article_title
stringlengths
7
231
article_category
stringclasses
10 values
article_metadata
stringlengths
21
29
article_body
stringlengths
24
2.07k
article_id
int64
1
190k
Rasman: Rossiyada o‘z o‘rnini topolmagan Jasur Jaloliddinov “Andijon” futbolchisiga aylandi
Sport
20:03, 06.03.2021 // 15582
Rasman: Rossiyada o‘z o‘rnini topolmagan Jasur Jaloliddinov “Andijon” futbolchisiga aylandi. O‘zbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinov faoliyatini “Andijon” klubida davom ettiradi. Foto: “Andijon” FK Andijonliklar matbuot xizmati 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman ma’lum qildi . Eslatib o‘tamiz, Jaloliddinov 2020-yilda Moskvaning “Lokomotiv” klubiga yo‘l olgandi. Biroq Jasur “temiryo‘lchilar” asosiy jamoasida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmadi va “Tambov”ga ijaraga berildi. “Tambov”da ham futbolchi Rossiya Premyer Ligasida birorta o‘yin o‘tkazmadi. 2021-yil boshida Jaloliddinov “Lokomotiv M” bilan shartnomani bekor qildi va erkin agentga aylangandi. Jasur Jaloliddinov — 2002-yil 15-mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018-yil 2-avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut o‘yinini “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazgan . U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi.
232
APL. “Arsenal” safarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Sport
19:45, 06.03.2021 // 14632
APL. “Arsenal” safarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 27-turida “Arsenal” 6-mart, kuni “Byornli” maydonida safar qildi. Foto: Twitter Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Pyer-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 39-daqiqada Kris Vudning goli bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim to‘liq “kanonirlar” tomonidan bo‘ldi, ayniqsa so‘nggi daqiqalarda mehmonlar qator imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Shu tariqa hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. “Arsenal” 38 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda, “Byornli” (30) esa 16-pog‘onadan joy olgan “Byornli” — “Arsenal” uchrashuvidagi gollarni bu yerda tomosha qilish mumkin — havola . APL 27-tur bahsi 6-mart, shanba Gollar: 0:1 – 6 Obameyang, 1:1 – 39 Vud. “Byornli”: Poup, Teylor (Piters, 63), Mi, Tarkovski, Louton, Gudmundsson (Breydi, 68), Braunhill, Vestvud, Maknil, Vidra (Rodriges, 86), Vud.
234
Buyuk Britaniyada havoda “muallaq turgan” kemalar suratga olinmoqda. Bunday optik illyuziyalarni Arktikada muntazam uchratish mumkin
World
19:42, 06.03.2021 // 24015
Buyuk Britaniyada havoda “muallaq turgan” kemalar suratga olinmoqda. Bunday optik illyuziyalarni Arktikada muntazam uchratish mumkin. Buyuk Britaniyaning Falmaut shahri portida havoda “muallaq turgan” kema paydo bo‘ldi. Biroq u oxir-oqibat optik illyuziya bo‘lib chiqqan, deb yozadi Esquire. Foto: Twitter / Kolin Makkalum Meteorolog Devid Breynning so‘zlariga ko‘ra, sarob havo haroratining inversiyasi sabab yuzaga kelishi mumkin — yorug‘lik nurlari sinadigan “alohida atmosfera sharoitida”. Bu kabi hodisani Akrtikada tez-tez uchratish mumkin, biroq qishda Buyuk Britaniyada bunaqasi juda kam sodir bo‘ladi. Optik illyuziya holatida gorizont chizig‘idan pastda bo‘lgan obyektlar ham ko‘rina boshlaydi. Shu turdagi hodisani fevral boshida Kolin Makkalum ismli fuqaro Shotlandiyaning Banf shahrida kuzatgan . Uning Daily Record nashriga tushuntirishicha , kema bulutsiz zonada joylashgan, shu sababli osmon dengizda akslangan va u bilan qo‘shilib ketgan. Foto: Twitter / Tonyboooo Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “butilka” cho‘qishtirib turgan erkaklar tasvirlangan yana bir optik illyuziyali surat keng muhokamalarga sabab bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi .
235
Xitoy nafaqa yoshini uzaytiradi
World
19:27, 06.03.2021 // 27053
Xitoy nafaqa yoshini uzaytiradi. Xitoyda o‘n to‘rtinchi besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasini (2021-2025) amalga oshirish jarayonida pensiya yoshi asta-sekin uzaytirib boriladi, dedi Xitoy xalq respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi . Shu o‘rinda, Li Kesyan hukumat “tug‘ilishning me’yoriy darajasiga erishish uchun ishlash”, shuningdek, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish niyatida ekanini e’tirof etdi. Xitoyning avvalgi “bir oila — bir farzand” siyosati mamlakat aholisining tabiiy keksayishiga olib keldi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Xitoyda 2035-yilgacha ikkita ishchi bitta nafaqaxo‘rni boqadi, 2050-yilgacha aholining 35 foizini nafaqa yoshidagilar tashkil qiladi. Bugungi kunda Xitoyda erkaklar 60 yoshda, ayollar esa 55 yoshda nafaqaga chiqishi mumkin. Avvalroq Xitoyda tug‘ilish darajasining pastligi mamlakat iqtisodiyotiga xavf solishi haqida xabar berilgan edi.
236
O‘zbekistonda 1-aprelga qadar mahallalar, MTT va avtomobil holati bo‘yicha elektron tizimlar yaratiladi
Local
19:11, 06.03.2021 // 21358
O‘zbekistonda 1-aprelga qadar mahallalar, MTT va avtomobil holati bo‘yicha elektron tizimlar yaratiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 5-mart kuni “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
237
Aleksandr Yemelyanenko qo‘shiqchi Jigan bilan jang qiladi
Sport
19:01, 06.03.2021 // 37963
Aleksandr Yemelyanenko qo‘shiqchi Jigan bilan jang qiladi. Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko va reper Jigan o‘zaro jang o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Foto: Instagram Tomonlar nigohlar to‘qnashuvida qatnashdi. Har ikkisi o‘zaro jang borasida kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, jang boks qoidalari bo‘yicha bo‘ladi. Jang haqidagi qolgan ma’lumotlar hozircha ochiqlanmagan. Yemelyanenko so‘nggi bor 2020-yilning iyulida Magomed Ismailovga qarshi jang qilgan va uchinchi raundda nokautga uchragandi. Undan avval Aleksandr strongmen Mixail Koklyayevga qarshi boks qoidalari bo‘yicha jang qilgan va birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi . !
238
Fathulla Mas’udovning rafiqasi: “Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman”
Media
18:58, 06.03.2021 // 79547
Fathulla Mas’udovning rafiqasi: “Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman”. 2020-yilning 30-avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov ning rafiqasi Gulira’no Mas’udova “Mirsodiqova bilan” YouTube-kanaliga intervyu berdi. Foto: Instagram / @_abdullohfathullayevich “Spektaklga tushdim, birinchi qatorda o‘tiribman. ‘Sizsiz o‘tmas kunlarim’ qo‘yilayotgan edi. Shu kunlari menga e’tiborlari kamayib ketgan, judayam ishlari bilan band bo‘lib ketib, asabiy bo‘lib yurgandim. Dilnoza Kubayeva bila partnyor bo‘lib o‘ynayaptilar. Qarab o‘tiribman: bitta quchoqladilar, ikkita quchoqladilar. Dilnoza Kubayeva — mening idealim. Undagi quvnoqlik, ochiqlik menga yetishmaydi. Fe’lim og‘ir-bosiq.
239
Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Local
18:35, 06.03.2021 // 67272
Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida qora rangli Nexia-3 avtomobilida taksichilik qilgan noma’lum erkak 10 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi . Ma’lum qilinishicha, 28-fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan. Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda.
241
“Paxtakor” Samarqandda “Nasaf”ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi
Sport
18:06, 06.03.2021 // 23343
“Paxtakor” Samarqandda “Nasaf”ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari 6-mart, shanba kuni o‘zaro bahsga kirishdi. Foto: PFL Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda toshkentliklar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Dragan Cheran tomonidan urilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi. Shu tariqa “Paxtakor” Piter Hyuistra qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yinda sovrin yutib oldi. “Sherlar” 2020-yilgi mavsumda O‘zbekiston Superligasi, mamlakat Kubogi va Liga Kubogida zafar quchgandi. Cheranning yagona golini bu yerda tomosha qilish mumkin — video . O‘zbekiston Superkubogi—2021 6-mart, shanba Gol: 1:0 – 50 Cheran.
243
Qanday shimlar semiz ko‘rsatadi? Kiyish tavsiya etilmaydigan 7 ta model (foto)
Media
17:58, 06.03.2021 // 17652
Qanday shimlar semiz ko‘rsatadi? Kiyish tavsiya etilmaydigan 7 ta model . Qomat qanchalar chiroyli yoki aksincha bo‘lishiga qaramay, tanlangan kiyimlar to‘ladan kelgan yoki ozg‘in qilib ko‘rsatishi mumkin. Quyida tavsiya etilgan modellardan ham iloji boricha uzoqroq bo‘lgan ma’qul. Sababi ular har qanday go‘zal xonimni odatdagidan to‘laroq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Foto: Cosmopolitan Ancha vaqt davomida urfda bo‘lgan qalamcha bichimidagi shimlar ham qomatni semiz qilib ko‘rsatadi. Garchi bu kabi shimlar hozir trendda bo‘lmasa-da, undan hali voz kechmagan qizlar bor. Beldan pastga torayib ketgan ushbu shim hajmni boricha ta’kidlaydi va ko‘proq e’tiborni jalb etadi. Foto: Cosmopolitan Jinsi shimdagi ortiqcha cho‘ntak, bezak, yirtiq yoki yamoqlar ham qomatni mislsiz darajada semiz ko‘rsatadi. Ortiqcha vaznga egadek ko‘rinishni istamaganlarga iloji boricha ortiqcha detallari kam bo‘lgan shimlar tavsiya etiladi.
245
Olmaliqda tunda fuqarolar tinchligini buzgan haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritildi
Local
17:48, 06.03.2021 // 14535
Olmaliqda tunda fuqarolar tinchligini buzgan haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritildi. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yo‘l harakati qoidalari talablarini buzib, boshqa haydovchilarga xalaqit bergan holda manyovrlarni amalga oshirgan, shuningdek, shovqin solib, fuqarolar tinchligini buzgan haydovchilar aniqlandi. Bu haqda shahar IIB axborot xizmati xabar berdi . Foto: Olmaliq shahar IIB 5-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida bir guruh shaxslar avtomashinada yo‘l harakati qoidalari talablarini buzgan holda boshqa haydovchilarga xalaqit berib manyovrlar qilgani, shovqin solib fuqarolar tinchligini buzgani aks etgan video tarqatilib , keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB nazoratida Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan o‘rganilgan va huquqbuzarlarga tegishli chora ko‘rilishi ta’minlangan. Voqeada ishtirok etgan barcha shaxslar shahar IIB xodimlari tomonidan aniqlangan hamda holatga oydinlik kiritish maqsadida IIBga taklif qilingan. Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4-mart kuni Olmaliq shahar beshinchi kichik nohiyasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan A.T.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan olti nafar (Sh.T., A.I., J.A., Sh.O., I.A., N.U.) 20-25 yosh orasidagi yoshlar mehmonga kelgan.
246
Bahorgi allergiya simptomlarini yengillashtiradigan tavsiyalar
Health
17:37, 06.03.2021 // 8517
Bahorgi allergiya simptomlarini yengillashtiradigan tavsiyalar. Mavsumiy allergiyasi bor insonlarda salomatlik bilan bog‘liq turli muammolar kuzatilishi mumkin. Ayrim odatlarga o‘zgartirish kiritish orqali esa ushbu kasallikka xos simptomlarni kamaytirsa bo‘ladi. Foto: Freepik Konditsioner filtrini tozalang Qishdan bahorga o‘tish arafasida konditsioner filtrini tozalang yoki boshqa filtr o‘rnating. Qancha ko‘p kirlanadigan bo‘lsa, u orqali changlar xona ichiga shuncha ko‘p tarqaydi. Bu esa allergiya simptomlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing Shifokorlar quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakni yil davomida taqish kerakligini ma’lum qiladi. Kuz va qishda ultrabinafsha nurlari, ayniqsa, ko‘zlar uchun xavfli bo‘ladi hamda melanomaga olib kelishi mumkin. Mavsumiy allergiyadan aziyat chekadiganlarda ushbu xavf yuqori bo‘ladi. Changlar ko‘zga tushib, ko‘z qizarishi, qichishi va boshqa simptomlar kuzatilishi mumkin.
247
AQSh sudi qora tanli Jorj Floydni o‘ldirgan sobiq politsiyachiga qarshi ayblovlarning bir qismini bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqadi
World
17:25, 06.03.2021 // 3555
AQSh sudi qora tanli Jorj Floydni o‘ldirgan sobiq politsiyachiga qarshi ayblovlarning bir qismini bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqadi. AQShning Minnesota shtatidagi Apellyatsiya sudi qora tanli Jorj Floydni o‘ldirishda ayblanayotgan sobiq politsiya xodimi Derek Shovinga qarshi ayblovlarning bir qismi olib tashlangani to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy Star Tribune gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi . Foto: Yandex Star Tribune gazetasi xabariga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish haqidagi qaror ishning mohiyatini qo‘zg‘atish rejalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi hali aniq emas. Minnesota shtatidagi sud ishlari 8-mart kuni boshlanishi kutilmoqda. Birinchi bo‘lib tomonlarning hakamlar hay’atini tanlash kerak bo‘ladi. Dastlab Shovin uchinchi darajali qotillik, ya’ni odam o‘ldirishda ayblangan edi. Keyinchalik prokuratura uni ikkinchi darajali qotillikda ham ayblashni talab qildi. Bu davlat qonunchiligiga ko‘ra ancha og‘ir jinoyat bo‘lib, unga ko‘ra boshqa jinoyatni sodir etishga urinish paytida odam o‘ldirish nazarda tutiladi. Prokuratura ushbu ish bo‘yicha sobiq politsiyachining Floydga qilgan hujumni yana bir jinoyat deb hisoblaydi.
