article_title
stringlengths
7
231
article_category
stringclasses
10 values
article_metadata
stringlengths
21
29
article_body
stringlengths
24
2.07k
article_id
int64
1
190k
Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?
Sport
16:00, 08.03.2021 // 21641
Futbolda yangi savol: Mbappe zo‘rmi yoki Holand?. Yaqin bir necha yil ichida Kilian Mbappe va Erling Holand dunyo futbolida Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messining o‘rnini egallashi kutilmoqda. Har ikkala futbolchi ham hozirda o‘z klublarining yetakchisi hisoblanadi va gol urish borasida bir-biridan aslo qolishmaydi. Ammo futbol muxlislarini har doimgidek bir savol o‘ylantiradi: xo‘sh, ulardan qaysi biri zo‘r? Quyida aynan ushbu savolga boks va aralash jang sporti qoidalari bo‘yicha javob topishga harakat qilinadi . Bunda 15 raund ko‘zda tutilgan bo‘lib, har bir raund doirasida g‘olib 10, mag‘lub esa 9 ochkodan qo‘lga kiritadi. Birinchi raund – statistika Mbappe 22, Holand esa atigi 20 yoshda. Norvegiyalik shu vaqtga qadar 146 uchrashuv o‘tkazib, 100 gol urgan va 19 golli uzatmani amalga oshirgan. Shunchaki ajoyib natija. Fransuzda esa bu ko‘rsatkich biroz yaxshiroq – 208 o‘yin, 133 ta gol va 76 ta assist.
108
Elie Saab’ning yangi kolleksiyasidan o‘rin olgan eng chiroyli oqshom liboslari (foto)
Media
15:58, 08.03.2021 // 9803
Elie Saab’ning yangi kolleksiyasidan o‘rin olgan eng chiroyli oqshom liboslari . Koronavirus sabab e’lon qilingan pandemiya sabab 2020-yil boshqa sohalar singari moda olami uchun ham qiyin kechdi. Qizil yo‘laklar va boshqa tadbirlarning yo‘qligi, ayniqsa, hashamatli liboslar taqdim qiluvchi kutyurlar faoliyatiga ta’sir etmay qolmadi. Foto: Elle Elie Saab brendi nafaqat pandemiya, balki Beyrutdagi kuchli portlash sabab ham sezilarli darajada zarar ko‘rdi, minglab odamlar ishsiz qoldi. Shunga qaramay, livanlik dizayner Elie Saab ijobiy qarashdan to‘xtagani yo‘q. U hayot tez orada o‘z maromiga qaytishi shundan keyin bu kabi liboslarga bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori bo‘lishiga ishonadi. Shunday niyatda taqdim qilingan va o‘ziga xosligi bilan ko‘zni qamashtiradigan kolleksiyadan o‘rin olgan liboslar suratining eng yaxshilarini e’tiboringizga havola etamiz.
109
IIV: Mahkumlarning videokonferensaloqa orqali qisqa muddatli bir marotaba uchrashuvi 5300 so‘m etib belgilanadi
Local
15:43, 08.03.2021 // 14093
IIV: Mahkumlarning videokonferensaloqa orqali qisqa muddatli bir marotaba uchrashuvi 5300 so‘m etib belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar bilan videokonferens orqali 15 daqiqagacha qisqa muddatli uchrashuvlar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu haqda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Jamshid Sultonov “Daryo”ga ma’lum qildi. Jamshid Sultonov Foto: “Daryo” / Madina Nurman Jamshid Sultonovning “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga ma’lum qilishicha, jazoni ijro etish muassasalari (JIEM)da jazoni ijro etayotgan mahkumlar bilan videokonferensaloqa orqali qisqa muddatli uchrashuvlarni o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan. “Hozir ushbu tizim test rejimida ishlamoqda. Bunda mahkumlar jazoni ijro etish muassasasida turib, mahkum bilan ko‘rishmoqchi bo‘lganlar joylardagi probatsiya joylarida turib videokonferensaloqa orqali qisqa muddatli uchrashuvlarni o‘tkazishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, uchrashuvlar o‘rtada to‘siq bo‘lgan holda tashkil qilinadi. Shuning uchun bu qo‘shimcha chiqimlarni oldini olish, qarindoshlarini yo‘lkira xarajatlaridan ozod qilish maqsadida qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalarni JIEMga joriy etilayotgan yangiliklarimizdan bittasi”, – dedi IIV vakili.
110
Shavkat Mirziyoyev chustlik aka-uka tadbirkorlarning onasini mukofotladi
Local
15:28, 08.03.2021 // 21352
Shavkat Mirziyoyev chustlik aka-uka tadbirkorlarning onasini mukofotladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda chustlik aka-uka tadbirkor Ismatullayevlarning onasiga ham mukofot topshirdi. Bu haqda “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ma’lum qilindi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilda nafaqat turli kasb egalariga, balki butun hayotini farzandlarini munosib tarbiyalashga bag‘ishlangan onalarga ham turli orden va medallar topshirildi. Xususan, “Chust tekstil” trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi rahbarlari aka-uka Jamshid va Ismoil Ismatullayevlarning onasi — Muqaddas Ziyovuddinova ham taqdirlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev onaxonga mukofotni shaxsan o‘zi topshirdi. Ma’lum qilinishicha, aka-uka Ismatullayevlar qisqa davr ichida Namangan viloyati Chust shahridagi bo‘sh maydonda to‘qimachilik fabrikasini barpo etib, mingdan ortiq fuqaroni ish bilan ta’minlashga va 9 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilishga muvaffaq bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni va qarori bilan bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan , yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi .
111
NYT: AQSh Rossiyaga qarshi bir qator kiberhujumlar tayyorlamoqda
World
15:13, 08.03.2021 // 14554
NYT: AQSh Rossiyaga qarshi bir qator kiberhujumlar tayyorlamoqda. Qo‘shma Shtatlar 2020-yil oxirida AQSh hukumat muassasalariga uyushtirilgan keng ko‘lamli xakerlik hujumiga javoban Rossiyaga qarshi keying uch hafta ichida bir nechta kiberhujumlarni boshlaydi. Bu haqda hujum rejasidan xabardor rasmiylarga tayanib, The New York Times (NYT) xabar berdi. Foto: “TASS” Kiberhujumlar iqtisodiy sanksiyalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. NYT suhbatdoshlarining fikriga ko‘ra, bu Oq uy ilgari bir necha bor ta’kidlagandek, Prezident Jo Bayden ma’muriyatining federal tarmoqlar buzilishiga qarshi javobi bo‘ladi. Gazetaning yozishicha, xakerlik hujumlari butun dunyo uchun maxfiy va ko‘rinmas, ammo “Rossiya razvedkasi, Qurolli kuchlari va prezident Vladimir Putin uchun ochiq-oydin bo‘ladi”. Bundan tashqari, Vashington Xitoyga qarshi qasos kiberhujumlari uyushtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. 2-mart kuni Microsoft kompaniyasi Hafnium deb nomlangan xitoylik xakerlar guruhi hujumi haqida xabar bergan. Xakerlarning maqsadi yuqumli kasalliklar tadqiqotchilari, yuridik firmalar, universitetlar, nodavlat tashkilotlar, tahlil markazlari va boshqa bir qator tashkilotlardan ma’lumot olish bo‘lgan. Microsoft ushbu guruhni Xitoy hukumati qo‘llab-quvvatlaydi deb hisoblamoqda.
112
Gretsiyalik chaqaloq muxlis, parvozlar va Avstraliya kapalaklari. Fevral oyining sportga oid eng sara suratlari
Sport
15:01, 08.03.2021 // 6660
Gretsiyalik chaqaloq muxlis, parvozlar va Avstraliya kapalaklari. Fevral oyining sportga oid eng sara suratlari. Fevral boshqa oylarga nisbatan kamroq davom etsa-da, bu uning uning unumdorligiga zarracha ham ta’sir o‘tkazmaydi. Joriy 2021-yilda shunday holat ro‘y berdi deb bemalol aytish mumkin, mazkur oy boshqa sohalar bilan bir qatorda sport olami ham uchun voqealarga boy bo‘ldi. Buni quyidagi fotogalereya (fevral oyidagi sportga oid rasmlar) ham tasdiqlab turibdi . 2-fevral. Germaniyaning 4-divizionida harakat qiladigan “Rot-Vayss Essyen” futbol klubi mamlakat Kubogi doirasidagi o‘yinda “Bayer”ni mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Foto: Getty Images 3-fevral. Meksikaning Masatlan shahridagi kichik beysbol stadionining yuqoridan ko‘rinishi. Foto: Getty Images 5-fevral.
113
Bizning Uylar Development kompaniyasi eng yorqin bayram — 8-mart bilan tabriklaydi!
Local
15:00, 08.03.2021 // 20442
Bizning Uylar Development kompaniyasi eng yorqin bayram — 8-mart bilan tabriklaydi!. Bizning Uylar Development kompaniyasi barcha ayollarni bahorning eng yorqin bayrami — 8-mart bilan tabriklaydi. Kirib kelgan bahor fasli hamda ushbu ajoyib bayram hayotimizda ijobiy o‘zgarishlar ramzi bo‘lsin. Nafaqat bayram arafasida, balki har bir kunimiz tabassum, quvonch, muvaffaqiyat va yoqimli hodisalarga boy bo‘lsin! Aziz ayollar, hurmatli opa-singillar doimo ko‘zlaringizda quvonch va tabassum porlasin. Siz maftunkorsiz, siz baxtga loyiqsiz! Hayotdagi bo‘shliqni to‘ldiradigan mehr, e’tibor va sabringiz uchun tashakkur. Siz erkaklarni qahramonlik, yorqin g‘alabalar va yangi marralarni zabt etishga ilhomlantirasiz. Dunyo siz bilan yanada yorqinroq va go‘zaldir. Qalbingizdagi iliqlik va mehr hayotdagi barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
114
Caviar kompaniyasi qariyb 8 ming dollar turuvchi iPhone va 184 ming dollarlik iPad’ni namoyish etdi (video)
Tech
14:57, 08.03.2021 // 17953
Caviar kompaniyasi qariyb 8 ming dollar turuvchi iPhone va 184 ming dollarlik iPad’ni namoyish etdi . Caviar zargarlik kompaniyasi iPhone 12 Pro, 12 Pro Max va iPad Pro o‘rin olgan yangi lyuks jamlanmani namoyish etdi, deb xabar beradi “Afisha.uz”. Foto: Caviar Birinchi va eng qimmat model — iPad Pro Grand Apple plansheti bo‘lib, yagona nusxada yaratilgan. Uning orqa tomoni noyob olma daraxti yog‘ochidan ishlangan, undagi olma daraxti tasviri 750 probali oltin bilan qoplangan, olmalar esa 81 ta brilliant bilan bezatilgan. Mazkur iPad’ni yaratishga bir kilogrammdan ortiq oltin sarflangan. Olma daraxti ostidagi “yerga” Apple rahbarlaridan iqtibos tushirilgan: Stiv Jobsning “Yuragingiz va intuitsiyangizga ergashish uchun jur’at toping” va Tim Kukning “Quvonchingiz uzoq maqsadda emas, sayohatingizda bo‘lsin”. 128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan “bazaviy” iPad Pro 11 Grand Apple’ni 183 310 dollarga xarid qilish mumkin, 1 terabaytli iPad Pro 12,9 Grand Apple narxi esa 185 690 dollarni tashkil etadi. Foto: Caviar Caviar “qisqartirilgan” versiyani ham taqdim etgan — u iPad Pro Diamond Apple bo‘lib, 99 nusxada sotuvga chiqadi. Unda sof oltin o‘rniga Double Electroplated texnologiyasi orqali tushirilgan 999 probali ikkitalik zarhal ishlatilgan.
115
Bloomberg: Emlash sur’atlarining sustligi Yevroittifoqqa 100 mlrd yevro zarar keltirishi mumkin
World
14:27, 08.03.2021 // 19063
Bloomberg: Emlash sur’atlarining sustligi Yevroittifoqqa 100 mlrd yevro zarar keltirishi mumkin. Yevropada koronavirusga qarshi emlash sur’atining “sustligi” investorlarni xavotirga solmoqda, chunki bu Yevropa Ittifoqining iqtisodiy tiklanishi va biznesni qayta yo‘lga qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “RBK” xabar berdi. Foto: Reuters Hozirga qadar Yevropa fond bozori ayniqsa, AQShdagi texnologik aksiyalarning pasayishi fonida vaksinatsiyadan so‘ng yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgan edi. Biroq Yevropa fondlari ketma-ket uchinchi hafta davomida bozordan kapitalning chiqib ketishini qayd etmoqda, deya ta’kidladi agentlik. O‘z navbatida Bank of America va BlackRock Investment koronavirus bilan kasallanish holatining davom etishi investorlarning hozirgi strategiyasiga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Principal Global Investors bosh strategi Sima Shohning so‘zlariga ko‘ra, Yevropadagi vaksinatsiya ishlariga byurokratiya va rasmiylarning qarama-qarshi bayonotlari to‘sqinlik qilmoqda. Bunga siyosiy kurashlar, ta’minotdagi uzilishlar va jamoatchilikning qarshiligi ham xalaqit beradi, deb ta’kidladi Bloomberg. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevroittifoqda har 100 kishiga o‘rtacha 8,96 doza vaksina to‘g‘ri kelmoqda. Taqqoslash uchun, AQShda bu ko‘rsatkich 26,48, Buyuk Britaniyada 34,26, Rossiyada 5,11 dozani tashkil qiladi.
117
Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
Tech
14:12, 08.03.2021 // 42162
Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt “uchib”, boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining “To‘qimachi” stadioni oldidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “Cobalt katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lga chiqib, boshqaruvni yo‘qotib, ‘stolba’ga urilgan va yuqoriga ko‘tarilib, boshqa bir Cobalt’ning ustiga tushgan”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabarlarda. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotiga ko‘ra , hodisa 7-mart kuni soat taxminan 23:55 da yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, Rustaveli ko‘chasida 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. Cobalt avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan, 1955-yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh. boshqaruvidagi boshqa bir Cobalt bilan to‘qnashgan. “Natijada O.B. boshqaruvidagi Cobalt yo‘lovchilari — 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu.
118
Fakt: Faqat “Liverpul” va Liga 1 autsayderi 2021-yildagi uy uchrashuvlarida o‘yindan gol ura olmayapti
Sport
14:00, 08.03.2021 // 8455
Fakt: Faqat “Liverpul” va Liga 1 autsayderi 2021-yildagi uy uchrashuvlarida o‘yindan gol ura olmayapti. “Liverpul” Premyer Liga doirasida bo‘lib o‘tgan 7-mart kungi o‘yinda “Fulhem”ga yutqazib qo‘ydi (0:1). Foto: Bleacher Report “Liverpul” 2021-yilda “Enfild”da faqat bitta gol urishga erishdi. Muhammad Saloh “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (1:4) penaltini aniq ijro etgandi. “Qizillar” Yevropa top-5 ligalari klublari orasida yil boshidan beri chempionatda o‘yindan gol ura olmagan ikkita jamoaning biri bo‘lib turibdi. “Liverpul”dan bilan birga bu ko‘rsatkichni Fransiya chempionatining so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Dijon” qayd etmoqda. Qayd etish joiz, 2021-yilgi APL uy o‘yinlarida “Liverpul” raqiblar darvozasi tomon 83 marta zarba bergan, top-5 ligalarda faqat beshta jamoa bundan yaxshiroq natijaga ega. Yurgen Klopp shogirdlari 28 o‘yindan keyin 43 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. “Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi !
