etalonidir - unga na hukumatning Ittifoqdan Rossiyaga almashuvi va na moliyaviy qiyinchiliklar ta'sir o‘tkaza olmadi. Bugungi kunda Maslyakovning o‘z teatri va hattoki ismi sharifidan iborat savdo belgisi ham bor. Aleksandr Maslyakov «Planety KVN» shtab-kvartirasining ochilishiga bag‘ishlangan konsertda, 2013 yil Quvnoqlar va zukkolar klubi boshlovchilari Svetlana Jiltsova va Aleksandr Maslyakov, 1971 yil «Viraj» teledasturi boshlovchisi Aleksandr Maslyakov, 1984 yil «A nu-ka, devushki!» teleko‘rsatuvi boshlovchisi Aleksandr Maslyakov Novosibirskdagi «Sibir» sport saroyi sahnasida, 1987 yil Aleksandr Maslyakov «Sibir» sport saroyi sahnasida «A nu-ka, devushki!» teletanlovi g‘oliblari bilan, 1987 yil Rossiya Federatsiyasi prezidenti Boris Yeltsin KVNda, 1996 yil Aleksandr Maslyakov turmush o‘rtog‘i Svetlana va teleboshlovchi Tatyana Lazareva bilan «TEFI-2006» tanlovi g‘oliblarini mukofotlash tadbiri oldidan, 2006 yilning noyabri Aleksandr Maslyakov KVN yubiley sonining s'yomkalari paytida, 2006 yil  Konstantin Ernst, Aleksandr Maslyakov va Leonid Parfenov «Zvorykin-Muromets» filmi premerasida, Moskva, 2010 yil Aleksandr Maslyakov «KiViN-2011» gala-konsertida, Sochi, 2011 yil Aleksandr Maslyakov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Yantar Xoll» estrada teatrida bo‘lib o‘tgan «Golosyashchiy KiViN» festivali ishtirokchilari bilan uchrashuv chog‘ida, Svetlogorsk, 2015 yil 2016 yilning noyabr oyi
5Jamiyat
Jizzaxda suv sizib chiqayotgan polietilen quvur skotch yordamida yamaldi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Jizzax suv ta’minoti” MChJ xodimi suv sizib chiqayotgan polietilen quvurni skotch yordamida yamayotgani aks etgan video tarqaldi. “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, bu vaqtincha chora sifatida amalga oshirilganini ma’lum qildi. Kadr: Telegram Videodan ko‘rish mumkinki, suv ta’minoti xodimi suv sizib chiqayotgan polietilen quvurni skotchlashga uringan. Qayd etilishicha, mazkur hududda payvandlash ishlari yakunlanib bo‘lgan. Videolavhadagi jarayonda payvandlash me’yoriy qoidalariga asosan sinash va tekshirish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Tarmoqqa kerakli bosim berilganda nosozlik aniqlangan nuqtalarga vaqtinchalik skotchdan foydalangan. “Sinash ishlari yakuniga yetgandan keyin tarmoqdagi barcha nosozliklar chilangarlar tomonidan payvandlash qoidalariga asosan yakuniga yetkazilgan”, — deyiladi munosabatda. Avvalroq “O‘zsuvta’minot” Sirdaryo hokimining suv ta’minoti uchun ajratilgan 7 mln dollar o‘zlashtirilgani haqidagi bayonotini rad etgani, “O‘zsuvta’minot” fuqarolarni uyma-uy yurib, hisoblagichlarni tekshirish uchun pul talab qilayotgan firibgarlardan ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Toshkentda avtobus haydovchisi eshikni skotch va polietilen bilan berkitib harakatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi
8O‘zbekiston
Yaponiya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Tokioda KXDR muammosini muhokama qiladi Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gyon Xva 19—20-dekabr kunlari Tokioga tashrif buyuradi va yaponiyalik hamkasbi Taro Kono bilan KXDR muammosi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi. Bu haqda 17-dekabr, yakshanba kuni Kyodo agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Muzokaralarning asosiy mavzusi KXDR yaqinda uchirgan raketadan so‘ng Koreya yarimorolida keskinlashgan vaziyat bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Seul hokimiyatini prezident Mun Chje In egallaganidan so‘ng tarixiy masalalar bo‘yicha qarama-qarshiliklar tufayli sovuqlashgan ikki tomonlama munosabatlar masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Ikki tomonlama munosabatlardagi asosiy muammoli vaziyat yapon bosqini davrida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar masalasidir.
2Dunyo
Ukrainada prezidentlik saylovlari o`tdi 25 may kuni Ukrainada prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi. Ukraina markaziy saylov komissiyasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat prezidentligiga nomzod milliarder Petr Poroshenkoni 54,8 foiz ovoz beruvchilar qo`llab-quvvatlagan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi Ukraina MSK matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.  Ushbu ma`lumotlarga ko`ra, Yuliya Timoshenko - 13,25 foiz, Oleg Lyashko - 8,48 foiz, Anatoliy Grisenko - 5,55 foiz, Sergey Tigipko-4,74 foiz, Mixail Dobkin-3,35 foiz ovoz to`plagan.  Markaziy saylov komissiyaning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, saylovda aholining 60,76 foizi qatnashgan.   Birinchi bosqichning rasmiy natijalarini markaziy saylov komissiyasi 4 iyungacha e`lon qilishi kutilmoqda.
2Dunyo
Samsung Galaxy S8 rasmiy taqdimotidan avval fosh etildi Internet tarmog‘ida yangi Samsung Galaxy S8 smartfoniga doir videolavhalar va fotosuratlar paydo bo‘ldi. Mahsulotning o‘zi esa ikki oydan so‘ng rasman taqdim etilishi kerak. Bu haqda The Verge yozmoqda. Insayderlik ma'lumotiga ko‘ra, Galaxy S8 taqdimoti 2017 yil 29 mart kuniga belgilangan. Smartfonning orqa qopqog‘i Galaxy S7 modelini yodga soladi. Biroq, barmoq skanerining o‘rni o‘zgartirilgan. Uning old tomoni jiddiy o‘zgarishlarga uchragan. Endilikda egik displey telefon yuzasining 83 foizini egallagan. Bundan tashqari, Galaxy S8 modelida asosiy va yon tomondagi ikkita sensor tugmalar g‘oyib bo‘lgan.  Samsung Galaxy S8 smartfonlari 2017 yil 21 apreldan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Uning arzoni 799 (850 AQSh dollari), qimmati 899 (960 dollar) yevrodan sotiladi.
14Texnologiya
O‘zbekiston Belarus bilan harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi Joriy yilning 25—28-mart kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirining o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Belarus Respublikasining Harbiy akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan muloqot davomida, O‘zbekiston-Belarus harbiy bilim yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olingan. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘rtasida professor-o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilingan. Bundan tashqari, harbiy san’atning dolzarb muammolari bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalari bo‘yicha harbiy-ilmiy (ilmiy-amaliy) anjumanlarni tashkillashtirish bo‘yicha bayonnoma imzolangan. Tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi vakillari Belarus Harbiy akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, kursantlarning sifatli ta’lim olishi, yashashi va mazmunli hordiq chiqarishi, shuningdek, harbiy-ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan.
8O‘zbekiston
G‘ulomjon Yoqubov 2016-yil bahorida konsert beradi O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 2016-yilning bahor oylarida konsert dasturi taqdim etishni rejalashtirmoqda. Xonanda bu haqda “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi. “2015-yil men uchun juda omadli keldi. Bu yilda 20 taga yaqin yangi qo‘shiqlar tayyorlaganmiz”, — dedi G‘ulomjon Yoqubov. “2015-yil hisobidan barcha yangiliklarni 2016-yil bahor oylarining ilk kunida “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturimizni taqdim qilish bilan ko‘rsatmoqchimiz”, — dedi O‘zbekiston xalq artisti.
7Madaniyat
Maktublardan tortib farmonlargacha: o‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganadi O‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonlilar imperiyasining tarixiy arxivini o‘rganish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turkiyadagi Turkiy tillar tarixi va madaniyati «TURKTAV» jamg‘armasi rahbari Omer Nizamettin Aykurt «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi. 20 may kuni forum doirasida «TURKTAV» jamg‘armasi va O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Қўлёзмаларнинг asl nusxalari «Ipak yo‘li» Turizm va madaniy meros universitetining kutubxonasiga topshirildi. Omer Nizamettin Aykurtнинг so‘zlariga ko‘ra, Usmonlilar imperiyasining tarixini o‘rganish orqali o‘zbek olimlari O‘zbekiston tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin bo‘ladi. Ushbu loyiha doirasida Turkiya arxivlaridan Buxoro, Qo‘qon va Xorazm xonliklariga tegishli hujjatlar topildi. Turk dunyosi madaniy merosini ayirboshlash yuzasidan ushbu arxiv hujjatlari katta ahamiyatga ega, deydi turkiyalik mutaxassis. «Ayni vaqtga qadar jamg‘arma tomonidan 55 ming elektron qo‘lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan. Usmonlilar davlatining olti asrlik hukmronlik davrida o‘zi bevosita aloqador bo‘lgan mamlakatlarning geografiyasi va tarixiga oid millionlab hujjatlar to‘plangan», — dedi turkiyalik mutaxassis. «Bugungi kungacha yetib kelgan bu hujjatlar Turkiya arxiv fondlarida saqlanmoqda va ularning soni millionlarni tashkil etadi. Unda Usmonlilar imperiyasi tarkibida bo‘lgan va bugungi kunda mustaqillikka erishgan qariyb 40 davlat, shuningdek, XV-XX asrlarda Yaponiyadan Amerikaga qadar mavjud bo‘lgan yuzlab mamlakatlar tarixiga oid hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Arxivda ushbu davlatlarning XX asrgacha bo‘lgan tarixini yoritib turuvchi hujjatlar mavjud», — dedi «TURKTAV» jamg‘armasi rahbari. Ta’kidlanishicha, turkiy arxiv fondlarida tarixiy Turkiston xonliklarining farmonlari, o‘zaro munosabatlari, shuningdek, atrofdagi davlatlar va bevosita yoki bilvosita Usmonlilar davlati bilan munosabatlariga oid minglab hujjatlar mavjudligi shubhasiz. Ushbu materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Ta’kidlanishicha, bunday hujjatlar Usmonlilar arxivining farmon to‘plamlaridandir. Turkiyaning 1923 yildan keyingi davriga oid hujjatlar saqlanadigan Respublika arxivlarida O‘zbekiston bilan 1991 yildan so‘ng o‘rnatilgan siyosiy-diplomatik munosabatlar doirasida savdo, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlik shartnomalari bo‘yicha hujjatlar mavjud. «Turk dunyosi madaniy merosini ayirboshlash missiyasini o‘z faoliyatining muhim qismi deb bilgan jamg‘arma uchun ushbu arxiv hujjatlari katta ahamiyatga ega», — deya ta’kidladi jamg‘arma rahbari.
5Jamiyat
Prezident Administrasiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlandi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi. Farmon matni «O`zA»da e`lon qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasini tashkil etish to`g`risida»gi Farmoniga muvofiq hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tuzilmasi va shtat jadvali tasdiqlanishi munosabati bilan:
12Siyosat
EasyJet reysida erkak yo‘lovchilar ayol uchuvchini kamsitdi EasyJet aviakompaniyasining uchuvchisi parvozlardan birida erkak yo‘lovchilar tomonidan kamsitildi. Bu haqda The Independent xabar berdi. Erkaklar Sharlott Noulsonning mahoratiga shubha qilgan. Yo‘lovchilardan biri agar ekipaj komandiri ayol kishi ekanligini bilganida, bu samolyotga hech qachon chiqmagan bo‘lishini aytgan. Noulson bu voqea haqida o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan. Uchuvchi bunday gaplarga e’tibor qilmasligini, bundan hafa emasligi va ko‘ngli cho‘kmaganini ma’lum qilgan. Noulson kimlardir hali ham ayollarga nisbatan ana shunday qarashlar bilan munosabatda bo‘lishidan ranjigan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayol bu orqali keyingi avlodga namuna bo‘layotganini bildirgan. Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon bunday hazillarga ko‘nikib qolgan va ularga ustalik bilan munosabat bildirgan: u jilmayib, erkaklardan parvoz qanday o‘tganini so‘ragan.
2Dunyo
Elektr energetikasi sohasini yanada isloh qilish vazifalari belgilandi 20.02.2019 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni elektr energetikasi tarmogʻida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va sohani rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Elektr energetikasi iqtisodiyot rivoji, hayot sifatini taʼminlaydigan asosiy manbalardan biri. Bu tarmoqda qator kamchiliklar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatimizni innovatsion rivojlantirishga xalaqit qilayotgan edi. Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tashkil etildi. Unga elektr energetikasi hamda neft-gaz sohasidagi muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha katta vakolatlar berildi. 2019-yilgi Investitsiya dasturiga elektr energiyasi tizimi boʻyicha umumiy qiymati 8,1 milliard dollarlik 33 ta loyiha kiritilgan. Bu yil qariyb 620 million dollar oʻzlashtirilib, 7 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Prezidentimiz ushbu investitsiya loyihalarini sifatli amalga oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berdi. Masalan, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan Xorazm-Sarimoy punktigacha 220 kilovoltli elektr liniyalarini tortish”, “Yuqori kuchlanishli podstansiyalarni modernizatsiya qilish”, “Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalarini amalga oshirish muddatlari kechikkan. Shu bois Energetika vazirligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlarini toʻliq oʻzlashtirish, loyihalarni oʻz vaqtida bajarib, mablagʻlarni iqtisod qilish vazifalari qoʻyildi. Elektr energiyasi quvvatlarini modernizatsiya qilish ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi. Tarmoqda investitsiya siyosati notoʻgʻri tashkil etilgani, yaʼni toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga umuman eʼtibor qaratilmagani tanqid qilindi. Buning oqibatida korxonalar qarz olish yoki loyihalarni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishga majbur boʻlmoqda. Davlatimiz rahbari sohadagi muhim yoʻnalishlarni belgilab berdi. Xususan, davlat-xususiy sherikchilik asosida muqobil energetikani rivojlantirish, bunday loyihalarga chet el investitsiyalari jalb etish imkoniyati katta ekani taʼkidlandi. Hozirda yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish boʻyicha Turkiyaning “Yildirim grup”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Mazdar” jamgʻarmasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ish olib borilmoqda. Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatiga umumiy qiymati 2,5 milliard dollarlik 13 ta istiqbolli loyiha boʻyicha xorijiy hamkorlarni aniqlash, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha manzilli “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish topshirildi. Sohada davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb qilish uchun xususiy ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini sotib olish tartibi va tariflarini belgilash zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, debitor qarzdorlikni kamaytirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Elektr energiyasini eksport qilish boʻyicha mamlakatimizning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, Surxon-Puli-Xumri tarmogʻini qurishni tezlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 1-fevraldagi qarorida “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlash belgilangan edi. Davlatimiz rahbari bu qarorda ishlab chiqaruvchi – yetkazib beruvchi – taqsimlovchi vazifalardan kelib chiqib, korxonalarning funksiyalarini aniq ajratish, sohaga bozor munosabatlari, jumladan, davlat-xususiy sherikchilikni joriy etishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari eshitildi.
12Siyosat
Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Hasanboy Do‘smatov va Ravshan Xadjayev sovrin topshiriladigan gala-konsertda ishtirok etish uchun 1 dekabr kuni Odessa shahriga jo‘nab ketishdi. "Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an'analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivojiga hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e'zozlash maqsadida tasis etilgan. "Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi.