248
Ayrim futbol qoidalariga o‘zgarish kiritildi
Sport
17:17, 06.03.2021 // 14826
Ayrim futbol qoidalariga o‘zgarish kiritildi. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (IFAB) ayrim futbol qoidalariga o‘zgarish kiritdi . Foto: FIFA Endi to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tasodifan tegib ketadigan bo‘lsa, o‘sha o‘yinchi yoki uning jamoadoshi tomonidan urilgan gol inobatga olinadi. Bunga qadar to‘p hujum qilayotgan jamoa futbolchisining qo‘liga tegadigan bo‘lsa, bu qoidaga xilof hisoblanib, gol va golga tortadigan vaziyatlar inobatga olinmayotgan edi. Shu bilan birga IFAB mazkur vaziyatda qo‘lning qay tariqa turgani va futbolchining harakatini baholashni hakamlarning ixtiyoriga topshirilishini ma’lum qildi. Mazkur qaror 2021-yilning 1-iyulidan kuchga kiradi, biroq ligalarga qarorni muddatidan avval amaliyotga kiritishga ruxsat berildi. !
249
Netflix mobil dasturida qisqa kulgili videolarga ega TikTok muqobili ishga tushirildi
Tech
16:59, 06.03.2021 // 4732
Netflix mobil dasturida qisqa kulgili videolarga ega TikTok muqobili ishga tushirildi. Netflix platformasi o‘zining mobil dasturida qisqa yumoristik videolar — striming servisdagi shoular, kino va seriallardan parchalar ulashish mumkin bo‘lgan lentani ishga tushirdi, deb xabar beradi Esquire. Foydalanuvchilar formati jihatidan uni TikTok’ga qiyoslamoqda. Foto: Unsplash Bo‘lim “Darrov kulgi” (Fast Laughs) nomini olgan. TikTok’dan farqli o‘laroq, foydalanuvchilar u yerga o‘zlarining shaxsiy roliklarini yuklay olmaydi — lenta faqat Netflix kontentini ko‘rsatadi. Videoni ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashish mumkin, layklar o‘rniga Lol emojisidan foydalanish taklif etiladi. “‘Darrov kulgi’ funksiyasi seriallar, filmlar va stendap-chiqishlarni ro‘yxatingizga qo‘shish, shuningdek, ularni darhol tomosha qilish imkonini beradi”, — deyiladi kompaniya xabarida. Hozirda funksiyadan faqat iPhone qurilmalarida foydalanish mumkin, biroq uni Android’lar uchun ham testdan o‘tkazish boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelida YouTube Xitoyning TikTok servisiga raqobatchi yaratish ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi . Instagram interfeysiga o‘zgartirish kiritildi.
251
Ekvador ichki ishlar vaziri iste’foga chiqqanini e’lon qildi, u ishdan ketishiga sabablardan biri sifatida koronavirusga chalinganini keltirdi
World
16:47, 06.03.2021 // 10846
Ekvador ichki ishlar vaziri iste’foga chiqqanini e’lon qildi, u ishdan ketishiga sabablardan biri sifatida koronavirusga chalinganini keltirdi. Ekvador ichki ishlar vaziri Patrisio Pasminyo iste’foga chiqdi. Siyosatchi davlat rahbariga yo‘llagan murojaatini Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb yozadi “TASS”. Foto: Reuters “Ichki ishlar vazirligi rahbarligidan iste’foga chiqarishni so‘rab, qaytarib bo‘lmas xat yuborish — bu mening shaxsiy qarorim”, — deyiladi hujjatda. Pasminyo bunga sabablar qatorida, uning fikriga ko‘ra, o‘zining vazir sifatidagi faoliyatiga nisbatan nohaq tanqidlar va sog‘lig‘idagi muammolarni keltirdi. Unda koronavirus aniqlangan. Ma’lumot uchun, fevral oyi oxirida Ekvadordagi uchta qamoqxonada ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga narkotik sotuvchilarning jangovar uyushmalari o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Tartibsizliklar paytida 79 mahbus o‘ldirilgan va bir nechta huquq-tartibot xodimlari jarohatlangan. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabr oyida Ekvador ichki ishlar sobiq vaziri Mariya Paula Romo hukumatga qarshi namoyishlarda politsiya zo‘ravonligiga yo‘l qo‘ygani uchun iste’foga chiqarilgan .
252
Buxoroda o‘ndan ortiq fuqaroga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol qamoqqa olindi
Local
16:30, 06.03.2021 // 44077
Buxoroda o‘ndan ortiq fuqaroga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan ayol qamoqqa olindi. Buxoro viloyati Kogon shahrida IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida OIV yuqtirib olganiga qaramay, o‘ndan ortiq fuqaro bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan 27 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmatiga tayanib, O‘zA. xabar berdi . Ma’lumotlarga ko‘ra, Kogon shahrining Birdamlik ko‘chasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan X.D. ismli ayol 2017-yilning 21-dekabrida viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. U OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga qasddan yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, 2020-yilning avgust oyidan 2021-yilning fevral oyiga qadar o‘ndan ortiq shaxslar bilan shaharning turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lgan. Ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Avvalroq Buxoroda ikki ayolga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani , Sirdaryoda bila turib eriga OITS yuqtirgan ayol erining da’vosi yo‘qligi bois qamalmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
253
“Bunga kompaniyaning hech qanday aloqasi yo‘q” — UzAutoMotors Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lgan yangi Captiva-5’lar haqida
Tech
16:19, 06.03.2021 // 56793
“Bunga kompaniyaning hech qanday aloqasi yo‘q” — UzAutoMotors Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lgan yangi Captiva-5’lar haqida. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri ko‘chalarida yangi rusumdagi Captiva avtomobili aks etgan foto va videolar tarqaldi . Foydalanuvchilar tomonidan yangi Captiva O‘zbekistonda qachondan ishlab chiqarilishi, uni qanday imkoniyatlarga egaligi va boshqa turli savollar qoldirilgan. Foto: Telegram Yangi Captiva-5 yuzasidan izoh olish maqsadida “Daryo” muxbiri UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova bilan bog‘landi. Shojalilovaning ma’lum qilinishicha, ushbu yangi Captiva’ning UzAuto Motors kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘q. “Kimdir o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun chet mamlakatdan olib kelgan bo‘lishi mumkin”, — dedi u. Avvalroq O‘zbekistonga Chevrolet Onix’ning sinov uchun namunalari olib kelingani to‘g‘risida xabar berilgandi . UzAuto Motors bu modelni ishlab chiqarish haqida 2019-yildan beri gapirib kelardi. Yangi model 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilmoqda .
255
Oshxonada ham ijodkorligini namoyish eta oladigan mashhur erkaklar (foto)
Media
15:59, 06.03.2021 // 37548
Oshxonada ham ijodkorligini namoyish eta oladigan mashhur erkaklar . Bu mashhur erkaklar nafaqat kino va sahnada iste’dodli, balki oshxonada ham mo‘jizalar yaratadi. Snoop Dogg Foto: wday.ru Mashhur reper Snoop Dogg ovqat pishirishni yaxshi ko‘rishini va hatto retseptlar kitobini nashr ettirishini kim o‘ylabdi deysiz. Reperning “Yolg‘onchidan oshpazgacha” nomli birinchi oshpazlik kitobi 2018-yilda nashrdan chiqqan. Mazkur kitobdan Snoopning shaxsiy kolleksiyasi bo‘lgan 50 ta retsept o‘rin olgan — oddiy kundalik ovqatlardan tortib tansiq taomlargacha. Oshpazlik mahoratini oshirishda Snoop’ga teleboshlovchi Marta Styuart katta ta’sir ko‘rsatgan. Ular 2008-yilda Marta reperni o‘z shousiga taklif qilganida tanishishgan. Oradan 8 yil o‘tib, do‘stlar o‘zlarining “Marta va Snoop’ning kechki ziyofati” teleshousini yo‘lga qo‘yishgan. Devid Bekhem Foto: wday.ru Sobiq futbolchi oilada bosh oshpaz hisoblanadi. U hatto Italiyada oshpazlik kurslarida o‘qigan — bemalol mazali pasta tayyorlashi mumkin.
256
Jizzaxda chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan shifokor xonadon egasining o‘g‘li tomonidan kaltaklandi
Local
15:48, 06.03.2021 // 34645
Jizzaxda chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan shifokor xonadon egasining o‘g‘li tomonidan kaltaklandi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi xonadonlarning biriga chaqiruv asosida borgan shifokor xonadon egalari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-mart kuni soat 22:09 da tumanning “Xalqobod” mahallasida yashovchi fuqarodan chaqiruv tushgan. Bu vaqtda tez-tibbiy yordam shifokorlar brigadasi “Fayzobod” mahallasidagi bemorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgan bo‘lgan. Shifokorlar bu yerdagi ishlarini yakunlab, navbatdagi manzilga 17 daqiqada yetib borgan. Biroq bemorni ko‘rishga ulgurmagan shifokorga xonadon egasi boshi bilan zarba bergan. “Borishimizdan oldin telefon qilib, xonadon raqamini so‘radik. 67-uy dedi. Yetib borganimizdan keyin, xonadonga hali kirmasimizdan, uy egasining o‘g‘li kelib, so‘rashib, ‘Kim bilan gaplashdim?’ degancha qo‘qqisdan boshi bilan urdi.
257
“Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m to‘langan”. UzAuto Motors xodimlari ish tashlash e’lon qildi
Local
15:31, 06.03.2021 // 77044
“Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m to‘langan”. UzAuto Motors xodimlari ish tashlash e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda 6-mart kuni UzAuto Motors AJga qarashli Transport tashuvlari boshqarmasining haydovchi xodimlari ish haqi va rahbariyatidan norozi bo‘lib, avtoturargoh oldida to‘plangani aks etgan video tarqaldi . Kadr: Telegram Videodan ko‘rish mumkinki, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni respublikaning turli hududlariga tashuvchi yuk mashina haydovchilari maoshlari keskin tushib ketganidan norozi. “Bir oylik ish haqim 20 ming so‘m chiqibdi, ba’zilarga 450 so‘m ish haqi to‘langan. Avval ham shunaqa qilishgan edi. Haydovchilar oyligidan 800 ming so‘mdan ushlab qolingan. Bizni haqorat qilishmoqda. Kechasi bilan uxlamay ishlaganmiz, kerak bo‘lsa, kechasi bilan uxlatmay ishlatishyapti. Xorazmgacha mashina tashiganman.”, – deydi xodimlardan biri.
258
8-martni qayerda maroqli o‘tkazish mumkin?
Local
15:00, 06.03.2021 // 25641
8-martni qayerda maroqli o‘tkazish mumkin?. “Arca Group” MChJ Xalqaro ayollar kunini qayerda maroqli o‘tkazish mumkinligi haqida o‘zining tavsiyalari bilan bo‘lishdi. 8-martgacha 2 kun qoldi! Onlayn kassa ishlab chiqaruvchisi “Arca Group” MChJ O‘zbekistonning barcha ayollarini kirib kelayotgan bayram bilan tabriklaydi va o‘z mijozlarini doimo xursand qiluvchi hamkorlarini sizga tavsiya etadi. Yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishda ularga yangi PAX A930 onlayn kassasi yordam berib, unda siz Uzcard, VISA, Mastercard, UnionPay va Mir orqali to‘lov qilish imkoniyatingiz mavjud. Bayramni qayerda va qanday qilib qiziqarli o‘tkazish haqida — ushbu materialda. Columbina Coffee Boutique Sizni nima kutmoqda? Lotin Amerikaga xos muhitda, tabiiy xushbo‘y qahvadan bahramand bo‘lib nonushta qilish. Kafe ertalab soat 8 da ochilib, erta tongda uyg‘onishga odatlangan barcha mehmonlarni endigina tayyorlangan lososli kruassan bilan kutib oladi. Buning ustiga, 8-mart kuni Columbina go‘zal ayollar uchun aksiya taqdim etadi: butun menyuga 8 foizli chegirma taqdim etiladi.
260
Yechiladigan akkumulyatorga ega “o‘lmaydigan” smartfon — Samsung Galaxy XCover5 taqdim etildi
Tech
14:59, 06.03.2021 // 8849
Yechiladigan akkumulyatorga ega “o‘lmaydigan” smartfon — Samsung Galaxy XCover5 taqdim etildi. Samsung kompaniyasi himoyalangan korpus va oddiy texnik tavsiflarga ega hamyonbop Galaxy XCover5 modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Foto: Hi-Tech.Mail.ru Galaxy XCover 5 noqulay ob-havo sharoitida ishlashga mo‘ljallangan — u zarblardan, havo haroratining keskin o‘zgarishidan, chang va namlikdan qo‘rqmaydi. Ekranning ancha sezgir ishlashi uchun maxsus rejim ham bor bo‘lib, uni qo‘lqopda ham boshqarish mumkin. Zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq, Galaxy XCover 5’ning qopqog‘i yechiladi — uni osonlikcha ochish va akkumulyatorni almashtirish mumkin. Yechiladigan akkumulyator va himoya korpusi olib tashlansa,u juda ham hamyonbop, oddiy smartfonga aylanadi. Qurilmaga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 5,3 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon Exynos 850 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, 15 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. XCover 5 birinchi navbatda korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, sotuvga esa shu yilning martida chiqadi. Avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, smartfon narxi 300 yevro atrofda bo‘ladi.