119
TikTok va Instagram’da mashhur bo‘lgan taom — pishloqli pasta pishirib ko‘ring
Food
13:56, 08.03.2021 // 6816
TikTok va Instagram’da mashhur bo‘lgan taom — pishloqli pasta pishirib ko‘ring. Tez tayyorlanishi va mazali ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan mazkur taomni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlab ko‘ring. Feta o‘rniga boshqa pishloqdan ham foydalanish mumkin. Foto: Hello, Yummy Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
120
Toshkentda Nexia avtobusga urilib, uni ag‘darib yubordi. Ikki kishi jabrlangan
Tech
13:49, 08.03.2021 // 48343
Toshkentda Nexia avtobusga urilib, uni ag‘darib yubordi. Ikki kishi jabrlangan. Toshkentning Olmazor tumanida 7-mart kuni soat 23:40 atrofida shahar jamoat transporti ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Voqea Beruniy—Forobiy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB). Ma’lum bo‘lishicha, 1986-yilda tug‘ilgan A.E. o‘z boshqaruvidagi Nexia’ni svetoforning qizil chirog‘ida harakatlantirishi oqibatida yashil chiroqda chorrahaga kirib kelayotgan, 1960-yilda tug‘ilgan I.V. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi (8-avtobus saroyiga tegishli) bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv sabab avtobus ag‘darilgan. YHXBBning qayd etishicha, hodisa oqibatida Nexia haydovchisiga va yo‘lovchisi — 29 yoshli N.K.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa yuz bergan vaqtda avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lganmi yoki yo‘q — bunga aniqlik kiritilmagan.
121
Ekvatorial Gvineyadagi bazada yuz bergan portlashlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lib, 400 dan ziyod odam jarohatlandi (video)
World
13:31, 08.03.2021 // 14564
Ekvatorial Gvineyadagi bazada yuz bergan portlashlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lib, 400 dan ziyod odam jarohatlandi . Ekvatorial Gvineyaning eng yirik shahri Batadagi harbiy bazada sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 400 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda mahalliy AhoraEG nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi. Foto: ahoraeg.com Birinchi portlash 7-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:45 da (Toshkent vaqti bilan 17:45 da) sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, bir yarim soat ichida kamida yana uchta portlash, soat 17:44 da esa beshinchi kuchli portlash, so‘ngra yana bir nechta kichik portlashlar yuz bergan. Uchinchi portlashdan so‘ng, voqea joyiga favqulodda xizmat xodimlari kelishni boshlagan, ular yaradorlarni va vayronalar ostida qolgan odamlarni olib chiqishgan. Nashrning yozishicha, jarohat olganlar soni 420 kishiga yetgan, 20 kishi vafot etgan. Ekvatorial Gvineya tashqi ishlar vaziri Simeon Angue Batadagi vaziyatni halokatli deb atadi va diplomatik kanallar orqali xalqaro yordam so‘radi. Reuters xabariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan hududda barcha binolarning tomlari uchib ketgan va aksariyatining devorlari qulagan. Ekvatorial Gvineyadagi Ispaniya elchixonasi (Markaziy Afrika mamlakati ilgari Ispaniyaning mustamlakasi bo‘lgan) o‘z fuqarolaridan uyda qolishni so‘ragan.
122
Chustlik 14 yashar do‘ppido‘z qiz Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lmoqchi. U chaqaloqligida ikki oyog‘idan ajralgan (video)
Local
13:13, 08.03.2021 // 19534
Chustlik 14 yashar do‘ppido‘z qiz Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lmoqchi. U chaqaloqligida ikki oyog‘idan ajralgan . Chust tumanining “Yorqishloq” mahallasida yashovchi Ruxshona O‘ktamova 23-umumta’lim maktabining 7-sinfida yakka tartibda tahsil oladi. Chaqaloqligida ikki oyog‘idan ayrilgan qahramonimiz Paraosiyo o‘yinlari g‘olibi va mohir do‘ppido‘z bo‘lish niyatida. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda. Foto: “Daryo” Ruxshonaning turmushga chiqqan ikki opasi va maktabning ikkinchi sinfida o‘qiydigan ukasi bor. Dadasi hunarmand, oyisi esa uy bekasi. Muqaddas Madumarova bundan 14 yil avval bo‘lgan hodisa uchun hozirgacha o‘zini aybdor sanaydi. Foto: “Daryo” —O‘shanda qahraton qish edi, sandalga o‘tin-ko‘mir qalab, shu bilan jon saqlayotgandik. Ruxshona 8 oylik chaqaloq.
123
Harri Keyn va Son Hyon Min APL rekordini o‘rnatdi
Sport
13:01, 08.03.2021 // 11310
Harri Keyn va Son Hyon Min APL rekordini o‘rnatdi. “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn Premyer Liga doirasida 7-mart kuni kechgan “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda (4:1) Son Hyon Minning uzatmasidan keyin gol urdi. Foto: Twitter Keyn va Son APL 2020/21-yilgi mavsumida 14-marta bir-birining goliga assistentlik qildi. Shu tariqa Keyn va Son juftligi bir mavsumda birgalikda urilgan gollar soni bo‘yicha Premyer Liga rekordini o‘rnatdi. Avvalgi eng yaxshi natija Alan Shirer va Kris Satton tandemiga tegishli edi. “Blekbern” hujum juftligi birgalikda 1994/95-yilgi mavsumda 13 ta gol urgandi. 27 yoshli Keyn APL joriy mavsumida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 16 gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. 28 yoshli Son esa 27 o‘yinda 13 gol va 9 assistga muallif bo‘ldi. !
124
NYT: AQSh Afg‘onistonga toliblar bilan birga hukumat tuzish rejasini taklif qildi
World
12:50, 08.03.2021 // 7619
NYT: AQSh Afg‘onistonga toliblar bilan birga hukumat tuzish rejasini taklif qildi. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken “Tolibon” vakillari bilan birga Afg‘oniston hukumatini shakllantirish uchun BMT rahbarligi ostida konferensiya tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda The New York Times gazetasi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga yo‘naltirilgan maktubga tayanib xabar bergan . Foto: Reuters Konferensiya, Blinkenning taklifiga ko‘ra, Turkiyada AQSh, Rossiya, Xitoy, Pokiston, Eron va Hindiston vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak. Shuningdek, Blinken toliblarning yangi hukumatdagi vakilligi, Saudiya Arabistoni Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha rejalarni hamda keyinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga ulanib ketuvchi uch oylik zo‘ravonlikni to‘xtatish shartlarini tushuntirib berdi. Rejalar vaqtinchalik hukumatni shakllantirgandan keyin saylovlar o‘tkazishni ham ko‘zda tutadi. Blinkenning xati 28-fevral kuni yozilgan. NYT manbalari maktub AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod tomonidan G‘aniga yetkazilganini tasdiqladi. O‘tgan hafta Xalilzod AQShda ma’muriyat o‘zgarganidan buyon birinchi marta toliblar bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Avvalroq The Wall Street Journal AQSh vakili 2001-yilda Bonnda o‘tkazilgan konferensiya shaklida Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya chaqirishni, shuningdek, o‘tish davri hukumatini shakllantirishni taklif qilgan edi.
125
“Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi
Sport
12:17, 08.03.2021 // 19124
“Liverpul” Angliya chempionatida 69 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etdi. “Liverpul” Premyer Liga doirasida bo‘lib o‘tgan 7-mart kungi o‘yinda “Fulhem”ga yutqazib qo‘ydi (0:1) . Foto: Twitter Mersisaydliklarning Angliya chempionatida uy o‘yinlaridagi g‘alabasiz seriyasi 8 ta o‘yinga yetdi (6 mag‘lubiyat, 2 durang). Bu klub uchun 1952-yildan keyingi eng yomon natija bo‘ldi. “Qizillar” 1951-yilning oktabridan 1952-yilning martiga qadar liga doirasidagi ketma-ket o‘nta o‘yinda g‘alaba qozona olmagandi. O‘sha mavsum “Liverpul” chempionatni 11-pog‘onadan yakunlagan. Shuningdek, “Liverpul” APL tarixida ilk bor ketma-ket olti uy o‘yinida uchrashuv davomida hisobda ortda bordi. So‘nggi bor jamoa “Enfild”da 16-dekabr kuni “Tottenhem”ni yenggandi (2:1). Yurgen Klopp shogirdlari 28 o‘yindan keyin 43 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. !
126
“Kino zo‘r chiqdi”. Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabovani ijodni susaytirmaslikka chaqirdi
Culture
12:10, 08.03.2021 // 97363
“Kino zo‘r chiqdi”. Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabovani ijodni susaytirmaslikka chaqirdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi filmni e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida hikoya qilinadi. Foto: “Daryo” / Madina Nurman “Taqdirlash marosimi protokol talablariga muvofiq rasmiy tarzda emas, Prezident Shavkat Mirziyoyevga xos bo‘lgan samimiy tusda o‘tdi. Zulfiya mukofoti sohibalarini otalarcha tabriklagan bo‘lsa, kattaroq avlod vakillariga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ehtirom ko‘rsatdi. Taqdirlash marosimi yakunlanganidan so‘ng davlat rahbari tayyorlangan stolga emas, balki diplomatik korpus vakillari tomon yurdi. Bu jarayonda esa tarjimon xizmati deyarli kerak bo‘lmadi. Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Syan Yan xonim prezidentga o‘z minnatdorligini o‘zbek tilida izhor etdi”, — deyiladi ko‘rsatuvda. Qayd etilishicha, prezident zalga yig‘ilgan ayol-qizlarni qutlashda faqatgina diplomatlar bilan chegaralanib qolmagan.
127
Maldiv orollari: Narx, viza, turistik to‘plamlar va boshqa qiziqarli ma’lumotlar
Local
12:00, 08.03.2021 // 34461
Maldiv orollari: Narx, viza, turistik to‘plamlar va boshqa qiziqarli ma’lumotlar. Bu yil Maldiv orollari O‘zbekiston aholisi orasida dam olish uchun eng ommabop yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Maqolada Asialuxe Travel sayyohlar nega aynan ushbu yo‘nalishni tanlayotgani va orollarda dam olishdan nima kutish mumkinligi haqida ma’lumot beradi. Maldiv Respublikasi – bu 100 foiz musulmon davlat Ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli fakt. Maldiv orollarida haqiqatda ham islom – asosiy din hisoblanadi. Fuqarolarga spirtli ichimliklarni sotish va mamlakatga xorijiy davlatlardan olib kirish qonun darajasida taqiqlangan. Mehmonxonalarda beriladigan yeguliklar – halol. Har bir orolda ham mehmonxona xodimlari, ham mehmonlar uchun masjidlar mavjud. To‘liq riflardan ishlangan eng chiroyli masjid esa Male shahrida joylashgan. Bitta orol – bitta mehmonxona Maldiv Respublikasi 1196 ta orollarni o‘z ichiga oladigan 26 ta atollardan iborat.
128
Tailandda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari cho‘kayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi
World
11:55, 08.03.2021 // 14599
Tailandda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari cho‘kayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi. Tailand harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari Ko Adang qirg‘og‘i yaqinida yonayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda Meduza. Foto: Reuters Cho‘kayotgan kemaning sakkiz nafar a’zosi dengizga sakrab qutulib qolgan. Keyinchalik ularni baliq ovlaydigan kema olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari voqea joyiga dengizga neft to‘kilgan-to‘kilmaganini tekshirish uchun kelgan. Ular cho‘kayotgan kemani xavfsiz masofadan kamera yordamida kuzatayotgan vaqtda mushukchalarni payqab qolgan. Qo‘rqib ketgan jonivorlar bir-birining pinjiga suqilib, kema to‘siniga chiqib olgan. Foto: Reuters Buni ko‘rgan dengizchilardan biri darhol yordamga shoshilgan: u qutqaruv nimchasini kiyib, yonayotgan kemadagi mushuklar tomon suzgan. Dengizchi ularni birin-ketin yelkasiga olib, harbiy dengiz kuchlarining kemasiga olib o‘tgan. Xabarda aytilishicha, hozirda mushukchalar xavfsiz joyda — ular Tailand harbiy dengiz kuchlarining qo‘mondonlik punkti joylashgan Ko Lipe orolida.
129
Shveysariyada jamoat joylarida paranji va niqob taqish taqiqlanadi
World
11:34, 08.03.2021 // 11250
Shveysariyada jamoat joylarida paranji va niqob taqish taqiqlanadi. Shveysariyada fuqarolarning ko‘pchiligi jamoat joylarida yuzni to‘liq yopib turuvchi kiyim elementlarini, shu jumladan, musulmon ayollar uchun an’anaviy bo‘lgan paranji va niqob taqib yurishni taqiqlash uchun ovoz berdi, deb yozadi “RBK”. Foto: DW Xalq tashabbusi bo‘yicha referendumda bunday kiyimni taqiqlash uchun 51,2 foiz ovoz yig‘ildi, ovoz berishda jami saylovchilarning 51,4 foizi qatnashdi. Tashabbusni konservativ Shveysariya xalq partiyasi (SVP) ilgari surdi. Taqiq nafaqat musulmonlarga xos kiyim-kechaklarga, balki, masalan, futbol ishqibozlari va norozilik namoyishlari qatnashchilari kiyadigan balaklavalarga ham taalluqli. Bu jinoyatchilikka qarshi kurashda va yuzlarini yopib yurishga majburlanadigan ayollarni himoya qilishda yordam beradi, deb hisoblaydi taqiq tarafdorlari. Mamlakat fuqarolari muayyan qaror qabul qilgani tufayli, bugungi kundan tegishli konstitutsiyaviy nizom kuchga kiradi. Ammo endi uning ijro etilishi yuzasidan mahalliy hukumatlar bir qarorga kelishi kerak. Shveysariyaning barcha kantonlari rahbariyati yuzni yopib yurishga umumiy taqiq kiritishi shart, tayyorgarlik ko‘rish va zarur farmonlarni qabul qilish uchun ularda eng ko‘pi bilan ikki yil vaqt bor. Referendumgacha bunday taqiq Tichino va Sankt-Gallene kantonlarida amal qilgan.
130
Islom Maxachev: “Menga kuchli raqiblar kerak, barchasini yer tishlatishga tayyorman”
Sport
11:18, 08.03.2021 // 15622
Islom Maxachev: “Menga kuchli raqiblar kerak, barchasini yer tishlatishga tayyorman”. Yengil vazn toifasida harakat qilayotgan UFC jangchisi Islom Maxachev (19-1) Dryu Doberga (23-10) qarshi jangdagi g‘alabadan keyin top jangchilar bilan bellashishga loyiqligini aytdi. Foto: Getty Images UFC’da anchadan beri jang qilmaganim mening aybim emas. Barchasiga aqlbovar qilmas 2020-yil aybdor. Men bir necha yil oldinroq top-5 kirishga haqli edim. Endi menda ketma-ket 7 ta jangdan iborat g‘alabali seriya bor. Shunday ekan, menga top raqib kerak. Kim bo‘lsin, farqi yo‘q. Barchasini yer tishlatishga tayyorman. Hozir Rafael dos Anyos va Toni Fergyuson bo‘shligini bilaman.