13Sport
Qibrayda nimalar bo‘lyapti? (foto) Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Qibray tumanida nimadir bo‘lyapti”, “Hammayoqda organ xodimlari”, “Reyd bo‘lsa kerak” degan ovozalar tarqaldi. Toshkent viloyati IIB axborot xizmati ko‘ra, aslida tumanda xayrli tashabbus — obodonlik tadbirlari olib borilmoqda. Qibray tumani markazida joylashgan 7 ta (Zebuniso, “Sohibkor”, “Iftixor”, G‘afur G‘ulom, “Shodlik”, “Yangiobod” va Beruniy) mahallalarida obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan. Ushbu mahallalar hududidagi 126 ta ko‘cha hamda shu ko‘chalarda joylashgan 69 ta bino, maishiy obyektlar, 3700 ta xonadon ro‘yxati shakllantirilib, har bir ko‘cha, ob’ektning haqiqiy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Xususan: “Shodlik” mahallasidagi Beruniy va “Vatanparvar” ko‘chalariga yangi asfalt qoplandi; “Sohibkor” mahallasi “Ifor” ko‘chasida yig‘ilib qolgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib tashlandi va daraxtlar shox-shabbalardan tozalandi; Zebuniso ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning oldi qismi qarovsiz, tashlandiq holga kelib qolganligi aniqlanib, bu yerda obonlashtirish ishlari tashkil etildi; “Toshkent—Chirchiq—Chimyon”yo‘lining yon atrof qismi va yo‘l bo‘yidagi ariqlar chiqindilardan tozalandi, 12 ta yo‘l belgisi o‘rnatilib, 3 kilometrdan oshiq yo‘lga chiziqlari chizildi. Ushbu tadbirlarga 1500 nafardan ortiq korxona-tashkilot xodimlari va fuqarolar, maxsus texnika, yuk mashinalari va “Maxsustrans” avtomashinalari jalb etildi. Bugungi kunda tumanda hududlarni obodonlashtirish borasidagi belgilangan tadbirlar jadal davom ettirilmoqda. Qibrayda boshlangan obodonlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich olib boriladi.
8O‘zbekiston
«TSB O‘quv Markazi» o‘qishga taklif etadi: uning o‘quvchilari nufuzli oliygohlar talabalariga aylanishmoqda Biror bilimga ega bo‘lish uchun o‘qib, o‘rganish va ilm olishning kechi bo‘lmaydi, zero «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» naqli bejizga aytilmagan. Shunga amal qilgan holda va ayrim o‘quv markazlaridan farqli ravishda «TSB O‘quv Markazi» 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan xohlovchilarni rus tili, ingliz tili (shu jumladan, IELTS) va matematika hamda boshqa fanlardan o‘quv kurslariga o‘qishga taklif qiladi! Xorijiy tilda o‘z ona tilingizdagidek ravon so‘zlashishni istaysizmi? Yoki sayohat qilish, xorijiy davlatda ishlash, ko‘chib ketishni xohlaysiz-u, til borasida to‘sqinliklarga duch kelmoqdasizmi? Bu muammoni bartaraf etish juda oson – «TSB O‘quv Markazi» murojaat qiling! «TSB O‘quv Markazi»ga til o‘rganish uchun telefon orqali ham yozilishingiz mumkin. Bunda, o‘zingiz uchun o‘quv kurslarining eng qulay va mos grafigini tanlash imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz. Bizning o‘quv dasturlarimiz turli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega kattalarga ham, bolalarga ham mo‘ljallangan. Ya'ni, bizning o‘quv markazimizda siz boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bazaviy o‘quv kurslarini o‘tashingiz yoki xorijda ishga joylashishda topshiriladigan xalqaro imtihonlarga tayyorlanish uchun professional tayyorgarlik ko‘rishingiz ham mumkin. Xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida talab etiladigan akademik darajasidagi til bilish darajasiga ham bizning o‘quv markazimizda erisha olasiz. O‘quv markazimizda: •  Har bir fan 5 bosqichda o‘rgatiladi; •  Bir bosqich 3 oydan iborat; •  Darslar o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Farzandlaringizni O‘zbekistonning istalgan oliy o‘quv yurti, shuningdek, Westminster, MDIST, Inha, Turin, Gubkin nomidagi  Rossiya neft va gaz universiteti Toshkent shahar filiali kabi xorijiy oliygohlar filiallariga kirish imtihonlariga tayyorlaymiz. Biz tayyorlagan o‘quvchilar, mana, 5 yildirki muvaffaqiyat bilan Toshkent shahrining eng nufuzli oliy o‘quv yurtlari talabalariga aylanib kelishmoqda. Manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, «BARS» biznes markazi Mo‘ljal: metroning «Olmazor» bekati, «Sovplastital» korxonasi ro‘parasida Instagram: instagram.com/tsb_edu Telegram: t.me/Tsb777 Telefonlar: +99893 5490094,  +99893 5490021, +99894 6174798
5Jamiyat
Toshkent ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat mashinalarining tom qismiga maxsus qurilma o‘rnatilmoqda. Qurilmaning old va orqa tomonida hamda yon tomonlarida kuzatuv kameralari bo‘lib, transport vositasi to‘xtab turgan vaqtda ham, harakat vaqtida ham 360 daraja radiusda haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Maxsus transport vositasi to‘xtab turganida va harakat vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish, harakatlanish tezligini me'yoridan oshirish, svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik, taqiqlovchi chiroqda to‘xtab turgan vaqtida to‘xtash chizig‘ini bosish qoidabuzarliklari va davlat raqami belgisi orqali avtomobilning qidiruvda ekani yoki yo‘qligini aniqlaydi. Qurilma qoidabuzarliklarni onlayn qayd etadi va huquqbuzarning yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror yuboradi. Ushbu qurilma Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov yakunlanganidan so‘ng respublikaning barcha hududlarida amaliyotda qo‘llash rejalashtirilgan. Avvalroq, Toshkent ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama sinovdan o‘tkazilayotgani xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Deputat qirg`iz chegarachilari o`zbekistonliklardan pora talab qilayotganini aytdi Qirg`izistonning Qora-suv tumanidagi “Do`stuk” nazorat-o`tkazish punktida qirg`iz chegarachilari sun`iy navbatlar yaratmoqda. Bu haqda deputat Alisher Qozuev parlament yig`ilishida ma`lum qildi, deya yozmoqda "24.kg". Unga ko`ra, Chegara xizmatining ayrim xodimlari fuqarolardan pul talab qilmoqda. “O`zbekistondan Qirg`izistonga o`tishda hech qanday navbat yo`q. Bizning chegarachilar esa sun`iy ravishda navbatlarni paydo qilib, O`zbekiston fuqarolariga turli to`sqinliklarni yaratishmoqda. Bizda 15 ta nazorat punkti mavjud. Fuqarolarimiz O`zbekistonga sayohat qilib, turizmini rivojlantirmoqda. Andijondan Toshkentga yo`lda oddiy fuqarolardan tortib yo`l polisiyasi xodimlarigacha odobli, salom-alik qiladi. Bir kunda faqat bitta post orqali 10 mingdan ortiq odam o`tadi. Maksimal yo`l haqi 200 som bo`lishi mumkin bo`lgan joylarda ular 2 mingdan 5 ming somgacha talab qiladi. Bunga qarash uyat”, - deydi Alisher Qozuev. Qirg`iziston Chegara xizmati deputatning bu bayonotiga javoban, chegarachilar tomonidan O`zbekiston fuqarolaridan pul ta`ma qilish holatlari aniqlanmaganini bildirdi.
2Dunyo
Sudyalar yangicha tayyorlanadi Prezidentning 6.01.2019 yildagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4096-son qarori e’lon qilindi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish – Davlat dasturi – 2019 loyihasida belgilangan asosiy vazifalardan biri. Sudyalarni oʻqitishga yangicha yondashuv Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab faqat sudyalik lavozimi zaхirasida boʻlgan shaхslar orasidan tanlov asosida Sudyalar oliy kengashi tomonidan Oliy sudi bilan birgalikda belgilanadigan kvotalar boʻyicha amalga oshiriladi. Bulgʻusi sudyalarni oʻqitish grant asosida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida bir yillik magistratura ta’lim dasturi boʻyicha amalga oshiriladi. Bu tartib shu yil 10 yanvardan joriy etiladi. Tayyorlash kurslariga qabul qilingan sudyalik lavozimiga nomzodlar asosiy ish joyi boʻyicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun oʻqish davri mobaynida saqlanadi. Kurslar tinglovchilari sudya yordamchisining bir oylik MHT miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi. Sudyalik lavozimlariga 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab faqat bunday kurslarda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan shaхslar tayinlanadi. Oʻqish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etganlar butun oʻqish davrida olingan stipendiya summasini Davlat byudjetiga toʻliq miqdorda qoplab beradi. Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 oʻquv yili tugagunga qadar saqlab qolinadi. Sudyalarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 2019 yil 10 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi: Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga oʻqish davomida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi. Sudyalar oliy maktabi  tashkil etiladi U Sudyalar oliy kengashi huzurida Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi negizida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining 12 ta shtat birligini oʻtkazgan holda tashkil etiladi. Oliy maktabga davlat ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi beriladi va sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati хodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi. Oʻquv yurtida 5 ta:  fuqarolik huquqi, iqtisodiy huquq, jinoyat huquqi, ma’muriy huquq hamda kasbiy koʻnikmalar kafedralari faoliyat koʻrsatadi. Oliy maktabga Sudyalar oliy kengashi raisining taqdimnomasiga asosan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga Oliy sud sudyalari uchun, Oliy maktabning boshqa хodimlariga Oliy sud apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi. Oliy maktab Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Choʻponota koʻchasi, 6-uyda joylashtiriladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.01.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova
10Qonunchilik
Afg`onistonda parlament saylovlari yakunlandi Afg`onistonda parlament saylovlari yakunlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri. Mustaqil saylov komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, saylovlarda 3 mln.dan ortiq yoki mamlakatdagi 8,8 mln. saylovchining uchdan bir qismiga yaqini ishtirok etdi. G`azni va Qandahorda xavfsizlik nuqtai nazaridan saylovlar keyinroq bo`lib o`tadi. Afg`oniston IIV rahbari Vois Ahmad Barmakning ma`lum qilishicha, saylov kunida portlashlar natijasida 28 kishi halok bo`ldi, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakatda bir kun ichida terakt va qo`lbola bombalar portlashi bilan bog`liq 200 ga yaqin holat qayd etilgan. Mazkur portlashlar uchun javobgarlikni Afg`onistondagi hech bir guruh o`z zimmasiga olgani yo`q.
2Dunyo
Mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov qayiqda dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘namoqchi Rossiyalik mashhur sayyoh Fyodor Konyuxov Yer atrofini 222 kunda aylanib chiqishni rejalashtirmoqda. U bu haqda geografiya bo‘yicha yagona davlat imtihonidan eng yuqori ball to‘plagan maktab bitiruvchilari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.    “Biz bu maqsadda qayiq qurmoqdamiz, men unda Yer atrofini aylanib chiqmoqchiman: Avstraliyadan Avstraliyaga 222 kun eshkak eshaman. Qayiq Angliyada qurilmoqda”, deb aytgan sayyoh.  Uning aytishicha, u bundan keyingi sayohatini ham rejalashtirib qo‘ygan. Sayyoh hozirda qurilish bosqichida bo‘lgan ulkan planerda sayohatga jo‘namoqchi.   “Planer qanotlari uzunligi 44 metr bo‘ladi. Men 15 km balandlikka ko‘tarilib, Yer atrofini to‘xtashlarsiz va qo‘nishlarsiz bir marta aylanib chiqmoqchiman”, deb aytgan Konyuxov. Konyuxovning aytishicha, u planerda Yer atrofini 120 soatda aylanib chiqmoqchi. Cayyoh shu maqsadda Belarus va Litvada uchar mashinani boshqarishni o‘rganmoqda.
5Jamiyat
Toshkentda “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt mehmonlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, shaharda “maxsus patrul” guruhlari tashkil etildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda. Ushbu guruhlar zamonaviy kiyim-kechak, maxsus anjom va texnika vositalar bilan ta'minlandi. “Maxsus patrul” guruhlari tomonidan shahar fuqarolari hamda chet eldan kelgan mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, poytaxtning “Toshkent vokzali”, “I.Karimov Xalqaro Aeroporti” va “Mustaqillik maydoni” obektlarida xizmat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi. Zamonaviy uyali telefon vositasiga yuklangan “Transleyter” dasturiy tizimi yordamida, mehmonlar bilan chet tillarda ovozli tarjima orqali muloqot qilish hamda “Navigator” dasturiy tizimidan foydalangan xolda poytaxtimizning turli manzillari va joylari yuzasidan elektron xarita orqali ma'lumotlar taqdim etib yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yaratildi.
8O‘zbekiston
MAKFA savdo belgisidan “Mazali baxt” aksiyasi davom etmoqda MAKFA tomonidan e’lon qilingan “Mazali baxt” aksiyasining ilk g‘oliblari o‘z sovrinlarini qo‘lga kiritishdi. Aksiya davom etmoqda, siz ham unda qatnashib, ajoyib sovg‘alarni yutib olishingiz mumkin! 5-aprel kuni random.org tasodifiy raqamlar generatori yordamida MAKFA savdo belgisining “Mazali baxt” aksiyasi ilk bosqichida g‘olib bo‘lgan omadlilar nomlari aniqlangan edi. 20-aprel kuni ularga tantanali ravishda sovg‘alar – muzlatgich, beshta mikroto‘lqinli pech, o‘nta multivarka, 25 ta oshxona jihozlari va 700 dan ziyod MAKFA makaron mahsulotlari topshirildi. G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan www.makfa-promo.com saytida tanishishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, aksiya 2019-yilning 1-mart sanasidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar davom etadi. Bu esa MAKFA makaroni, uni yoki grechka donalarini maxsus aksiyali qadoqlarda xarid qilgan har bir kishi nafaqat uydagilarni mazali taom bilan xursand qilishi, balki ajoyib sovrinni ham qo‘lga kiritishi mumkin deganidir! O‘z omadingizga ishoning va uni sinab ko‘ring! Qanday qilib aksiya ishtirokchisiga aylanish mumkin? — 1-martdan 30-iyunga qadar MAKFA mahsulotini aksiyali qadoqlarda xarid qilish; — Aksiya o‘tkazilish muddatida paketdagi kodni www.makfa-promo.com sayti yoki @makfa2019_bot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish; — Aksiya yakunlanib bo‘lmagunicha chek va aksiya kodi mavjud qadoqni saqlab qo‘yish; — O‘z omadiga ishonish va o‘yin yakunlarini kutish! Kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari 2019-yilning 1-martidan 30-iyuniga qadar davom etadi, sovrinlarni esa 2019-yilning 31-iyuliga qadar taqdim etiladi. O‘yinlar har oyda bo‘lib o‘tadi, avtomobil esa 5-iyul kuni o‘ynaladi. Aksiyali qadoqlarda aksiya kodlarining joylashuvi: Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar ro‘yxati: — uzun vermishel, 400 g va 500 g; — “vitki”, 400 g.; — “perya lyubitelskiye”, 400 g; — “rakushki”, 400 g; — “spirali”, 400 g.; — “talyatelle” (uzun lapsha, gnezda), 450 g.; — “ulitki”, 400 g.; — “Nastoyashaya grechka” ekstra grechka donalari, 400 g.; — “Bistrorazvarivayushayasya” grechka donalari, 800 g.; — un, 2 kg. Aksiya qoidalari va shartlari bilan www.makfa-promo.com sayti yoki quyidagi +998909935968, +998909934912 telefon raqamlariga murojaat qilish orqali tanishib chiqish mumkin
8O‘zbekiston
Haqiqatmi yoki uydirma: ventilyator tufayli shamollab qolish mumkinmi? “Ventilyator yaqinida o‘tirma, undan kechasi foydalanma — kasal bo‘lasan”. Aksariyat onalar farzandini yoshligidanoq xuddi shu tarzda ogohlantiradi. Ammo tashvishlanishga sabab bo‘lsa-da, hamma ham ushbu maslahatga quloq tutmaydi. Grazia nashri yozning issiq kunlarida tun-u kun to‘xtamay ishlatilayotgan ventilyatorning sog‘liq uchun qanchalar xavfli ekani haqida so‘z yuritdi. Ventilyator, albatta, sog‘liq uchun keskin harorat o‘zgarishini keltirib chiqaradigan konditsionerchalik o‘ta xavfli emas, lekin u bilan ham iloji boricha ehtiyot bo‘lish kerak. Agar immunitet past bo‘lsa, unda ventilyatorning qo‘shimcha salqin havosi shamollash uchun kafolat bo‘la oladi. Ammo hatto eng kuchli va sog‘lom odam ham yelvizakda o‘tirsa, o‘zini o‘tkir havo oqimlari bilan sovutib, kasal bo‘lib qolishi mumkin. Bu tashqaridagi issiq havoga qaramay, shamollashga olib keladi. Shuningdek, shifokorlar ventilyatordan tuni bilan foydalanishni tavsiya etmaydi. Chunki inson uxlayotganda, tanasining oyoq yoki bosh qismi ochiq qoladi. Salqin havo oqimi esa shamollash va mushaklarning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Tongda esa burun bitishi yoki bel va bo‘yinda og‘riq kuzatiladi. Yozda shamollashning oldini olish uchun ventilyator yaqinida kamroq o‘tirish kerak. Yaxshisi, uni haqiqiy yengil shabada tarqatuvchi rejimda ishlatish lozim. Qolaversa, immunitet zaif bo‘lsa, dushdan keyin hech qachon sochlarni quritmagan holda ventilyator oldida o‘tirish tavsiya etilmaydi, aks holda kuchli havo oqimi jiddiy kasallikka olib keladi.