261
JSST dunyodagi COVID-19’ga qarshi emlashga bo‘lgan ishonchsizlikdan xavotirda
World
14:30, 06.03.2021 // 16417
JSST dunyodagi COVID-19’ga qarshi emlashga bo‘lgan ishonchsizlikdan xavotirda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun dunyoda koronavirusga qarshi vaksinaga nisbatan ishonchsizlikni qayd etdi. JSST mutaxassislari emlash kampaniyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan qo‘rqadi, chunki bu boshqa vaksinatsiya dasturlariga salbiy ta’sir qiladi. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Foto: EPA “Hozir dunyodagi barcha mamlakatlarda yuz berayotgan ishonch inqiroziga guvoh bo‘lyapmiz. Bu aholi va davlat o‘rtasidagi ishonch inqirozidir. Biz juda xavotirdamiz, chunki agar dunyo bo‘ylab koronavirusga qarshi emlash ishlari muvaffaqiyatsiz tugasa, bu boshqa barcha immunizatsiya dasturlariga halokatli ta’sir qiladi. Shunday qilib, biz eng muhim chora — yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga imkon beradigan chorani qo‘ldan boy beryapmiz ”, — dedi Vuynovich Yangi avlodni himoyalash V milliy assambleyasi doirasida o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda. U ishonchga ta’sir qiladigan to‘rtta omil haqida gapirdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, avvalo, bu bevosita aholi bilan bog‘liq.
262
“Hisob so‘ralishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz?” Qashqadaryolik bloger viloyat hokimi o‘rinbosarini uyaltirdi
Local
14:12, 06.03.2021 // 39561
“Hisob so‘ralishini bilardingiz-ku, nega tayyorgarlik ko‘rib kelmadingiz?” Qashqadaryolik bloger viloyat hokimi o‘rinbosarini uyaltirdi. Hokim o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev esa savolga aniq javob berolmadi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Foto: “Daryo” Tadbirda so‘z olgan bloger — Otabek Artikov 2020-yil 25—26-dekabr kunlari viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev bosh-qosh bo‘lgan festivalning xarajatlari kim tomonidan qoplangani va xarajatlar summasi bilan qiziqqan. “Festival yakunlangach festivalning ko‘ngildagidek o‘tmagani, yoshlar och qolgani haqida fikr bildirib, ko‘plab postlar qo‘yildi. Shuningdek, festival xarajatlari va kim tomonidan qoplangani ham jamoatchilikni qiziqtirdi. Biroq bu kabi savollarimiz hamon ochiq qolgan. Xo‘sh, festival xarajatlari qancha bo‘lgan va kim tomonidan qoplangan? Nega yoshlar ovqatlangan oshxona xarajatlari o‘z vaqtida to‘lab berilmagan”, — deya savol berdi bloger.
263
8-mart dasturxoni uchun bayramona pitssa tayyorlaymiz
Food
13:55, 06.03.2021 // 20320
8-mart dasturxoni uchun bayramona pitssa tayyorlaymiz. Albatta, ayollar uchun sovg‘aga gul yoki shirinlik berish shart emas. Mehr bilan chin yurakdan tayyorlangan har qanday taom ham uy bekajonlari uchun syurpriz bo‘lishi shubhasiz. Foto: Lifehacker Kerakli mahsulotlar: Xamir uchun: Qo‘shimcha masalliqlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
264
“Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi” – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida
Local
13:02, 06.03.2021 // 17355
“Avvallari biror oila ajrashsa, duv-duv gap bo‘lardi, butun mahalla oyoqqa turardi” – Shavkat Mirziyoyev oilaviy ajrimlar haqida. 2021-yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar hamda yolg‘iz onasi qaramog‘ida o‘sgan qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida budjetdan 200 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Boshpanasi bo‘lmagan ayollarni ijara asosida “ijtimoiy uy-joylar” bilan ta’minlash uchun yana 211 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda ayni paytda Tashkent City Kongress-xollda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan davlat tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Bundan tashqari, boquvchisini yo‘qotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga moddiy yordam berish va malakali tibbiy yordamga muhtoj ayollarni davolashga qo‘shimcha 110 milliard so‘m ajratiladi. Shu bilan birga, ayollar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun budjetdan qo‘shimcha 600 milliard so‘m ajratiladi. Yana bir muhim masala, keyingi paytda oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borilmoqda. Buni ajralish yoqasiga kelib qolgan 23 mingga yaqin oila yarashtirilgani, ajrimlar soni mingdan ziyodga kamaygani ham ko‘rsatib turibdi.
266
“Siz ayollarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi” – Shavkat Mirziyoyev
Local
12:30, 06.03.2021 // 7623
“Siz ayollarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi” – Shavkat Mirziyoyev. Toshkent shahridagi Kongress-xollda ayni paytda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Tadbirda davlat rahbari o‘z nutqida ayollarni bayram bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa. Mana shunday paytda siz, azizlarning sha’ningizga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi. Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yer-u osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham mo‘tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar, biz uchun, avvalo, muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-g‘ayrat manbaidirsiz. Bu azaliy haqiqatni murakkab pandemiya sharoitida, ayniqsa, chuqur his etmoqdamiz. Sizlar – fidoyi shifokorlar, mehribon hamshiralar ko‘rsatgan jasorat va matonat tufayli ming-minglab bemorlar davo topdi. Sizlarning ustoz sifatidagi faoliyatingiz evaziga millionlab farzandlarimiz, ta’lim va tarbiyadan uzilib qolmadi.
268
La Liganing fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Sport
12:01, 06.03.2021 // 9709
La Liganing fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi. “Barselona” hujumchisi Lionel Messi fevral oyi yakunlariga ko‘ra La Liganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi . Foto: La Liga 33 yoshli argentinalik futbolchi fevral oyida yettita o‘yin o‘tkazib, 5 gol va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Messi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida umumiy miqdorda 19 ta gol urdi. !
270
Rossiyadagi eng keksa haydovchi aniqlandi. U 100 yoshga kirgan va hamon mashina boshqaradi
Tech
11:45, 06.03.2021 // 12071
Rossiyadagi eng keksa haydovchi aniqlandi. U 100 yoshga kirgan va hamon mashina boshqaradi. Gelenjik shahri administratsiyasi matbuot xizmati Rossiyadagi eng keksa haydovchi haqida ma’lumot berdi. Krasnodar o‘lkasida 100 yoshli rekordchi bo‘lib, u hozirga qadar Mitsubishi Pajero’ni haydab kelmoqda, deb yozadi Motor. Foto: VKontakte Krasnodar o‘lkasining Arxipo-Osipovka qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ivan Kurbakov Rossiyadagi eng keksa haydovchi sifatida tan olingan. 2020-yilning noyabrida erkak “Rossiyaning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. O‘sha vaqtda Ivan Kurbakov 99 yosh, 10 oy va 17 kunlik bo‘lgan. Biroq nafaqaxo‘rga mamlakatdagi eng keksa haydovchi ekanligini tasdiqlovchi sertifikat biroz muddatdan keyin topshirilgan. Bu vaqtga kelib esa erkak 100 yoshga to‘lgan. Ivan Kurbatov hamon o‘zining eski uch eshikli Mitsubishi Pajero’sini haydab yuradi.
272
Ronald Kuman “Barselona”ning navbatdagi o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi
Sport
11:33, 06.03.2021 // 10259
Ronald Kuman “Barselona”ning navbatdagi o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi. “Barselona” jamoasi La Liga 26-turi doirasida 6-mart, shanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 7-martga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi. Foto: Twitter/@FCBarcelona Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi . Undan 21 nafar futbolchi o‘rin olgan. Uchrashuvni jarohat sabab Xerard Pike, Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Ushbu jamoalar o‘rtasida 1-davradagi o‘yinda katalonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. !
273
Bayden Eronga qarshi antiterror sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytiradi
World
11:30, 06.03.2021 // 20171
Bayden Eronga qarshi antiterror sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytiradi. AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy veb-saytiga tayanib, “RBK” xabar berdi. Gap AQShning Eronga terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblovi tufayli kiritilgan sanksiyalari haqida ketmoqda. 1995-yil mart oyida Klinton Islom Respublikasiga deyarli to‘liq savdo embargosini imzoladi va Amerika sarmoyalarini respublikaga kiritishni taqiqladi. Vashington, shuningdek, bir necha bor Eronga qarshi mamlakatning yadro dasturi bilan bog‘liq sanksiyalar qo‘llagan. 2020-yilning iyul oyida Amerika rasmiylari Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qilgan edi. Tehron tomonidan yadro, raketa va harbiy dasturlar uchun foydalanilgan mahsulotlar cheklovlar ostiga tushdi. Xususan, mamlakatga alyuminiy, mis va ba’zi turdagi po‘lat qotishmalarini yetkazib berish taqiqlangan.
274
Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani ma’lum qilindi. U Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyiladi
Local
11:15, 06.03.2021 // 99306
Qibraydagi ariqdan har kuni qon oqayotgani ma’lum qilindi. U Olmazor tumani markazidagi suzish havzasiga quyiladi. Toshkent viloyati Qibray tumanining “O‘ngqo‘rg‘on” mahallasidagi fermer xo‘jaliklarining o‘rtasidan o‘tgan ariqdan har kuni ikki mahal qon oqadi, deb yozmoqda “Rost24.uz”. Foto: “Rost24.uz” Qayd etilishicha, ariq bo‘yidagi aholi Toshkent shahridan 2 kilometr naridan o‘tgan mazkur ariqda oqadigan qonni har kuni ko‘raverib, deyarli ko‘nikib ketgan. Ular bu qonli ariq bo‘yicha 3 yil mobaynida ko‘p joyga murojaatlar qilgan, ammo ariqdan qon hali ham oqishda davom etmoqda. Ariq yoqalab, taxminan, 3-4 kilometr yurgandan so‘ng qon quyiladigan yashirin quvur topilgan. Bu quvur, taxminan, 300 metr uzoqlikdagi kushxonadan o‘tkazilgani aniqlangan. Olxo‘ri daraxtlari ekilgan fermer xo‘jaligi yeridan 2 metr chuqurlikdan yashirincha o‘tkazilgan maxsus quvurdan ariqqa quyiladi. Foto: “Rost24.uz” Mazkur kushxona esa “Obod Savdo Biznes” MChJga qarashli mol bozorining ichida joylashgan. Ushbu bozordan xarid qilingan va boshqa joydan olib kelingan mollar shu yerning o‘zida so‘yilib, qoni va axlati yer tagidan o‘tgan quvur orqali ariqqa oqizib yuboriladi.
275
O‘zbekistonda bir kunda ikki bor zilzila kuzatildi. Toshkentda yer osti silkinishlari kuchi 4 ballni tashkil etdi
Local
11:06, 06.03.2021 // 43366
O‘zbekistonda bir kunda ikki bor zilzila kuzatildi. Toshkentda yer osti silkinishlari kuchi 4 ballni tashkil etdi. FVV Respublika seysmik prognostik monitoring markazi 6-mart kuni kechqurun va ertalab sodir bo‘lgan ikkita zilzila O‘zbekistonda sezilgani to‘g‘risida xabar berdi . Foto: Global Look Press Soat 02:52 da sodir bo‘lgan birinchi zilzila epimarkazi Toshkent viloyati Piskent tumanida (40,89 daraja shimoliy kenglik, 69,5 daraja sharqiy uzunlik) joylashgan. Epimarkazda magnituda 4,4 ballni tashkil etgan. O‘choq chuqurligi — 10 kilometr. Toshkentda (48 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda) yer osti silkinishi kuchi 4 ball, Gulistonda (75 kilometr) — 3 ball, Jizzaxda (164 kilometr) va Namanganda (183 kilometr) — 2 ball bo‘lgan. Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan ertalab soat 06:04 da Qirg‘izistonning Qadamjoy viloyati hududida, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati bilan chegarasi yaqinida sodir bo‘ldi (Shimoliy kenglik 40,24 daraja; sharqiy uzunlik 71,88 daraja), Toshkentdan 252 kilometr janubi-sharqda. Zilzila epimarkazida magnituda 4 ball bo‘lgan, o‘choq chuqurligi — 13 kilometr. Zilzila Farg‘ona shahrida (epimarkazidan 18 kilometr uzoqlikda) 4 ball, Andijonda (72 kilometr) va Namanganda (86 kilometr) 2 ballgacha sezilgan.
276
UFC 259. Adesanya Blahovichdan yengilroq chiqdi, Maxachev va Pyotr Yan vazn qila oldi
Sport
11:00, 06.03.2021 // 16592
UFC 259. Adesanya Blahovichdan yengilroq chiqdi, Maxachev va Pyotr Yan vazn qila oldi. Toshkent vaqti bilan 7-mart tongida UFC 259 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Foto: UFC Musobaqa ishtirokchilari janglardan oldin tarozidan o‘tdi. Unga ko‘ra, assosiy kardning barcha vakillari belgilangan vazn ko‘rsatkichini qayd eta oldi. Vazn o‘lchash marosimi natijalari bilan tanishing: Asosiy kard Prelim kard !