131
Navoiy viloyatidagi “Muruntov” 2020-yilda dunyoda eng ko‘p oltin qazib olingan konga aylandi
Local
11:13, 08.03.2021 // 29527
Navoiy viloyatidagi “Muruntov” 2020-yilda dunyoda eng ko‘p oltin qazib olingan konga aylandi. Kanadadagi oltin oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi eng yirik kompaniyalardan biri Kitco 2020-yilda qazib olish hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik oltin konlari reytingini tuzdi, deb xabar beradi Spot. Foto: Bloomberg Ma’lumotlar konlarni boshqaradigan kompaniyalarning rasmiy ma’lumotlari va raqamlari oshkor qilmaydigan konlarning taxminiy raqamlari asosida tuzilgan. Reytingda birinchi o‘rin Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koniga nasib etdi — bu yerda 2020-yilda 56,7 tonna oltin (2 million unsiya) qazib olingan. Konning resurs bazasi 4 ming tonnadan ortiq (150 million unsiya). Tahlilchilarning baholashicha, yaqin kelajakda u dunyodagi eng yirik oltin koni nomini o‘zida saqlab qoladi. Ikkinchi o‘rinni 45,3 tonna bilan Amerikaning “Karlin” koni egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘ona Rossiyaning “Olimpiada” koniga nasib etdi — 34 tonna. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Nevada shtatidagi oltin konlarida yiliga 115,8 tonna qimmatbaho metallni qazib olinadi, bu sayyoradagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Dunyodagi eng katta ochiq oltin koni deb ataluvchi “Muruntov” esa yillik 66 tonna oltin bilan 2-o‘rinni egallagan. Avvalroq O‘zbekiston 2020-yilning iyul oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi .
132
Tabiat tomonidan in’om etilgan mo‘jiza tufayli o‘zgacha ko‘rinishga ega hayvonlar (foto)
Misc
10:54, 08.03.2021 // 38381
Tabiat tomonidan in’om etilgan mo‘jiza tufayli o‘zgacha ko‘rinishga ega hayvonlar . Dunyo bo‘ylab milliardlab inson istiqomat qilmasin, ularning orasidan bir xil barmoq iziga ega ikki odamni topib bo‘lmaydi. Hayvonlar orasida ham tez-tez tabiat o‘zi alohida ko‘rinish baxsh etganlarini uchratish mumkin. Ularning ko‘zlarini rangi, yuz ifodasi yoki mo‘ynasi, albatta, atrofdagilarni hayratga solaveradi. “O‘tgan hafta ikkita mushukcha oldik. So‘ngra ularning birida yurakcha shaklidagi dog‘ borligini bildik. Uning ismi River”. Foto: AdMe Siyohrang ko‘kqarg‘a go‘yoki hozirgina bo‘yoqchining oldidan chiqqanday. Foto: AdMe Ona tabiat buqaning bosh qismini oq rangga bo‘yagan. Foto: AdMe “Do‘stimning aytishicha, mushugim Bellaning ikki rangdagi ko‘zlari dastlab uni qo‘rqitib yuborgan.
133
Xoan Laporta “Barselona” prezidentiga aylandi. Uning davrida jamoa 12 ta sovrin yutgandi
Sport
10:01, 08.03.2021 // 10429
Xoan Laporta “Barselona” prezidentiga aylandi. Uning davrida jamoa 12 ta sovrin yutgandi. “Barselona” futbol klubida 7-mart kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Foto: Twitter Unga ko‘ra, Xoan Laporta klubning yangi prezidenti etib saylandi. 58 yoshli funksioner saylovda 54,28% ovoz to‘pladi. U Viktor Font (29,29%) va Toni Freyshani (8,58%) ortda qoldirdi. Laporta to‘rtinchi marta “Barselona” prezidentligi saylovlarida qatnashdi. 2003-yilda u saylovlarda yutib chiqqan, 2006-yilda boshqa nomzodlar bo‘lmagani uchun qayta saylangandi. 2015-yilda esa Xosep Bartomeuga yutqazib qo‘ygandi. Laporta 2003—2010-yillar mobaynida “Barselona”ga rahbarlik qilgan.
136
Riga hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar orqasi bilan issiq polda yotgan kenguruning sog‘lig‘idan xavotirlanib, politsiya chaqirdi
World
09:55, 08.03.2021 // 11031
Riga hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar orqasi bilan issiq polda yotgan kenguruning sog‘lig‘idan xavotirlanib, politsiya chaqirdi. Latviya poytaxti Rigada joylashgan hayvonot bog‘ida Kingaru laqabli kenguru o‘z volyerining isitilgan polida — somon va sabzilar qurshovida yotishni yaxshi ko‘radi. Biroq hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar ushbu hayvon notabiiy holatda yotganligi sabab uning sog‘lig‘idan xavotirga tushib, politsiya chaqirdi, deb xabar beradi Esquire. Hayvonot bog‘i, shuningdek, volyer har kuni tozalanishini, kenguru esa o‘zini yaxshi his qilayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, jazirama kunlarda hayvon o‘ziga chuqur kovlab, salqin yerda yotadi.
137
Xabar o‘chirilgan
Misc
09:13, 08.03.2021 // 7618
Xabar o‘chirilgan. Bu sahifada 2021-yilning dastlabki ikki oyi davomida O‘zbekistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari va ularda vafot etgan fuqarolar soniga doir ma’lumot berilgandi. Ushbu ma’lumot xatolik sabab IIV YHXBBning 2020-yil yanvar—fevral oylariga taalluqli axborotiga asoslangan holda berilgan. Mazkor qo‘pol xatolik va uning oqibatida yetkazilgan noqulayliklar uchun “Daryo” tahririyati mushtariylardan uzr so‘raydi.
139
Dream City Development barcha ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi
Local
09:00, 08.03.2021 // 15391
Dream City Development barcha ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi. Dream City Development kompaniyasi barcha ayollarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlaydi. Har bir ayol oilaga yorqinlik baxsh etib, eng mashaqqatli damlarda ham xonadonga iliqlik, nur olib kiradi. Aziz buvijonlar, onalar, opa-singillar hamda xotin-qizlar dunyoni mehrga to‘ldirib, yorqinlik ulashadi. Barcha ayollarga kelajak avlodni mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, fidoyilik va samimiylik bilan tarbiya qilayotgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Har kuningiz bahorning go‘zal bayramiga, mehrga, nozik hislar, e’tibor, tabassum va cheksiz quvonchlarga boy bo‘lsin. Ayollarning donoligi va mehribonligi, sabr-toqati hayrat va chuqur hurmatga loyiq! Dream City Development kompaniyasi barcha ayollarni 8-mart bilan samimiy muborakbod etadi va ularga ulkan baxt, farovonlik, sihat-salomatlik va orzular ro‘yobini tilaydi. .
140
Meizu kompaniyasi 18 va 18 Pro flagmanlarini taqdim etdi
Tech
08:54, 08.03.2021 // 14330
Meizu kompaniyasi 18 va 18 Pro flagmanlarini taqdim etdi. Meizu kompaniyasi ikkita flagman smartfoni — 18 va 18 Pro modellarini taqdim etdi. Ular shisha va metalldan ishlangan korpus, Snapdragon 888 protsessori va Samsung Galaxy S21’dagi kabi ekranga ega bo‘lgan, deb yozadi “Afisha.uz”. Foto: GSMarena Meizu 18 modeli diagonali 6,2 dyuymli ekranga ega bo‘lgan, 18 Pro’ga esa 6,7 dyuymli ekran o‘rnatilgan. Ikkala modelda ham displeylardagi piksellar soni 3200x1440, tasvirning yangilanish chastotasi 24 gertsdan 120 gertsgacha, sensor qatlami so‘rovining chastotasi — 240 gerts. Shuningdek, ekranlar HDR10+ ni qo‘llab-quvvatlaydi va egasini 0,1 soniyada tanuvchi barmoq izi skaneriga ega. Yorug‘likning eng yuqori nuqtasi — 1300 nit. Foto: GSMarena Yangi modellar o‘zidan oldingi avlodlar bilan taqqoslaganda, mEngime 4.0 taktil “dvijogi”, stereodinamiklarga ega bo‘lgan, chang va namlikdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. 20 megapikselli frontal kamerasi displeyning yuqori qismidagi qirqimga o‘rnatilgan. Meizu 18 kameralari: Foto: GSMarena Meizu Pro kameralari: Foto: GSMarena Smartfonlarga Snapdragon 888 protsessori, 8 yoki 12 gigabaytli standar LPDRR5 tezkor xotirasi, shuningdek, 128 yoki 256 gigabaytli ichki xotira o‘rnatiladi.
141
Video: “Farg‘onada bittagina” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgan hokim va O‘zbekiston Qahramoni
Local
08:33, 08.03.2021 // 35557
Video: “Farg‘onada bittagina” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgan hokim va O‘zbekiston Qahramoni. Farg‘ona shahridagi “Fayz” tantanalar saroyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova bilan “Farg‘onada bittagina” qo‘shig‘iga raqs tushdi. Foto: “Daryo” “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatovning ta’kidlashicha, tadbirda Xayrullo Bozorov O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib, muloqot qilgan va u bilan bog‘liq bir voqea haqida so‘zlab bergan. Foto: “Daryo” “Lola opa bilan o‘tirib, bitta voqea esimga tushib qoldi. Kulishib opaga eslatdim. Nazarimda, yaratgan egam oldinroqdan Farg‘onaga kelishimga bir belgi berib qo‘yganga o‘xshaydi. Namanganda hokim bo‘lib ishlab yurgan paytimda, Qo‘qondagi festivalga kelgandik. Xalqaro hunarmandchilik festivalining konsert qismida Andijon, Namangan viloyati hokimlari ham taklif qilinganmiz. Birinchi qatorda, muhtaram prezidentimiz qatorlarida o‘tiribmiz. Yonimda Lola opa borlar.
142
APL. Garet Beyl va Harri Keynning dubli “Tottenhem”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi
Sport
07:33, 08.03.2021 // 21977
APL. Garet Beyl va Harri Keynning dubli “Tottenhem”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi. Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 27-turida “Tottenhem” 7-mart, yakshanba kuni “Kristal Pelas”ni qabul qildi. Foto: Twitter Bahsning 25-daqiqasida Garet Beyl “shporlar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, taym so‘ngida Kristian Benteke hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Beyl dublni rasmiylashtirdi. Keyinchalik Harri Keyn ikkita gol urgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ta’kidlash joiz, Keyn ikkita gol urishdan tashqari Beylning dubliga assistentlik qildi. “Tottenhem” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 45 taga yetkazib oldi va 6-o‘ringa ko‘tarildi. APL 27-tur bahsi 7-mart, yakshanba Gollar: 1:0 – 25 Beyl, 1:1 – 45 Benteke, 2:1 – 49 Beyl, 3:1 – 52 Keyn, 4:1 – 76 Keyn. “Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Alderveyreld, Regilon, Sanches, Uinks (Sissoko, 70), Hyoybyerg, Son Hyon Min, Lukas Moura, Beyl (Lamela, 70), Keyn (Vinisius, 80).
143
A Seriya. “Napoli” o‘z uyida ishonchli g‘alabaga erishdi, Insinyedan dubl
Sport
07:24, 08.03.2021 // 8922
A Seriya. “Napoli” o‘z uyida ishonchli g‘alabaga erishdi, Insinyedan dubl. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turida “Napoli” 7-mart, yakshanba kuni “Bolonya”ni qabul qildi. Foto: Twitter Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Lorenso Insinye neapolliklarni oldinga olib chiqdi. 65-daqiqada Viktor Osimhen mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Bunda “Bolonya” 73-daqiqada Roberto Sorianoning goli bilan javob qaytardi. Oradan ko‘p o‘tmay Insinye o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:1. “Napoli” 47 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda, “Bolonya” (28) esa 12-pog‘onadan joy olgan. A Seriya 26-tur bahslari 7-mart, yakshanba Gollar: 1:0 – 8 Insinye, 2:0 – 65 Osimhen, 2:1 – 73 Soriano, 3:1 – 76 Insinye. “Napoli”: Ospina, Kulibali, Rrahmani, Gulyam (Hyusay, 22), Di Lorenso, Demme, Zelinski (Mariu Ruy, 79), Insinye (Elmaz, 79), Fabian Ruis, Politano, Mertens (Osimhen, 53).
144
Shavkat Mirziyoyev tez orada viloyat hokimlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi
Local
06:59, 08.03.2021 // 33474
Shavkat Mirziyoyev tez orada viloyat hokimlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimida xotin-qizlarning ulushi 33 foizga yetdi, 1,5 mingga yaqin ayollar rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Ularning olti nafari tuman va shaharlarga rahbarlik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev “tez orada viloyatlar rahbarlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi”. Bu haqda Prezident matbuot xizmatining “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Xabar berishlaricha, davlat rahbari bu haqda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7-mart kuni Toshkentdagi Kongress-xollda o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlab o‘tgan. “O‘zlarining fidoiyligi, vatanparvarligi, islohotlarga ishonchi bilan, yurtimizdagi hozirgi islohotlarni amalga oshirish uchun bellarini mahkam bog‘lab, olti hududda ayollarimiz hokimlik qilyapti. Men Namanganga tashrifim vaqtida ham aytgandim, qani endi vaqt tezroq o‘tsayu, bularning ichidan ham viloyat hokimi topilsa, juda minnatdor bo‘lardim”, — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev. Chapdan: Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova, Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova. 2021-yil 7-mart.
146
“Har bahorda shu bo‘lar takror”: Samarqand shahrida “toshqinlar mavsumi” boshlandi
Local
04:45, 08.03.2021 // 30832
“Har bahorda shu bo‘lar takror”: Samarqand shahrida “toshqinlar mavsumi” boshlandi. Samarqand shahrida 6-mart kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shaharning ayrim ko‘chalari suv ostida qoldi. Suvda bamisoli “suzib yurgan mashinalar”ning videolari Telegram’dagi hududdagi voqea-hodisalarni yoritib boruvchi kanallarda e’lon qilingan. Qayd etish joiz, O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlari qatori Samarqandda ham har yili bahor va kuzda kuzatiladigan kuchli yog‘ingarchiliklar vaqtida toshqinlar yuz beradi . Kun fotosi: Samarqandda beligacha suvga botgan niqobli xodimlar bemor ayolni zambilda olib ketyapti
149
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmaydi — ekspert
Local
23:59, 07.03.2021 // 35199
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmaydi — ekspert. Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi Rossiya va Qozog‘iston uchun foydasiz. Bu haqda Qirg‘iziston yuk tashuvchilar uyushmasi rahbari Temirbek Shabdanaliyev Tazabek nashriga ma’lum qildi , deb yozmoqda “Gazeta.uz”. Foto: “Daryo” Uning aytishicha, ushbu loyiha 20 yildan ortiq vaqt davomida muhokama qilinmoqda. Ammo bu vaqt ichida u “o‘z o‘rnidan bir qadam ham siljimadi”. “Ushbu loyiha atrofida quruq muzokaralar juda ko‘p, ammo hech qanday harakat yo‘q. Nima uchun? Chunki bu yirik davlatlar, xususan, Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga ziddir. Biz temiryo‘l qurishni boshlasak, ular bir nechta ko‘rsatkichlarni, masalan, siyosiy nufuzini yo‘qotadi”, — deb hisoblaydi mutaxassis. Temirbek Shabdanaliyevning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonda temiryo‘l qurilishi Qozog‘iston uchun foydasiz, chunki bu holda Qirg‘iziston temiryo‘l mustaqilligini qo‘lga kiritadi.
150
APL. “Manchester Yunayted” derbida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, “Manchester Siti”ning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi
Sport
23:42, 07.03.2021 // 23532
APL. “Manchester Yunayted” derbida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, “Manchester Siti”ning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi. Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 27-turida “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” jamoalari 7-mart, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi. Foto: Twitter Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq mehmonlar penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Brunu Fernandesh aniq ijro etdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Lyuk Shou darvozabon tomonidan boshlab berilgan hujumni muvaffaqiyatli yakunladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlarining ketma-ket 15 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi yakunlandi. Bu g‘alabadan keyin Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ochkolarini 54 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa qaytdi. “Siti” 65 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
151
Haftalik dayjest: “Yuqumli” konteynerlar, UzAuto Motors ish tashladimi, mahallabaymi, xonadonbay?