11Salomatlik
OAV: Tramp deyarli har hafta mediamagnat Merdok bilan muloqot qiladi AQSh prezidenti Donald Tramp deyarli har hafta mediamagnat Rupert Myordok bilan bog‘lanib, u bilan jumladan strategik masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda ushbu ikki shaxsga yaqin bo‘lgan manbalarga iqtibos keltirgan holda New York Times nashri xabar bermoqda.   Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, prezident va tadbirkor o‘rtasida anchadan beri yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Myordok Trampni eng og‘ir daqiqalarda qo‘llab-quvvatlab, unga e'tiborini iqtisodiy muammolarga qaratishni tavsiya qilib keladi.  "Ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar va strategiya ishlab chiqadilar", deb yozmoqda nashr. Mediamagnat hattoki bir marta Oq uy matbuot kotibi Shon Spayserga qo‘ng‘iroq qilib, jurnalistlar uchun brifingda Suriya prezidenti Bashar Asadni zaharlovchi moddalarni qo‘llashda ayblagani va "Gitler bunchalik tuban ketmaganini" aytgani uchun tanqidlar ostida qolganda unga tasalli bergan.  New York Times’ning qo‘shimcha qilishicha, Myordokga tegishli New York Post nashri va Fox News telekanali Trampning faoliyatini ijobiy tomondan yoritib keladi.
2Dunyo
Koronavirus: Alomatlar, asoratlar, tashxis Hammani havotirga solayotgan koronavirusga tashxis qanday qo`yiladi? Dastlabki bosqichda koronavirus infeksiyasi boshqa o`tkir respirator infeksiyalar kabi belgilarga ega. Koronavirus infeksiyasini faqat maxsus test-tizimlar yordamida aniqlash mumkin. Alomatlar Tana haroratining ko`tarilishi, quruq yo`tal, nafas siqilishi, hansirash va kasallik qayd etilgan davlatdan kelganligi yoki o`sha davlatdan kelgan odam bilan kontaktda bo`lganligi. Asoratlar Odamlarning 80 foizida kasallik engil kechadi. Koronavirusning yangi shtammlari og`ir shakldagi pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uning xavflilik darajasi yuqori. Tashxis Agar siz koronavirus kasalligi aniqlangan mamlakatdan qaytgan bo`lsangiz yoki kasallangan odam bilan muloqot qilgan bo`lsangiz, shifokoringizga bu haqida xabar bering.
2Dunyo
Indoneziyadagi aviahalokat: qurbonlar jasadlari topildi Jakarta huquq-tartibot boshqarmasi vakili Umar Shahobning ma'lum qilishicha, jasadlar qirg‘oqqa yetkazilgan va o‘likxonaga DNK bo‘yicha shaxslarni o‘rnatish uchun jo‘natilgan. Shuningdek, dengizda samolyotga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba'zi bo‘laklar topilgan.  Ta'kidlanishicha, samolyot qulagan ehtimoliy hududga Indoneziya harbiy-dengiz kuchlarining 10ta kemasi va 40ga yaqin g‘avvos jo‘natilgan. Ular hududni ko‘zdan kechirib chiqishadi.   9 yanvarda Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasining Boeing 737-500 samolyoti Jakartadan havoga ko‘tarilgach ko‘p o‘tmay balandlikni yo‘qotgan va Laki oroli yaqinida Yavan dengiziga qulagan. Samolyotda 65 kishi, jumladan ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan.  Qutqaruvchilarning ta'kidlashicha, noma'lum sabablarga ko‘ra samolyot falokat signallarini bermagan. 2018 yil oktyabrda ham Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti ishtirokida aviahalokat yuz bergandi. O‘shanda Jakartadan havoga ko‘tarilgan  Boeing 737 Max 8 samolyoti parvozning 11-daqiqasida Yava dengiziga qulagan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, 189 kishining o‘limiga olib kelgan aviahalokatga samolyotdagi muammolar sabab bo‘lgan.
2Dunyo
Sirtqi ta'lim shakliga imtihon turi belgilandi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Davlat test markazining takliflariga binoan respublika oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim shakliga test sinovlari 2018 yil 20 avgustdan boshlab boshlanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi. Oliy ta'lim muassasalarining sirtqi ta'lim shakliga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.
8O‘zbekiston
Toshkent viloyatida gaz o‘g‘irlanishi holatlari aniqlandi "Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida Yuqori Chirchiq tumani "Iyk ota" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan MChJ belgilangan qoidalarni chetlab o‘tib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak ishlab chiqarayotgani aniqlandi. Korxona hududidagi 30 tonnalik to‘rtta xumdonda esa, 60ta qo‘lbola (nostandart) gorelkalar o‘rnatilgan. Mazkur MChJ va "Hududgaz Toshkent" gaz ta'minoti bo‘limi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 2ta bitumni eritish qozoni va to‘rt komforkali pechdan foydalanish uchun MChJning tabiiy gaz iste'moli ko‘zda tutilgan.   O‘rganish natijalariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorining 11-bob, 125-bandiga muvofiq, qayta hisob-kitob amalga oshirildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, gaz ta'minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 821 664 000 so‘mni tashkil etdi. Reyd davomida yana bir shunga o‘xshash holat aniqlandi. Toshkent viloyatining Zangiota tumani, "Bog‘ishamol" MFY, Yangiobod ko‘chasida yashovchi fuqaro B.I.ning xonadoni hovlisida qayta tekshiruv o‘tkazildi. Joriy tekshiruv mazkur xonadonda to‘rtinchi marta o‘tkazilmoqda, bu fuqaro tabiiy gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib noqonuniy tarzda ohak pechlarini ishlatib kelgan. Ushbu manzilda birinchi tekshiruv 2020 yil 18 yanvarda o‘tkazilgan bo‘lib, tekshiruv davomida uy egasiga gaz ta'minoti tizimiga noqonuniy ulanganligi uchun 214 182 000 million so‘m miqdorida zarar hisoblangan. Ikkinchi tekshirish 2020 yil 6 mart sanasida o‘tkazilgan, natijada yetkazilgan zarar 9,3 million so‘mdan oshgan. Fuqaro B.I. uchinchi marta ham tegishli ruxsatlarsiz gaz ta'minoti tizimiga ulanib olgan. 2020 yil 20 mart kuni o‘tkazilgan navbatdagi reyd natijasida, fuqaro B.I.ning noqonuniy xatti-harakatlari ortidan gaz yetkazib beruvchi tashkilotlarga jami 2,1 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlangan. Bir necha marotaba gaz tarmog‘idan uzib tashlanishi va jarima to‘lovlariga qaramay, fuqaro B.I. to‘rtinchi marotaba ham ohak pechini tabiiy gaz ta'minoti tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulab oldi. Buning natijasida, gaz ta'minoti tashkilotlariga yetkazilgan zarar, hisob-kitoblarga ko‘ra, 58 406 000 so‘mni tashkil etmoqda. Qayd etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etildi. Respublikaning barcha hududlarida shu va shu kabi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Chechenistonlik 5 yoshli Rahim Kuriyev 6 ta jahon rekordi o‘rnatdi Avvalroq bir urinishda qo‘llarga tayangan holda yotgancha 4105 marta gavdani ko‘tarib-tushira olgani xabar qilingan 5 yoshli chechenistonlik Rahim Kuriyev ushbu mashqdan 2,5 soatda 3202 marta bajarib, 6 ta jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya rekordlar kitobi bosh muharriri Stanislav Konenko ma'lum qildi. Rossiya rekordlar kitobida bolakayning avvalgi urinishi borasida “kichik savollar” tug‘ilgani sababli uning natijasini rasmiy vakillar guvohligida takrorlashga qaror qilingandi. “Bugun Rahim Kuriyev 5 yoshli bolalar o‘rtasida bir urinishda gavdani eng ko‘p marta ko‘tarib-tushirish bo‘yicha rekorddan tashqari, yana 5 ta jahon rekordini o‘rnatdi: bir soatda, ikki soatda mashqni eng ko‘p bajarish; eng kam vaqt ichida gavdani ming, 2 ming, 3 ming marta ko‘tarib-tushirish. Bu rekordlarning barchasi rasman qayd qilindi”, deb aytgan Konenko. U bolakayga tegishli sertifikatni topshirgan. Avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bolaning rekord natijasi uchun unga “Mersedes” mashinasini sovg‘a qilgandi. Bu gal esa respublika rahbari uni “Chechenistonning faxriy fuqarosi” unvoni bilan taqdirladi. Bolakay shu tariqa ushbu unvonni olgan eng yosh chechenistonlikka aylandi.
13Sport
Pentagon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdi AQSh Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdi, jarayon bir necha oy davom etadi. Bu haqda AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining bosh shifokori general Pol Fridrixsga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. “Bugundan vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishdik. Biroq vaksina tayyor deb aytib bo‘lmaydi. Jarayonga haftalar emas, oylar ketadi”, — deydi Fridrixs. Generalning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida bir necha vaksina hayvonlar ustida sinovdan o‘tkazilmoqda. Vaksinaning xavfsizligi tasdiqlansa, kichikroq guruhdagi odamlar ustida sinov o‘tkaziladi, muvaffaqiyatli yakunlansa, kattaroq guruhga o‘tiladi. Avvalroq AQShda koronavirusni bezgakka qarshi dorilar bilan davolashga ruxsat berilgan edi. Shunindek, AQShda COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha klinik sinovlar boshlangani, vaksina Vashingtondagi Salomatlik milliy instituti tomonidan ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgan. Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgan. 6-aprel kuni Turkiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli test qilingan.   Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda — bemorlar soni 368 ming kishidan oshgan. Virus oqibatida vafot etganlar soni qariyb 11 ming kishiga yetdi.
2Dunyo
O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida temir yo`l qatnovi tiklanmoqda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida temir yo`l qatnovi tiklanadi. Joriy yilning 15 may kuni 647/648-sonli Nukus — Beyneu — Nukus yo`nalishidagi yo`lovchi poezdining qatnovni boshlanadi. Shuningdek, 2022-yil 16 maydan boshlab Olma-ota-2 – Toshkent – Olma-ota-2 yo`nalishida 1/2-sonli (“Tulpar-Talgo”) poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Yuqorida ko`rsatilgan reyslarning davriyligi Toshkentdan haftasiga 3 marta “Toshkent-Markaziy” vokzalidan amalga oshiriladi. Chiptalarni elektron tarzda (https://e-ticket.railway.uz/) hamda temir yo`l kassalarida sotib olish mumkin. Yo`lovchilar elektron chiptalarni sotib olayotganda, Qozog`iston Respublikasining davlat chegarasidan o`tish uchun uni A4 formatidagi qog`ozdan chiqarish (chop etish) lozim. Boshqa qo`shni davlatlar bilan temir yo`l yo`nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma bosqich ochilishi kutilmoqda. Qozog`iston Respublikasi davlat chegarasi orqali o`tish punktlari orqali Qozog`iston Respublikasiga kelgan barcha shaxslar PZR usuli bilan COVID-19ga test sinovidan o`tganligi haqida ma`lumotnoma taqdim etishlari shart (qozoq, rus yoki ingliz tilida). Mazkur ma`lumotnoma Qozog`iston Respublikasi davlat chegarasidan o`tishdan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda bo`lishi shart. Ma`lumotnoma talab qilinmaydigan shaxslar: - 5 yoshgacha bo`lgan bolalar, agar ularni kuzatuvchi (birga bo`lgan) shaxsda ushbu ma`lumotnoma mavjud bo`lsa,   - Qozog`iston Respublikasi hukumat delegasiyalari a`zolari, - Lokomotiv brigadalari, temir yo`l, dengiz va daryo transporti orqali tashishlarda faoliyat olib borayotgan shaxslar, - Qozog`iston Respublikasida COVID-19ga qarshi revaksinasiya yoki to`liq emlash kursini olgan shaxslar (agar ikkinchi komponentni olganidan so`ng Qozog`iston Respublikasi chegarasini kesib o`tish vaqtida 6 oydan oshmasa), - Qozog`iston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qaroriga ko`ra Qozog`iston Respublikasi hududida haqiqiy deb topilgan COVID-19ga qarshi emlash uchun pasport/sertifikat/ma`lumotnoma bergan shaxslarga. Qozog`iston Respublikasi hududiga Evroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a`zo davlatlar hududidan, shuningdek, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston va O`zbekiston Respublikalaridan kelayotgan shaxslar, shu jumladan, «Puteshestvuyu bez COVID-19» ilovasidan ro`yxatdan o`tishlari talab etiladi.   Tana harorati yuqori bo`lgan shaxslar aniqlangan holatlarda, ma`lumotnomaning mavjudligidan qat`i nazar, yuqumli shifoxonada izolyasiya qilinadi. Eslatib o`tamiz, 2020-yilning mart oyida COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli qariyib butun dunyo mamlakatlarda xalqaro yo`nalishidagi yo`lovchi poezd qatnovlari to`xtatildi. Ikki yillik cheklovlardan so`ng, qator davlatlar tomonidan yo`lovchi poezd yo`lovchilari uchun chegaralarni bosqichma-bosqich ochish borasida sa`yi-harakatlar amalga oshirila boshlandi.
5Jamiyat
Nur-Sultonni qor bo`roni qopladi Nur-Sultonda qor bo`roni boshlandi. Shaharliklar kuchli qor yog`ayotgani, yo`llar va uylar yana qor bilan qoplangani, Nur-Sultondan yo`llar yopilayotgani haqida ogohlantirish oldi deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. Kuchli qorlar va kuchli shamollar tufayli poytaxtda ko`rish imkoniyati pasaygan. Bo`ron haqida ogohlantirish e`lon qilindi. Sinoptiklarning xabar berishicha, shamol soniyasiga 20 metr tezlikda esmoqda. Kazgidromet shahar aholisini kuchli muz haqida ogohlantirdi. Havoning harorati yana minus 7 darajaga tushdi. Oqmola viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, soat 10.30 dan boshlab ob-havo sharoiti yomonlashgani - ko`rinishning cheklanganligi, yon tomondan shamol va kuchli qor yog`gani sababli respublika ahamiyatidagi yo`l uchastkalarida transportning barcha turlari uchun transport harakati yopilgan.
2Dunyo
Kosonsoyda sel kelishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi Namangan viloyati Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan sel oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi. Ma’lum qilinishicha, 13-iyul kuni Qirg‘iziston Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan. Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vakolatli organlar tomonidan taqdim etilishi qayd etilgan. Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Namanganning Kosonsoy tumanida kuchli do‘l yog‘di. Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do‘l kuchli yomg‘ir aralash yog‘gan. Tumanda avval bunday do‘l yog‘ishi kuzatilmagan. Yana bir guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, do‘l yerni qordek qopladi, ekinzorlarni vayron qildi, uzumlar ham yerlarga to‘kilib tushdi. Do‘l ortidan Kosonsoy soyiga sel keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda sel kelgani aks etgan bir qancha videolar tarqaldi. Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
29-iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi? Respublika Gidrometeorologiya markazi 29-iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havoni ma’lum qildi. Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 19-24, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi. Tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
OAV: kurdlar Suriyada yangi provinsiya tuzilganini e’lon qildi Suriya kurdlari mamlakat hududida yangi provinsiya tuzilganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS” Al Arabiya telekanaliga tayanib. Uning xabariga ko‘ra, “Suriya kurdlari Suriya shimolida yangi provinsiya yaratilganini tantanali ravishda e’lon qilgan”. Ushbu deklaratsiya haqida hech qanday tafsilot berilganicha yo‘q. Shu bilan birga, Reuters agentligi tarqatgan axborotga ko‘ra, yangi ma’muriy-hududiy tuzilma tarkibiga kurdlarning o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlari tomonidan egallangan Tel-Abyad shahri kiradi, u Turkiya bilan chegarada joylashgan.