277
Jonzotlarga qishda omon qolishi uchun maksimal darajada qulaylik yaratgan mehribon qalb egalari (foto)
Misc
10:48, 06.03.2021 // 14718
Jonzotlarga qishda omon qolishi uchun maksimal darajada qulaylik yaratgan mehribon qalb egalari . Ushbu qish mavsumi ko‘plab mamlakatlarda avvalgi yillarga qaraganda ancha sovuq bo‘ldi. Janubiy kengliklar aholisi ilk bora bunday sovuqlarga duch keldi. Hozirda bahor kirib kelganiga qaramay, ko‘plab mintaqalarda qorli bo‘ronlar davom etmoqda. Bunday vaqtlarda insonlar kabi hayvon va qushlar ham himoyaga muhtojdir. Albatta, ularni omon qolishiga yordam beradigan g‘amxo‘r insonlar ham talaygina. Buzoq muzlamasligi uchun uni kamin yoniga joylashtirishdi. Foto: AdMe “U ko‘cha mushugini olib kirdi va o‘zining mushugining bo‘yinbog‘ini taqdi. U bundan mamnun ko‘rinadi”. Foto: AdMe “Hayvonlar hammomga joylashdi, buni esa yopinchiqda isitamiz”.
278
Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishdan olingani aytilmoqda
Local
10:20, 06.03.2021 // 17510
Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishdan olingani aytilmoqda. Yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Omonov lavozimidan olindi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” manbasining aytishicha, Alisher Sa’dullayev Shohjahon Omonovning ishdan olinganini kecha, 5-mart kuni soat 19:00 da agentlikning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi mas’ullari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilgan. Foto: “Daryo” Ta’kidlanishicha, agentlikning viloyat boshqarmasini boshqarish ayni kunga qadar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Temur Poyonovga ishonib topshirilgan. “Temur uch oylik sinov muddati bilan boshqarma boshlig‘i vazifasini bajarib turadi. Agar eplab ketsa, boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettiradi. Biz Temurga ishonamiz”, — degan Alisher Sa’dullayev. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Alisher Sa’dullayev boshqarma boshlig‘i haqida shunday qarorga kelganini, biroq hali bu haqda rasmiy hujjatga imzo qo‘ymaganini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Sa’dullayev agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Omonovni ishdan olish uchun unda yetarli faktorlar mavjudligini, biroq unga imkoniyat berilganini aytgandi.
281
“Moviy gigant”ning tug‘ilishi. IBM kompaniyasiga asos solinishi tarixidan
Tech
09:59, 06.03.2021 // 67530
“Moviy gigant”ning tug‘ilishi. IBM kompaniyasiga asos solinishi tarixidan. IBM kompaniyasi o‘tgan 2020-yil davomida 73,1 milliard dollar daromad qildi, bu 2019-yildagiga nisbatan 5 foizga kam (agar valyuta kursining o‘zgarishi va boshqa omillarni hisobga olinsa 4 foiz). Shunga qaramay, Internet resurslari orqali olinadigan daromad o‘sdi va 25,1 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2019-yilga nisbatan 19 foizga ko‘pdir .Yil davomida sof foyda 5,5 milliard dollarni tashkil etdi va 2019-yilga nisbatan 42 foizga kamaydi . “Daryo” dunyodagi eng qimmat va eng mashhur brend kompaniyalarning top yettiligida bir necha o‘n yilliklardan beri mustahkam turuvchi IBM kompaniyasining tarixiga nazar tashlaydi. IBM dunyodagi eng yirik kompyuter va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya yuz yildan oshiq vaqt davomida mavjud bo‘lib, ushbu davr mobaynida texnologik taraqqiyotning shakllanishida muhim rol o‘ynab keldi. Uning yordami bilan bizda magnit chiziqli kartalar, qattiq disklar va shaxsiy kompyuterlar mavjud. Foto: Google Photos International Business Machines (IBM) kompyuter uskunalarini yetkazib beruvchilar orasida dunyoda yetakchidir.
282
AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism (foto)
Culture
09:53, 06.03.2021 // 80797
AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar. 2-qism . So‘nggi yillarda o‘zbek san’atining ko‘plab vakillari AQSh, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga oilaviy ko‘chib ketmoqda. Bu esa ularning muxlislari va tomoshabinlarda qiziqish uyg‘otayotgani shubhasiz. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Amerikada musofirlikni boshdan kechirayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida material tayyorladi. U aktrisa sifatida oxirgi marta “Sharif va Marif” filmida rol o‘ynagan. Foto: Yandeks Dzen Dilorom Qambarova 90-yillarda ishsizlik va yana ko‘plab muammolar sabab Amerikada yashashga qaror qiladi. Musofir yurtda kinodagi faoliyatiga nuqta qo‘yib, modalar uyida tajriba orttiradi va bir muddat shu yo‘nalishda ishlaydi. U ikki marta oila quradi va Polina hamda Zarina ismli qizlarni dunyoga keltiradi.
283
Prezident siyosatidan ilhomlanib 4 mlrd so‘mga nodavlat bog‘cha tashkil qilgan qashqadaryolik tadbirkor vazirlik e’tiborsizligi sabab bog‘chani yopishga majbur bo‘layotganini aytmoqda
Local
09:31, 06.03.2021 // 46605
Prezident siyosatidan ilhomlanib 4 mlrd so‘mga nodavlat bog‘cha tashkil qilgan qashqadaryolik tadbirkor vazirlik e’tiborsizligi sabab bog‘chani yopishga majbur bo‘layotganini aytmoqda. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Prezident siyosatidan ilhomlanib, qiymati 4 milliard so‘m bo‘lgan bolalar bog‘chasini tashkil qilgan tadbirkor Vahob Norsafarov Maktabgacha ta’lim vazirligi e’tiborsizligi sabab bog‘chani yopishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan tadbirkor mazkur muammo bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marotaba chiqish qilganini, biroq muammo hamon hal etilmayotganini aytmoqda. Vahob Norsafarov. Foto: “Daryo” “Prezidentning 2018-yil 5-apreldagi ‘Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori bo‘yicha biz 2019-yil may oyida 168 o‘rinli bog‘cha tashkil qildik. Muhtaram Prezidentimizning qaroriga ilova qilingan ‘Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida’gi Nizomning 97-moddasiga asosan xususiy-sheriklik asosida tashkil etilgan bog‘chamizning rahbarlari-yu tarbiyachilarining ish haqiga subsidiya berish ko‘rsatib o‘tilgan. Chunki, biz bog‘chamizni o‘zimizning tayyor binomiz negizida, o‘zimizga tegishli yerdan tashkil qilgan edik. Lekin Maktabgacha ta’lim vazirligi bizga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining qarorida ko‘rsatilmagan, degan vajni aytmoqda.
284
AQSh Milliy gvardiyadan Kapitoliyni yana ikki oy qo‘riqlashni so‘radi
World
09:10, 06.03.2021 // 8856
AQSh Milliy gvardiyadan Kapitoliyni yana ikki oy qo‘riqlashni so‘radi. Kapitoliy politsiyasi Kongress binosining xavfsizligini ta’minlash uchun AQSh milliy gvardiyasi askarlarining mandatini yana 60 kunga uzaytirishini so‘radi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi . Foto: Reuters Ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon bu masalani ko‘rib chiqyapti. Avvalroq Vakillar Palatasi 4-martga belgilangan adolat va politsiya ishi haqidagi “Jorj Floyd qonuni” bo‘yicha ovoz berishni bekor qilgandi . Bu o‘sha kuni Kapitoliy xavf ostidaligi haqida kelib tushgan ma’lumotlar bilan bog‘liq. Politsiya 45-prezident Donald Trampning 4-mart kuni hokimiyatga qaytishi haqida ma’lum qilgan fitna nazariyasi tarafdorlarining ehtimoliy provokatsiyasi haqida xabar berdi. 1933-yilgacha aynan shu kuni prezidentlarning inauguratsiya marosimi o‘tkazilgan. Shu sababli Vashingtonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi . 6-yanvar kuni Donald Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kongress binosiga bostirib kirdi va demokrat Jo Baydenning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlash jarayoniga xalaqit berishga urindi.
285
Seoul Mun: Biznes va dam olish uchun katta imkoniyatlar olamiga sho‘ng‘ing
Local
09:00, 06.03.2021 // 17395
Seoul Mun: Biznes va dam olish uchun katta imkoniyatlar olamiga sho‘ng‘ing. Poytaxt markazida, 40 000 kvadrat metr maydonda Seoul Mun zamonaviy, savdo-ko‘ngilochar markazi joylashgan. Seoul Mun — bu yangi formatdagi savdo-ko‘ngilochar markazi bo‘lib, poytaxtdagi Bo‘rijar kanalining ikki tomonida bunyod etilmoqda. Keng miqyosdagi maskan 40 000 kvadrat metrni tashkil etib, tashrif buyuruvchi va biznes egalari uchun qulay, foydali ko‘rinishda loyihalangan. Seoul Mun me’moriy loyihasi an’anaviy Koreya me’morligi hamda suv, zamin va shamol unsurlaridan ilhomlangan holda yaratilgan. Savdo va dam olish markazining asosiy ustunligi uning o‘ziga xos xususiyatlari: suv bo‘yida, ochiq muhitda joylashganligi va puxta o‘ylangan infratuzilmasidadir. Sohil bo‘yida sayr yo‘lagi bo‘ylab 270 dan ortiq do‘konlar qulay shaklda joylashtirilgan. Seoul Mun’ning qulay maskanda joylashgani bois unga shaharning turli burchaklaridan tezda yetib kelish oson. Soy bo‘yidagi markaz yangi uchrashuvlar va muvaffaqiyatli biznes rivojlanadigan maskan bo‘lib, poytaxtning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanadi. Xalqaro ekspertlar Seoul Mun 22 000 kvadrat metr maydonga ega tijorat ko‘chmas mulkini foydali sarmoya sifatida baholashmoqda.
286
Tayvanlik erkak xotinini aldash uchun PlayStation 5’ni unga router deb tushintirgan
World
08:53, 06.03.2021 // 7259
Tayvanlik erkak xotinini aldash uchun PlayStation 5’ni unga router deb tushintirgan. PlayStation 5 o‘yin konsoli sotuvga chiqquniga qadar noodatiy dizayni bilan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ayrimlar uni katta marshrutizatorga (router) o‘xshatgan. PlayStation ixlosmandlaridan biri qurilmaning ushbu xususiyatidan foydalanib, uni sotib olish uchun rafiqasini aldagan, deb yozadi IXBT. Foto: Gamersky Vyetnamlik erkak PlayStation 5 sotib olishni juda ham istagan, biroq rafiqasi bu qadar qimmat xariddan xabar topishini xohlamagani uchun uni zamonaviy marshrutizator sifatida “tanishtirgan”. Erkak puxta tayyorlangan — u uyga mahalliy tarmoq provayderining maxsus libosida kelgan do‘kon xodimini yollab, yangi “marshrutizator”ni o‘rnattirgan. Ayol shubhalanmasligi uchun konsol korpusiga provayder servis markazining raqamlari tushirilgan. Geymer bu haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilganidan so‘ng voqea butun internet bo‘ylab tarqalib ketdi. “Shunday ekan, ayolini aldashga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, ertami, kech u qo‘shnilar orqali bundan xabar topadi”, — deyiladi xabarda. Avvalroq tayvanlik erkak ayolini yaqinda sotib olgan PlayStation 5 konsolini havo tozalagich deb aldab kelgan.
287
Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyda fohishaxona tashkil qilgan ayol aniqlandi
Local
08:08, 06.03.2021 // 23649
Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyda fohishaxona tashkil qilgan ayol aniqlandi. Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyga joylashtirilgan ayol farzandlari yotog‘ini fohishaxonaga aylantirgani aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA. 2021-yilning 18-fevral kuni, taxminan, soat 16:45 larda mazkur uyning o‘zi va farzandlariga ajratib berilgan xonasida 40 ming so‘m evaziga fuqarolar — J.M. va A.N.ning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Fuqaro fohishaxona tashkil qilganligi tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan J.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-modda 2-qismi (fohishaxona tashkil etish yoki saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bundan avval Buxoroda ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olingani , dala shiyponida fohishaxona tashkil qilgan shaxs qilmishi fosh etilgani hamda Toshkentda fohishalar guruhini internetda reklama qilib kelgan bloger ushlangani haqida xabar berilgandi.
289
Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport—2020” tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Local
07:56, 06.03.2021 // 16166
Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport—2020” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. MDHdagi “Eng yaxshi aeroport—2020” tanlovida Navoiy xalqaro aeroporti g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi . Foto: Uzbekistan Airoports Qariyb 30 yildan beri nodavlat va notijorat “Aeroport” assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovda hamdo‘stlik davlatlaridagi barcha aeropotlar qatori Navoiy xalqaro aeroporti ham 2012-yildan buyon ishtirok etib, jami 8 marotaba mukofot sohibiga aylangan. Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay’at a’zolari tomonidan e’tirof etilgan. Ta’kidlanishicha, aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi tanlov shartlariga ko‘ra munosib baholangan. “Aeroport” assotsiatsiyasining faxriy yorlig‘i hamda kubogi tantanali ravishda topshirilgan. Bundan avval Uzbekistan Airways 1-martdan onlayn ro‘yxatdan o‘tishni joriy qilgani , transport vaziri etib tayinlangan Ilhom Mahkamov Uzbekistan Airways rahbari bo‘lgani hamda Ra’no Jo‘rayeva Uzbekistan Airports kompaniyasiga direktor etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
290
Google va Facebook Tojikistonda rasman soliq to‘lovchiga aylandi
World
07:25, 06.03.2021 // 5895
Google va Facebook Tojikistonda rasman soliq to‘lovchiga aylandi. Google va Facebook Tojikistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi . Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el kompaniyalarining davlat budjetiga QQS to‘lashni ko‘zda tutuvchi qonun 17-yanvardan kuchga kirgan. Bu qonun Tojikistonda raqamli kontentni jismoniy shaxslarga sotuvchi xorijiy kompaniyalarga tegishli. Tojikiston qonunlariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalar elektron xizmatlar ko‘rsatishni boshlagan sanadan boshlab, 20 kundan kechiktirmay soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. QQS deklaratsiyasi soliq organlariga soliq to‘lovchining ingliz tilida mavjud bo‘lgan shaxsiy kabineti orqali taqdim etiladi. Shuningdek, 2020-yildan boshlab O‘zbekistonda ham QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google Commerce Limited kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan . Kompaniya 2020-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra davlat budjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘lagan.
292
Eron AQShning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi
World
07:13, 06.03.2021 // 7940
Eron AQShning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi. Uch yil oldin tiklangan AQSh sanksiyalari Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri 200 milliard dollardan oshiq zarar yetkazdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga tayanib “Interfaks” xabar berdi . Foto: “RIA Novosti” Uning ta’kidlashicha, Tehron yetkazilgan zararni AQShning Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma harakat rejasiga (QHR) qaytishi uchun shart sifatida undirmoqchi emas. “Ba’zi do‘stlarimiz AQSh bilan gaplashishdan oldin ulardan tovon puli talab qildi. Oxirgi uch yilda bizga AQSh tomonidan yetkazilgan zarar 200 milliard dollardan oshdi. Lekin biz do‘stlarimizga buni keyingi bosqichga qoldirishimizni va AQShning sanksiyalarni bekor qilib, QHRga qaytishi mumkinligini aytdik”, — dedi Eron prezidenti. QHR 2015-yilda oltita xalqaro vositachi mamlakatlar va Eron tomonidan ma’qullangan. 2018-yilning may oyida AQSh bu kelishuvdan chiqib ketdi va Eronga qarshi sankiyalarni qayta tikladi. AQShning yangi prezidenti Jo Bayden muayyan shartlar asosida QHRga qaytishga tayyorligini aytdi .
293
Toshkent viloyatida fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Local
23:57, 05.03.2021 // 12148
Toshkent viloyatida fuqaroni 5 ming dollar evaziga DXXga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Toshkent viloyatida o‘zini DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirib, fuqaroni 5000 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB. Foto: Toshkent viloyati IIBB Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 3-mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qiladi. Mazkur arizaga asosan Toshkent viloyati IIBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va O‘z xavfsizlik boshqarmasi viloyat bo‘limi xodimlari va DXX xodimlari hamkorligida Chirchiq shahrida tezkor tadbir o‘tkaziladi. Tadbir davomida o‘zini DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan shaxs — E.M. katta leytenant unvonidagi DXXning xizmat kiyimi (formasi)da arizachidan kelishilgan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. O‘tkazilgan suhbat davomida ushbu shaxs Surxondaryo viloyatida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan E.M. ekanligi va u hech bir davlat organi yoki boshqa tashkilotda ishlamasligi, shuningdek, avvalroq DXXga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘taganligi aniqlangan. Ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
294
O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida yuborilgan 4,5 tonna qadoqlangan shprislar qabul qilindi
Local
23:11, 05.03.2021 // 35678
O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida yuborilgan 4,5 tonna qadoqlangan shprislar qabul qilindi. O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida yuborilgan vaksinatsiya uchun mo‘ljallangan shprislar qabul qilib olindi, deya xabar qilmoqda O‘zA. Foto: O‘zA Ta’kidlanishicha, YuNISEF xodimlari Toshkent xalqaro aeroportida COVID-19 vaksinalarini barcha uchun yetkazishga qaratilgan global mexanizm — COVAX doirasida 4500 kilogramm qadoqlangan shprislarni qabul qildi. Foto: O‘zA Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina sifatida Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksina 1-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan . O‘zbekistonning hissasi va sa’y-harakatlarini inobatga olib, kompaniya ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi . Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan ishlab chiqarishga kelishilgan. Vaksina koronavirusning “britancha” va “afrikacha” shtammlariga qarshi Moderna vaksinasidan olti barobarga yaxshiroq bo‘lib chiqqani ma’lum qilingan . Xitoy kompaniyasi mazkur vaksinani hamkorlikda ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator farmatsevtika korxonalari faoliyatini o‘rganib, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasini tanlagan . Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vaziri “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda ro‘yxatga olinganini aytdi .
297
Instagram: Otasi uchun duo so‘ragan Shohjahon Jo‘rayev, Insta-blogerning YPX xodimi bilan tortishuvi, “Shuhrat” medalini olgan Yulduz Rajabova
Media
22:56, 05.03.2021 // 86277
Instagram: Otasi uchun duo so‘ragan Shohjahon Jo‘rayev, Insta-blogerning YPX xodimi bilan tortishuvi, “Shuhrat” medalini olgan Yulduz Rajabova. Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Taniqli aktrisa Yulduz Rajabova Prezident farmoni bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi. Foto: Instagram Akbarxo‘ja Rasulov yangi posti bilan muxlislarini qiziqtirib qo‘ydi. Foto: Instagram Shohjahon Jo‘rayev otasi tirik ekanligini aytib, folloverlaridan uning haqiga duo qilishni so‘radi. Bir necha kun avval O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning og‘ir kasalligi, hatto vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Jo‘rayevning kenja o‘g‘li Zohirshoh bu gap-so‘zlarga javoban, otasining sog‘-salomat ekanligini aytgan edi. Foto: Instagram Turk aktyori Burak O‘zchivit yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Foto: Instagram Nilufar Usmonova gullar qurshovida suratga tushdi hamda barcha ayollarni yaqinlashayotgan bayram bilan tabrikladi. Foto: Instagram Ijtimoiy tarmoqlarda Insta-bloger Doniyor Qayumovning YPX xodimi bilan tortishuvi aks etgan video tarqalmoqda.
298
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Local
22:41, 05.03.2021 // 42509
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. Nurullan Yerlepesov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi . Foto: O‘zA Ushbu lavozimda u Chimboy tumaniga hokim etib tayinlangan Aybek Tajetdinov o‘rnini egalladi. Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Transport va Mehnat vazirliklari rahbarlari o‘zgargani haqida xabar berilgan edi .
299
Nyu-Yorkda Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi (video)
World
21:59, 05.03.2021 // 16374
Nyu-Yorkda Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi . AQShning New-York shahrida Injective Protocol blokcheyn kompaniyasi 95000 dollarga ko‘cha rassomi Benksining 2007-yilda chizilgan “Morons (White)” suratini sotib oldi va uni yoqib yubordi. Yoqish jarayoni Twitter’da translyatsiya qilindi, deb yozmoqda Meduza. Foto: gomel.today Kompaniya bu ishga asarni kriptovalyuta — o‘zgarmas token(NFT)ga aylantirish maqsadida qo‘l urdi, deb xabar beradi CBS News. Yanvar oyida Injective Protocol Nyu-Yorkdagi Taglialatella galereyasida Benksi asarlari kolleksionerlaridagi masxaromuz so‘zlar tushirilgan auksion suratining 650 nusxasidan birini sotib oldi. Oq-qora rangli suratda kim oshdi savdosi ishtirokchilari tasvirlangan bo‘lib, unda “Siz, esi pastlar shu be’mani narsani sotib olishingizga ishonmayman” degan yozuv bor. pic.twitter.com/a1IBZu8Nze — Burnt Banksy (@BurntBanksy) March 3, 2021 Benksi asarlarining haqiqiy yoki yo‘qligini aniqlovchi Pest Control tashkiloti tomonidan ushbu surat haqiqiy deb topilgan. 3-mart kuni Bruklindagi nomi aniqlanmagan ko‘chada bo‘lib o‘tgan yoqish tadbiri Twitter’dagi BurntBanksy akkaunti orqali translyatsiya qilindi. So‘ng Injective Protocol xodimlari OpenSea’da blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda ushbu san’at asarining raqamli holatini yaratdi. Benksining o‘zi suratning yoqilishida ishtirok etmagan, ammo tadbir tashkilotchilari uning voqeadan xabardor bo‘lganini iddao qilmoqda.
302
Murda va tobut uchun 600 ming dollar. Charli Chaplinning tobuti nega o‘g‘irlab ketilgan edi?
World
21:48, 05.03.2021 // 49283
Murda va tobut uchun 600 ming dollar. Charli Chaplinning tobuti nega o‘g‘irlab ketilgan edi?. Buyuk komik va kino ustasi Charli Chaplin odamlarni kuldirish bilan mashhur bo‘lgan, ammo o‘limidan keyin u bilan sodir bo‘lgan voqealar hech kimga kulgili tuyulmaydi. “Daryo” komediya qirolining vafotidan keyin yuz bergan g‘ayrioddiy hodisa haqida hikoya qiladi. Foto: Google Photos 1977-yil Rojdestvo kuni Chaplin vafot etadi . O‘limidan so‘ng Shveysariyaning Jeneva ko‘li tepasidagi tepaliklarda joylashgan Korsier-sur-Vevey qishlog‘idagi qabristonga dafn etilgan. Chaplinning Shveysariyaga borib qolishi ham o‘zgacha tarix. 1952-yilda Chaplinning “Diqqat markazida” filmining premyerasi AQShda bo‘lishi kerak edi. Ammo Chaplinning dushmanlari uning o‘zi va filmlarini kommunistik xayrixohlikda ayblashgan va shu tufayli AQShga qayta kirish vizasi berilishini rad etishganidan so‘ng, oila Shveysariyada qolib yashashga majbur bo‘lishgan edi . Dafn marosimidan bir necha oy o‘tgach, 1978-yil 2-martda ikki bezori juda g‘aroyib tarzda pul ishlashga qaror qildi: ular buyuk Chaplinning jasadini qabrdan o‘g‘irlab, uning bevasidan katta miqdordagi pul – 600 ming AQSh dollari talab qilishdi .
303
Davlat bojxona qo‘mitasida Situatsion markaz ishga tushirildi
Local
21:39, 05.03.2021 // 11269
Davlat bojxona qo‘mitasida Situatsion markaz ishga tushirildi. Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan maxsus tarkibiy tuzilma — situatsion markazning ochilish marosimi 3-mart kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib. Ushbu boshqarma 2020-yilning yozida Prezident farmoni bilan tashkil etilgan edi. Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Birinchi shunday situatsion markaz Yaponiya hukumati ko‘magida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu maxsus markaz xorijiy davlatlar bojxona xizmatlarining ilg‘or tajribalariga asoslangan zamonaviy axborot texnologiyalari va imkoniyatlardan, shuningdek, tahlil usullaridan foydalangan holda real vaqt rejimida bojxona obyektlarini keng miqyosda masofadan turib boshqarishni amalga oshirishi ta’kidlangan . Foto: UNODC UNODC vakillarining ma’lum qilishicha, situatsion markaz avtomobil va temiryo‘l nazorat punktlari, shuningdek, aeroportlardagi nazorat punktlari ishini monitoring qilish sohasida idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytiradi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tezkor bo‘linmalarining tahliliy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Markaz milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro darajadagi turli xil huquqni muhofaza qilish idoralari hamkorligidagi operatsiyalarni tezkor muvofiqlashtirish markazi vazifasini bajaradi. UNODC O‘zbekistonda narkotrafikka qarshi kurash uchun uskunalar taqdim etdi
304
NASA yuklarni XKSga yetkazib berish narxini yetti barobar oshirdi
World
21:25, 05.03.2021 // 14667
NASA yuklarni XKSga yetkazib berish narxini yetti barobar oshirdi. Amerikaning NASA kosmik agentligi 25-fevraldan boshlab Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tijorat yuklarini yetkazib berish narxini yetti barobarga oshirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi . Foto: NASA Bir kilogramm yukni yetkazib berish 3 mingdan 20 ming dollarga, Yerga qaytarish 6 mingdan 40 ming dollarga oshirildi. Endi tijoriy tajribalar bilan shug‘ullanuvchi kosmonavt bir soat davomida XKSda bo‘lishi uchun 17,5 ming dollar emas, balki 130 ming dollar to‘lashi kerak. “2019-yil iyun oyida dastlabki narx siyosati e’lon qilinganidan beri an’anaviy aerokosmik kompaniyalardan va rivojlanayotgan tarmoqlardan tijorat va marketing faoliyatiga talab oshdi. 2019-yil iyun oyidagi narx siyosati NASA resurslaridan foydalanish narxini to‘liq ifodalamagan edi. U narxlar orqali bozorni rag‘batlantirish va uni sozlash rejalashtirilgan edi”, — deyiladi xabarda. Avvalroq AQShda xususiy kosmik mehmonxona qurilishi haqida xabar berilgan edi.