Local
23:41, 07.03.2021 // 48015
Haftalik dayjest: “Yuqumli” konteynerlar, UzAuto Motors ish tashladimi, mahallabaymi, xonadonbay?. Konteynerdan gapiramiz va ko‘rsatamiz. Namangan viloyati hokimining konteyner-uyi ancha “yuqumli” chiqib qoldi. Buxoro viloyati hokimligi ham konteyner makon qurdi . “Ayni paytda mazkur vagon-shtab Olot tumani ‘Davlatboy’ mahallasiga joylashtirilgan. Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini o‘rganmoqda. Ularni hal etish choralarini ko‘rmoqda”, — deb yozdi hokimlik matbuot xizmati. “Onlayn qabullar bilan boshlab konteynerlargacha yetib keldik”, — deb yozdi “Davletov.uz” kanali. Foto: Telegram 26-fevral kuni davlat rahbari barcha viloyat hokimlari va prokurorlariga mahallalarda hech bo‘lmasa bir oy yashab, muammolarni “pastdan” o‘rganishni taklif qilgandi . Shundan keyin konteyner-uylarga o‘tish boshlanib ketdi.
152
Yelizaveta II o‘z hukmronligi davridan buyon birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi
World
23:38, 07.03.2021 // 25292
Yelizaveta II o‘z hukmronligi davridan buyon birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi. Qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy samolyotlar parki mudofaa xarajatlarini qisqartirish doirasida sotiladi. Shunday qilib, qirolicha va qirollik oilasining boshqa a’zolari shaxsiy samolyotlarsiz qoladi, deb yozadi “RBK ” The Telegraph’ga tayanib. Foto: AP Photos Qayd etilishicha, kelasi yilda to‘rtta BAE-146 samolyoti Harbiy havo kuchlari tarkibidan chiqariladi. Qirolicha o‘z hukmronligi davrida birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi. Katta ehtimol bilan Yelizaveta II bosh vazir Boris Jonsonning yaqinda modernizatsiya qilingan RAF Voyager samolyotidan foydalanadi. Avvalroq ushbu samolyot havoda yonilg‘i quyadigan samolyot sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 2016-yilda modernizatsiya qilingandan so‘ng mamlakat rahbariyati tomonidan foydalanishga topshirilgan. Xususan, bortda ofis jihozlangan, 60 ga yaqin biznes-klass o‘rindiqlari, shuningdek, 100 ta ekonom-klass o‘rindiqlari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, samolyot raketaga qarshi tizim bilan jihozlangan. Daily Mail’ning yozishicha , BAE-146 London g‘arbida joylashgan Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlarining 32-eskadrilyasiga biriktirilgan.
153
O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p nikoh tuzilgan viloyat nomi aytildi
Local
23:18, 07.03.2021 // 57830
O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p nikoh tuzilgan viloyat nomi aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi . Foto: “Daryo” Unga ko‘ra: 2020-yilda bu ko‘rsatkich 296 750 tani tashkil qilgan. Shundan 141 474 ta nikoh holatlari shaharlarda, 155 276 tasi qishloqlarda qayd etilgan. Respublika hududlari bo‘yicha 2020-yildagi eng ko‘p nikoh holatlari Farg‘ona viloyatiga (34 066 ta), eng kam nikoh holatlari esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelgan (8905). Toshkent shahrida 2020-yilda 21 622 ta nikoh holatlari rasmiylashtirilgan . Foto: Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat etildi
154
Instagram: Boshlovchiga suv sepib yuborgan Kaniza, turmushga chiqayotgan Munisa Rizayeva, betob muxlisasidan xabar olgan xonanda
Media
22:58, 07.03.2021 // 76037
Instagram: Boshlovchiga suv sepib yuborgan Kaniza, turmushga chiqayotgan Munisa Rizayeva, betob muxlisasidan xabar olgan xonanda. Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Turk aktrisasi Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning rasm chizish jarayoni aks etgan fotolar bilan bo‘lishdi. Foto: Instagram Nilufar Usmonova 7-mart kuni qizi Sa’diyaning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Foto: Instagram Rayhon G‘aniyeva yaqin dugonasi, radioboshlovchi Shirin G‘ofurova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Foto: Instagram Dildora Niyozova betob yotgan onaxon muxlisasining holidan xabar olib, unga “Onaginam” qo‘shig‘ini kuylab berdi. Shahzoda Muhammedova Samarqanddagi tadbirda boshlovchilik qildi. Foto: Instagram Xonanda Lola ayollarning o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi haqida mulohaza yuritdi. Afruza sahifasiga yangi suratini joyladi. Foto: Instagram Jahongir Otajonov 24 soat ichida Instagram sahifasi butunlay o‘chirib tashlanishi mumkinligi haqida xabar olganini muxlislariga ma’lum qildi.
155
A Seriya. “Milan” chiroyli gollar evaziga safarda g‘alaba qozondi
Sport
22:43, 07.03.2021 // 29323
A Seriya. “Milan” chiroyli gollar evaziga safarda g‘alaba qozondi. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 7-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Foto: Twitter “Milan” safarda “Verona”ga qarshi bahs yuritdi. 27-daqiqada Rade Krunich jarima zarbasini qoyilmaqom bajarib, milanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Diogu Dalot mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. “Milan” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 56 taga yetkazib oldi va peshqadam “Inter”dan uch ochkoga ortda qolmoqda. “Verona” (38) esa 8-pog‘onadan joy olgan. “Fiorentina” va “Parma” gollarga boy bo‘lgan o‘yinda murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, “Torino” safarda “Krotone”ga yutqazib qo‘ydi. A Seriya 26-tur bahslari 7-mart, yakshanba Gollar: 0:1 – 27 Krunich, 0:2 – 50 Diogu Dalot.
156
Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Local
22:37, 07.03.2021 // 11151
Termizda 3 ming dollar evaziga ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ikki kishini harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi . Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Ma’lum qilinishicha, B.X. ikki nafar fuqaroga o‘zini harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, ularni 3 000 dollar evaziga harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. Kelishilgan puldan 400 dollarni olgan vaqtida departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
157
La Liga. “Real” Madrid derbisida so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport
22:22, 07.03.2021 // 11986
La Liga. “Real” Madrid derbisida so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 26-turida “Atletiko” va “Real Madrid” jamoalari 7-mart, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi. Foto: Twitter Uchrashuvning 15-daqiqasida Markos Lyorentening uzatmasidan keyin Luis Suares hisobni ochdi. Bahs davomida har ikki jamoa vakillarida bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlarning kuchli bosimi o‘z foydasini berdi. Kazemironing uzatmasidan keyin Karim Benzema yaqin masofadan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. “Atletiko” 59 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi, shu bilan birga Diyego Simeone jamoasi bitta zaxira o‘yiniga ega. “Real” esa 54 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “Real” keyingi turda “Elche” bilan o‘ynaydi, “Atletiko” klubi “Xetafe” uyida mehmon bo‘ladi.
158
Tramp Respublikachilar partiyasidan uning nomidan foydalanishni bas qilishni talab qildi
World
22:17, 07.03.2021 // 16647
Tramp Respublikachilar partiyasidan uning nomidan foydalanishni bas qilishni talab qildi. Foto: Getty Images OAVlar e’tiroz uchta guruhga: partiya boshqaruvini amalga oshiruvchi Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi, respublikachilarni AQSh Kongressi va uning yuqori palatasiga nomzodlarini ilgari suruvchi kampaniyalarga yuborilganini keltirgan. Tramp maslahatchisining Reuters agentligiga bildirishicha, sobiq prezidentga ushbu tashkilotlar 2021-yilda unga impichment e’lon qilishga ovoz bergan respublikachilarni qo‘llab-quvvatlagani yoqmagan. Donald Tramp prezidentlik lavozimidan ketganidan so‘ng mart oyida qilgan birinchi chiqishida demokratlarni uchinchi marotaba mag‘lub etishi mumkinligini ma’lum qildi . Bu bilan u 2024-yilda mamlakat prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishi mumkinligiga ishora qildi. U Respublikachilar partiyasining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidladi va yangi siyosiy partiya tuzilishini rad etdi. Yanvar oyida The Wall Street Journal Trampga yaqin odamlar orasida yangi partiya tuzish bo‘yicha muhokamalar haqida xabar bergan edi . Tramp “sobiq prezident devoni”ni ochdi
159
Taniqli aktyor Nikolas Keyj 57 yoshida beshinchi marotaba oila qurdi (foto)
Media
21:56, 07.03.2021 // 35336
Taniqli aktyor Nikolas Keyj 57 yoshida beshinchi marotaba oila qurdi . Mashhur Gollivud aktyori Nikolas Keyj beshinchi marotaba oila qurdi. 57 yoshga to‘lgan aktyorning navbatdagi rafiqasi Riko Shibata 26 yoshda. Ularning nikoh marosimida juftlikning yaqinlari, jumladan, uning sobiq turmush o‘rtog‘i Elis hamda o‘g‘li Kel ishtirok etgan. Marosim Las-Vegasda, Wynn Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. Nikolas Keyj va Riko Shibata Foto: Glamour Foto: “spletnik.ru” Foto: “spletnik.ru” Foto: “theplace.ru” Foto: “theplace.ru” Muxlislar bu safar aktyorga omad kulib boqishiga umid qilmoqda. Sababi u avval ham 4 marta oila qurgan. Ilk bora u 1995-yilda aktrisa Patrisiya Arkettga uylangan, ammo oradan 6 yil o‘tib, nikohi buzilgan. Nikolas Keyj va Patrisiya Arkett Foto: Glamour Aktyorning ikkinchi rafiqasi Elvis Preslining qizi Liza Mariya Presli edi. Ular 2002-yilda turmush qurgan va to‘ydan, taxminan, uch yarim oy o‘tib ajrashgan.
160
Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi
Local
21:16, 07.03.2021 // 12598
Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi. Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati Konsullik Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi investitsiya, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini amalga oshiradi. Turkiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi 9-martga qadar davom etadi. Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi . Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilishi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustidagi qarorida ko‘zda tutilgandi . Hujjat Turkiya hukumatining O‘zbekistonga texnik ko‘magini kengaytirishni nazarda tutadi. Avvalroq Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Olgan Bekar ish boshlagani haqida xabar berilgandi.
162
Velosiped va lolalar shahri Amsterdamga boshqa tomondan nazar solishga turtki bo‘luvchi suratlar
Misc
20:56, 07.03.2021 // 21178
Velosiped va lolalar shahri Amsterdamga boshqa tomondan nazar solishga turtki bo‘luvchi suratlar. O‘tmishda kichik baliqchilar qishlog‘i bo‘lgan, bugungi kunda esa Niderlandiyaning madaniy hamda tarixiy markazi hisoblangan Amsterdam haqida gap ketganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga lolalar, kanal va tomi uchli bo‘lgan uylardan iborat shahar keladi. Rang-barangligi bilan o‘ziga maftun qilishi mumkin bo‘lgan ushbu shaharga tashrif buyurgan har bir sayyoh u bilan butunlay xayrlashishni istamaydi va qayta kelish ilinjida: “Tot de volgende keer!” (Tez orada ko‘rishguncha) deydi. Velosipedlar aholisidan ham ko‘proq bo‘lgan ushbu go‘zal shahar suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Foto: AdMe Amsterdam vokzaliga yetib borishingiz bilan 3 qavatli velosipedlar to‘xtash joyiga ko‘zingiz tushadi. Foto: AdMe “Savdo markazi, deysizmi? Yo‘q, bu shaharning asosiy gospitali”. Foto: AdMe “Tug‘ilgan kunimni Amsterdamda nishonladim. Mehmonxona xodimlari otkritkaga nima deb yozish haqida savol berganida ulardan mushuk suratini chizishni so‘radim”. Foto: AdMe Muzlagan kanal ustida konki uchayotgan odamlar.
163
Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia’ning yonib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi
Tech
20:36, 07.03.2021 // 56819
Surxondaryodan Toshkentga yo‘lga chiqqan Nexia’ning yonib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi. Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan Nexia Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida beton to‘siqqa urilishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javlon Baxtiyev ma’lum qildi. Foto: Qashqadaryo viloyat IIB YHXB Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 3-mart kuni soat 04:45 da Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1240 kilometrida 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi P.Z. boshqaruvidagi Nexia yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi БД O-5 beton to‘sig‘iga urilib, yonib ketgan. Natijada haydovchi P.Z. va uning avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar T.A. va B.B. voqea joyida yong‘indan kuyib vafot etgan.
164
Makiyaj uzoq vaqt turishi uchun 5 tavsiya
Health
19:59, 07.03.2021 // 9374
Makiyaj uzoq vaqt turishi uchun 5 tavsiya. Uydan bo‘yanib chiqib ketib, kechki payt konsert, teatr yoki boshqa tadbirga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan, ammo makiyaj uzoq vaqt davomida buzilib ketmasligi uchun nima qilish kerakligini bilmaydigan ayol-qizlarga bu borada qo‘l keladigan tavsiyalarni havola etamiz. Foto: Freepik Terini makiyajga tayyorlash Makiyajdan avval terini yaxshilab tayyorlash kerak. Yuz terisi yaxshilab tozalangan, namlantirilgan bo‘lishi, unga surtilgan tonal krem yuzda tekis va silliq turishi kerak. Terisi ko‘chganlarga piling yoki meva kislotali terini tozalaydigandan vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yaxshilab tozalagandan keyin yuzga namlantiruvchi krem surting. Oradan 1-2 daqiqa o‘tganidan keyin esa praymer yoki tonal krem surting. Tonal krem Tonal kremni yuz rangi va terining yog‘lilik darajasiga mos tushadiganini tanlash kerak. Kundalik makiyaj uchun butkul qoplaydigan quyuq variantdan foydalanmagan yaxshi. Ko‘p qatlamlilik Birinchi praymer, keyin konsiler, pudra undan keyin esa rumyana va bronzer, so‘ngida pomada surting.
166
NASA Oyga birinchi ayol kishini yaqin 10 yil ichida yuborishni rejalashtirmoqda
World
19:38, 07.03.2021 // 9452
NASA Oyga birinchi ayol kishini yaqin 10 yil ichida yuborishni rejalashtirmoqda. AQSh Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qilish bo‘yicha milliy boshqarmasi (NASA) yaqin o‘n yil ichida Oyga birinchi ayolni uchirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RBK”. NASA kosmik parvozlari rahbari Charli Blekvell-Tompson CBS News telekanaliga ma’lum qilishicha, missiya “Artemida” dasturi doirasida rejalashtirilmoqda, ushbu dasturga to‘qqiz nafar erkak va to‘qqiz nafar ayol a’zo bo‘ladi. Avvalroq NASA parvoz qiluvchi Sofia infraqizil teleskopi yordamida olib borilgan Oyni o‘rganish ishlari davomida uning Yerga qaragan tomonida birinchi marta suv izlarini aniqlagan edi . Avval suv Oyning Quyosh nuri isitmaydigan orqa tomonidagi kraterlarida mavjud, deb hisoblanardi. NASA’ning “Artemida” dasturi doirasida 2024-yilda amerikalik astronavtlarning Oy yuzasiga tushishi va uning muz shaklida suv zaxiralari mavjud deb hisoblanadigan Janubiy yarimsharida tadqiqotlar olib borishi rejalashtirilmoqda, deyilgandi o‘shanda. NASA tomonidan qayd etilishicha, mazkur zaxiralar suv, havo va yoqilg‘i manbai sifatida Oydagi uzoq missiyalarda resurs bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, uzoq kosmos tadqiqotlarini ta’minlashi mumkin.