2Dunyo
TAQIning ayrim boʻlinmalari boshqa joyga koʻchiriladi Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3789-son qaroridan shu kelib chiqadi.   Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB). Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11-uyda joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birgalikda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi. Ilgari ushbu binolarda Toshkent arхitektura-qurilish instituti boʻlinmalari joylashgan edi.   Buning oʻrniga quyidagi bino va inshootlar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi: «O'zbeko'quvavtomatika» MChJ esa Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Navnihol koʻchasi, 7-uyda joylashgan Toshkent arхitektura-qurilish institutining bino va inshootlarida joylashadi. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining ushbu binolari yangi egalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib rekonstruksiya qilinadi. Toshkent telekommunikatsiya teхnologiyalari kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni toʻliq tugatgunga qadar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga berilgan binolarda ta’lim olishda davom etadilar.   Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Suv хoʻjaligi vazirligiga qayta boʻysundirildi. Shu munosabat bilan ushbu idoraning tashkiliy tuzilmasi oʻzgartirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2018 yildan kuchga kirdi.   Oleg Gayevoy.
10Qonunchilik
Staj hamda ish haqi STIR va ShJBPH boʻyicha tekshiriladi Moliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 6.06.2016 yilda 2282-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Yoʻriqnomaga kiritilgan normaga binoan yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaхs, dehqon хoʻjaligi a’zosi, oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oilasi a’zosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi boʻyicha yollangan хodimlar) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma uning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq хizmati organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlari asosida rasmiylashtiriladigan Toʻlangan sugʻurta badallarini hisobga olish kartochkasi asosida beriladi. Pensiyani tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyхatga olish kitobiga yashash manzili oʻzgarganligi munosabati bilan hisobga qoʻyish va pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga oʻtkazish, tiklash) toʻgʻrisidagi arizalar ham qayd etiladi. Inspektor ariza beruvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va shaхsiy jamgʻarilib boradigan pensiya hisobvaragʻiga asosan DSQ va Xalq banki bilan aхborot almashinuvi orqali ariza beruvchining ish staji, ish haqi va hisoblangan sugʻurta badallari summasini oʻzaro solishtiradi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar (chet elda yollangan holda ishlovchi shaхslar, yuridik shaхs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik sub’yekti oilasi a’zolari, dehqon хoʻjaligi a’zolari)ning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalari, shuningdek Toʻlangan sugʻurta badallarining hisobga olish kartochkasi ochilishini roʻyхatga olish kitobida qayd etilishi lozim. Hujjat bilan boshqa qator oʻzgartirishlar kiritildi. Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 13.06.2016 yildagi 23-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz   Yelena YeRMOXINA  tayyorladi.
10Qonunchilik
Urganch ko‘chalarida videokuzatuv kameralari o‘rnatildi Urganch shahrining transport vositalari serqatnov bo‘lgan chorrahalariga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etishni boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. Ushbu kameralar svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlangan, uzluksiz chiziqni bosgan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan hamda “to‘xtab turish taqiqlanadi” yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmagan haydovchilar boshqaruvidagi avtomototransport vositalarini qayd etib borishi rejalashtirilgan. Yaqin kunlar ichida Xorazm viloyatining boshqa shahar va tuman markazlarida ham transport vositalari serqatnov bo‘lgan chorrahalarda videokuzatuv tizimi joriy qilinadi.
8O‘zbekiston
Suriyaning Xon-Sheyxun shahrida 58 kishi “gaz hujumi” qurboni bo‘ldi Suriyaning muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xon-Sheyxun shahrida kamida 58 kishi aviahujumlar chog‘i zaharlovchi gaz qo‘llanishi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Londondagi Suriya inson huquqlari observatoriyasiga tayanib, Reuters ma’lum qildi. Saudiyaning Al Arabiya telekanaliga ko‘ra, hujum oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi va 400 kishi jabrlandi. Muxolifat mazkur hujumda hukumat harbiy-havo kuchlarini aybladi. O‘z navbatida, rasmiy Damashq armiya kimyoviy qurol qo‘llamagani va qo‘llamasligini bildirib, ayblovlarni rad etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishsiz fuqaro o‘zi bilan birga yashovchi ayolni pichoqlab o‘ldirdi Sankt-Peterburg politsiyasi o‘zi bilan birga yashovchi ayolni pichoqlab o‘ldirgan 43 yashar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Hodisa 6-sentabr, juma kuni Bolshoy Pushkarskiy ko‘chasidagi uylardan birida yuz bergan. O‘zbekistonlik ishsiz shaxs to‘satdan yuzaga kelgan mojaro asnosida ayolga pichoq bilan tashlangan. Marhuma 40 yoshda bo‘lgani aytilmoqda. Uning qay millatga mansubligiga aniqlik kiritilmagan.
8O‘zbekiston
AQShda ayg‘oqchi o‘simliklar yaratishmoqchi AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari agentligi (DARPA)  genetik modifikatsiya qilingan organizmlarni “keyingi avlod razvedkasi” sifatida qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.  G‘oyaga ko‘ra, o‘simliklar ma'lumotlarni yig‘ib, ularni uzatuvchi “ayg‘oqchilar” sifatida qo‘llanadi. Harbiylar rejasiga atrofdagi sharoitlar o‘zgarishi, jumladan, muhitning kimyoviy tarkibi tebranishi yoki unda radioaktiv zarralar paydo bo‘lishiga o‘ziga xos tarzda javob beruvchi o‘simlik-datchiklarni yaratish kiradi. Bu o‘simliklar elektromagnit to‘lqinlar, patogen mikroorganizmlar, radiatsiya, kimyoviy moddalar va minalarni aniqlash uchun qo‘llanadi.  Bunday genetik modifikatsiya qilingan organizmlarning ta'sirlashuvini masofadan turib kuzatish ko‘zda tutilgan. Mutaxassislarning aytishicha, loyihaning asosiy vazifalardan biri yangi organizmlarning mahalliy o‘simliklar bilan raqobat sharoitida yaxshi yashovchanligini ta'minlash hisoblanadi. Ayni vaqtda Pentagonda yangi texnologiyalarning rivojlantirilishi uchun javob beruvchi agentlik APT (Advanced Plant Technologies) deb nom olgan ushbu loyiha doirasida sintetik biologiya sohasida faoliyat yurituvchi olimlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazmoqda.
2Dunyo
Bugun UEFA Millatlar Ligasi boshlanadi. Bu qanday musobaqa o‘zi? Bugun, 6-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi musobaqasi start oladi. Musobaqa haqida “Championat.asia” ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu musobaqa Yevropadagi terma jamoalarning o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallaydi va jamoalarga o‘ziga daraja bo‘yicha teng bo‘lgan raqib bilan o‘ynash imkonini beradi. Musobaqada Yevropaning 55 jamoasi ishtirok etadi. Jamoalar JCh—2018 dan keyingi reytingiga qarab to‘rtta ligaga (A, B, C, D) bo‘lingan. “A” ligada Yevropaning eng kuchli 12 ta jamoasi ishtirok etadi. Keyingi 12 ta jamoa “B” ligada qatnashadi, navbatdagi 15 ta jamoasi esa “C” ligada, qolgan 16 tasi “D” ligada o‘ynaydi. Har bir ligada 4 tadan guruh bo‘ladi. “A” liganing o‘z guruhlarida g‘olib jamoalari Yevropa chempionati—2020 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. “A” liga “B” liga “C” liga “D” liga O‘yinlar 2018-yilning sentabr-noyabr oylarida uyda va mehmonda bo‘lib o‘tadi (har bir terma jamoa guruh sig‘imiga ko‘ra 4 yoki 6ta o‘yin o‘tkazadi). “A” ligasidagi to‘rt guruh g‘oliblari 2019-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga chiqadi. Mezbonlarni UEFA 2018-yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. Final bosqichida yarim final bahslarida g‘olib bo‘lgan ikki jamoa finalda o‘ynaydi. Mag‘lublar 3-o‘rin uchun bahsda ishtirok etishadi. UEFA Millatlar ligasi birinchi g‘olibi 2019-yilning 9-iyun kuni ma’lum bo‘ladi. B, C va D guruhi g‘oliblari yuqori ligaga ko‘tarish uchun uchrashuvlar o‘tkazadi. A, B va C liga guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar bitta past ligaga tushadi. “A” liga 6-sentabr Germaniya - Fransiya 7-sentabr Italiya - Polsha 8-sentabr Shveysariya - Islandiya Angliya - Ispaniya 9-sentabr Fransiya - Niderlandiya 10-sentabr Porutgaliya - Italiya 11-sentabr Islandiya - Belgiya Ispaniya - Xorvatiya “B” liga 6-sentabr Chexiya - Ukraina Uels - Irlandiya 7-sentabr Turkiya - Rossiya 8-sentabr Shimoliy Irlandiya - Bosniya va Gersegovina 9-sentabr Ukraina - Slovakiya Daniya - Uels 10-sentabr Shvetsiya - Turkiya 11-sentabr Bosniya va Gersegovina - Avstriya “C” liga 6-sentabr Sloveniya - Bolgariya Norvegiya - Kipr 7-sentabr Litva - Serbiya Ruminiya - Chernogoriya Albaniya - Isroil 8-sentabr Finlyandiya - Vengriya Estoniya - Gretsiya 10-sentabr Shotlandiya - Albaniya “D” liga 6-sentabr Qozog‘iston - Gruziya Latviya - Andorra Armaniston - Lixtenshteyn Gibraltar - Makedoniya 7-sentabr Ozarbayjon - Kosovo Farer orollari - Malta 8-sentabr Belarus - San-Marino Lyuksemburg - Moldova
13Sport
“Tabriklayman, ukam”. Stiven Sigal Mirziyoyevning kenja kuyoviga murojaat yo‘lladi (video) Amerikalik taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal o‘zining Instagram sahifasi orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarovni O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbar etib saylangani bilan tabrikladi. “Do‘stim Otabek Umarov yaqindagina O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Tabriklayman, uka!”, — deya aktyor Otabek Umarovning akkauntidagi videoni ulashgan holda izoh qoldirgan. Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov noyabr oyi boshida Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. View this post on Instagram Otabek Umarov O‘zbekistonda MMA rivojiga befarq bo‘lmagan homiylarni jalb qilishni ma’lum qilgan. Assotsiatsiya rahbari hamkorlik qilishni istaydiganlar ko‘p bo‘lishiga ishonch bildirgan edi.  Stiven Sigal: Habib jahonning eng yaxshi MMA jangchisi emas Aytgancha, Otabekning amerikalik do‘sti Stiven Segal allaqachon “boy tarixga ega mamlakatga” tashrif buyurgan edi, u yerda u dunyodagi eng katta oshni tayyorlashda qatnashgan edi.
8O‘zbekiston
Oq uy ma'muriyati Trampning kenja o‘g‘lini tinch qo‘yishga chaqirdi AQSh ma'muriyati, Amerika jamoatchiligi "mamlakat an'analariga muvofiq holda" prezidentning 10 yoshli o‘g‘li Berron Trampni tinch qo‘yishiga umid bildirmoqda. "Bu avvaldan davom etib kelayotgan an'ana, prezident farzandlariga (ularga) siyosiy e'tibor berilmasdan ulg‘ayish imkoni taqdim etiladi. Oq uy bu an'ana davom etishini kutib qoladi. Biz sizning bu masalada hamkorlik qilishingizni qadrlaymiz", — deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida.  O‘tgan kunlar mobaynida Donald va Melaniya Trampning o‘g‘li Berron AQSh OAVning nishoni bo‘ldi.  Xususan, NBC telekanalining "Saturday Night Live" shousi ssenariynavisi Keyti Rich Twitter mikroblogida AQSh yangi prezidentining 10 yoshli o‘g‘li haqida haqoratomuz so‘zlarni qoldirgani sababli ishdan bo‘shatildi. Trampning inauguratsiyasi chog‘ida Melaniya o‘g‘lining qo‘lidan ushlamoqchi bo‘lganida keskin rad etgan edi. Shundan so‘ng, Rich mikroblogida: "Berron mamlakatimizning birinchi maktab mergani bo‘ladi", - deb izoh qoldirgandi. Keyinroq, jurnalist ayol buning uchun uzr ham so‘ragan.  Bundan tashqari, qator telekanallar, Tramp Oval xonada ilk farmonlarini imzolayotgan vaqtda Berron jiyani bilan o‘ynayotganiga e'tibor qaratgan edi.
2Dunyo
Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirsga iPad’dan foydalanishga ruxsat berishdi Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali iPad’dan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi. Pop-yulduz yangi gadjet bilan hayoti mutlaqo boshqacha tus olganini ma’lum qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Do‘stlar, menda katta yangiliklar bor. Bugun o‘zimning birinchi iPad’imni qo‘lga kiritdim. Juda xursandman! Farzandlarimning iPad’i bor edi, lekin men o‘zimnikini hozirgina oldim. Bu ajoyib kun! Doim kichkina telefon ishlatganman, biroq endi iPad’im bor va hayotim o‘zgarayotganini his qilyapman. Juda hayajondaman”, — deydi Britni. Qo‘shiqchi shu vaqtga qadar nima sababdan planshet ishlatmagani noma’lum, uning muxlislari buni Spirsga belgilangan vasiylikning qattiq talablariga bog‘lamoqda. Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda xonanda bilan bog‘liq ruhiy muammolar sabab nafaqat mablag‘lari, balki shaxsiy hayoti va ishini ham nazorat qilgan otasi Jeyms unga vasiy etib tayinlangan. 2021-yilning iyulida esa sud Britni Spirsning o‘z otasini vasiylikdan ozod etish borasidagi so‘rovini rad etgandi.  Britni Spirs boykot e’lon qildi: U toki otasi vasiylik qilar ekan sahnaga chiqmoqchi emas
7Madaniyat
Bangkokda o`zbek ayollarini fohishalikka majburlagan fuqaro jazolandi Halol yo`l bilan topilmagan boylik hech kimga vafo qilmaydi. Bir nafar farzandning onasi B.Isaeva shu haqiqatni afsuski, kech anglab etdi. U ayol nomiga dog` tushiradigan nopok ishni kasb qildi va odam savdosi jinoyatiga qo`l urdi. Qariyb o`n yil davom etgan uning bu jinoiy faoliyatiga sheriklari M.Kamolova, Sh.Nurillaev, S.Nurillaev, M.Rahmonova va N.Mamarahimovalar yaqindan ko`mak berdi. Bu jinoiy guruh ayollarni aldov yo`li bilan Tailand davlatiga olib borib, majburan fohishalik bilan shug`ullantirgan va shu orqali moddiy boylik orttirgan. B.Isaevaga yo`l va turarjoy xarajatlari bilan ta`minlaganligi uchun 8-10 ming AQSh dollaridan ishlab berib, so`ngra o`zlarining ehtiyojlari uchun ishlaganliklarini tasdiqlagan. Sudlanuvchi B.Isaeva ochiq sud majlisida aybiga to`liq iqror bo`lib, haqiqatan ham 2006 yildan boshlab Tailand davlatining Bangkok shahriga ishlash uchun borib kelganligini tasdiqladi. 2007-2008 yillarda o`ziga Bangkok shahridan ijaraga xonadon olganligini va bu uyda O`zbekiston Respublikasidan kelgan qizlarni ijaraga qo`yganligini, ularga bu erda fohishalik bilan shug`ullanish uchun sharoit yaratib berganligini tan oldi. B.Isaeva hamda uning jinoiy sheriklariga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
5Jamiyat
Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi Turkiyalik tadbirkor Axmet Demir “Xalq so‘zi” nashriga bergan intervyusida “Chorsu” mehmonxonasi rekonstruksiyasi nima uchun oqsayotgani haqida gapirib, bu jarayonda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddilarni ayblagan edi. 31-yanvar kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida turkiyalik tadbirkorning e’tirozlariga javob berildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova. Xususan, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomovning aytishicha, Ahmet Demir “Chorsu” mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan.2017-yilda Demir Group kompaniyasi 2017-yilning sentabr oyida “Chorsu” mehmonxonasi binosini kamida 33 million dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi. “Mana Tashkent City. U qurilmoqda, lotlar bunyod etilyapti. Undan yarim kilometr masofada joylashgan ‘Chorsu’ mehmonxonasini olaylik. 20 yildan beri qurilmoqda. Turkiyalik tadbirkorga uni bepul berganmiz. To‘rt yulduzli mehmonxona va’da qilishgandi, katta va’dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va’dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan”, — deydi Ravshan G‘ulomov. “Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi”, — degan edi Axmet Demir o‘z intervyusida.