305
Toshkentda “Siroj solih” jome masjidi ochildi (foto)
Local
21:13, 05.03.2021 // 24863
Toshkentda “Siroj solih” jome masjidi ochildi . Toshkentning Olmazor tumanida 3-mart kuni yangidan qurib bitkazilgan “Siroj solih” jome masjidining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, ulamolar va namozxonlar ishtirok etgan. Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qayd etilishicha, 2000 metr kvadrat maydonida qurilgan masjid loyihasi o‘ziga xosligi, milliy va zamonaviy masjidlarning uslublarini o‘zida aks ettirgani bilan boshqa jomelardan ajralib turadi. Xonaqoh va pastki qism jami 4000 namozxonni sig‘dirishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona o‘rin olgan. Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Asosiy xonaqoh yerto‘la qismi bilan hisoblanganda uch qavatdan iborat bo‘lib, namozxonlar yilning har bir faslida yuqori darajadagi shart-sharoitlarni taqdim eta oladi. Masjid tarkibidan, shuningdek, anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun alohida videostudiya o‘rin olgan. Mustaqillik yillaridan to 1996-yilgacha mahalliy masjid bo‘lgan, 1996-yildan boshlab jome maqomida faoliyatini boshlagan.
306
Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Local
20:59, 05.03.2021 // 16587
Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 5-mart kuni Turkiyaning yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati. Foto: TIV matbuot xizmati Xabarda aytilishicha, vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi. Turkiyaning 2019-yilning yanvarida tayinlangan avvalgi elchisi Mehmet Sureyya Er o‘z missiyasini 2021-yilning fevralida yakunlagandi . Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
307
“Rahbarni ishdan olish uchun menda yetarli faktorlar bo‘lgan”. Alisher Sa’dullayev agentlikning Qashqadaryodagi mas’uli yo‘l qo‘yayotgan xatolarga nega ko‘z yumayotgani sababini aytdi
Local
20:47, 05.03.2021 // 21075
“Rahbarni ishdan olish uchun menda yetarli faktorlar bo‘lgan”. Alisher Sa’dullayev agentlikning Qashqadaryodagi mas’uli yo‘l qo‘yayotgan xatolarga nega ko‘z yumayotgani sababini aytdi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev agentlikning Qashqadaryo viloyatidagi mas’uli, boshqarma boshlig‘i Shohjahon Omonovni ishdan bo‘shatish uchun yetarli faktorlarga ega bo‘lganini, biroq unga imkoniyat berayotganini ma’lum qildi. Bu haqda agentlikning viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Foto: “Daryo” Ta’kidlanishicha, agentlikning viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan 5-mart kuni press-tur tashkil etilgan. Press-tur yakunida agentlik direktori Alisher Sa’dullayev, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev hamda agentlikning viloyatdagi mas’uli Shohjahon Omonovlar juranalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob bergan. Matbuot anjumanida so‘z olgan Alisher Sa’dullayev “Daryo” muxbirining “Agentlikning Qashqadaryo viloyatidagi mas’ullari OAVlar uchun yopiqligi va qilayotgan ishlari sabab jurnalist va blogerlar orasida, jamoatchilik o‘rtasida salbiy qiyofada gavdalanadi va har doim salbiy munosabat bilan tilga olinadi? Xo‘sh, agentlikning viloyatlardagi barcha mas’ullari xuddi Qashqadaryodagi vakillari singari salbiy imij yaratganmi? Yoki faqat Qashqadaryoda shundaymi?”, degan savoliga Qashqadaryoda holat haqiqatan ham yomonligini ta’kidladi.
308
Bahoriy trend: Kimga qanday uzunlikdagi jinsi shim yarashadi? (foto)
Media
20:35, 05.03.2021 // 32300
Bahoriy trend: Kimga qanday uzunlikdagi jinsi shim yarashadi? . Jinsi shimlar vaqt va tendensiyalarga bog‘liq bo‘lmagan, hech qachon urfdan qolmaydigan kiyim hisoblanadi. Ammo har mavsumda yangi bichimlar, shimning kengligi va, eng muhimi, uzunligi o‘zgaradi. Bu yilgi bahor mavsumida qanday uzunlikdagi jinsi shimlar urfda bo‘lishi haqida gaplashamiz. Foto: Cosmopolitan Aslida, universal uzunlik – to‘piqdan sal balandda bo‘lib, bu deyarli har qanday modelga mos keladi. Bunday uzunlik jinsi shimlarni krossovka, shuningdek, rasmiy poyabzal bilan ham kiyishga imkon beradi. Bundan tashqari, bunday uzunlikni xohishingizga qarab bir yoki ikki marta qayirish bilan osongina qisqartirish mumkin. Foto: Cosmopolitan To‘piqdan balandroq uzunlikdagi shim bilan esa bosonojka, baletka hamda yozgi oyoq kiyimlarni kiyish mumkin. Foto: Cosmopolitan Agar sizga 90-yillar uslubidagi tekis jinsi shim yoqsa va krossovka bilan kiyishni rejalashtirsangiz, poyabzalingizning yuqori qismini biroz qoplaydigan uzunlikdagisini tanlang.
309
Farg‘onalik erkak homilador xotini va qaynotasini chopib tashladi
Local
20:23, 05.03.2021 // 81843
Farg‘onalik erkak homilador xotini va qaynotasini chopib tashladi. Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida er homilador xotini va qaynotasini chopqi bilan chopib tashladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-martidan 3-martiga o‘tar kechasi Buvayda tumani “Yangiqishloq” mahallasida yashovchi 19 yoshli fuqaro K.I. Oqtepa qishlog‘ida yashovchi qaynotasi A.I. hamda homilador ayoli S.I.ni o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sabab chopqi bilan chopib tashlagan. Oqibatda qaynota og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan birinchi tez tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan. S.I. esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
310
Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi
Sport
20:00, 05.03.2021 // 13268
Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi. Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi . Foto: Twitter/@premierleague Sovrin uchun to‘rt nafar mutaxassis kurash olib boradi. So‘rovnoma 8-mart kuniga qadar davom etadi. Yanvar oyida Gvardiola g‘olib bo‘lgandi. !
312
Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 10’ni taqdim etdi: AMOLED ekranga ega hamyonbop smartfonlar
Tech
20:00, 05.03.2021 // 14911
Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 10’ni taqdim etdi: AMOLED ekranga ega hamyonbop smartfonlar. Yangi lineykada bir vaqtning o‘zida uchta o‘rta darajadagi smartfon — Redmi Note 10, Note 10 Pro va Note 10 Pro Max paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. Foto: Redmi Redmi Note 10 lineykadagi eng arzon smartfonga aylandi. Unga Full HD+ sifatni qo‘lla-quvvatlovchi 6,43 dyuymli Super AMOLED-matritsa o‘rnatilgan bo‘lib, uning eng yuqori yorqinligi 1100 nitni tashkil etishi aytilmoqda. Qurilma korpusi shishadan ishlangan, barmoq izi skaneri esa korpusning yon tomoniga joylashtirilgan. Smartfonda to‘rtta kamera mavjud — 48 megapikselli asosiy, keng burchakli 8 Mp, chuqurlikni o‘lchovchi 2 Mp va yana 2 megapikselli sensorga ega alohida makro-obyektiv. Old tomonidan 13 megapikselli standart frontal kamera o‘rin olgan. Foto: Redmi Protsessor sifatida Qualcomm lineykasidagi o‘rta darajali Snapdragon 678’dan foydalanilgan. Xotiralar jamlanmasi ham standart — 4/6 GB tezkor LPDDR4X va 64/128 GB ichki USD 2.2. Shu bilan birga, smartfon 33 vatli tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega sig‘imi 5000 mA/soatga teng akkumulyator bilan jihozlangan.
313
Prokuror suddan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi
Local
19:51, 05.03.2021 // 30471
Prokuror suddan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva hamda boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan navbatdagi sud majlisi 4-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Unda davlat ayblovchilari Nig‘monov va Qurbonboyev so‘zga chiqib, muzokaralar yakuni bo‘yicha suddan ayblanuvchilarni ma’lum moddalarda aybli deb topib, jazo tayinlashni so‘ragan. Bu haqda Yo‘ldoshevaning advokati Xushnud Axrorovga asoslanib “Gazeta.uz” ma’lum qildi . Foto: “Gazeta.uz” Ta’kidlanishicha, davlat ayblovchisi Nig‘monov ayblanuvchiga jazo qo‘llashda uning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olishni so‘ragan. O‘z navbatida Yo‘ldoshevaning himoyachilari Axrorov va Mahmudov ham “ayblovga nisbatan o‘zining asosli e’tirozini bildirgan”. “Har bitta epizodni bittalab, hammasi asossiz ekanini isbotlab berdik. Tergov tomonidan taqdim qilingan hujjatlar, olingan ashyoviy dalillar va qon tahlili kitobi soxtalashtirilganini, jinoyat ishiga kiritilishi to‘g‘risida bayonnomalar qalbakilashtirilganining o‘zi tergovchi tomonidan ‘mansab soxtakorligi’ deb uyushtirilgani, yolg‘on guvohlarga tayanilganini ham isbotladik”, — dedi Axrorov.
314
Tomoshabinni “ekranga mixlab qo‘yadigan” turk seriallari
Media
19:36, 05.03.2021 // 56617
Tomoshabinni “ekranga mixlab qo‘yadigan” turk seriallari. Butun dunyo bo‘ylab turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan loyihalarga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Dam olish kunlari va kechki hordiq chiqarish uchun qanday serial ko‘rsam ekan, deb bosh qotiradiganlar uchun qiziqarli voqealar rivojidan tashkil topgan va mahoratli aktyor hamda aktrisalar ishtirok etgan ijod namunalarini tavsiya qilamiz. “Qahraton” Foto: Cosmopolitan “Sevgi iztirobi” ijodkorlari tomonidan suratga olingan mazkur serialda muxlislar Feruza ismli oddiy turk qizi haqidagi voqealarga guvoh bo‘ladi. Qiz otasining qamoqqa olinishiga sababchi bo‘lgan odamning tashkilotiga ishga kiradi. Yangi ishi sabab Feruza bundan bir necha yil avval besabab yo‘q bo‘lib qolgan sobiq sevgilisi bilan uchrashadi. Shundan keyin qiz nafaqat oila a’zolari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi, otasini qutqarishi, balki sevgisi uchun ham kurashishiga to‘g‘ri keladi. “Elchining qizi” Foto: Cosmopolitan 2019-yilda taqdim qilingan “Elchining qizi” muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan seriallardan sanaladi. Unda badavlat oilaning qizi va oddiy oilaning o‘g‘li bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo kunlardan bir kuni qahramon qiz Nare izsiz yo‘q bo‘lib qoladi.
315
Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan o‘smir yigit murdasi ikki oydan ortiq vaqt o‘tib topildi
Local
19:25, 05.03.2021 // 112895
Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan o‘smir yigit murdasi ikki oydan ortiq vaqt o‘tib topildi. Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, cho‘kib ketgan yigit jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi online”. Foto: “Xalq so‘zi Online” Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli A.A. 2020-yilning 22-dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab cho‘kib ketgan. Bu holat yuzasidan mahalliy hokimlik idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uzoq muddat davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Qidiruv ishlari viloyatning o‘nta tumani hududi bo‘ylab amalga oshirildi. “Kuni kecha bu yigitning murdasi topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda”, – deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov. Avvalroq prokuratura ushbu suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilinayotgan bola haqida ma’lumot bergandi . “Yolg‘iz o‘g‘lim edi, tuproqqa o‘zim qo‘yay”.
316
O‘zbekistonda Qozog‘istonning QazCovid-in vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin
Local
19:13, 05.03.2021 // 30189
O‘zbekistonda Qozog‘istonning QazCovid-in vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Abduhakim Xojiboyev O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalaridan birida Qozog‘istonning QazCovid-in vaksinasini ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda “Kursiv.kz” xabar berdi . Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida Qozog‘istonda Fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan koronavirus infeksiyasiga qarshi QazCovid-in vaksinasining klinik sinovlari boshlangandi . Dekabr oyiga kelib ushbu vaksinaning III bosqich klinik sinovlarini o‘tkazish boshlandi . Uning dastlabki samaradorligi 96 foizga baholanmoqda . QazCovid-in vaksinasi bilan aholi ommaviy ravishda emlash 2021-yil mart oyidan boshlanishi aytilgan . Qozog‘iston aholisi 1-fevraldan boshlab koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanmoqda .
317
Karim Benzema o‘zi uchun namuna bo‘lgan sportchilar nomini aytdi
Sport
19:02, 05.03.2021 // 19609
Karim Benzema o‘zi uchun namuna bo‘lgan sportchilar nomini aytdi. Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema o‘zi uchun namuna bo‘lgan shaxslar kimligini aytib o‘tdi . Foto: Getty Images Menda ayrimlardek kumirlar yo‘q, biroq namuna oladiganlarim bor. Futbolda Ronaldoni aytgan bo‘lardim. Shuningdek, menga Mayk Tayson ham yoqadi. Biz ikkimiz eng quyidan eng yuqoriga ko‘tarilganmiz. Bizga hech kim biror narsani shunchaki bermagan. Karim Benzema, “Real” futbolchisi Fransiyalik futbolchi La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 12 gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. !
318
“Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi
Health
18:59, 05.03.2021 // 28318
“Deyarli hech narsa yemasam ham, ozmayapman”. Endokrinolog muammo nimada ekanligiga izoh berdi. Tanishlar orasida kam ovqat iste’mol qilsa-da, ortiqcha vazndan qutula olmayotgan insonlar haqida eshitish mumkin. Sababi endokrin tizimi muvozanati buzilgan bo‘lsa, gormonlar bilan bog‘liq muammo tufayli vaziyat shunday tus olishi mumkin. Endokrinolog va yoshartirish dasturi muallifi Yelena Syurakshina aynan ushbu masala bo‘yicha ma’lumot beradi. Foto: “Domashniy ochag” Ortiqcha vazndagi bemorlar tez-tez endokrinolog huzuriga kelib, gormonlar bilan bog‘liq muammolarda davo topishga umid bog‘laydi. Sababi gormonlar muvozanati uchun buyurilgan tabletkalar tufayli barchasi o‘z iziga tushadi. “Men ortiqcha narsa iste’mol qilmayman. Gormonlar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishim kerak”. Bu endokrinolog huzurida ko‘riladigan eng keng tarqalgan masala.