167
Tushdagi kashfiyot. 6-mart – Mendeleyev jadvali e’lon qilingan sana
Science
19:17, 07.03.2021 // 18625
Tushdagi kashfiyot. 6-mart – Mendeleyev jadvali e’lon qilingan sana. Deyarli hammamiz Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tushida ko‘rib kashf qilgani haqidagi gapni eshitganmiz va ilm-fanning eng taniqli atributlaridan biri sifatida Mendeleyev jadvali kimyodan uzoq odamlarga ham tanish narsa, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 6-mart — hammamiz yaxshi biladigan davriy jadval haqida ilm-fan ilk bora xabar topgan kun bo‘lib, bundan roppa-rosa 152 yil muqaddam, ya’ni 1869-yilning shu sanasida Rus kimyo jamiyati majlisida tarixda ilk bora davriy qonun haqida o‘qib eshittirilgan edi. “Daryo” mazkur jadval tarixi haqida hikoya qiladi. Dmitriy Ivanovich Mendeleyev Foto: Google Photos Qizig‘i shundaki, o‘sha majlisda Dmitriy Ivanovichning o‘zi ishtirok etmagan. Shu kuni uni yangi ishga tushirilgan kimyo zavodlaridan birining ochilish marosimiga taklif etishgan va u o‘sha yoqqa ketgan edi. Ilmiy majlisda esa davriy qonun haqidagi ma’ruzani Mendeleyev nomidan uning yaqin do‘sti va hamkasbi Menshutkin o‘qib eshittirgan. Yig‘ilganlar ma’ruzani jimgina tinglab, oxirida muallifni olqishlab, tinchgina tarqalishgan. Xuddiki bu odatiy majlislardagi har doimgi gaplardek qabul qilingan edi.
169
Qanday mahsulotlar yordamida gemoglobinni ko‘tarish mumkin?
Health
18:58, 07.03.2021 // 22707
Qanday mahsulotlar yordamida gemoglobinni ko‘tarish mumkin?. Gemoglobin − eritrotsitlardagi qizil qon tanachalarining asosiy tarkibiy qismidir. Uni tanadagi eng muhim moddalardan biri deb atash mumkin. Chunki u gaz almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Foto: Getty Images Gemoglobin ikki tarkibiy qismdan iborat − oqsil globin va gem shaklidagi temir. Gemoglobin darajasining pastligining eng keng tarqalgan sababi tanadagi temir tanqisligidir. Agar bu yetishmovchilik juda katta bo‘lsa, temir tanqisligi anemiyasi tez rivojlanishi mumkin. Bu surunkali bosh og‘rig‘i, zaiflik, diqqatni jamlay olmaslik, charchoq, hushdan ketish va hatto yurakdagi og‘riq bilan birga kuzatiladi. Anemiya paydo bo‘lishining oldini olish uchun tanadagi temir miqdorini kuzatib borish kerak. Boshqa ko‘plab mikroelementlardan farqli o‘laroq, temir oziq-ovqat tarkibida juda ko‘p miqdorda bo‘ladi va foydali mahsulotlar yordamida uning yetishmovchiligini osongina bartaraf etish mumkin.
170
Rim papasi tarixda birinchi marta Iroqqa kelib, oyatulloh Ali as-Sistaniydan mahalliy nasroniylarni himoya qilishni so‘radi
World
18:37, 07.03.2021 // 24222
Rim papasi tarixda birinchi marta Iroqqa kelib, oyatulloh Ali as-Sistaniydan mahalliy nasroniylarni himoya qilishni so‘radi. Rim papasi tarixda birinchi marta Iroqqa tashrif buyurdi, deb yozadi Meduza. Papa Fransisk ushbu mamlakatga mahalliy nasroniylar uchun himoyaga erishishga urinish uchun keldi. Foto: Reuters 6-mart kuni pontifik Iroq shialari diniy yetakchisi, mamlakatdagi eng yirik diniy hamjamiyatga rahbarlik qiluvchi oyatulloh Ali as-Sistaniy bilan uchrashdi. Oyatulloh papa Fransiskka mamlakatdagi nasroniylarni himoya qilishda davom etishga va’da berdi. “Diniy hukumat mamlakatdagi nasroniylar hamjamiyati uchun teng huquqlilikka erishadi”, — dedi oyatulloh. “Nasroniylar xuddi barcha iroqliklar kabi — xavfsizlikda, barcha konstitutsiyaviy huquqlar bilan yashashi kerak”, — deyiladi oyatulloh devoni tarqatgan xabarda. Fuqarolar urushi va IShID jangarilari tomonidan zo‘ravonlik oqibatida so‘nggi 20 yil ichida Iroqda nasroniylar soni qariyb 1,5 milliondan 250 ming nafargacha tushib ketgan.
171
Kreditni talon-toroj qilishda gumonlangan “O‘zsanoatqurilishbank” sobiq mansabdorlari aybsiz deb topildi. Ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi
Local
18:16, 07.03.2021 // 18051
Kreditni talon-toroj qilishda gumonlangan “O‘zsanoatqurilishbank” sobiq mansabdorlari aybsiz deb topildi. Ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. 2020-yilning sentabr oyida “Buxoroda bank boshqaruvchilari 2 milliard so‘m foizsiz kreditni o‘z nomiga rasmiylashtirib olgani ma’lum bo‘ldi” sarlavhasi ostida xabar berilgan edi. Unda Buxoro viloyatida joylashgan ikkita issiqxonaning har biriga 1 milliard so‘mdan jami 2 milliard so‘m kredit ajratilgani yuzasidan “O‘zsanoatqurilishbank”ning Buxoro mintaqaviy filiali mansabdor shaxslariga, xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” bosh ofisi xodimi O.T. va shu bankning “To‘qimachilik” filiali boshqaruvchisi A.Q.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida so‘z boradi. “Daryo”ning aniqlashicha, tergov harakatlari natijasiga ko‘ra bank mansabdorlari, xususan, O.T. va A.Q.ning xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2020-yilning dekabr oyida Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga (qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmagani bois reabilitatsiya etish) asosan harakatdan tugatilgan.
172
Yirik shaharlardagi tirbandliklarni haydovchisiz kapsula yordamida bartaraf etish taklif qilindi (video)
Tech
17:57, 07.03.2021 // 15132
Yirik shaharlardagi tirbandliklarni haydovchisiz kapsula yordamida bartaraf etish taklif qilindi . Kaliforniyadagi New Deal Design dizayn-studiyasi dunyoning yirik shaharlarini tirbandliklardan xalos etishning yangi usulini taklif etdi — telefondagi dastur yordamida chaqirish mumkin bo‘lgan haydovchisiz boshqariladigan Rolla kapsulasi. Ularning fikricha, ixcham qurilma shaharlar uchun juda mos keladi va u hatto an’anaviy transport vositalari o‘rnini egallashi mumkin, deb yozadi Motor. Foto: New Deal Design Rolla to‘liq elektrlashtirilgan avtonom kapsula bo‘lib, unga to‘rtta kichkina g‘ildirak o‘rnatilgan. E’lon qilingan videoga ko‘ra, uning o‘lchami lift kabi va ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan, biroq uning eshiklari yo‘q. Ochiq salonda o‘rindiqlar ham mavjud emas, ammo to‘rtta tutqich va turli xabarlar, vaqt va marshrut tasvirlanadigan katta displey joylashgan. Rolla’dan avtobus o‘rnida foydalanish mumkin: bu kabi holatda oldindan dasturlashtirilgan marshrut bo‘yicha harakatlanuvchi kapsulani qo‘lni ko‘targan holda to‘xtatish mumkin. Salondan chiqish uchun maxsus tugmadan foydalaniladi. Shuningdek, qurilmani mobil dastur yordamida shaxsiy safarlar uchun ham chaqirish mumkin. Yoritish ranglari foydalanish usuliga bog‘liq: taksi-kapsulalar binafsharang bilan yoritilgan, jamoat transportida xizmat qiluvchilari esa sariq, korporativ avtoparklarniki — ko‘k.
173
O‘zbekistonda tilanchilar soni ortgani qayd etildi
Local
17:36, 07.03.2021 // 22414
O‘zbekistonda tilanchilar soni ortgani qayd etildi. Foto: “Daryo” Senatorlar so‘nggi paytlarda aholi harakati gavjum bo‘lgan ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hamda chorrahalarda tilanchilik qilib kelayotgan shaxslar ko‘plab uchrayotganini qayd etgan. “Bu o‘z navbatida, tilanchi shaxslar tomonidan fuqarolarning yurishiga qo‘ymay, avtomobil yo‘llarida esa transport vositalari harakatlanishiga xavf tug‘dirib qat’iy turib sadaqa so‘rashi kishining ta’bini xira qilishi tabiiy. Bunday noxush holatlar aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, ularning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi Senat xabarida. Qonunchilikda tilanchilik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalasi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu normaning hayotda qat’iy ishlamayotgani bunday shaxslarning kundan kun ko‘payib borishiga sabab bo‘lishi ta’kidlangan. IIVning bildirishicha, patrul-post, yo‘l patrul xizmati hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari tomonidan ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar va ularga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hamda avtomobil yo‘llarida hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tegishli topshiriqlar asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yanvar va fevral oyining 20 kunlik davrida tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan 131 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga nisbatan 8 million so‘mga yaqin jarima, bir kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
174
Xitoy Rossiya bilan birgalikda “siyosiy virus”ga qarshi kurashayotganini ma’lum qildi
World
17:15, 07.03.2021 // 21763
Xitoy Rossiya bilan birgalikda “siyosiy virus”ga qarshi kurashayotganini ma’lum qildi. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I koronavirus pandemiyasi fonida dunyoda “siyosiy virus” ham tarqalayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Foto: Rossiya TIV Xitoy tashqi ishlar vaziri so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Rossiya kuchlarini birlashtirib, yelkama-yelka turgan holda uning tarqalishiga qarshi kurashmoqda. AQSh esa boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga “doimiy ravishda surbetlarcha aralashmoqda”. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Pekin va Moskva rangli inqiloblarga qarshi chiqadi. AQShning boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvini Van I dunyodagi ko‘p sonli muammolar manbai deb atadi. “Uzoq vaqtlardan buyon AQSh demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish bahonasida boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga surbetlik bilan aralashib keladi.
175
TikTok’da spa-muolaja olayotgan mushuk videosi virus kabi tarqaldi. U 67 mln martadan ortiq tomosha qilingan
World
16:56, 07.03.2021 // 21947
TikTok’da spa-muolaja olayotgan mushuk videosi virus kabi tarqaldi. U 67 mln martadan ortiq tomosha qilingan. TikTok’da sokin musiqa sadosi ostida egasi bilan birga spa-muolajalarini qabul qilayotgan mushuk videosi besh kun ichida 67 million martadan ortiq tomosha qilindi . Foto: Instagram / Dontstopmeowing Karim ismli erkak va Cheyz laqabli mushuk xonada ko‘zlariga bodring qo‘ygan holda yotganida, ularning oldiga Fifi (mushukning egasi) kirib kelgan va musiqani o‘chirgan. Erining noroziligiga javoban Fifi mushuk bilan spa-muolaja olish ahmoqlik ekanligini aytib, Cheyzdan bodring niqobni yechib olishga va uni olib chiqib ketishga uringan. Biroq mushuk ketishni xohlamagan va Fifi bodring bo‘lagini qaytarganidan keyingina tinchlangan. Video Fifining ketishi, Karim va Cheyz esa musiqa tinglab muolajani davom ettirgani bilan yakunlangan. Oradan ikki kun o‘tgach, juftlik yana yangi videoni e’lon qilgan bo‘lib, unda uchta mushuk spa-muoalaja qabul qilmoqda: Cheyz, Milli va Skay. Karimning so‘zlariga ko‘ra, u spa mushuklarga bu qadar yoqib qolishini kutmagan. Bored Panda portaliga bergan intervyusi da erkak hayvonlar o‘zini “xavfsizlikda his qilgani uchun suratga olish vaqtida uxlab qolgan.
176
Ikkinchi jahon urushi davridagi “ko‘rinmas” ommaviy jinoyat. Katin qatliomi tarixi
World
16:35, 07.03.2021 // 46405
Ikkinchi jahon urushi davridagi “ko‘rinmas” ommaviy jinoyat. Katin qatliomi tarixi. Katin qatliomi Butunittifoq bolsheviklar kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining 1940-yil 5-martdagi qaroriga binoan amalga oshirilgan Polsha armiyasining asir olingan zobitlarini qirg‘in qilish hodisasidir. Arxiv hujjatlariga ko‘ra bu qirg‘inda jami 21 857 kishi otib tashlangan, ya’ni 1940-yil 5-martdagi maxfiy qaror bilan o‘limga hukm qilingan 21 857 polyakdan hech biri omon qolmagan. “Daryo” bugun ushbu hodisa tafsilotlaridan so‘zlaydi. 1939-yil 1-sentabrda Gitler Polshaga hujum qildi. Rasmiy Sovet versiyasiga ko‘ra, hujumdan maqsad G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belarus aholisini himoyaga olish edi. Foto: Google Photos 240 mingga yaqin polshalik askar asir olindi, ular orasida qo‘liga endigina qurol olgan harbiy xizmatchilar, yosh zobitlar ham bor edi. Urushdan oldin SSSRga qo‘shib olingan hududlarda yashagan oddiy askarlar tez orada o‘z uylariga qo‘yib yuborildi.
177
Bahorni Diskont bilan kutib oling!
Local
16:30, 07.03.2021 // 12770
Bahorni Diskont bilan kutib oling!. 7-martdan 31-martga qadar bahoriy bayramlar munosabati bilan Diskont jamoasi o‘z mijozlari uchun haqiqiy chegirmalarni taqdim etadi. Tabiatning uyg‘onish fasli bo‘lgan bahor orzu qilingan sovg‘alar ulashish vaqtidir. Sevimli insoningizni bahor bayramlarida qanday xursand qilishni bilmayapsizmi? Diskont do‘konlari bu borada sizga yordam beradi. Bizning do‘konlardan xarid qilgan har bir mahsulotingiz nafaqat yoqimli, balki oila budjetiga ham foydalidir. Diskont jamoasi oila budjetini o‘ylagan har bir mijoz uchun alohida chegirma va qulayliklarni taklif qiladi. Diskont maishiy texnika do‘konlarida siz qisqa muddat ichida foizsiz muddatli to‘lovni rasmiylashtirishingiz mumkin. Mahsulotlarni muddatli to‘lovga xarid qilish uchun quyidagi hujjatlar kifoya: pasport va Uzcard plastik kartasi. Bundan tashqari, konsultant sotuvchilar sizni qiziqtirgan savollaringizga javob beradi va xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni ishlatish sirlarini o‘rgatadi.
178
Toshkentda iqtidorli maktab o‘quvchilariga “hokim stipendiyasi” berildi
Local
16:14, 07.03.2021 // 9374
Toshkentda iqtidorli maktab o‘quvchilariga “hokim stipendiyasi” berildi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrida iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida “hokim stipendiyasi” joriy etilishini ma’lum qilgandi . Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha , 2021-yilda ilk marotaba ta’sis etilgan ushbu stipendiya sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Foto: Videodan kadr “Hokim stipendiyasi”ga aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda qatnashib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh a’lochi o‘quvchilar loyiq deb topilgan. Xususan, aniq fanlar — fizika va matematika yo‘nalishida 6 nafar o‘quvchi uchun stipendiya ajratilishi belgilangan. Ularga 500 ming miqdoridagi stipendiya har oy davomida to‘lab boriladi. “Bu hali boshlanishi. 2022-yildan boshlab har bitta maktablarda 6-8 nafar eng iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularga yil bo‘yi har oyda 500 ming so‘mdan ‘hokim stipendiyasi’ni beramiz. Bundan tashqari har oyda, o‘sha o‘quvchilarga ta’lim bergan o‘qituvchilarning oyligiga 1 million so‘mdan ustama qo‘shib beramiz. O‘ylaymanki, ta’limni Toshkentda yuqori marralarga olib chiqamiz”, — degan Toshkent shahar hokimi.