8O‘zbekiston
Mashhur fransuz qo‘shiqchisi Sharl Aznavur vafot etdi Mashhur fransuz qo‘shiqchisi, shansonyesi va bastakori Sharl Aznavur vafot etdi. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi. Sharl Aznavur 94 yoshda edi. Kelib chiqishi armani bo‘lgan Sharl Aznavur fransuz shansonining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri edi. Bundan tashqari, u bastalagan qo‘shiqlar Selin Dion, Bob Dilan, Xulio Iglesias hamda jahon musiqasining boshqa klassiklari tomonidan kuylangan.
7Madaniyat
Kobuldagi Avstraliya elchixonasi oldida portlash yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi Afg‘oniston poytaxtida Avstraliya elchixonasi oldida portlash amalga oshirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Elchixona xodimlaridan hech kim zarar ko‘rmadi. Politsiyaga ko‘ra, 2-mart kuni qo‘lbola portlovchi uskuna o‘rnatilgan avtomobil elchixona yaqinida to‘xtab turgan mashinalar ichida portlatib yuborilgan. Portlash chet el qurolli kuchlari konvoyini nishonga olgani taxminn qilinmoqda.
2Dunyo
Namanganda fuqaro 74 ming so`m uchun ikki kishini o`ldirdi (Video) Namangan viloyatining Pop tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" axborot-tahliliy ko`rsatuvida ma`lum qilindi. Xo`randa ovqatlanish shaxobchasining xo`jayinlari bo`lgan er va xotinni pichoqlab o`ldirdi. Jinoyatga esa arzimagan 74 ming so`m sabab bo`ldi. Fuqaro ovqatlanib bo`lgach, taom uchun haq to`lashga yonida puli bo`lmagan. Shundan keyin telefonini garov evaziga qoldirib ketgan. Ana shu telefonini qaytarib olish uchun u er-xotinni pichoqlab o`ldirdi.  Jinoyatchiga sodir etgan jinoyati uchun 25 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
6Jinoyat
Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni videoanjuman shaklida o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30-oktabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tadi. Forum ishida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev sentabr oyida videoanjuman shaklida o‘tgan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zlagandi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti aprel oyida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish va sa’y-harakatlarni birlashtirish uchun videoanjuman tarzida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sammitida ham ishtirok etgandi.
8O‘zbekiston
Oydagi ikkita krater “Apollon-8” missiyasi sharafiga nomlandi Oy yuzasidagi ikkita krater Yerning tabiiy yo‘ldoshini birinchi marta aylanib chiqqan “Apollon-8” kosmik kemasi ekipaji sharafiga rasman nomlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Oyning rasmiy xaritasida ikkita yangi nom — Anders “Yeri sharqi” va “Uyga yo‘l-8” kraterlari paydo bo‘ldi. Ular “Apollon-8” bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan Paster G krateri yaqinida joylashgan. “Apollon” dasturi insoniyat tarixidagi eng keng qamrovli va qimmat kosmik loyihalardan biri bo‘lgan. 1968-yil dekabr oyidan 1972-yil dekabr oyigacha bo‘lgan davrda Oyga 11 ta ekipaj jo‘natilgan. Ulardan oltitasi Yerning tabiiy yo‘ldosh yuzasiga qo‘nishni amalga oshirgan va beqiyos tajribalar o‘tkazgan.
14Texnologiya
Limon-xantalli qaylada pishirilgan baliq Baliq go’shti juda yumshoqligi sabab ham, boshqa go’shtlarga qaraganda juda tez pishadi.Mana bunday usulda pishirilgan baliq esa nafaqat tez tayyorlaniladi, balki kayfiyatingizni ham ko’tarib yuboradi. Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 80 000 soʻm sarf qilinadi.* *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
9Pazandachilik
Toshkentda kelin qaynotasining 25 ming dollarini o`g`irladi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi E.B.ning uyiga noma`lum shaxs kalit tanlash yo`li bilan kirib, yotoqxonasidan 25 000 AQSh dollarini o`g`irlab ketgan. O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, ko`rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining kelini sodir etganligi aniqlanib, u ushlangan.
6Jinoyat
Avstraliyalik shifokor mijozlarining itlari uchun Instagram’da akkaunt ochdi. U koronavirusga test topshirgani kelgan xo‘jayinini kutayotgan jonivorlarni suratga olmoqda Koronavirusga test olish markazida ishlaydigan Tiffani Uayt ismli melburnlik shifokor itlar uchun Instagram ijtimoiy tarmog‘ida akkaunt ochishga qaror qildi, deb xabar beradi Esquire. Ko‘plab insonlar testdan o‘tish uchun itlari bilan keladi. Tiffani esa ushbu holatni rasmga olib, Instagram’da o‘z egalarini sabr bilan kutayotgan hayvonlarning suratlaridan iborat sahifani to‘ldirib boradi. U loyihani Swab dogs deb atagan. Uaytning aytishicha, u doimo bemorlarning hayvonlariga e’tibor qaratgan va bu borada nimadir ish qilishi kerakligini qat’iy rejalashtirib kelgan. “Koronavirus pandemiyasi vaqtida juda qattiq charchaganimiz sabab biror ijobiy narsa qidirishga urinardik. Va biz buni topdik”, — deydi shifokor. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar o‘z itlarini suratga olishayotganidan xursand. Hozirda akkauntning 426 ta posti va 10,5 mingdan ortiq obunachisi bor. Quyida o‘z egasini kutayotgan ayrim jonivorlarning suratlari keltirilgan:
3Foto
Matematika bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘olibi munosib kutib olinadi. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi shunga ishontirmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda “Bizda ilmlining qadri bormi? Yoki matematikadan xalqaro olimpiada g‘olibiga zambarakning o‘qimi?!” sarlavhali xabar tarqaldi. Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati mazkur murojaatga munosabat bildirgan. Munosabatda keltirilishicha, Prezidentning 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan asosiy xalqaro olimpiadalar ro‘yxati tasdiqlangan. Ularning g‘oliblari va o‘qituvchilari pul bilan mukofotlanadi. Jumladan, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika fan olimpiadasi g‘olib o‘quvchilari va ularning o‘qituvchilari viloyat hokimligi tomonidan 104 000 000 so‘m pul va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. Dunyoda tijorat olimpiadalari ham mavjud. Ularda o‘quvchilar to‘lov mablag‘lari evaziga ishtirok etadi. SEAMO xalqaro olimpiadasi shulardan biri. Avstraliyada o‘tkazilgan SEAMO xalqaro olimpiadasida matematikadan oltin medalni qo‘lga kiritgan Qorako‘l tumanidagi matematika maktabi o‘quvchisi Bekzod Nuriddinov Toshkent xalqaro aeroportida oila a’zolaridan tashqari, matematika maktabi direktori Temur Ro‘ziyev boshchiligida viloyat delegatsiyasi, matematika maktabining sobiq bitiruvchilari ishtirokida kutib olingan. Ushbu jarayon ijtimoiy tarmoqlar, Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanallari hamda OAV orqali keng yoritilgan. “Ayni paytda buxorolik g‘olib o‘quvchi Bekzod Nuriddinov Toshkent shahrida. Joriy yilning 4-fevral kuni Buxoro viloyatiga yetib kelishini munosib kutib olish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
8O‘zbekiston
Sochlarni sovuq havodan himoya qilishning 8 usuli Sovuq havoda sochlar to‘g‘ri parvarish qilinmasa, ular yorqinligini yo‘qotadi, quruq hamda sinuvchanligi ortadi. Quyidagi maslahatlar kuz-qish faslida sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi. Bosh kiyimi kiying Sochni qor, shamol va yomg‘irdan saqlash lozim, chunki ular sochni yanada siyraklashtiradi. Soch turmagi bosh kiyimi ostida elektrlanmasligi uchun sochlarni fen bilan quritishdan oldin maxsus spreydan foydalanish mumkin. Havo namlagichdan foydalaning Sochlarga nafaqat sovuq ob-havo, balki issiqlik qurilmasi bilan jihozlangan kvartiralarning quruq havosi ham zararli. Havo namlagichi yordamida 40-50 foiz namlikni saqlab, sochlarni sog‘lom saqlash lozim. Soch uchini kesib turing Sochlarning gullashining oldini olish uchun har 4-8 haftada ularning uchini kesish kerak. Juda ko‘p kesish shart emas,  bor-yo‘g‘i 1-2 santimetrdan olib tashlash kifoya qiladi. Shunda soch turmagi yana yangi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Suv haroratini pasaytiring Ko‘chadan uyga qaytgandan keyin sochlarni yuvishda suvni sovuqroq qilish kerak. Sochni iliq yoki sovuqroq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Issiq dush ularni namligini quritadi, natijada soch tolasi yanada mo‘rtlashadi. Fendan foydalanmang Qishda sochlar ko‘proq qurishga moyil bo‘ladi. Fen tom ma’noda ulardagi namlikni kamaytirib, tabiiy porlashidan mahrum qiladi. Imkon bo‘lsa, sochlarni tabiiy ravishda quritish kerak. Nam sochlar bilan ko‘chaga chiqmang Nam sochlar va sovuq havo – mutlaqo yaxshi emas. Bunday vaqtda shamollab qolish hech gap emas, shuningdek, sochlarga ham zarar yetishi mumkin. To‘g‘ri, fen yordamida soch quritish juda foydali bo‘lmasa-da, ikki karra zarar ko‘rishdan ko‘ra yaxshiroq. Yog‘lardan foydalaning Sovuqda sochlar uchun kokos yoki argan kabi yog‘larga asoslangan kosmetikadan ko‘ra yaxshiroq himoya yo‘q. Sochni ortiqcha zo‘riqtirmasdan oziqlantirish uchun yengil tuzilishga ega mahsulotlarni qo‘llash mumkin. G‘amxo‘rlikni oshiring Sochni qishda parvarish qilishda asosiy e’tiborni namlantirishga qaratish kerak. Qolaversa, tegishli ta’sirga ega konditsionerdan foydalanish va haftada bir marta sochga niqob qilish tavsiya etiladi.
1Ayollar
Yaponiyani dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylantirgan ta’lim tizimining 10 xususiyati Yaponiyaning dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratgan noyob kashfiyotchilar va yetuk mutaxassislarning nihoyatda ko‘pligi o‘z navbatida mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim tizimidan ildizlanadi. Shu munosabat bilan AdMe uning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tishga qaror qildi. Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha — 4-sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklaniladi, xolos. Mamlakatda ta’limning dastlabki uch yilida akademik bilimlar olish u qadar muhim hisoblanmaydi. Asosiy urg‘u tarbiyaga qaratiladi — bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, haqiqatparvarlikka, o‘zini nazorat qila olishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi. Yaponiyada yil boshi eng go‘zal tabiat hodisalaridan biri — sakuraning gullashiga to‘g‘ri keladi. Akademik yil uch trimestrga bo‘linadi: 1-apreldan 20-iyulgacha, 1-sentabrdan 26-dekabrgacha, 7-yanvardan 25-martgacha. Shu tariqa, yapon o‘quvchilari yozgi ta’tilda olti hafta, qishda va yozda ikki haftadan dam oladi. Har bir sinf kabinetlar, koridorlar va hatto hojatxonalarni navbatma-navbat yig‘ishtiradi. Bu bilan bolalarga erta yoshdan jamoa bo‘lib ishlash va bir-biriga yordam ko‘rsatish o‘rgatiladi. Bundan tashqari, yig‘ishtirishga ko‘p vaqt va kuch sarflagan o‘quvchilar bundan keyin binoning ifloslanishiga imkon qadar yo‘l qo‘ymaslikka urinadi. Boshlang‘ich va o‘rta maktabda bolalar uchun maxsus nonushta tayyorlanadi, ularning menyusi ustida nafaqat maktab oshpazlari, balki tibbiyot xodimlari ham ishlaydi. Ovqat maksimal darajada foydali va sog‘lom bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Sinfdoshlar o‘qituvchi bilan birgalikda sinfxonada nonushta qiladi. Boshlang‘ich sinflardayoq bolalar xususiy va tayyorgarlik maktablariga bora boshlaydi, bu ularning yaxshi boshlang‘ich va o‘rta maktabga kirishini kafolatlaydi. Bunday maktablarda mashg‘ulotlar kechki soatlarda o‘tkaziladi, shu bois Yaponiyada soat 21:00 da jamoat transporti qo‘shimcha darslardan so‘ng uyga qaytayotgan yosh bolalarga to‘la bo‘lishi odatiy holdir. Darslar kuniga 6–8 soat davom etib, ular ta’til va hatto shanba-yakshanba kunlari ham to‘xtamaydi. Yapon xattotlik san’ati — shodoning prinsipi juda oddiy: bambukli mo‘yqalam siyohga botirilib, guruchli qog‘ozda iyerogliflar chiziladi. Yaponiyada shodo rassomchilikdan kam ardoqlanmaydi. Milliy she’riyat janri — xayku esa tabiat va inson birligini qisqa shaklda ifodalaydi. Bu darslar maktab o‘quvchilarini o‘z madaniyati va an’analarini hurmat qilishga o‘rgatadi. O‘rta maktabdan boshlab barcha o‘quvchilar formada yurishi shart. Ko‘p maktablar o‘z formasiga ega, ammo odatda bolalar harbiy uslubda kiyinadi, qizlar esa matroskada yuradi. Bu qoida xulq-atvor tarbiyasining bir qismi hisoblanadi, tanlangan liboslar ham ishchi kayfiyatni hosil qiladi. Biror marta maktabdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormagan odamni eslashimiz qiyin kechadi, lekin Yaponiya uchun bu me’yorga aylangan holat. Bundan tashqari, yapon o‘quvchilari mashg‘ulotlarga deyarli hech qachon kech qolmaydi. Maktab o‘quvchilarining 91 foizi har doim o‘qituvchiga quloq soladi. Yuqori sinflar yakunlanganidan so‘ng o‘quvchilar bitta test topshiradi, uning natijalari kim oliygohga kira olishini hal qiladi. Bitiruvchi faqat bitta oliygohni tanlash huquqiga ega, uning tanlovi kelajakdagi maoshini va hayot darajasini belgilab beradi. Raqobat ancha kuchli — bitiruvchilarning 76 foizi maktabdan so‘ng ta’limni davom ettiradi. Uzoq yillar to‘xtovsiz mashg‘ulot va tayyorgarlikdan so‘ng muayyan natijaga erishgan yoshlar ta’til qilishni istashi tabiiy. Yaponiya ta’lim tizimining yuqoridagi o‘ziga xosliklari tufayli bu palla universitet yillariga to‘g‘ri keladi. Shu bois universitet tahsili har bir yaponning hayotidagi eng yengil va betashvish davr hisoblanadi. Ishga kirishdan oldin olingan ta’til misoli, axir yaponlar bolalikdan ishga ulkan mas’uliyat va muhabbat bilan yondashishga o‘rgatiladi.
2Dunyo
Alfraganus – muvaffaqiyatli biznes mavzesi Bizning Uylar Development kompaniyasi savdo-ko‘ngilochar mavzesi tashrif buyuruvchilar hamda savdo joylari egalari uchun eng qulay va foydali sharoitlarni yaratadi Yaqin kelajakda kompaniya yangi, misli ko‘rilmagan loyiha - Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesining sotuvi boshlanishini e‘lon qiladi. Ushbu loyihada hamma narsa o‘ziga xosdir. Uning nomi buyuk olim va astronom Al-Farg‘oniy ismidan olingan. Shu sabab uning konsepsiyasi nomidan tortib o‘ndan ortiq turdagi binolarning me‘moriy yechimigacha boshqacha uslubda. 15 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan bir va ikki qavatli savdo maydonlari biznesingizning cheksiz imkoniyatlarini va savdo mavzesidagi cheksiz ko‘ngilochar muhitni ramziy ma‘nosini aks ettirib cheksizlik belgisi shaklida joylashadi. Restoranlar, butiklar, kinoteatrlar, texnika do‘konlari, parfyumeriya do‘konlari yoki avtosalonlar – umumiy qilib aytganda sizga kerak bo‘lgan barcha narsalar endi bir maskanda. Joylashgan manzil ham loyihani foydali qiladi - Alfraganus UzBum (O‘zQog‘oz qog‘oz fabrikasi) ko‘prigidan chiqqandan so‘ng, Farg‘ona Yo‘li shossesining o‘ng tomonida joylashadi. Transportlarga kirish imkoniyati, aylana avtoturargoh va qo‘shimcha ko‘p qavatli avtoturargoh avtomobil egalarini to‘xtash joyini izlash muammolaridan xalos qilib, bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tishiga sabab bo‘ladi. Loyihaning muvaffaqiyati albatta savdo va ko‘ngilochar zonalarni puxta loyihalashga bog‘liq. Standart savdo markazlari uzoq vaqtdan beri ishbilarmonlik va shaxsiy uchrashuvlar, oilaviy kechki ovqat, bolalar va o‘smirlarning ko‘ngilochar maskani sifatida odatiy holga aylangan edi. Ammo ochiq havodagi savdo-ko‘ngilochar mavze - bu poytaxt uchun mutlaqo yangi format bo‘lib, Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasining o‘rganishlariga ko‘ra, maskan haftasiga kamida 210 000 potensial mijozlarni jalb qiladi. Alfraganus har qanday savdo va biznes uchun cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi. Bularning barchasi poytaxt markazidagi keng miqyosli 118000 kvadrat metr maydonda.