319
“U barchani masofada saqlardi, hatto eng yaqinlarini ham” — Sodiq Safoyev Islom Karimov haqida
Local
18:44, 05.03.2021 // 60299
“U barchani masofada saqlardi, hatto eng yaqinlarini ham” — Sodiq Safoyev Islom Karimov haqida. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov, uning mamlakat mustaqilligi uchun qilgan ishlari haqida fikr bildirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Foto: Alter Ego “Ko‘p muloqotda bo‘lganimizga qaramay, uni yaqindan bilardim deb ayta olmayman. U shunday odam ediki, barchani masofada saqlardi, hatto eng yaqinlarini ham. Shuning uchun hozir unga shaxsiy ta’rifimni berishni xohlamas edim”, — deydi u. Bundan tashqari, uning fikricha, siyosiy arboblarga baho berishdan oldin “biroz vaqt o‘tishi” va “hissiyotlar tarqalishi kerak”. “Men uchun, boshqa narsalardan tashqari, nimaga doim o‘sha ishlarda yurdim va faol ishtirokchi bo‘ldim, chunki u O‘zbekiston mustaqilligi uchun qat’iy va juda qattiq turib olgan edi. Bu esa biz va boshqalarni jalb etmasdan qolmasdi. Ehtimol, iqtisodiy siyosatga, ichki siyosatga savollar bo‘lgandir, biroq shunga qaramay, u O‘zbekiston mustaqilligi uchun ko‘p narsa qildi, buni rad etib bo‘lmaydi”, — deydi Senat raisining birinchi o‘rinbosari. Chapdan o‘ngda: Shavkat Mirziyoyev, Sodiq Safoyev, Abdulaziz Komilov va Islom Karimov Foto: Ijtimoiy tarmoqlar Islom Karimovdan keyingi muammolar haqida gapirar ekan, senator bunga “qator tarixiy vaziyatlar” ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan.
320
Kutilmaganda bir-biriga qarindosh ekanligi ma’lum bo‘lgan taniqli shaxslar (foto)
Media
18:23, 05.03.2021 // 49587
Kutilmaganda bir-biriga qarindosh ekanligi ma’lum bo‘lgan taniqli shaxslar . Bu mashhurlarning tashqi ko‘rinishiga qarab o‘xshashlikni topib bo‘lmaydi. U holda ularni nima bog‘laydi? Bred Pitt va Barak Obama Foto: Cosmopolitan Gollivud aktyori Obamani prezident saylovlarida qo‘llab-quvvatlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni do‘stlikdan tashqari boshqa narsa ham bog‘laydi. Aktyor va sobiq prezident qarindosh. Ularning ajdodi Edvin Xikman XVIII asrda yashab o‘tgan. U plantator egasi bo‘lgan va ikki nafar o‘g‘lining birinchisi Pittning, ikkinchisi esa Obamaning nasabi hisoblanadi. Keyt Middlton va opa-singil Dakota va El Fanning Foto: Cosmopolitan Tarixchilarning ta’kidlashicha, mashhurlar XIV asrda umumiy qirollik ajdodiga ega bo‘lgan. Ularning katta bobosi Angliya hukmdori Eduard III.
321
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetdi
Local
18:11, 05.03.2021 // 24898
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetdi. O‘zbekistonda 2021-yil 4-mart holatiga ko‘ra, koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Foto: “Daryo” Vazirlik xabariga ko‘ra, 3-mart kuni 135 kishi: Mamlakatda yana 46 kishida koronavirus aniqlanib, kasallik qayd etilganlar soni 80 081 nafarni tashkil qildi. Yangi kasallanish holatlarining: Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 737 nafar bemordan 146 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Avvalroq O‘zbekiston chegarasini ikki oyda 378 mingdan ortiq yo‘lovchi kesib o‘tgani, ularning 173 nafarida koronavirus tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi . O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 80 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin
322
Angliya Premyer Ligasida fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi
Sport
18:01, 05.03.2021 // 11648
Angliya Premyer Ligasida fevral oyining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi. Angliya Premyer Ligasining fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi . Foto: Twitter/@premierleague Mazkur sovrin uchun sakkiz nafar futbolchi kurash olib boradi. Ovoz berish jarayoni 8-mart kuniga qadar davom etadi. Nomzodlar bilan tanishing: Yanvar oyida “Manchester Siti” hujumkor yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an ushbu sovringa loyiq ko‘rilgandi . !
323
Realme’dan bahorgi chegirma: Buds Q simsiz quloqchinlarni sovg‘a sifatida oling
Local
18:00, 05.03.2021 // 30249
Realme’dan bahorgi chegirma: Buds Q simsiz quloqchinlarni sovg‘a sifatida oling. Biz har yili 8-mart kuni yaqinlarimizga qanday sovg‘a xarid qilish haqida bosh qotiramiz. Eng yaxshi sovg‘a — Realme 6 4/128 smartfoni va Buds Q simsiz quloqchinlari. Smartfonlar eng yaxshi ishlab chiqaruvchi va quvvatlanish tizimiga ega. Realme 6 beshta himoya darajasi bilan jihozlangan: adapter, ulama kabel, batareyani himoya qilish va tez quvvat olayotgan paytda qurilma butunligini saqlash, uni yonib ketishdan himoyalash. 64 megapikselli kamera shovqinni yo‘qotib, yuqori detallarga ega bo‘lgan kadrlarni olish imkonini beradi. Displey sun’iy intellekt, 16 megapikselli selfi kamera, shuningdek, normal va tungi portret rejimlariga ega. Videokamera UIS stabilizatsiyasi tizimi bilan jihozlangan — kadrdagi harakatlar tabiiy. Smartfon kuchli MediaTek Helio G90T o‘yin protsessori bilan jihozlangan. Bu uni byudjet segmentida eng samarali qurilma qiladi.
324
Gollivud aktyorlari qaysi Bollivud yulduzlari bilan bir kinoda rol ijro etishni orzu qiladi? (foto)
Media
17:58, 05.03.2021 // 28655
Gollivud aktyorlari qaysi Bollivud yulduzlari bilan bir kinoda rol ijro etishni orzu qiladi? . Hind aktyor va aktrisalarining Gollivud yulduzlariga fanatlik qilishi va ular bilan birga suratga tushishni istashi haqida ko‘p bor eshitganmiz. Ammo Gollivud olami vakillari ham Bollivud ijodkorlariga muxlis bo‘lishi, ular bilan bir loyiha ustida ishlashni xohlashi mumkin. Jan-Klod Van Damm — Ayshvariya Ray Foto: “Yandeks Dzen” Dunyoning eng go‘zal aktrisalaridan biri hisoblangan Ayshvariya, iste’dodi bilan ko‘plab Gollivud yulduzlari, xususan, Jan Klod Van Dammni ham lol qoldirgan. Intervyulardan birida Bollivud haqida savol berilganida aktyor, “Devdas”ni tomosha qilgani va Ayshvariyaga maftun bo‘lganini bildirgan. “Men chin qalbdan Hindistonga borishni va u yerda film suratga olishni istayman”, — degan Van Damm. Tom Kruz — Sonam Kapur Foto: “Yandeks Dzen” Sonam Kapur moda sanoatining eng yorqin vakillaridan biri hisoblanadi. “Uddalab bo‘lmas topshiriq”ning taqdimoti sabab Hindistonga borgan Tom Kruz, hind kinolarini juda ham yaxshi ko‘rishi va ulardan birida suratga tushishni istashini ta’kidlaydi. Aktyor Sonamning ashaddiy muxlisi.
325
Yer yuzida bir kun ichida 100 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi
World
17:46, 05.03.2021 // 26151
Yer yuzida bir kun ichida 100 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi. Yer yuzida 4-mart kuni 150 ga yaqin zilzila sodir bo‘ldi. Zilzilaning eng kuchlilari (7,3 dan 8,1 magnitudagacha) Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida qayd etildi. Shu sababli sunami xavfi e’lon qilingan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi . Foto: Global Look Press AQShning Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, turli xil magnitudadagi zilzilalar Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Gretsiya, Turkiya, Islandiya, Nikaragua, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar hududida ro‘yxatga olingan. Shu munosabat bilan Peru, Chili, Fransiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumatlari qirg‘oq yaqinida yashovchi fuqarolarni sunami xavfi tufayli evakuatsiya qilishga chaqirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika seysmologlari allaqachon ilk sunamilar haqida xabar bergan — 0,03 metr balandlikdagi to‘lqinlar Tinch okeanidagi Tonga qirolligi poytaxti Nukualofa yaqinida qayd etilgan. Bu sunami Tinch okeanidagi eng kuchli 8,1 balli zilziladan keyin sodir bo‘ldi. Boshqa bir qator Yangi Zelandiya davlatlari uchun balandligi bir metrdan uch metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar xavfi e’lon qilindi.
326
Hech narsadan hayratlanmaydigan insonlarni ham lol qoldiradigan suratlar
Misc
17:34, 05.03.2021 // 29494
Hech narsadan hayratlanmaydigan insonlarni ham lol qoldiradigan suratlar. Aksariyat odamlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagan narsa va hodisalarning fotosuratlarini ko‘rib hayratga tushadilar. Aynan mana shunday suratlar tufayli dunyodagi eng tor ko‘chalardan biri qanchalik torligini va langarlar qabristoni nima ekanligini bilib olamiz. Ular suyuqlik bilan to‘la bo‘lib, chaynaganda yorilib ketadi. Chap tomondagisi derazam yonidagi stolda turadi, o‘ng tomondagisi esa shkafimda” Foto: AdMe Kapalak qurtining mitti oyoqchalari Foto: AdMe
327
Toshkentda TUMO kreativ texnologiyalar markazi ochiladi
Local
17:22, 05.03.2021 // 16311
Toshkentda TUMO kreativ texnologiyalar markazi ochiladi. Toshkentda TUMO kreativ texnologiyalar markazi ochiladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi . Foto: TUMO Vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinovning so‘zlariga ko‘ra, bu har yili 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1200 ta ijodiy texnologiyalar sohasidagi yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha asosiy vazifani hal qiladi. Darslar bepul bo‘lib, ushbu kurslarda o‘qish davri uchun stipendiya beriladi. Markaz Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji bazasida tashkil etiladi. TUMO vakili Soyer Xeskokning ta’kidlashicha, bu Markaziy Osiyodagi birinchi shu turdagi markazga aylanadi, shuningdek, TUMO’ning Yerevan, Bayrut, Parij, Berlin, Tirana va Moskvada ham markazlari mavjud. “Men Yerevan, Bayrut, Parij, Berlin, Tirana va Moskvadan tashqari navbatdagi TUMO markazi Toshkentda ham bo‘lishidan juda xursandman. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi TUMO markazi bo‘ladi”, – dedi. TUMO markazi kreativ texnologiyalar sohasida yoshlarni amaliy faoliyatga tayyorlaydigan innovatsion ta’lim platformasi hisoblanadi.
328
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi
Local
17:10, 05.03.2021 // 24925
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi. Markaziy bank 9-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi . Foto: “Daryo” Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,79 so‘mga ko‘tarilib, 10 490,65 so‘mni tashkil qildi. Yevro 93,71 so‘mga pastlab, 12 513,25 so‘m bo‘ldi. Foto: Markaziy bank Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 500 so‘mdan pastlagani haqida xabar berilgan edi . Mamlakatda dollarning rasmiy kursi 26-fevraldan buyon ko‘tarilmagandi. Sodiq Safoyev 1996-yili O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasining cheklanishi nimalarga olib kelgani haqida gapirdi
329
Trilogiya. UFC prezidenti Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi 3-jang qachon bo‘lib o‘tishini aytdi
Sport
17:04, 05.03.2021 // 19318
Trilogiya. UFC prezidenti Konor Makgregor va Dastin Porye o‘rtasidagi 3-jang qachon bo‘lib o‘tishini aytdi. UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning ikki divizioni sobiq chempioni Konor Makgregor (22-5) va Dastin Porye (27-6) o‘rtasidagi uchinchi jang haqida fikr yuritdi . Foto: Getty Images Konor yana jang qilmoqchi. U Dastin Poryega qarshi revansh jangini xohlamoqda va buni iloji boricha tezroq amalga oshishini istamoqda. Biz buning ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, bu jang yozda bo‘lib o‘tadi. O‘ylashimcha, mag‘lubiyat uni yaxshi holatga qaytargan. Bu “Rokki 3” filmiga o‘xshash bo‘ladi. Jangga dunyoning barcha pullariga ega bo‘lib, qimmatbaho kiyimlarni kiygan holda yaxtada yetib kelar ekansan, g‘alabaga chanqoq bo‘lishing qiyin.