179
Shveysariyalik olimlar ko‘zi ojizlarning ko‘rishiga yordam beradigan ko‘z to‘rpardasi implantini yaratdi
Tech
15:59, 07.03.2021 // 7136
Shveysariyalik olimlar ko‘zi ojizlarning ko‘rishiga yordam beradigan ko‘z to‘rpardasi implantini yaratdi. Lozanna federal politexnika maktabi (EFPL) olimlari ko‘zi ojiz insonlarga buyumlar shaklini ko‘rish imkonini beradigan ko‘z implantini yaratdi, deb xabar beradi Esquire. Foto: Legion Media Neyromuhandislik kafedrasi mudisi Diego Gezzi 2015-yildan buyon 10,5 ming elektroddan iborat ko‘z to‘rpardasi implantini yaratish ustida ishlab kelmoqda. U “aqlli” ko‘zoynaklar bilan birgalikda ishlab, insonga tasvirni uzatadi. Ko‘zoynakka o‘rnatilgan kamera atrofdagi buyumlarni tasvirga oladi va ma’lumotlarni undagi mikrokompyuterga yuboradi. Tizim ma’lumotlar implant to‘rpardadagi elektrodlarga uzatiladigan yorug‘lik signallariga aylantiradi. Shundan so‘ng elektrodlar to‘rpardaga shunday ta’sir ko‘rsatadiki, inson tasvirning yorug‘lik nuqtalaridan iborat soddalashtirilgan oq-qora versiyasini ko‘radi. “Bu xuddi tungi osmondagi yulduzlarni tomosha qilayotgandek bo‘lib, yulduz turkumlarini ajratishni o‘rganib olish kerak”, — deydi Gezzi. Bundan tashqari, implant juda egiluvchan material — shaffof polimerdan tayyorlangan bo‘lib, uni operatsiya vaqtida o‘rnatish oson va to‘rparda bilan yaxshi aloqaga kirishadi. Hozircha texnologiya insonlarda sinab ko‘rilgani yo‘q, biroq ta’kidlanishicha, implant klinik sinovlarga tayyor.
180
Twitter rahbari Jek Dorsi o‘zining birinchi tvitini sotuvga qo‘ydi. Uni allaqachon 2,5 mln dollarga baholashdi
Media
15:38, 07.03.2021 // 11583
Twitter rahbari Jek Dorsi o‘zining birinchi tvitini sotuvga qo‘ydi. Uni allaqachon 2,5 mln dollarga baholashdi. Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbari va asoschilaridan biri Jek Dorsi o‘zining 2006-yil 21-mart kuni yozilgan birinchi tvitini sotuvga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Meduza. 5-mart kuni u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shu haqda xabar qoldirdi va tvitlar bilan savdo qiladigan Valuables platformasiga havola joylashtirdi. just setting up my twttr — jack (@jack) March 21, 2006 “Shunchaki tvitterimni sozlayapman” The Verge yozishicha, Dorsi o‘zining birinchi tvitini NFT — o‘zgarmas token sifatida sotishga urinmoqda. Dorsi savdolar bo‘lib o‘tayotgan sahifaga havolani qo‘yganidan keyin bir necha daqiqada tvitning narxi 88 ming dollargacha ko‘tarildi. Ayni paytda esa Twitter rahbarining ilk xabari uchun taklif qilingan eng katta narx 2,5 million dollar bo‘lib turibdi. Dorsi qachondan buyon birinchi tvitini sotishga urinayotgani noma’lum. Fox Business telekanali qayd etishicha, tvitni sotib olish bo‘yicha birinchi takliflar 2020-yil dekabridayoq paydo bo‘lgan, ammo savdo 5-martdagina omma e’tiborini tortgan. Non-fungible token (NFT) — o‘zaro almashina olmaydigan token — blokcheynda yaratilgan raqamli aktivlar bo‘lib, buyumning originalligini, shuningdek, uning egasining mulk huquqini kafolatlaydi.
181
Qibraydagi ariqqa har kuni qon oqizayotgan korxona Veterinariya davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi
Local
15:17, 07.03.2021 // 37962
Qibraydagi ariqqa har kuni qon oqizayotgan korxona Veterinariya davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi. Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani, u Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyilishi haqida xabar berilgandi . Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi holat qo‘mita mas’ullari tomonidan joyiga borib o‘rganilganini ma’lum qildi . Aniqlangan kamchiliklarni 5 kun muddat ichida zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha veterinariya mutaxassislari tomonidan zarur ko‘rsatmalar berilgan va ogohlantirish xati yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, har kun ikki-uch mahal qon oqishi aytilgan Toshkent shahridan 2 kilometr naridan o‘tgan mazkur ariq Qibray tumanidan o‘tuvchi Qoraqamish kanaliga qo‘shiladi. Bu kanal esa Toshkent shahrining Qoraqamish mavzesidan o‘tib, Olmazor tumanining markazidagi suzish havzasiga quyiladi. Ariq bo‘yidagi aholi qonli ariq bo‘yicha 3 yil mobaynida ko‘p joyga murojaatlar qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Sement va alebastr zavodi faoliyatidan norozi farg‘onaliklar: “Bolalarimiz allergiyaga chalinmoqda. O‘pka, nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda”
182
Turk aktyori Murat Yildirim muxlislaridan g‘azablandi
Media
14:58, 07.03.2021 // 34825
Turk aktyori Murat Yildirim muxlislaridan g‘azablandi. Ayni vaqtda “Ramo” nomli serialda suratga tushayotgan turk aktyori Murat Yildirim ijtimoiy tarmoqlarda uning rafiqasi Iman Elba sha’niga yozib qoldirilgan haqoratli izohlardan g‘azablandi. Bu haqda “Kinoteka” xabar beradi . Foto: “Kinoteka” Serial sujetiga ko‘ra u ijro qilgan qahramon Esra Bilgich gavdalantirgan Sibel bilan go‘zal sevgi hikoyasini boshdan kechiradi. Qayd qilinishicha, serial muxlislari haddidan oshgan va rafiqasiga “RamBel” (Ramo va Sibel nazarda tutilgan)ning sevgisiga to‘siq bo‘lmasdan yo‘ldan qoch, deb yozib qoldirgan. “Odatda ijtimoiy tarmoqlarda nima yuz berayotgani haqida doim ham kuzatmasligimni yaxshi bilasiz. Ammo rafiqamni haqorat qilganingizni shunday qoldira olmayman. Rafiqamni haqorat qilganlar uning besh marotaba farzandimizni yo‘qotganidan xabari bormi?”, — deb yozgan aktyor. Shuningdek, serialdagi bosh qahramon rolini Esraga turmush o‘rtog‘i taklif qilgani, bu shunchaki ish ekani va ular o‘z ishini professional ravishda bajarayotganini ma’lum qilgan. “Men bularning barini so‘zlarimdan xulosa chiqarasiz, degan maqsadda yozyapman.
183
Pishloq va sousli tovuq — parmijano retsepti
Food
13:57, 07.03.2021 // 9750
Pishloq va sousli tovuq — parmijano retsepti. Sous qo‘shib pishirilgan filening ta’mi, baland haroratda erigan pishloq bilan yanada mazali bo‘ladi Foto: Lifehacker Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
186
Venesuelada inflyatsiya fonida 1 mln bolivar nominalga ega pullar muomalaga kiritiladi
World
13:36, 07.03.2021 // 6983
Venesuelada inflyatsiya fonida 1 mln bolivar nominalga ega pullar muomalaga kiritiladi. 8-martdan boshlab Venesuela hukumati 200 ming, 500 ming va 1 million bolivar qiymatga ega yangi banknotalarni muomalaga kiritadi, deb yozadi “RBK” mamlakat Markaziy bankiga tayanib. Foto: “BCV.org.ve” “200 ming (0,11 dollar), 500 ming (0,27 dollar) va 1 million suveren bolivar (0,53 dollar) nominalli yangi banknotalar 2021-yil 8-martdan asta-sekinlik bilan muomalaga kiritila boshlaydi”, — deyiladi bank xabarida. Muassasaning ma’lum qilishicha, yangi kupyuralar milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirishi kerak. Venesuela qariyb uch yildan buyon og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. 2018-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda inflyatsiya 1 700 000 foizni tashkil qilgan. 2019-yilda esa inflyatsiya 9585 foizga teng bo‘lgan. Iqtisodiyotni kuchaytirish choralaridan biri sifatida mamlakat hukumati yangi — suveren bolivar valyutasini kiritdi. Ammo uning kursi ham nihoyat darajada pasayib ketdi: hozir 1 AQSh dollari 1,8 million bolivarga teng. Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Yevropa Ittifoqiga ultimatum e’lon qilib , Yevroittifoq sanksiyalar siyosatini davom ettiradigan bo‘lsa, har qanday dialogdan voz kechish bilan tahdid qilgan edi.
187
AQSh Senati Jo Baydenning iqtisodiyotni qutqarish bo‘yicha 1,9 trln dollarlik rejasini ma’qulladi
World
13:15, 07.03.2021 // 5513
AQSh Senati Jo Baydenning iqtisodiyotni qutqarish bo‘yicha 1,9 trln dollarlik rejasini ma’qulladi. AQSh Kongressi Senati koronavirus pandemiyasidan jabr ko‘rgan milliy iqtisodiyotga yordam choralari paketini ma’qulladi, deb yozadi “RBK”. Iqtisodiyotni kuchaytirishga 1,9 trillion dollar yo‘naltiriladi, reja prezident Jo Bayden tomonidan taklif qilingan dasturga asoslangan. Foto: AP Photo Qonun loyihasini 50 senator qo‘llab-quvvatladi, 49 nafari qarshi chiqdi. Shu bilan birga, yuqori palatadagi barcha respublikachilar ushbu choralarga qarshi ovoz berdi, barcha demokratlar esa ularni yoqladi. Bir nafar respublikachi senator ovoz berishga kelmagan. Endi hujjat vakillar palatasiga yuboriladi, u yerda ma’qullangach, imzolash uchun Baydenga yo‘naltiriladi. Demokratlar qonun loyihasi 14-martgacha qabul qilinishini kutmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden Senatning ushbu qonun loyihasini ma’qullash qarorini qo‘llab-quvvatladi . Uning aytishicha, hujjat mart oyidanoq amerikaliklarga bir martalik to‘lovlar to‘lashni boshlash imkoniyatini beradi.
188
Xalqaro kosmik stansiyaning ishlash muddati 2028-yilgacha uzaytirildi
World
12:59, 07.03.2021 // 6471
Xalqaro kosmik stansiyaning ishlash muddati 2028-yilgacha uzaytirildi. Xalqaro kosmik stansiya (XKS) faoliyatini 2028-yilga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda “Energiya” Raketa-kosmik korporatsiyasi (RSC) kosmik kemalar va tashuvchi vositalar parvoz markazi boshlig‘ining o‘rinbosari Yuriy Gidzenko ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kommersant”. Foto: Shutterstock “Ayni paytda biz shu haqda o‘ylayapmiz va stansiya 2028-yilga qadar orbitada bo‘lishi uchun allaqachon yuqori darajalarda qaror qabul qilingan” — dedi Gidzenko “Rossiya 24” telekanali efirida. 2020-yil oktabr oyida XKS ekipaji Rossiyaning “Zvezda” korpusi oraliq kamerasida 4,4-4,5 sm uzunlikdagi yoriqni aniqlagan. “RBK“ nashrining xabar berishicha , Xalqaro kosmik stansiya (XKS) ekipaji stansiyadagi birinchi yoriqni germetik plomba bilan yopgan. Bu haqda NASA tomonidan efirga uzatilgan Parvozni boshqarish markazining ekipaj bilan muloqotiga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi. “Yashavor, yaxshi ishlading. Qolgan plomba moddasini olib, sumkaga solib qo‘yish uchun qo‘lqop kiyib ol”, — degan markaz kosmonavti Sergey Rijikov.
189
Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma’muriy binosida yong‘in yuz berdi
Local
12:36, 07.03.2021 // 16000
Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma’muriy binosida yong‘in yuz berdi. Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma’muriy binosida yong‘in yuz berdi. Foto: “Sirdaryo.uz” Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha , yong‘in 7-mart kuni soat 00:30 da “Shodlik” MFYda joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi kotib (qabulxona) xonasida sodir bo‘lgan. Foto: “Sirdaryo.uz” Hodisa oqibatida xonaning, taxminan, 35 kvadrat metr maydonida shift qismi va xona jihozlari zararlangan. Voqea joyiga Guliston shahar FVBning 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:35 da yetib borib, yong‘in soat 00:55 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan binoning, taxminan, 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Avvalroq Toshkentdagi kafe yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi — ikki nafari erkak, uch nafar ayol halok bo‘lgani , qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Marg‘ilondagi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan to‘rtta do‘konda , Jizzaxdagi plastmassa quvurlar ishlab chiqaruvchi korxonada , Nukusda eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgandi .
190
Blahovich Adesanyani mag‘lub etdi, Yan chetlatildi, Nunyes va Maxachevda g‘alaba. UFC 259 musobaqasi natijalari
Sport
12:19, 07.03.2021 // 18232
Blahovich Adesanyani mag‘lub etdi, Yan chetlatildi, Nunyes va Maxachevda g‘alaba. UFC 259 musobaqasi natijalari. UFC promousheni Toshkent vaqti bilan 7-mart, yakshanba kuni AQShning Las Vegas shahrida (Nevada shtati) o‘zining navbatdagi musobaqasini o‘tkazdi. Foto: UFC UFC 259 musobaqasining asosiy jangida yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Yan Blahovich (28-8) da’vogar Israel Adesanyaga (20-1) qarshi oktagonga chiqdi. Jang to‘liq besh raund davom etdi. Hakamlar esa 49-46, 49-45, 49-45 hisobida Blahovichning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa polshalik sportchi chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi. Adesanya esa faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi. UFC 259 musobaqasi natijalari Asosiy kard: UFC 259 musobaqasining barcha janglarini bu yerda ko‘rish mumkin — video . Prelim kard: !
191
Armanistonda Pashinyanga qarshi namoyishlardan keyin politsiya prezident qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga oldi
World
12:17, 07.03.2021 // 11882
Armanistonda Pashinyanga qarshi namoyishlardan keyin politsiya prezident qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga oldi. Yerevanda politsiya Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanning qarorgohini qat’iy qo‘riqlov ostiga oldi, deb xabar beradi “RBK”. Politsiyachilar davlat rahbari qarorgohini o‘rab turgan to‘siq bo‘ylab saf tortdi. Foto: “RIA Novosti” 6-mart, shanba kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga qarshi bo‘lganlar yana norozilik aksiyasini uyushtirdi: ular Yerevan markaziga chiqib, bosh vazirning iste’fosini talab qildi. Namoyishchilar prezident qarorgohi yaqinidagi Bagramyan shohko‘chasida joylashgan Armaniston parlamenti binosi yonida to‘plandi va shahar bo‘ylab yurish qildi. Shuningdek, faxriylar, iste’fodagi harbiy xizmatchilar hamda Armaniston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyan qo‘li ostida ishlagan sobiq xodimlar uni qo‘llab-quvvatlagan holda Respublika Mudofaa vazirligi binosi yonida aksiya o‘tkazdi . Mingga yaqin odam to‘planib, armiya va Gasparyanni olqishladi hamda Nikol Pashinyan hukumatiga qarshi chiqdi. 23-fevral kuni Armaniston bosh vaziri 1in.am kanaliga bergan intervyusida 2020-yilning kuzida Tog‘li Qorabog‘dagi mojaro paytida Yerevan qo‘llagan “Iskander” raketalari “portlamagan yoki 10 foiz qismigina portlagan”ini aytgan . Yerevan Today nashri jurnalistlari Armaniston Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryandan ushbu bayonotga izoh berishni so‘raganida, u uzoq kulgan va “bo‘lishi mumkin emas” deb javob bergan.