8O‘zbekiston
AQShda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi AQShda bir guruh tadqiqotchilar koronavirusga qarshi burun orqali kiritiladigan vaksina yaratishdi, deb yozmoqda Cell jurnali. Vaksina burun orqali organizmga kiritilganidan so‘ng infeksiya bilan kurashishni boshlaydi. uni Sent-Luisdagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari ixtiro qildi. Nashrning yozishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.  Olimlarning ta'kidlashicha, preparat infeksiyaning yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va pandemiyaning tarqalish tezligini pasaytiradi.  Vaksina hozircha faqat sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan.
2Dunyo
“O‘zbekiston madaniy merosi” kongressi mehmonlari Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi” kongressi mehmonlari ertalab charter reysi bilan Samarqand shahriga jo‘nab ketishdi. U yerda Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasida uch seksiya bo‘yicha yig‘ilish tashkil etilgan. Birinchisi - «O‘zbekiston hunarmandchilik san'ati – tur va maktablar xilma-xilligi». Uning doirasida kashtachilik va gilam to‘qish, so‘zana va keramika san'atiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi, ma'ruzalar taqdim etildi. Ikkinchi seksiya - «Sharq va G‘arbni bog‘lab turuvchi ip – Buyuk Ipak Yo‘li»da qator mavzular bo‘yicha munozaralar bo‘lib o‘tdi. Uchinchi seksiya «Movaraunnahr kitob san'at» O‘zbekiston xalqlarining yozma madaniy yodgorliklari, Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlandi. Shuningdek, kongress mehmonlari Samarqand yaqinidagi Konigil qishlog‘ida qog‘oz tayyorlash bo‘yicha qadimiy texnologiya bilan ham yaqindan tanishishdi. Tadbirda Samarqand va Buxorodan bo‘lgan kalligraflar va miniatyura bo‘yicha ustalar ishtirok etishdi, ular xalqaro loyiha qatnashchilariga sharq yozuvi san'atini namoyish etib berishdi.
5Jamiyat
Kollejga o‘qishga kiritishni va'da qilgan direktor o‘rinbosari ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati Uzun tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.  Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Sariosiyo tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori o‘rinbosari I.M. ushbu kollejga o‘qishga joylashtirish hamda kelgusida tanishlari orqali tumandagi Pedagogika kasb-hunar kollejiga o‘qishni ko‘chirtirib berish evaziga fuqaro N.N.dan 8 mln. 700 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
5Jamiyat
Koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxona chiqindilari Chirchiq daryosi atrofiga tashlanayotgani ma'lum bo‘ldi Videoda katta uyumdagi chiqindilar yer maydoni va suv yuzasiga to‘kib ketilgani tasvirlangan. Video muallifi bu hududga uchta mashinadan to‘kilgan chiqindi sochilib yotgani haqida aytgan. Kun.uz muxbiri hodisa bo‘yicha izoh olish uchun Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Behzod Qobulov bilan bog‘landi. «Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimi topshirig‘i bilan hokimlik axborot xizmati vakillari, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i, Zangiota tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish mintaqaviy qo‘mitasi raisi va boshqalar voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rganishdi.  Aniqlanishicha, chiqindilar belgilangan joyga olib borilmasdan Chirchiq daryosining Yangiyo‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga, tadbirkorga tegishli yer maydoniga tashlab ketilgan. Videoda tasvirga olingan holat 15 oktabr kuni tumanning «Chortoq» mahallasida yuz bergan. Shuningdek, chiqindilarni fuqaro Abdulloh Karimov tashlab ketgani, undan tushuntirish xati olinib, u tegishli kodeksga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgani ma'lum bo‘ldi. Chiqindi to‘kilgan joy hozirda obodonlashtirilgan. Chiqindilar kasalxonadan qachon olib chiqib ketilgan, bu ish shaxsiy tashabbusmi yoki kimdir topshiriq bergani bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilyapti», dedi hokimlik vakili. Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov esa mazkur muassasa boshqarma tasarrufiga kirmasligini aytdi. «Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan mazkur muassasaning boshqarmamizga aloqasi yo‘q. Bu respublika miqyosidagi muassasa hisoblanadi. Agar Olmaliqdagi, Chirchiq shahridagi, Bekoboddagi muassasalarimiz bo‘yicha savolingiz bo‘lsa biz to‘liq ma'lumotga egamiz va ular uchun javob beramiz», deya ta'kidladi boshqarma boshlig‘i. Internetda mazkur holat borasidagi bahs-munozaralar tobora avj olmoqda. Deputat Rasul Kusherbayev ham telegramdagi kanalida tibbiy buyumlar chiqindisi Zangiota va Quyi Chirchiq tumanlari hududiga tashlab ketilayotganiga e'tibor qaratib, bu o‘sha hududlar aholisi orasida kasallik keng tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yozgan. «Koronavirus bilan qarshi kurashda aholini hushyorlikka chaqirib, karantin qoidalarini buzganlik uchun qat'iy choralar qo‘llanayotgan bir vaqtda bir qator mas'ullarning o‘zlari koronavirusni tarqatishga atayin yo‘l qo‘yib berishmoqda. Zangiota tumanida tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus kasalxonada kasallangan bemorlar uchun ishlatilgan tibbiy buyumlardan iborat chiqindilarning bir qismi atrof-muhitga tashlanmoqda. Xususan, kuni kecha Toshkent viloyati Zangiota, Quyi Chirchiq tumanlari, Chirchiq daryosi atrofiga tashlangan bunday chiqindilar aholining keskin e'tiroziga sabab bo‘ldi. Bugun menga kelgan murojaat va ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda uchta hududda ana shunday chiqindilarni tashlab ketish holatlari aniqlangan. Achinarlisi, koronavirusda ishlatilgan chiqindilar daryo suviga qadar sochilib ketgan. O‘rganish davomida yaqin vaqtgacha bunday chiqindilarni yo‘q qilish bilan shug‘ullanib kelgan «Med class plus» MChJ bu xizmatni to‘xtatishi oqibatida shunday muammo kelib chiqqani ma'lum bo‘ldi. Ushbu tadbirkorlik sub'yekti standartlarga muvofiq, koronavirus bemorlarini davolashda ishlatilgan buyumlar chiqindisini yoqib, yo‘q qilish bilan shug‘ullanib kelgan. Biroq mas'ullar tomonidan negadir ushbu MChJdan bu xizmat olinib, boshqa tadbirkorga berilgan va yangi tadbirkor chiqindilarni to‘liq yoqib, yo‘q qilishning uddasidan chiqa olmagach, yashirincha atrofga chiqarib to‘kishni boshlagan», degan deputat. Kun.uz sayti ham mutasaddilardan aholining keskin e'tirozlariga sabab bo‘layotgan mazkur holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini so‘raydi.
5Jamiyat
Ota-onaning o‘g‘liga atab tayyorlagan sovg‘asi tarmoq foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘ldi Shon ismli shotlandiyalik bola Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘zi kutmagan sovg‘aga ega bo‘ldi. Gap shundaki bolakay ukalik bo‘lishni juda-juda istar edi. Ota-ona uning ukalik bo‘lishi haqidagi xushxabarni o‘z o‘g‘illariga maktub orqali yetkazishga qaror qilishdi.  Ular Shon maktubni o‘qib qay holatga tushishini tasvirga tushirishni rejalashtirishdi. O‘qishni o‘rganayotgan bola maktubni ochib o‘qiydi va gap nima haqida ketayotganini bilib, yig‘lab yuboradi.  Uning xushxabardan so‘nggi bu holati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qattiq ta'sirlantirib yubordi. Qoldirilgan izohlardan Shonning kelajakda juda yaxshi aka bo‘lishi haqida gap ketadi.
5Jamiyat
EPSILON (EDC): Bahoriston konidagi yangi qidiruv-izlov qudug‘idan gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi Bahoriston koni 2019 yilning avgustida Muborak investitsiya bloki hududida ochilgan edi.  Bahoriston-2 qidiruv-izlov qudug‘ining 2500 m chuqurligida olib borilgan burg‘ulash ishlari ortidan esa quduqdan ilk bor gaz oqimi olindi. Ayni paytda EDC hamda «Schlumberger» xalqaro kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida quduqda geofizik tadqiqotlar va olingan ma'lumotlarni tahlil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur ishlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi institutiga (IGRNGM) kern, ya'ni qatlam jinsi namunalari tanlab olinib, o‘rganish uchun yuborildi. Olib borilayotgan ishlar, shu jumladan, yangi konning geologik tuzilishini hamda uglevodorodlarning hisoblangan zahiralarini aniqlashtirishga qaratilgan. Bahoriston-2 konida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, qazib chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan maqsadli ishlar davom ettiriladi. Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati
8O‘zbekiston
Qo‘l jangi bo‘yicha ochiq chempionatga start berildi Bugun, 4 yanvar kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Ikki kun davom etadigan mazkur chempionat Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Chempionatda mamlakat Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro kuch sinashmoqda. Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun bahsga kirishdi. Musobaqa 7ta — -65 kg, -70 kg, - 75 kg, - 80 kg, - 85 kg, - 90 kg, hamda 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida tashkil etildi. Dastlabki saralash va yarim final bahslari natjalariga ko‘ra, -70 kg hamda 90 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida kurash olib borgan Mudofaa vazirligi Sport klubining ikki nafar sportchisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Final janglari hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi ertaga o‘tkaziladi.
13Sport
Tyusso xonim muzeyida Tereza Meyning mum haykali o‘rnatiladi Tyusso xonim muzeyi Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mum haykali tayyorlanayotgani haqida hikoya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Mey xonimning mum haykali AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel singari yirik siyosatchilar haykallari qatoriga qo‘shilishini muqaddam The Guardian nashri bildirgan edi. Haykalni 2017-yil oxirigacha muzeyda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
7Madaniyat
Sony bosh direktori iste’foga chiqishini e’lon qildi Sony bosh direktori Kadzuo Xirai 2-fevral, juma kuni to‘satdan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. Kadzuo Xirai. Kompaniyani 2012-yildan beri boshqarib kelgan Xirai butkul ketayotgani yo‘q, u direktorlar kengashi raisi bo‘lib qoladi. O‘tgan vaqt mobaynida Sony moliyaviy ko‘rsatkichlari va ko‘plab bozorlardagi mavqeyini tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. Sony bosh direktori lavozimini 1-apreldan e’tiboran hozirgi moliyaviy direktor Ken’itiro Yosida egallaydi. Kompaniya aksiyalari shu kuni 1,9 foizga qimmatladi. Oxirgi yil mobaynida Sony kapitallashuvi 55 foizga oshib, 6,5 trillion iyenga yetdi.
2Dunyo
OKMKda investitsiya darajasi o‘sib bormoqda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) o‘zining investitsiya loyihalarini taqdim etdi. Bo‘lib o‘tgan press-tur davomida jurnalistlar “Qalmoqqir” konini borib ko‘rishdi, “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va yangi mashinasozlik zavodini qurish konsepsiyasi bilan tanishishdi. Shuningdek, joriy yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishga tushirilgan 3-mis boyitish fabrikasi haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. “Qalmoqqir” — asosiy ruda bazasi Jurnalistlar korxonada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishishni aynan shu yerdan boshladilar. “Qalmoqqir” kon boshqarmasi Markaziy Osiyodagi eng yirik konchilik korxonalaridan biri. Kon qurilishi 1954-yilda boshlangan va 1959-yilda bu yerdan birinchi ruda jo‘natilgan. O‘sha vaqtlardan beri, kon boshqarmasi jamoasi deyarli har doim ishlab chiqarish vazifalarini to‘liq bajargan. O‘tgan yili ushbu konda 28 million 920 ming kub metr tog‘ massasi qazib olingan. Bu yil reja ko‘rsatkichlari 1 million 472 ming kub metrga oshirildi, ya’ni 30 392 000 kub metr tog‘ massasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Kon uchta ochiq karyerdan iborat: Ustki, Sharqiy va Markaziy. Hududda ishlayotgan ekskavatorlarning umumiy soni 41 tani tashkil etadi. Kovsh hajmi 8 dan 15 kubometrgacha. Rudani tashish kombinatsiyalangan usulda amalga oshiriladi: Belaz va ​​temir yo‘l yordamida. Temir yo‘l orqali xomashyo to‘g‘ridan to‘g‘ri misni qayta ishlash korxonasiga olib boriladi va u yerda qayta ishlanadi. Joriy yilda 33 million 400 ming tonna ruda qazib olishni rejalashtirganmiz. 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 35 million tonnagacha oshishi lozim. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mis hajmini 290 ming tonnagacha oshirish rejalashirilgan”, — deydi “Qalmoqqir” ruda boshqarmasi ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Agzam Asqarov. Mutaxassis kombinatning rivojlanish dinamikasi haqida gapirishni davom ettirar ekan, 2028-yilga qadar “Qalmoqqir” va “Yoshlik 1” konlarini birlashtirish rejalashtirilganini ta’kidladi. Shu yo‘l bilan ikkala konning umumiy ishlab chiqarish hajmini 150 million tonnagacha oshirish rejalashtirilgan. Istiqbolli investitsiya loyihalari Ulardan biri “Yoshlik 1” konini o‘zlashtirish loyihasi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Konni o‘zlashtirish jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. Birinchi bosqich 2021—2025-yillarda 290 ming tonna katodli mis, 38 tonna oltin va 203 tonna kumush ishlab chiqarishga erishish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqich 2024—2028-yillarda 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin va 270 tonna kumush ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kombinatning mineral xomashyo bazasini kengaytirish va zaxiralarni JORC kodeksining standartlariga muvofiq qayta baholash uchun Britaniyaning SRK Consulting kompaniyasi jalb qilingan. Amalga oshirilgan dastlabki ishlar natijasida, “Qalmoqqir” va “Yoshlik 1” birlashtirilgan oltin, mis, porfir konlarining mineral resurslarni baholash (Mineral Resource Estimation, MRE) hisoboti Davlat zaxira komissiyasiga taqdim etildi. Ularning zaxiralari tegishli protokol bilan tasdiqlanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Olmaliq loyihasi (“Qalmoqqir” va “Yoshlik 1”) ruda tarkibidagi oltin miqdori bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda, oltin tarkibi bo‘yicha 2-o‘rinda, mis tarkibi bo‘yicha 6-o‘rinda, ruda tonnaji bo‘yicha 3-o‘rinda turadi (19,5 milliard tonna). “Yoshlik 1” konining rudali qatlamiga yetib borish va uni qazib olish maqsadida amalga oshirilayotgan tozalash ishlari jadal olib borilmoqda. 2021-yil 1 -iyul holatiga ko‘ra, bajarilgan qazish ishlarining umumiy hajmi 82,1 million kubometrni tashkil etdi. Tog‘-kon ishlarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 415 million dollardan ortiq bo‘lgan 570 dan ortiq texnika va uskunalar sotib olindi. “Biz yuk ko‘tarish quvvati 220 tonna bo‘lgan Belaz-75307 rusumli 29 dona yuk avtomobilini sotib oldik. Bundan tashqari, avtomobil parki o‘sishda davom etmoqda, shu jumladan. yo‘l qurilish texnikalari ham ko‘paymoqda. Bizda 26 gusenitsali buldozer, shuningdek, ishchilarni ish joylariga olib boradigan navbatchi mashinalar ham bor. Xizmat ko‘rsatish stansiyalari ham ochilmoqda. Barcha ta’mirlash ishlari joyida amalga oshiriladi. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar natijasida uskunalar mahsuldorligini 10—15 barobar oshirish rejalashtirilgan”, — deydi OKMK texnologik transport boshqarmasi bosh muhandisi Sirojiddin Nurmuhammedov. 3-mis boyitish fabrikasi: yiliga 60 million tonna ruda Ushbu loyiha doirasida, yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-sonli mis boyitish fabrikasini qurish ishlari boshlangan. Joriy yilning 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning OKMKga tashrifi chog‘ida 3-sonli mis boyitish fabrikasini qurishga start berildi. Hozirda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli mis boyitish fabrikasining qurilishi Markaziy Osiyo va Rossiya hududida sanoat qurilishi sohasida yetakchi bo‘lgan Enter Engineering (EE) va “Gazprombank” mashinasozlik bo‘linmasi “Uralmashzavod” bilan konsorsiumda olib borilmoqda. Fabrikaning ishga tushirilishi natijasida, olinadigan mis konsentratidagi metall (mis) miqdori 160 ming tonnadan oshadi. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda, misni qayta ishlash darajasi 85 foizni tashkil qiladi. “Hozirda asosiy loyihalash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyihaning eng qizg‘in davrida 13 mingga yaqin mutaxassis va mingga yaqin maxsus texnikani jalb etish rejalashtirilgan. 3-sonli mis boyitish fabrikasining noyobligi shundaki, eng zamonaviy uskunalar yordamida yiliga 65 million tonna ruda, shuningdek, yakuniy mahsulotlarning katta hajmi — oltin, kumush, mis ishlab chiqariladi. Qurilishning o‘ziga kelsak, hozirda tuproq ishlari olib borilmoqda. Tuproq ham poydevorga, ham uskunaning vertikal yukiga bardosh berishi uchun muhandislik tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, karyerning o‘zida kompleks maydalash uskunalari o‘rnatiladi. Uzunligi qariyb 4 kilometr bo‘lgan asosiy konveyer ham bor. U barcha rudalarni ochiq kondan fabrikaga o‘tkazishni amalga oshiradi”, — deydi Enter Engineering kompaniyasining 3-sonli mis boyitish fabrikasini loyihalash deparmanti boshlig‘i Diyor Zinadinov. Press-tur davomida ta’kidlanganidek, qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasida kombinatsiyalangan boyitish usuli qo‘llaniladi, ya’ni oltin sorbion yordamida eritib ajratib olinadi va mis flotatsiyasi amalga oshiriladi. Bu kombinat uchun yangi texnologiya hisoblanadi. Bu yerdagi barcha texnologik jarayonlar zamonaviy uskunalar yordamida to‘liq avtomatlashtiriladi. O‘z navbatida, bu texnologik jarayonlarga inson omilining ta’sirini kamaytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar ehtimolini kamaytiradi. Yangi mashinasozik zavodi Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning barchasi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tegishli tarmoqlarni rivojlantirish va sektorning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Mutaxassislarning fikricha, yangi boyitish fabrikalarining quvvati (3-mis boyitish fabrikasi va 4-mis boyitish fabrikasi) yiliga 160 million tonnaga yetadi. Bu kombinat oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Misol uchun, texnologik uskunalar uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar yetkazib berish. Bu ishlarni markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi obyektlarida va yangi mashinasozlik zavodida amalga oshirish rejalashtirilgan. Taqdimot vaqtida jurnalistlarga qurilish konsepsiyasi haqida ma’lumot berildi. Zavod 7 ta sex va uchastkalarni o‘z ichiga oladi. Uning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi 4 minggacha yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Hozirda loyiha bo‘yicha texnik topshiriq tuzish amalga oshirilmoqda, ishlarga xorijiy institutlar jalb qilingan. Korxonani 2024-yilgacha to‘liq quvvat bilan ishga tushirish rejalashtirilgan. “Xabaringiz bor, O‘zbekistonda mis sanoati klasteri yaratilmoqda. Shu sababli, biz OKMK rahbariyatiga 3-mis boyitish fabrikasi va 4-mis boyitish fabrikasini elektr mashinalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shma korxonani tuzish taklifi bilan chiqdik. Bizning taklifimiz katta qiziqish uyg‘otgani va ushbu qo‘shma korxona uchun loyiha ishlab chiqish ustida ish boshlangani juda quvonarli. Hozirda muayyan kelishuvlarga erishildi. Xususan, hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Masalan, OKMKning faoliyati davomida ishlatiladigan elektr motorlarining ayrim qismlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Misol uchun, stanina, ramka, vallar, magnit g‘ildiraklar va boshqalar”, — deydi “Ruselprom” MChJ ijrochi direktori Leonid Brodskiy. Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.