192
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi
Media
11:58, 07.03.2021 // 13136
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi. Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida “Biroz xiralashgan dunyo” nomli hujjatli film suratga olindi. “Korrespondent.net”ning yozishicha , film allaqachon prokatga chiqqan. Foto: Conversations About Her Kartina yosh yulduzning shaxsiy hayoti va professional faoliyati haqida hikoya qiladi. Unda kliplarning suratga olish hamda qo‘shiq yozish jarayonlari, Aylishning oila a’zolari bilan munosabatlari, qolaversa, Jastin Biber bilan do‘stligi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Foto: Medialeaks Billining sobiq yigiti Brendon Kventin Adams bilan ayrilishi haqidagi ma’lumotlar esa sujetdagi o‘ziga xoslik sanaladi. Billi reper sifatida ma’lum bo‘lgan Adams bilan 16 yoshida uchrashgan, ammo ularning munosabatlari haqida hech kim bilmagan. Avvalroq Billi Aylishning Bad guy klipi YouTube’da 1 milliarddan ko‘p ko‘rilgani haqida xabar berilgandi .
193
Rossiyada xususiy kosmodrom qurilish loyihasi to‘xtatildi
World
11:37, 07.03.2021 // 10426
Rossiyada xususiy kosmodrom qurilish loyihasi to‘xtatildi. Nijniy Novgorod viloyatida Rossiyaning birinchi xususiy kosmodromining qurilish loyihasi to‘xtatildi. Bu haqda loyiha ustida ishlayotgan “Kosmokurs” xususiy kosmik kompaniyasining bosh direktori Pavel Pushkinga tayanib, Meduza xabar berdi . Foto: Google Photos “RIA Novosti” bilan suhbatda Pushkin byurokratik to‘siqlar haqida shikoyat qilgan . “Kosmodrom ishi bo‘yicha hech narsa hal bo‘lmayapti. Hamma ishni bir-biriga tashlayapti”, — deydi u. Unga ko‘ra, bir yil oldin kompaniya Nijniy Novgorod viloyati hokimiyati bilan kosmodromning sanitariya muhofazasi zonasini muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib olgan. Tegishli loyiha “Rospotrebnadzor”ning Nijniy Novgorod institutiga, keyin Federal biotibbiyot agentligiga, undan keyin Federal “Rospotrebnadzor”ga yuborildi. Kompaniya rahbari hech qanday javob olinmaganini aytgan. Shuningdek, kosmik sayyohlar uchun suborbital raketani yaratish loyihasi bo‘yicha ishlar ham to‘xtatilgan, deya xabar bergan Pushkin “TASS” nashriga. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kosmokurs” ikki yildan buyon loyihalashtirish uchun Mudofaa vazirligidan me’yoriy hujjatlarni ololmayapti.
195
UFC 259. Pyotr Yan taqiqlangan zarba sabab diskvalifikatsiya qilinib, chempionlik kamaridan mahrum etildi
Sport
11:12, 07.03.2021 // 25580
UFC 259. Pyotr Yan taqiqlangan zarba sabab diskvalifikatsiya qilinib, chempionlik kamaridan mahrum etildi. Rossiyalik sportchi Pyotr Yan (15-2) UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 7-mart, yakshanba kuni amerikalik Aljemeyn Sterlingga (20-3) qarshi o‘tkazdi. Foto: UFC Yan Sterlingga qarshi jang orqali o‘zining UFC’ning yengil vazndagi (57—61 kg) chempionlik kamarini himoya qilishi kutilgandi. Besh raundga mo‘ljallangan jang kutilmagan natija bilan yakunlandi. 4-raundda Yan o‘tirgan holatdagi Sterlingga tizza bilan taqiqlangan zarba berib yubordi. Ushbu zarbadan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi. Aljemeyn jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘lgach, hakamlar taqiqlangan zarba sabab Pyotrni diskvalifikatsiya qildi. Shuningdek, ushbu vazndagi chempionlik kamari Sterlingga berildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Maxachevning UFC 259 musobaqasida muddatidan avval g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.
197
Ko‘proq harakat qilish orqali davolash mumkin bo‘lgan 5 kasallik
Health
10:57, 07.03.2021 // 41010
Ko‘proq harakat qilish orqali davolash mumkin bo‘lgan 5 kasallik. O‘troq hayot tarzi spirtli ichimlik va chekishdan ko‘ra ko‘proq sog‘liqqa zarar yetkazadi. Tadqiqotchilar olib borgan izlanishlarga ko‘ra, shunday xulosaga kelmoqda. Odatda, muntazam mashqlar uzoq vaqt o‘tirishdan kelib chiqadigan muammolarning oldini olishga yordam beradi, deb hisoblanadi. Bugungi kunda shifokorlar salomatlikni saqlashning yagona usuli kun davomida qisqa muddatli tanaffuslarda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish ekanligiga amin bo‘lishgan. Tushlik vaqtida qisqa sayohat, 5 daqiqalik cho‘k tushib o‘tirish va egilish, kun oxirida bir necha bor sakrash sog‘liqni saqlaydi hamda og‘ir kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Foto: Pinterest Qandli diabet Diabetologia jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘troq hayot tarzi uchun qancha kam vaqt sarflansa, qand kasali rivojlanish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bu muntazam mashqlarga qaraganda samaraliroq strategiya bo‘lib, inson qancha ko‘p o‘tirsa, qondagi shakar va xolesterin miqdori shuncha yuqori bo‘ladi. 800 ming kishining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rgangan ingliz tadqiqotchilari xuddi shunday natijalarga erishgan.
198
“O‘zbekistonga oltin medal olib kelmoqchi edi”. 13 yoshli sportchi yigit Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
Local
10:36, 07.03.2021 // 138147
“O‘zbekistonga oltin medal olib kelmoqchi edi”. 13 yoshli sportchi yigit Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 5-mart kuni 6-sinf o‘quvchisi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Foto: “Daryo” Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tumanining “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini Alisher Navoiy ko‘chasida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov ehtiyotsizlik oqibatida shu hududdan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketgan. Foto: “Daryo” “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan qishloq ahlining aytishicha, Umidjon Abdusattorov 2008-yilda “Beruniy” mahallasida tug‘ilgan. Mahalladagi 22-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. Maktab yonida joylashgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi mashg‘ulotlariga qatnashgan. Foto: “Daryo” “Bu bola o‘zi ‘Beruniy’ mahallasida yashaydi. Bizning mahallamiz hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanalining bo‘yida baydarka va kanoeda eshkak eshish bazasi bor. Cho‘kib ketgan bola shu klubda yangi o‘rganuvchi bo‘lgan.
199
Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz 800 kg go‘shtni mashina saloni va yukxonasida olib ketayotgan shaxslar aniqlandi
Local
10:15, 07.03.2021 // 21485
Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz 800 kg go‘shtni mashina saloni va yukxonasida olib ketayotgan shaxslar aniqlandi. Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz 800 kilogramm go‘shtni noqonuniy ravishda olib ketayotgan shaxslar aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilgan. Foto: Qashqadaryo viloyati IIB Avtomashinaning saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirilganda, hech qanday veterinariya ma’lumotnomalarisiz har xil qora sellofan paket va qog‘oz qadoqlarda suyaksiz jami 800 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Foto: Qashqadaryo viloyati IIB Go‘sht mahsulotlari Chiroqchi tuman oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
201
Islom Maxachev Dryu Doberni muddatidan avval taslim etib, UFC’dagi ketma-ket 7-g‘alabasiga erishdi
Sport
10:00, 07.03.2021 // 18051
Islom Maxachev Dryu Doberni muddatidan avval taslim etib, UFC’dagi ketma-ket 7-g‘alabasiga erishdi. Rossiyalik sportchi Islom Maxachev (19-1) UFC promoushenidagi navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 7-mart, yakshanba kuni Dryu Doberga qarshi (23-10) o‘tkazdi. Foto: UFC UFC 259 musobaqasi asosiy kardidan o‘rin olgan jang muddatidan avval yakunlandi. Unda Maxachev raqibini 3-raundda bo‘g‘ish usuli bilan taslim qildi. Bu Islom Maxachev uchun UFC promoushenidagi ketma-ket yettinchi g‘alaba bo‘ldi. Qayd etish joiz, Islom UFC’da o‘zining do‘sti va jamoadoshi Habib Nurmagomedov qatnashgan vazn toifasida (66—70 kg) jang qiladi. Islom Maxachev va Dryu Dober o‘rtasidagi jangni bu yerda tomosha qilish mumkin — video . !
202
Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”
World
09:56, 07.03.2021 // 14153
Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”. Perseverance marsoxodi birinchi marta Mars yuzasida “sayr qildi”. Bu haqda NASA Twitter orqali ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”. Marsoxod sayyora yuzasida iz qoldirib, taxminan, besh metr yurgan. I’m on the move! Just took my first test drive on Mars, covering about 16 feet (5 meters). You’re looking at the very beginning of my wheel tracks. Many more to make. pic.twitter.com/7tFIwWFfJ4 — NASA's Perseverance Mars Rover (@NASAPersevere) March 5, 2021 “Men Marsda birinchi sinov tariqasida besh metrga yaqin joyni bosib o‘tdim. Siz mening g‘ildirak izlarimning faqat boshlanishini ko‘rib turibsiz.
203
Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarildi
Local
09:35, 07.03.2021 // 15289
Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarildi. Andijonda Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi xodimlari xandaq qazish jarayonida tuproq bosib qolgan fuqaroni qutqarib oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi . Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qayd etilishicha, hodisa 6-mart kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning Boburshoh ko‘chasida 25 yoshli erkak xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan yo‘l bo‘ylab xandaq qaziyotgan bo‘lgan. Xandaq yuzasiga to‘plangan tuproq ishchining ustiga tushib, bosib qolgan. Holatga guvoh bo‘lganlar darhol Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilgan. Bir necha daqiqada yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari jabrlanuvchini qutqarib, shu vaqtda yetib kelgan tez yordam xodimlariga topshirgan. Yengil jarohatlar olgan erkakka ko‘p o‘tmay kasalxonadan javob berilgan. Bundan avval Qamchiq dovonida 30 daqiqa oralig‘ida ikki mashina xandaqqa tushib ketgani , Toshkent va Samarqand viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqarolar qutqarib olingani hamda Bekoboddagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘inda bir kishining hayoti saqlab qolingani haqida xabar berilgandi.
204
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim – suratlarda
Culture
08:55, 07.03.2021 // 23126
Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim – suratlarda. Xabar berilganidek, Toshkent shahridagi Kongress-hollda 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etib nutq so‘zladi. Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlanib , yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi . Davlat rahbari ushbu mukofotlarni tantanali ravishda egalariga topshirdi. Tadbirda mamlakatning sog‘liqni saqlash, fan-ta’lim, madaniyat, sport, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa bir qator sohalari, davlat boshqaruv organlari, hukumat tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar va qizlar mehmon sifatida ishtirok etdi. “Daryo” fotomuxbiri ushbu tadbirda bo‘lib, uning mehmonlari, e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi. Yotoqxona va davolash xonalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
206
Xakerlar Microsoft dasturidagi zaiflik tufayli AQSh, Yevropa va Osiyoda minglab tashkilotlarga hujum uyushtirdi
World
08:34, 07.03.2021 // 10607
Xakerlar Microsoft dasturidagi zaiflik tufayli AQSh, Yevropa va Osiyoda minglab tashkilotlarga hujum uyushtirdi. AQShdagi 20 mingdan ziyod xususiy kompaniyalar va davlat tuzilmalari, shuningdek, Yevropa va Osiyodagi o‘nlab tashkilotlar Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, xabarnomalar almashinuvini ta’minlovchi Exchange Server dasturi tufayli xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda AQSh hukumatining axborotiga ega bo‘lgan manbaga asoslanib, Reuters agentligi xabar tarqatgan . Foto: Reuters Xakerlar tashkilotlar foydalanadigan pochta serverlariga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Ular holatlarning 10 foiz qismida Exchange Server dasturidagi zaiflikdan serverlarga qayta kirish va tarmoqni zararlashda foydalangan. Hujumlar bir nechta maqsadlarni ko‘zlagan holda 2020-yil oxirida boshlangan va 2021-yil fevral oyida keng miqyosdagi kiberhujum kampaniyasiga aylanib ketgan. AQShda bu borada tergov ishlari boshlangan va uning ishtirokchilaridan biri hujumlardan keyin AQShdagi shahar ma’muriyatlari va kichik biznes vakillarining kredit ittifoqlari tizimlarini hanuzgacha masofadan boshqarish imkoniyati saqlanib turganini bildirgan. 2-mart kuni Microsoft dasturni favqulodda yangilagan, biroq 5-mart holatiga ko‘ra yangilangan nusxani hujumga uchragan qurilmalarning bor-yo‘g‘i 10 foiz qismi yuklab olgan. AQSh hukumati hujumning qurboni bo‘lgan tashkilotlarning aniq sonini bilmoqchi va bu borada kompaniya mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanadi. O‘z navbatida Microsoft dastlabki hujumlar ortida Xitoy hukumati bilan aloqador xakerlar turibdi deb hisoblamoqda .
207
Andijonda yomg‘ir chuvalchangi boquvchilar birlashmasi tuziladi
Local
07:54, 07.03.2021 // 14090
Andijonda yomg‘ir chuvalchangi boquvchilar birlashmasi tuziladi. Andijon viloyati Xonobod shahrida O‘zbekiston so‘ljon (chuvalchang) boquvchilar birlashmasini tuzish bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda O‘zA. Foto: O‘zA Qayd etilishicha, yomg‘ir chuvalchanglari yerning meliorativ holatini, hosildorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi qadimdan ma’lum. Chuvalchanglarning tuproq unumdorligini oshirishdagi rolini dastlab ingliz tabiatshunos olimi Gilbert Uayt aniqlagan va bu borada qator tadqiqotlar olib borgan. U o‘z tadqiqotlaridan kelib chiqib, 1789-yilda “Yomg‘ir chuvalchanglarisiz tuproq sovuq va to‘yimsiz, unumsiz bo‘lardi” degan fikrni ilgari surgan. Umuman, chuvalchanglarning yer unumdorligini oshirishdagi foydasi to‘g‘risida yevropalik olimlar tomonidan qator ilmiy asarlar yaratilgan. Ma’lum qilinishicha, XX asr o‘rtalariga kelib odamlar bu chuvalchanglardan amalda foydalana boshlagan. Yomg‘ir chuvalchanglarini sun’iy ko‘paytirishga ixtisoslashgan dastlabki xo‘jaliklar Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQShda yuzaga keldi. Biroq bu xo‘jaliklarda chuvalchanglar gumus uchun emas, balki baliq ovlash uchun xo‘rak sifatida ko‘paytirilar edi. Faqat oradan o‘n yil o‘tib, 50-yillarning o‘rtasida AQShda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorining oshib ketishi muammosi yuzaga kelgan bir vaqtda olimlar biogumusni sun’iy ishlab chiqarish xususida amaliy ishlarni boshlagan.