8O‘zbekiston
APL-34-tur. "Liverpul" "Manchester Siti"ni mag`lubiyatga uchratdi (VIDEO) Kecha Angliya premer ligasining 34-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Turning markaziy uchrashuvi  “Liverpul” hamda “Manchester Siti” klublari o`rtasidagi o`yin bo`ldi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan ushbu klublar o`rtasidagi qiziqarli uchrashuvda “Liverpul” futbolchilari g`alaba qozonishdi.  Uchrashuvning 6-daqiqasida Sterling  hisobni ochgan bo`lsa, 26-daqiqada Shkrtel hisobni 2:0 ko`rinishiga olib keldi. Ammo, ikkinchi bo`limda “Man Siti” hisobni tenglashtirishga erishdi. Avvaliga 57-daqiqada Silva, so`ngra Glen Jonsonning avtogoli 2:2 hisobiga keltirdi. Shundan so`ng jamoalar ketma-ket hujumlar bilan almashishdi. 78-daqiqada esa “Liverpul”ning yosh, umidli futbolchisi Koutino gol kiritdi va jamoasiga juda ham zarur bo`lgan 3 ochkoni olib keldi. Liverpul – Manchester Siti 3:2 (2:0, 1:2) Gollar: 1:0 – Sterling (6), 2:0 – Shkrtel (26), 2:1 – Silva (57), 2:2 – Djonson (62, avtogol), 3:2 – Koutino (78). Chempionlik uchun kurashayotgan “Chelsi” esa mehmonda “Suonsi” ustidan 0:1 hisobida ustun keldi. Suonsi – Chelsi 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – D.Ba (68).  Arsenal – Vest Xem  15 aprel, 22.45, «Emireyts»  Manchester Yunayted – Xall  6 may, 22.45, «Old Trafford» Sanderlend – Everton 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – Braun (75, avtogol).  Kristal Pelas – Aston Villa 1:0 (0:0, 1:0) Gol: 1:0 – Panchon (76).  Stok Siti – Nyukasl 1:0 (1:0, 0:0) Gol: 1:0 – Piters (42).  Fulxem – Norvich 1:0 (1:0, 0:0) Gol: 1:0 – Rodalega (40).  Vest Bromvich – Tottenxem 3:3 (3:1, 0:2) Gollar: 1:0 – Vdra (1), 2:0 – Brant (4), 3:0 – Sessenon (31), 3:1 – Olsson (34, avtogol), 3:2 – Keyn (70), 3:3 – Eriksen (90).  Sautgempton – Kardiff 0:1 (0:0, 0:1) Gol: 0:1 – Kala (65).  Musobaqa jadvali Liverpul 34-77 Chelsi 34-75 Manchester Siti 32-70 Everton 33-66 Arsenal 33-64
13Sport
Atamboyevdan maxsus jangchining o‘ldirilishi bo‘yicha ayblov olindi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohida maxsus jangchining o‘ldirilishida Atamboyevni yoki uning taniqli tarafdorlaridan biri emas, Norin viloyatida yashovchi shaxs ayblandi. Bu haqda KaktusMedia nashri yozmoqda. Atamboyevni qo‘lga olish vaqtidagi to‘qnashuvlarda maxsus vazifalarni bajaruvchi “Alfa” otryadi komandiri o‘rinbosari Usenbek Niyazbekov Dragunov snayper miltig‘idan otib o‘ldirilgan. Endi esa manbalar Niyazbekov undan tortib olingan o‘z avtomatidan o‘ldirilganini ta'kidlashmoqda. Bishkekda esa maxsus jangchilarda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqatgina rezina o‘qlar bo‘lgani, ular umuman o‘q uzishmagani ta'kidlab kelingan.  Niyazbekovning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlangan. Bu haqda halok bo‘lgan jangchi yaqinlari manfaatlarini bildiruvchi advokat Kayrat Zagibayev ma'lum qildi. Zagibayevning aytishicha, gumonlanuvchining ismi hozircha ochiqlanmagan, biroq 2-3 kun ichida ma'lum qilinishi kerak. Advokatning ta'kidlashicha, bu holat maxsus jangchining halok bo‘lishiga olib kelgan Qo‘y-Toshdagi voqealar uchun Atamboyevdan javobgarlikni olmaydi. To‘qnashuvlar vaqtida Usenbek Niyazbekov ko‘kragidan olingan o‘qotar jarohatdan halok bo‘lgan, “Alfa”ning yana 6 xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olinib, ertasi kuni qo‘yib yuborilgan.
2Dunyo
Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev: "Birinchi jang bo`lgani uchun biroz hayajon bo`ldi" -67 kg vaznli bokschimiz Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev kecha jahon chempionatidagi ilk jangida irlandiyalik raqibini mag`lubiyatga uchratdi.  Bokschimiz ushbu g`alabadan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi. "Shukrki, ilk jangimni g`alaba bilan tugatib oldim. O`zbekistonlik bokschilarning ishtirokini birinchi boshlab berganim uchun biroz hayajon bo`ldi va bu mas`uliyat ekanligini his qilib turgandim. Keyingi bahslarda ushbu hayajon biroz bosiladi va o`z imkoniyatlarimni bundan ham yaxshiroq namoyon etishga harakat qilaman. Menga yordam bergan va ko`rsatma berib turgan murabbiylarimga rahmat. Qo`llab-quvvatlab turganlardan ham minnatdorman. O`zimga bildirilgan ishonchni maksimal tarzda oqlashga harakat qilaman", - dedi Asadxo`ja.
13Sport
O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyaga jo‘nab ketdi 2017 yilning 12-15 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo‘ladi. Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etishadi va qirollikning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishadi. Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
8O‘zbekiston
Toshkentlik grossmeyster Timur Gareyev bir yo‘la 48 kishi bilan shaxmat o‘ynab, jahon rekordini o‘rnatdi Asli toshkentlik, ayni paytda AQShda istiqomat qiluvchi grossmeyster Timur Gareyev Las-Vegasda bir yo‘la 48 kishi bilan shaxmat o‘ynab, jahon rekordini o‘rnatdi, deb yozadi “Moy Tashkent” nashri. O‘yin 20 soat davom etdi. Bungacha Mark Lang (46 kishi) va Migel Naydorf (45 kishi) bu o‘yin bo‘yicha rekordchilar hisoblangan.
13Sport
Buxorodagi turizm xodimlari Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining sertifikatlarini qo`lga kiritishdi Buxoro shahrida joylashtirish vositalari xodimlari uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida o`quv-seminarlari o`tkazildi. O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Sport va turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan o`tkazilayotgan mazkur mashg`ulotlar joylashtirish vositalarida ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. O`quv-seminar  Buxoro viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joylashtirish vositalari xodimlarini jalb etgan holda, kutib olish va joylashtirish xizmati (reseption), joylashtirish vositasining ma`lum qavati xizmatchisi (housekeeping), servis (F&B) yo`nalishlari bo`yicha olib borildi. Bugun 11-dekabr o`quv-seminarning yakuni bo`yicha ishtirokchilarga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan sertifikatlar topshirildi.
5Jamiyat
Sardobadagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan uylarni ta’mirlashga salkam 30 mlrd so‘m sarflandi AOKA huzuridagi shtabda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jalol Arashov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha: Ijtimoiy soha obyektlari qurilish-ta’mirlash ishlari jami 45 foizga, shundan: Avval Sirdaryoda qayta tiklanayotgan uylarni ta’mirlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Video: Turkiyalik mehmonni O‘zbekistondagi masjidda nima lol qoldirdi? 19 aprel kuni Facebook tarmog‘ida anqaralik Xalil Yildirim Toshkentdagi Usmon bin Maz'un masjididan post joylagan. Post mingga yaqin foydalanuvchi tomonidan bo‘lishilgan. Post muallifi masjiddagi namozxonlarni tasvirga olarkan, shunday deydi: «Ayni damda O‘zbekistondamiz. Biz juma namozining farzini o‘qib chiqayotgan paytimizda o‘zbek do‘stlarimiz sunnat namozini va duolarini o‘qiyapti. Insonlarning dinga bo‘lgan e'tibor va hurmatini shu yerda ko‘rdik. Bizdagi (Turkiyadagi) ulkan jome' masjidlar juma namoz paytida bazo‘r to‘ladi, bog‘lar bo‘sh qoladi. Shuncha yil davomida dindan uzoqda tutilgan o‘zbek do‘stlarimizning boshi bugun sajda uchun yerga tekkan. Yomg‘ir mavsumida insonlar hovli-bog‘chada namoz o‘qishyapti. Bizda esa farz namozini o‘qib bo‘lgach, jamoatning 90 foizi tashqariga chiqib ketadi. Guvohi bo‘ling, jamoatning 1/100 biri tashqariga chiqib ketyapti, xolos.  Alloh bizga islomiy shuur bersin. Yo‘qchiliklarni sezdirmasin, borining qadriga yetishimiz lozim. O‘zbek qardoshlarimizning islomga qanday chanqoqlikda ekanligining shohid bo‘lyapmiz. Sizlarning ham bu holatni ko‘rishingiz uchun videoga tushirdim. Hammangizni Allohga topshirdim (omonat bildim).  Juma muborak bo‘lsin!». Ma'lumot uchun, Xalil Yildirim ziyorat turizmi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis bo‘lib, O‘zbekiston, Eron, Ispaniya va boshqa musulmon madaniyati qadamjolariga ega mamlakatlarda sayyohlik xizmati bilan shug‘ullanadi.
5Jamiyat
«O‘zbekiston temir yo‘llari» va «O‘zkimyosanot»da yangi rahbarlar, Toshkentda kelajak forumi, Turg‘unboyev ishi bo‘yicha choralar va kunning boshqa xabarlari Yakunlanib borayotgan 5 fevral, seshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.   O‘zbekiston xabarlari ·       Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasi tasdiqlandi ·       Toshkentda «O‘zbekiston -2035» II xalqaro forumi ish boshladi ·       Ochilboy Ramatov «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisligidan ketdi. Uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi ·       «O‘zkimyosanoat» rahbari ishdan ketdi. Odil Temirov uning o‘rnini egalladi ·       Freedom House yangi hisobotni e'lon qildi. O‘zbekiston haqida nimalar deyilgan?   Islohotlar ·       GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi ·       O‘zbekistonda qurilish sohasida yangi nazorat inspeksiyasi tashkil etiladi ·       Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining nomi o‘zgardi — u sohadagi muammo va to‘siqlarni aniqlaydi ·       O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari uchun yangi ko‘rinishdagi, zamonaviy, qulay va ixcham kiyim-boshlar yaratilmoqda   Dolzarb mavzular ·       Jo‘rabekov: «O‘zbekistonda hamma «yuqori»ning buyruqlarini so‘zsiz bajaravergan, deb o‘ylamaslik kerak» ·       Vafot etgan fuqarolarga to‘lovlar, o‘zlashtirish va imzolarni qalbakilashtirish. Pensiya bo‘yicha monitoring natijalari e'lon qilindi ·       O‘zbekistonda 76ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritmoqda ·       Navoiy viloyati hokimligi va yirik loyihani amalga oshirmoqchi bo‘layotgan tadbirkor nizosi. Kim haq? ·       «Hayot yo‘q mahalla!» - Urganch tumanidagi «dunyodan uzilgan» mahalla muammolari ·       Yana bir «samosud» videosi tarqaldi. O‘zboshimchalik bilan jazolash holatlariga sabab nima?   Jahon xabarlari ·       Parijda yirik yong‘in ro‘y berdi: Qurbonlar bor ·       Maduro Guaydoning taqdiri haqida gapirdi ·       Erdo‘g‘an Otaturk bankining bir qismini milliylashtirdi ·       O‘zbekiston mamlakat hududida Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida muzokaralar uchun sharoit yaratib berishga tayyor ·       XXI asrda paydo bo‘lgan davlatlar ·       Rossiya Yaponiyani birinchi qadamni qo‘yishga chaqirdi   Sport xabarlari ·       Umid Ahmadjonov: «Futbol xalq uchun, biz ularni alday olmaymiz» ·       «Paxtakor» 2,5 mlrd so‘mga «Nasaf»dan Odil Hamrobekovni transfer qildi ·       Aziz Turg‘unboyev ishining besh figuranti futboldan vaqtincha chetlatildi ·       Murodjon Ahmadaliyev jahon chempionligi uchun ringga chiqadi ·       O‘zbekiston OTJ Lyubinko Drulovich qo‘l ostida ilk yig‘inni boshladi
8O‘zbekiston
Finlyandiya BMTning Orolbo‘yi mintaqasi bo‘yicha jamg‘armasiga 1 mln yevro ajratadi Finlyandiya hukumati va BMT ko‘psheriklik trast jamg‘armasining Nyu-Yorkdagi ofisi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Trast jamg‘armasiga hissa qo‘shish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda O‘zbekistonda Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik jamg‘armasi xabar bermoqda. 2019 yilning noyabrida Bryusselda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston-Yevropa ittifoqi" Hamkorlik kengashining 15-uchrashuvida Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Finlyandiya hukumati Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasiga (Trast jamg‘arma) 1 million yevro ajratishga qaror qilganini ma'lum qilgan edi. 2020 yilning 29 mayida Finlyandiya hukumati va BMT ko‘psheriklik trast jamg‘armasining Nyu-Yorkdagi ofisi Finlyandiya tomonining Trast jamg‘armasiga 1 million yevro miqdorida hissa qo‘shishi to‘g‘risida bitimni imzoladi. Finlyandiya hukumati hissasi Trast jamg‘armasiga kelib tushgandan keyin, bu mablag‘lar barcha manfaatdor tomonlar tomonidan kelishilgan va inson xavfsizligi konsepsiyasi prizmasi orqali o‘zaro bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan Jamg‘armaning Yagona strategiyasini amalga oshirish uchun ishlatiladi, bular: ekologik xavfsizlik; iqtisodiy xavfsizlik; oziq-ovqat xavfsizligi; aholi salomatligi xavfsizligi; ijtimoiy xavfsizlik; donorlar yordamining samarasizligi. Bildirilishicha, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Trast jamg‘armaga 3,5 mln. doll. miqdorida mablag‘ o‘tkazildi. Shuningdek, Norvegiya hukumati 2019 yilning mart oyida 1,1 mln. doll. miqdorida, Yevropa ittifoqi 2020 yilning mart oyida 5,0 mln. Yevro miqdorida jamg‘armaga hissa qo‘shgan. 2018 yilda BMT shafeligida tashkil etilgan Trast jamg‘armasi Orolbo‘yi mintaqasida istiqomat qiluvchi hamjamiyatlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hal qilishda milliy va xalqaro darajada hamkorlikni amalga oshirish va barqaror rivojlanish sohasida global maqsadlarga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni tezlashtirish uchun yagona maydonni taqdim etadi.
8O‘zbekiston
Raqobat qo‘mitasi dori vositasi bo‘yicha brend mojarosiga oydinlik kiritdi Respublikada dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ishlab chiqarilishiga katta e'tibor berilmoqda. Kunora yangi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi farmkompaniyalar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, dori vositalarini ham ko‘paytirish, importni o‘rnini bosuvchi dori vositalari ham juda ko‘p ishlab chiqarilmoqda. Ammo, boshqa bir taniqli brend ostida o‘z dori vositalarini ham taqdim etayotganlar ham uchrab turibdi, deb xabar berdi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga “Quramax Medikal” MChJ tomonidan unga tegishli “CINAPAR/TseNIPAR/TSINEPAR” tovar belgisidan “Merrymed Farm” QK MChJ tomonidan noqonuniy foydalanib “MR SENIPAR” nomi bilan dori vositasi ishlab chiqarayotganligidan norozi bo‘lib, ariza bilan murojaat qilgan. Davlat raqobat qo‘mitasi mazkur masala yuzasidan o‘tkazgan o‘rganishlari natijasida qo‘yidagilar aniqlangan. Intellektual mulk agentligining xulosasiga ko‘ra, “CINAPAR/TseNIPAR/TSINEPAR” tovar belgisi uchun Agentlik tomonidan 2012 yil 24 oktabrda №MGU 26406-sonli guvohnoma berilib, “Quramax Medikal” MChJning intellektual mulki sifatida ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, Agentlik taqdim etgan ma'lumotda “Quramax Medikal” MChJga berilgan tovar belgisi “Merrymed Farm” QK MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “MR SENIPAR” va “MR SENIPAR” dori vositasiga aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash ekanligi va bu qonun hujjatlariga zidligi qayd etilgan. Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining13-moddasida insofsiz raqobat, ya'ni bu tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste'mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste'molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi sub'yekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi sub'yektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.  Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub'yekt (raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu holatlar bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasi 3-qismi buzilish alomatlari yuzasida ish qo‘zg‘atilib, Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan va qaror qabul qilingan. Mazkur Qarorga asosan “Merrymed Farm” QK MChJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasi 3-qismiga rioya etilmagan deb topilib, qonun buzilishini bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma berilgan. Qo‘mitaning ko‘rsatmasini ijrosini ta'minlash maqsadida “Merrymed Farm” QK MChJ tomonidan “MR SENIPAR” va “MR SENIPAR” dori vositalari (tabletka va suspenziya) ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan.
8O‘zbekiston
Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok bo‘ldi Moskva viloyatida elektrichkaga chiqishga uringan erkak halok bo‘ldi. Bu haqda, Tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha poytaxt boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi. Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, hodisa Moskva temir yo‘lining Kursk yo‘nalishidagi “Podolsk” stansiyasida yuz bergan. Eshiklari yopilgan poyezdga chiqishga uringan erkak avtomatik eshiklarning oynasini sindirgan. Oqibatda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirgi paytda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ish olib borayotganligi ta’kidlanmoqda. Ular yuz bergan hodisa sabab va vaziyatlarini aniqlamoqda.
2Dunyo
Samarqand viloyatida 2021 yil 1-chorakda 7,9 milliard so‘m budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holatlari aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda ma'lum qilinishicha, mamlakat bo‘ylab 189,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanishida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan. Mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan, Sirdaryo (40,2 mlrd so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Toshkent (12,1 mlrd so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd so‘m), Xorazm (6,4 mlrd so‘m), Buxoro (6 mlrd so‘m), Namangan (5,2 mlrd so‘m), Navoiy (1,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari qayd etilgan. Toshkent shahrida 16,5 mlrd so‘m budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holati aniqlangan Namanganda 5,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holati aniqlangan
5Jamiyat
Foto: Germaniyaga dovul yopirildi 29 oktabr kuni Germaniyaning markaziy va shimoliy qismiga «Gervart» dovuli kirib keldi. Berlin o‘t o‘chirish xizmati shaharda favqulodda vaziyat e'lon qilgan, dastlabki 3 soat ichida 100dan ortiq amaliyotlar o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, tabiiy ofatga qarshi kurashish harakatlariga ko‘ngillilar ham jalb etilmoqda. Deutsche Bahn temir yo‘l konserni Quyi Saksoniya, Hamburg, Tyuringiya va boshqa yerlarga poyezdlar harakatini to‘xtatgan. Ayni vaqtgacha dovul oqibatida qurbon bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
2Dunyo
Dastin Poryening navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi UFC’ning yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porye navbatdagi jangini 27-iyun kuni Las-Vegasda (AQSh, Nevada) o‘tkazadigan bo‘ldi. Poryega ushbu jangda Den Huker raqiblik qiladi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv 27-iyun kuni o‘tadigan UFC kechasining asosiy jangi bo‘ladi. Qayd etish joiz, Porye va Huker aslida 16-may kuni San-Diyegoda UFC Fight Night 175 musobaqasi doirasida jang qilishi lozim edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab ushbu jang bekor qilingan. Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye o‘zining so‘nggi jangida Habib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqib, muddatidan avval mag‘lub bo‘lgandi. Huker esa so‘nggi jangida ochkolar evaziga Pol Felderni taslim qilgan. Habib Nurmagomedov Poryeni muddatidan avval mag‘lub etdi (video)  Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Turkiya suriyalik qochoqlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktay Yevropa Ittifoqidan suriyalik qochoqlarni Suriya shimolidagi xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha yordam so‘radi, deb xabar beradi DW. “Ikki millionga yaqin suriyalik xavfsiz hududga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tadi degan umiddamiz. Biz zarur infratuzilmani—vaqtincha va doimiy boshpanalar, shifoxona va maktablar qurishimiz kerak”, — deydi Fuat O‘ktay. Vitse-prezident bu kabi taklifni Anqarada Germaniya ichki ishlar vaziri Xorst Zeexofer va Migratsiya masalalari bo‘yicha yevrokomissar Dimitris Avramopulos bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan. O‘ktayning so‘zlariga ko‘ra, qochoqlarni ko‘chirish bo‘yicha loyiha rejasi tayyor. “Biroq uni amalga oshirish uchun mintaqadagi bunga aloqasi bor barchaning, asosan, Yevropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlovi kerak”, — deydi vitse-prezident.   Zeexofer Turkiya ishki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li bilan o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida Berlin ushbu loyihani ma’qullamasligini bildirgan.
2Dunyo
“Bavariya” futbolchisi o‘zini PSJga sotib yuborishlarini so‘radi Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Lyuka Ernandes faoliyatini PSJda davom ettirmoqchi. Bu haqida Footmerсato xabar berdi. Manbaga ko‘ra, futbolchi nemis klubi rahbariyatidan o‘zini PSJga sotishni so‘ragan. Gap shundaki, futbolchining rafiqasi Germaniyadagi turmush tarziga moslasha olmayapti va Fransiyaga qaytishni xohlamoqda. Biroq “Bavariya” Ernandesni kam miqdordagi pul evaziga qo‘yib yubormoqchi emas. Bir yil oldin Erandes Myunxen klubi tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lgandi — 80 million yevro. Shu bois “Bavariya” katta ehtimol bilan uni arzon sotmaydi. Ushbu mavsumda 24 yoshli Ernandes Bundesliganing 18 o‘yinida maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi va uchta sariq kartochka ishlab oldi. Uning klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Elektron pullarni chiqarish va muomalaga kiritish tartibi belgilandi Tasdiqlangan qoidalar bilan elektron pullarni chiqarish, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish va ularni qoplash meхanizmi belgilanadi (roʻyхat raqami 3231, 29.04.2020 yil).  Hujjat «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan. Ma’lumot uchun: elektron pullar – emitentning elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyati. Elektron pullar (EP) tizimida quyidagilar ishtirok etadi:  Elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilish EPni chiqarish va realizatsiya qilish bank-emitent tomonidan Markaziy bankka tasdiqlangan shakl boʻyicha хabarnomani, shuningdek hujjatlarni yuborishdan boshlanadi. MB tomonidan kelib tushgan хabarnoma 10 kun mobaynida koʻrib chiqiladi va MB rasmiy veb-saytida yuritiladigan tegishli Reyestrda pul chiqarish boshlangan sana haqida yozuv qayd etiladi.  EPni chiqarish jismoniy shaхslar yoki agentdan qabul qilingan pul mablagʻlari doirasida, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu shartnoma asosida EP realizatsiya qilish shartlari belgilanadi. Shartnoma tuzilgunga qadar emitent yoki operator jismoniy shaхsga quyidagilar toʻgʻrisida ma’lumotlarni taqdim etishi lozim: Elektron pullar jismoniy shaхsga va agentga har bir EP egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga oʻtkazish orqali realizatsiya qilinadi. EP sotib olinganligi dalili quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan kvitansiya va qogʻoz yoki elektron shakldagi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi: Elektron pullardan foydalanish Elektron pullar tizimi sub’yektlari – yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaхslardan tovarlar va хizmatlarni sotib olish uchun elektron pullardan foydalaniladi. Ular uchun maхsus elektron hamyonlar shakllantiriladi, ularga realizatsiya qilingan tovar yoki koʻrsatilgan хizmatlar uchun EP qabul qilinadi va keyinchalik ekvivalent summa bank hisobvaraqlariga oʻtkaziladi. Yuridik shaхslar va YaTT elektron hamyonlaridagi elektron pullarni qayta sotish taqiqlanadi. Elektron pullar boʻyicha har qanday operatsiya chek yoki tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi. U elektron hamyon egasining mobil aloqa vositalariga sms-хabar yoki elektron pochta manziliga хabar tarzida yuborilishi shart. Chekda quyidagilar koʻrsatiladi: Elektron pullar bank-emitent tomonidan ularning egalariga naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablagʻlarni EP egasining bank hisobvaragʻiga kirim qilish orqali qoplanadi. EP qoplanganidan keyin muomaladan chiqariladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2020 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
10Qonunchilik
Propiska oʻrniga – qayd etish Propiska institutini modernizatsiyalash, хususan, jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish rejalashtirilmoqda, deb хabar qilinadi Xalqaro press-klubning Telegram-kanalida. Xalqaro press-klubning Oliy Majlis palatalari, Bosh prokuratura va IIV vakillari ishtirok etgan navbatdagi sessiyasida ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Aziz Ikromov quyidalarni ta’kidlab oʻtdi: – Propiska – bu eskirgan tizim. 2011 yildan buyon Toshkent viloyatida 76 ming fuqaro, Toshkentda esa 200 ming fuqaro doimiy propiskadan oʻtkazilgan. Endi «propiska» soʻzi oʻrniga «qayd etish» soʻzidan foydalaniladi. Ilgari ma’lum qilinganidek, muhokamaga qoʻyilgan 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasida 2020 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda: Propiska institutini modernizatsiyalash, хususan, jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish, mavjud toʻsiqlarni birin-ketin bartaraf etish rejalashtirilmoqda. Davlat va jamoat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, хavfsizlikni, milliy totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlashga oid loyihalarni muhokama qilish jarayonida fuqarolarni qayd etish masalalari ham koʻtarilgan edi. Lola Abduazimova.
10Qonunchilik
Toshkentda Hadis musobaqasi 4-5 may kunlari bo‘lib o‘tadi Qur'oni karim musobaqasidan so‘ng O‘zbekistonda Hadisi sharif musobaqasi o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. «Hadisi sharif bilimdoni» respublika tanlovining Toshkent shahar bosqichi 4-5 may kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi xabariga ko‘ra, 4 may kuni ayollar o‘rtasida o‘tkazilsa, 5 may kuni erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi saroyida (mo‘ljal: O‘zbekiston milliy universiteti) soat 9:00da boshlanadi. Musobaqaga kirish bepul va alohida taklifnoma talab qilinmaydi.
5Jamiyat
Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi 9-mart kuni Toshkentning Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanining “Qumariq” mahallasidagi 1930 ta yerli xonadon va Quruvchilar mavzesidagi 39 ta ko‘p qavatli uylardagi aholi (4000 ta xonadon) soat 09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. Bundan tashqari, soat 09:00—18:00 oralig‘ida Bektemir va Mirobod tumanlarining Baratxo‘ja, Qo‘yliq va Badaxshox ko‘chalaridagi 550 ta yerli xonadon hamda “Delta bisnes” AGTKSh-3, “Avtoyoqilg‘i savdo biznes” AGTKSh, “ABZ” asfalt zavodi, GM zavodi, shuningdek, barcha yirik korxona va tashkilotlar, ulgurji iste’molchilar tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik to‘xtatiladi. “Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda. Avvalroq Toshkent viloyatida o‘chib qolgan gaz hisoblagichlarni o‘rnatish vaqtida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
A Seriya. "Inter" o`z maydonida "Roma"dan ustun keldi. Shomurodovdan golli uzatma Italiya A Seriyasining 34-turida "Inter" klubi o`z maydonida "Roma"ni qabul qildi.  Qiziqari va murosasiz kechgan o`yinda 3:1 hisobida rimliklar g`alaba qozondi.  Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 78-daqiqada zaxiradan qo`shildi hamda Genrix Mxitaryan goliga uzatmani amalga oshirdi.  "Inter" – "Roma" 3:1  Gollar: 1:0 – 30 Dumfris, 2:0 – 40 Brozovich, 3:0 – 52 Martines, 3:1 – 85 Mxitaryan.
13Sport
Nosirjon Yusupov O`zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi O`zbekistonning Belarus Respublikasidagi yangi favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. 2018 yilning 17 aprel kuni O`zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Nosirjon Yusupov Toshkent shahridan Minsk shahriga jo`nab ketdi. N.Yusupov bunga qadar ilm-ta`lim sohasida faoliyat yuritgan.
12Siyosat