209
O‘zbekistonda 2020-yilda 9 ming nafardan ortiq ishsiz jinoyat sodir etgan
Local
07:12, 07.03.2021 // 8216
O‘zbekistonda 2020-yilda 9 ming nafardan ortiq ishsiz jinoyat sodir etgan. Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida parlament yuqori palatasining o‘n uchinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda . Xususan, ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020-yil yakuni bo‘yicha axboroti ko‘rib chiqildi. Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan tizimli ishlar natijasida umumiy jinoyatlarning 95,2 foizi fosh etilgan, shuningdek, tergov organlari qidiruvida bo‘lgan 2 ming 446 nafar shaxs ushlangan va 436 nafar bedarak yo‘qolganlar topilgan. Jami 20 ming 994 ta jinoyat aniqlangan. Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2020-yilda respublika miqyosida 62 ming 81 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri kelgan. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 2020-yilda 5 ming 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 ming 520 ta jinoyat sodir etilgan. Jumladan, oila-turmush doirasida tazyiqqa uchragan xotin-qizlarning 14 ming 774 nafariga “himoya orderi” berilgan bo‘lsa, shundan 317 ta holatda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan.
211
La Liga. “Barselona” safarda g‘alaba qozonib, peshqadam “Atletiko” bilan oradagi farqni qisqartirdi
Sport
03:23, 07.03.2021 // 17588
La Liga. “Barselona” safarda g‘alaba qozonib, peshqadam “Atletiko” bilan oradagi farqni qisqartirdi. Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 26-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 6-mart, shanba kuni bo‘lib o‘tdi. Foto: Goal “Barselona” safarda “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 30-daqiqasida Lionel Messining uzatmasidan keyin Xordi Alba darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalariga kelib Ilaysh Moriba “Barselona” safidagi debyut golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2. Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” ochkolarini 56 taga yetkazib oldi va ikkita zaxira o‘yiniga ega peshqadam “Atletiko”dan 2 ochko ortda qolmoqda. “Osasuna” (28) esa 13-pog‘onadan joy olgan. “Osasuna” — “Barselona” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video .
212
Israel Adesanya, Islom Maxachev, Pyotr Yan. 7-mart tongida UFC 259 musobaqasi o‘tkaziladi
Sport
00:29, 07.03.2021 // 11288
Israel Adesanya, Islom Maxachev, Pyotr Yan. 7-mart tongida UFC 259 musobaqasi o‘tkaziladi. AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 7-mart tongida UFC 259 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Foto: UFC Unda uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi. Yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Yan Blahovich o‘rta divizion chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko‘tariladi. O‘ta yengil vazn chempioni Pyotr Yang Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qiladi. Ayollar divizioni umumiy reytingi yetakchisi Amanda Nunyes esa Megan Anderson bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, asosiy karddan rossiyalik yakkakurashchi Islom Maxachev va Dryu Dober o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 03:30 da boshlandi . Asosiy kard esa soat 08:00 dan start oladi.
215
Gruziya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning yana uchta davlatidan uchib keluvchi fuqarolarni qabul qilishni boshladi
Local
23:57, 06.03.2021 // 9433
Gruziya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning yana uchta davlatidan uchib keluvchi fuqarolarni qabul qilishni boshladi. Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi. Qaror 5-mart kuni idoralararo muvofiqlashtirish kengashi tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi mamlakat hukumati matbuot xizmatiga asoslanib “Gazeta.uz”. Foto: “News.Mail.ru” Endi yuqorida qayd etilgan to‘rt mamlakat fuqarolari parvozdan avvalgi 72 soat ichida topshirilgan PZR-test tahlilining manfiy natijasi asosida Gruziyaga uchib kelishlari mumkin. Tashrif buyuruvchilar mamlakatga kelganining uchinchi kuni o‘z mablag‘lari hisobidan qayta test tahlili topshirishlari shart. Shu bilan birga, quruqlik va dengiz chegaralari sayyohlar uchun yopiq bo‘lib qolmoqda. Imtiyozlar mamlakatga samolyotda uchib kelganlar uchungina amal qiladi. Shuningdek, 1-martdan boshlab Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari ham koronavirus testining manfiy natijasi bilan Gruziyaga kirishi mumkin . Avvalroq xuddi shu qoidalar Yevropa Ittifoqi, Isroil, Shveysariya, Norvegiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Qatar, BAA, Bahrayn va Turkiya fuqarolari uchun joriy qilingandi. Epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi tufayli Gruziya rasmiylari 2020-yil martidan boshlab amal qilgan muntazam parvozlarga qo‘yilgan taqiqni 2021-yil 1-fevral kuni butunlay bekor qildi .
217
Qashqadaryo hokimligi Yoshlar ishlari agentligining viloyatdagi mas’uli ishdan olinmaganini ma’lum qildi. Manbalar esa uning ishdan ketganini ta’kidlamoqda
Local
23:19, 06.03.2021 // 11811
Qashqadaryo hokimligi Yoshlar ishlari agentligining viloyatdagi mas’uli ishdan olinmaganini ma’lum qildi. Manbalar esa uning ishdan ketganini ta’kidlamoqda. Qashqadaryo viloyati hokimligi Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Omonovning ishdan olinmaganini ma’lum qildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmatining Telegramdagi rasmiy kanalida xabar berildi . Ta’kidlanishicha, Shohjahon Omonovga oxirgi imkoniyat berilgan. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokidagi 2021-yilning 5-mart kuni boshqarma binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shohjahon Omonovga so‘nggi imkoniyat berilgan. “Daryo” manbalari esa, o‘sha kungi yig‘ilishda Alisher Sa’dullayev Shohjahon Omonovni ishdan olganini, o‘rniga boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Temur Poyonovni uch oylik sinov davri bilan vazifaga tayinlaganini aytgandi. Shuningdek, agentlik direktori Alisher Sa’dullayev “Daryo” muxbiri bilan muloqotida boshqarma boshlig‘ini ishdan olishga qaror qilganini, ammo bu haqda rasmiy hujjatlarga imzo chekmaganini bildirgandi. “Daryo” manbalarining qo‘shimcha qilishicha, lavozimida qolgani aytilayotgan Shohjahon Omonov kecha agentlikning barcha xodimlari, tuman va shahar bo‘limi rahbarlari bilan xayrlashgan. Shuningdek, bugun, 6-mart kuni ham ishga chiqmagan.
219
Qoraqalpog‘istonda bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Local
22:59, 06.03.2021 // 19789
Qoraqalpog‘istonda bir oilaning 4 a’zosi va mehmon is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Qoraqalpog‘istonda besh nafar, jumladan, ikki voyaga yetmagan shaxs vafot etdi, deya xabar qilmoqda respublika prokuraturasi. Qayd etilishicha, 2021-yil 6-mart kuni soat 11:30 larda To‘rtko‘l tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, To‘rtko‘l tumani, “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U. (erkak) va uning qizlari R.S. (2003-yilda tug‘ilgan), R.A. (2010-yilda tug‘ilgan) va o‘g‘li R.M. (2005-yilda tug‘ilgan) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
220
Rossiyaning HammAli & Navai dueti tarqalib ketganini e’lon qildi
Media
22:45, 06.03.2021 // 23675
Rossiyaning HammAli & Navai dueti tarqalib ketganini e’lon qildi. Rossiyadagi mashhur HammAli & Navai musiqiy guruhi tarqalib ketdi. Aleksandr Aliyev va Navai Bakirov Popcake’ga bergan intervyusida endilikda yakkaxon loyihalar bilan shug‘ullanishlarini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Foto: Instagram / HammAli Navai “Ha, bu haqiqat. Biz tarqalyapmiz. Xohlagan barcha narsamizga erishdik. Endi har kimning o‘z yo‘li bor. Biz dushman emasmiz, do‘st bo‘lib qolamiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi duet ishtirokchilar. Artistlarning so‘zlariga ko‘ra, ular so‘nggi albomini chiqarishni va birgalikdagi yakuniy turni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ma’lumot uchun, HammAli & Navai dueti besh yil faoliyat ko‘rsatdi.
221
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Urganchga keldi
Local
22:11, 06.03.2021 // 9751
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya Urganchga keldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiya 6-mart kuni O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. Foto: “Dunyo” axborot agentligi Urganch aeroportida mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Xabar qilinishicha, Turkiya delegatsiyasi 6–9-mart kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari raisligidagi Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, tashrif dasturida Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bundan avval Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshlagani hamda Anqarada Muhammad al-Xorazmiy sharafiga yodgorlik o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.
223
Zinedin Zidan “Real”ning “Atletiko”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi
Sport
22:10, 06.03.2021 // 16236
Zinedin Zidan “Real”ning “Atletiko”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Madridning “Real” klubi La Liga 26-turi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi . Foto: Twitter/@realmadrid Zinedin Zidan qaydnomaga 20 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Serxio Ramos, Daniel Karvaxal va hujumchi Eden Azar jarohat tufayli o‘yinda ishtirok etolmaydi. Karim Benzema esa qisqa muddatli jarohatdan keyin safga qaytgan. “Atletiko” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 7-mart kuni soat 20:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalarning 1-davradagi o‘yinida “Real” 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. !
224
Yaponiyada 37 yillik Toyota Corolla “xachiroku” 55 ming dollar narxida sotuvga qo‘yildi (foto)
Tech
21:42, 06.03.2021 // 12926
Yaponiyada 37 yillik Toyota Corolla “xachiroku” 55 ming dollar narxida sotuvga qo‘yildi . Buyuk Britaniyada 1984-yilda ishlab chiqarilgan Toyota Corolla Levin AE86 39 995 funt sterling qiymatida sotuvga qo‘yildi. Modelning bu kabi yuqori narxi avtomobilning ideal darajadagi holati hamda ikki eshikli mashina drift ixlosmandlari uchun noyobligi bilan izohlanmoqda, deb xabar beradi Motor. Foto: Pistonheads Toyota Corolla Levin (shuningdek, Corolla AE nomi bilan ham mashhur) 1983-yildan 2000-yilga qadar Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Ajoyib boshqaruvchanlikka ega orqa uzatmali yengil kupe va xetchbeklar drift ixlosmandlari orasida tezda mashhurlikka erishgan. Yaponiyadagi ko‘cha poygalari ishqibozlari birinchi avlod Corolla AE’ni “drift qirolichasi” deb atagan va modelga “Xachiroku” degan nomni bergan, yaponchada bu “86” degani. Foto: Pistonheads Sotuvga qo‘yilgan nusxa ideal holatda saqlangan. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, 37 yillik Corolla’ning original tashqi ko‘rinishi, jumladan, kuzovidagi kanonik oq-qora chizgilar ham original saqlangan. Ikki eshikli mashina interyeri ham xuddi zavoddan chiqqan holatdagidek. GT Apex uslubidagi Toyota saloni klassik model uchun qizil-qora ranglarda ishlangan va Pioneer magnitolasidan tashqari hech qanday modifikatsiya amalga oshirilmagan.
225
Estoniya bosh vaziri o‘zini 6 kun izolyatsiya qildi
World
21:27, 06.03.2021 // 11792
Estoniya bosh vaziri o‘zini 6 kun izolyatsiya qildi. Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas koronavirus bilan kasallangan odam bilan aloqada bo‘lganidan so‘ng 5-martdan boshlab o‘zini izolyatsiya qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi . Foto: “unn.com.ua” “Men bugun (juma) COVID-19 testi ijobiy chiqqan odam bilan haftaning boshida aloqada bo‘lganimni bildim”, — deb yozgan bosh vazir Facebook sahifasida. Shu sababli Kallas 11-martgacha izolyatsiya qilinadi. Vazirning aytishicha, 4-mart kuni topshirgan testida koronavirus aniqlanmadi. “Men o‘zimni yaxshi his qilyapman, virus simptomlari yo‘q. Ishimni masofaviy davom ettiraman va Sog‘liqni saqlash departamentining ko‘rsatmalariga amal qilaman. Iltimos, ijtimoiy masofani saqlang, atrofdagilar bilan aloqalarni qisqartiring va sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling”, — dedi Kallas. Estoniya hukumatining matbuot xizmatiga ko‘ra, mart oyida Vazirlar mahkamasi va hukumat majlislari videoaloqa orqali o‘tkaziladi.
226
Farg‘onada fuqaroning 71 200 dollari va 1 mlrd so‘mdan ortiq pullarni o‘zlashtirib, xorijga chiqib ketgan shaxsga jinoiy ish ochildi
Local
21:13, 06.03.2021 // 20698
Farg‘onada fuqaroning 71 200 dollari va 1 mlrd so‘mdan ortiq pullarni o‘zlashtirib, xorijga chiqib ketgan shaxsga jinoiy ish ochildi. Farg‘onada fuqaroning katta miqdordagi pullarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirib, xorijga chiqib ketgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti. Qayd etilishicha, 2020-yilning iyul oyidan dekabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 31 yoshli H.T. Qo‘qon shahrining turli hududlarida tanishi 38 yoshli K.I.ga bank tizimi pul o‘tkazmalari orqali pullarini aylantirib, ko‘p foyda olishi mumkinligiga qiziqtiradi. Shundan so‘ng H.T. K.I.dan jami 71 200 AQSh dollar va 1 milliard 9 million 258 ming so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuboradi. Olib borilgan tergov harakatlari jarayonida aniqlanishicha, K.I. Qo‘qon shahrida joylashgan xususiy korxona rahbari bo‘lib, “Agrobank” Qo‘qon shahri filiali mijozi ekanligini aytgan. U ushbu bank xodimi H.T.
227
Bollivud yulduzi Ayshvariya Rayning pokistonlik qiyofadoshi topildi (foto, video)
Media
20:42, 06.03.2021 // 63879
Bollivud yulduzi Ayshvariya Rayning pokistonlik qiyofadoshi topildi (foto, video). Amna Imran − Ayshvariya Rayning pokistonlik qiyofadoshi. Amna “Dunyo go‘zali” bilan o‘xshashlikdan unumli foydalangan holda unga o‘xshash suratlarini Instagram sahifasiga joylashtirib boradi. Bu haqda Bollywoodtime xabar berdi . Foto: Bollywoodtime Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni ko‘rganidan so‘ng Amna mashhur bo‘lib, Pokiston kinoijodkorlari e’tiborini tortdi. Ko‘pchilik unga allaqachon filmlarda o‘ynash taklifi bilan murojaat qilgan. Ammo qiz hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan. Foto: Instagram / @aamna_imrann Ma’lumotlarga ko‘ra, Amna AQShda tibbiyot mutaxassisi. Uning butun oilasi tibbiyot xodimi, ammo Imran kasbini o‘zgartirishga va aktrisa bo‘lishga qarshi emas. Foto: Instagram / @aamna_imrann “Menga Pokistondan bir nechta takliflar tushdi.
229
Shavkat Mirziyoyevning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqi
Local
20:26, 06.03.2021 // 29777
Shavkat Mirziyoyevning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqi. Toshkent shahridagi Kongress-xollda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etib, nutq so‘zladi hamda bir guruh xotin-qizlarni mukofotlar bilan taqdirladi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Quyida Prezident nutqining to‘liq matni taqdim etiladi: Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar! Hurmatli opa-singillar! Munis va lobar qizlarim! Avvalo, siz azizlarni, butun yurtimiz ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa. Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yer-u osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz.
230
Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi
Local
20:05, 06.03.2021 // 18059
Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini borib ko‘rdi. Yotoqxona va davolash xonalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Foto: “Daryo” / Madina Nurman Foto: “Daryo” / Madina Nurman Davlat rahbari muassasada yashayotgan faxriylar bilan suhbatlashdi. “Bu yerga kelib, Vatanimiz uchun ko‘p mehnat qilgan sizdek mo‘tabar insonlar bilan uchrashib turganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, bu yerdagi aziz onaxonlarimizni, shifokor ayollarimizni yaqinlashib kelayotgan 8-mart bayrami bilan tabriklayman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Foto: Prezident matbuot xizmati Nuroniylar davlat rahbariga tashrifi, keksa avlodga e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. Urush va mehnat faxriylari pansionatida 138 nuroniy davlat ta’minotiga olingan. Prezident bu yerda madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun yangi bino hamda pansionatga tutash 3 gektar maydonda Nuroniylar parkini barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
231