330
Sil qanday kasallik? Unda saqlanish uchun nimalar qilish kerak? Ekspert bilan suhbat
Health
16:59, 05.03.2021 // 13569
Sil qanday kasallik? Unda saqlanish uchun nimalar qilish kerak? Ekspert bilan suhbat. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 10 milliondan ortiq odam sil kasalligidan aziyat chekadi. Eng achinarlisi, ushbu kasallikning davosi bo‘lsa-da, har yili 2 millionga yaqin kishi uning oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumadi. Buning sabablaridan biri aholining sil kasalligi xususida yetarlicha ma’lumotga ega emasligidir. Sil xususida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lish va mavzu doirasida savollarimizga javob olish maqsadida Buxoro viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazining tashkiliy uslubiy ishlar bo‘lim mudiri, oliy toifali ftiziatr vrach Jamshid Rahimov Jalilovich bilan suhbatlashdik. Foto: Jamshid Rahimovning shaxsiy arxividan —Assalomu alaykum, Jamshid Jalilovich. Avvalambor, vaqt ajratganingiz uchun tashakkur! Dastlab bizga sil kasalligi xususida ma’lumot bersangiz.
331
Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi ikki piyodani urib ketdi. Ulardan biri halok bo‘ldi
Local
16:48, 05.03.2021 // 14976
Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi ikki piyodani urib ketdi. Ulardan biri halok bo‘ldi. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bog‘ibo‘ston ko‘chasida bir kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi . Foto: IIBB matbuot xizmati 5-mart kuni, taxminan, soat 09:30 da 22 yoshli D.R. Mercedes-Benz’ni boshqarib ketayotganda piyodalar 41 yoshli G.D. va 58 yoshli X.M.ni urib yuborgan. So‘ng 33 yoshli I.K. boshqaruvidagi Cobalt’ga to‘qnashgan. Oqibatda 58 yoshli X.M. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan, 41 yoshli G.D.ga badan shikastlari yetgan.
332
Britaniyada mushukning to‘qqiz jonidan biri saqlab qolindi. Buning uchun tezyurar poyezdni 2,5 soatga to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan
World
16:36, 05.03.2021 // 11064
Britaniyada mushukning to‘qqiz jonidan biri saqlab qolindi. Buning uchun tezyurar poyezdni 2,5 soatga to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan. London—Yuston temiryo‘l vokzalida Manchesterga ketishi kerak bo‘lgan tezyurar poyezd tomiga mushuk chiqib olgani sabab uning harakatini vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi Meduza. Foto: Network Rail Jonivor qanday qilib poyezd tomiga chiqib olgani noma’lum. Mushukni payqab qolishmaganida, u o‘lishi mumkin edi: mazkur tezyurar poyezd soatiga 200 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Shuningdek, hayvonga temiryo‘ldagi elektr uzatish liniyalari ham xavf tug‘dirishi mumkin edi. Vokzal xodimlari poyezd tomidagi mushukni tushirib olish uchun 2,5 soat harakat qilgan. Vagon yonida chiqindi konteyneri qo‘yilganidan so‘ng, vazifa uddalangan — mushuk uning ichiga sakragan. Yo‘lovchilar mushukning qutqarilishini kutishga majbur bo‘lmagan: ular uchun zaxira poyezdi harakatga kelgan. “Yaxshiyamki, qiziquvchanlik mushukni o‘ldirmadi va u o‘zining to‘qqizta jonidan birini sarflab yubormaganidan xursandmiz”, — deydi temiryo‘l stansiyasi xodimi Jo Xendri.
333
Deputatlar 1991-yilda O‘zbekistonning nomini o‘zgartirishni taklif qilgan. Variantlar orasida “Turkiston” ham bo‘lgan
Local
16:20, 05.03.2021 // 41652
Deputatlar 1991-yilda O‘zbekistonning nomini o‘zgartirishni taklif qilgan. Variantlar orasida “Turkiston” ham bo‘lgan. Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov, 2016-yilda uning o‘limidan so‘ng sodir bo‘lgan voqealar va mamlakatning muqobil nomlari haqida fikr bildirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Foto: Alter Ego Sodiq Safoyev Islom Karimovning davlat mustaqilligini e’lon qilgan bayonoti deputatlar uchun kutilmaganda sodir bo‘lganini rad etdi. Mamlakat mustaqilligi 1991-yilning 31-avgustida Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida e’lon qilingan (Sodiq Safoyev u vaqtda prezident apparatida xalqaro departament boshlig‘i sifatida ishlagan). “Prezident Karimov mustaqillikni e’lon qilganida, deputatlar kutilmagan holatdan hayratga tushishganini aytishadi. Hech qanday dovdirash bo‘lmagan. O‘sha voqeaning guvohiman — o‘sha zalda o‘tirgan edim. Bu yig‘ilishni bir necha hafta tayyorlaganmiz. Kecha-yu kunduz o‘tirib, qarorlar yozardik, uni qayta ishlardik.
335
O‘zbekistonda 8-mart kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Local
16:12, 05.03.2021 // 29686
O‘zbekistonda 8-mart kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. “O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha , 5-mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun bo‘ladi. Havo harorati 10-15 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi va me’yoriy qiymatlarga teng bo‘ladi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi. 7-mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kunida Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17 daraja iliqni tashkil etib, biroz me’yordan yuqori bo‘ladi.
336
O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi o‘zgardi
Sport
16:06, 05.03.2021 // 19993
O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi o‘zgardi. Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) navbatdagi jangini 2021-yilning 10-aprelida o‘tkazadi. Bu haqda Boxing Scene xabar qildi . Foto: Instagram Abduqahhorovga kanadalik yengilmas bokschi Kodi Krouli (19-0, 9 KO) raqib bo‘ladi. Jang 10-aprel kuni AQShda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qudratillo o‘zining Instagram sahifasida ham ma’lum qildi, biroq biroz vaqt o‘tgach ushbu postni o‘chirib yubordi. Aslida o‘zbekistonlik bokschi 13-mart sanasida Puerto-Riko vakili Xavyer Floresga (15-2, 13 KO) qarshi jang qilishi ko‘zda tutilgandi . Biroq Floresda koronavirus aniqlandi va jang bekor qilindi. Ma’lumot uchun, Krouli o‘z vaqtida yengilmas bokschi Floyd Mevezerning sparring sherigi bo‘lgan. Kanadalik bokschi Menni Pakyao va Konor Makgregorga qarshi janglar oldidan Floydning tayyorgarligiga yordam bergandi.
337
Foto: Filmlardagi roli uchun sochini kalga oldirgan aktrisalar
Media
15:58, 05.03.2021 // 27439
Foto: Filmlardagi roli uchun sochini kalga oldirgan aktrisalar. Ba’zida yulduzlar karyerasida muvaffaqiyat kuzatilishi va arsenalida qiziqarli rollar bo‘lishi uchun tashqi ko‘rinishiga jiddiy o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri keladi. Lekin ayollarning hammasi ham rol uchun sochlaridan voz kechishga rozi bo‘lavermaydi. Quyidagi aktrisalar esa bundan mustasno. Keyt Blanshett “Jannat” (2002) Foto: Film.ru Avstraliyalik aktrisa 2002-yilda suratga olingan filmda rol ijro qilish uchun kal bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Voqealar rivoji Italiyaning Turin shahrida yuz beradi. Keyt unda turmush o‘rtog‘i va o‘quvchilarining o‘limi uchun narkotiklar bilan savdo qiluvchi kishilardan o‘ch olmoqchi bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchisi rolini ijro qilgan. Urinishlaridan biri qamoqqa tushish bilan yakunlangan qahramon aynan shu yerda Filippe ismli politsiya zobiti bilan tanishadi. Zobit ayolga qamoqdan qochishga yordam beradi. Demi Mur “Askar Jeyn” (1997-yil) Foto: Film.ru Demi Ridli Skottning “Askar Jeyn” kartinasi uchun uzun sochlaridan voz kechganida bu eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lishiga umid qilgan.
338
Farg‘ona viloyatida elektroskuterlar ishlab chiqaruvchi to‘rtta korxona ish boshlaydi
Local
15:23, 05.03.2021 // 11203
Farg‘ona viloyatida elektroskuterlar ishlab chiqaruvchi to‘rtta korxona ish boshlaydi. O‘zbekistonda 2021—2022-yillarda elektroskuterlar ishlab chiqaruvchi to‘rtta korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezidentning “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Loyihalarning barchasi xususiy va ular tashabbuskorlar mablag‘lari evaziga ishga tushiriladi. Ularning uchtasi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashadi: Yana bir loyihani Uchko‘prik tumanida amalga oshirish reja qilinmoqda — Technoworld yiliga 2 mingta elektromotor va skuterlar ishlab chiqarishga 2,2 million dollar investitsiya kiritmoqda. Ishlab chiqarish 2022-yilning iyuniga rejalashtirilgan. Avvalroq O‘zbekistondagi elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar yangi imtiyozlarga ega bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi . O‘zbekistonda tezligi soatiga 40 kilometrdan oshadigan elektroskuter va elektromototsikllar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan bo‘ldi
340
“Bir million dollargacha”. Toshkent yo‘llarini ta’mirlash qanchaga tushishi ma’lum qilindi
Local
15:11, 05.03.2021 // 10071
“Bir million dollargacha”. Toshkent yo‘llarini ta’mirlash qanchaga tushishi ma’lum qilindi. 2021-yilda Toshkentning yo‘l infratuzilmasi va ichki markaziy ko‘chalarini ta’mirlashga 467,3 milliard so‘m yo‘naltiriladi, deb xabar beradi “Podrobno”. Foto: “Daryo” / Madina Nurman Ma’lumotlarga ko‘ra, bevosita yo‘l qoplamalarini ta’mirlashga 221,6 milliard so‘m (uning 74,7 milliardi — davlat, 146,9 milliard — mahalliy budjetdan) ajratiladi. Amalga oshiriladigan ishlar dasturidan shahardagi 155 ta mahalladan o‘tuvchi 68 ta markaziy va 269 ta ichki yo‘l o‘rin olgan. Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonovning ma’lum qilishicha, asosiy e’tibor ichki yo‘llarni ta’mirlashga qaratiladi. “So‘nggi o‘n yildan buyon ushbu yo‘llarga hech kim e’tibor qaratmadi. Ularga qo‘l tegmadi, mablag‘ yo‘q edi. Joriy yilda esa ajratilgan mablag‘larning 60 foizga yaqini ichki yo‘llarni asfaltlashga ketadi. Tabiiyki, markaziy yo‘llarga ham, misol uchun, Farg‘ona yo‘li.
341
Mediapark’da chegirmalar kechasi!
Local
15:00, 05.03.2021 // 23322
Mediapark’da chegirmalar kechasi!. Bayram sovg‘alarini sotib olish uchun ajoyib imkoniyat! Hurmatli erkaklar, havotir olmang, siz tanlovda adashmaysiz... 18:00 dan 00:00 gacha Mediapark filiallarida bo‘lib o‘tadigan Women’s night aksiyasiga shoshiling. Eng yaxshi sovg‘alar eng yaxshi narxlarda! O‘tkazib yubormang! Instagram: mediapark_uzb Facebook: mediapark.uz Telegram: mediapark_uzb Veb-sayt: www.mediapark.uz Yagon aloqa markazi: (+998 71) 203 33 33 .
343
Foto: 900 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan tillarang Nissan GT-R
Tech
14:57, 05.03.2021 // 10463
Foto: 900 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan tillarang Nissan GT-R. Birlashgan Arab Amirliklarida noyob kuzovga ega 2014-yilgi “tilla” Nissan GT-R sotuvga qo‘yildi. Dvigateli modifikatsiya qilingan va 9600 kilometr yo‘l bosgan sportkar 435 ming dollarga baholangan, deb yozadi Motor. Foto: Auto Deals 2016-yilda Nissan GT-R SEMA tyuning-shousi uchun tayyorlangan. Sportkarni qayta ishlash jarayonida bir nechta ixtisoslashgan atelye ishtirok etgan. Modifikatsiya jarayonida sportkar butunlay zavoddagi bo‘yog‘idan tozalangan, shundan so‘ng, avtomobil kuzoviga qo‘lda eksklyuziv naqshlar chizilgan va GT-R tilla rangiga bo‘yalgan. Bundan tashqari, muhandislar kuzovning nometall elementlarida “tilla” effektini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Foto: Auto Deals Sportkar o‘ziga xos diffuzor, kengaytirilgan g‘ildirak arkalari, shuningdek, gaz chiqarish tizimining to‘rtta titan trubasiga, massiv antiqanot va qora rangli eksklyuziv g‘ildirak diskalariga ega bo‘lgan. Tyunerlar mashina interyerini ham tilla rangiga bo‘yashni davom ettirgan. Markaziy panel, havo haydagichlar va eshikning ichki qoplamalari tilla rangi bilan bo‘yalgan. Bundan tashqari, muhandislar kovushsimon Recaro poyga o‘rindiqlariga ega bo‘lgan.
344
Toshkentda 2021-yil oxiriga qadar barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektrokarlarni quvvatlantirish mumkin bo‘ladi
Local
14:46, 05.03.2021 // 10355
Toshkentda 2021-yil oxiriga qadar barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektrokarlarni quvvatlantirish mumkin bo‘ladi. 2021-yil oxiriga borib Toshkentdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektromobillarni quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu haqda poytaxt Transport boshqarmasi boshlig‘iga tayanib, “Podrobno” xabar berdi . Foto: Davlat statistika qo‘mitasi “Vazirlar Mahkamasining 812-sonli qarori doirasida barcha mavjud yoqilg‘i quyish shoxobchalarida elektrokarlar uchun quvvatlantirish nuqtalarini yaratish ko‘zda tutilgan. O‘ylaymanki, yil oxiriga qadar barchasi amalga oshadi. Chunki tadbirkorlarning o‘zi bundan manfaatdor. Bugungi kunda elektromobillarni olib kirayotgan 10 ta distribyutorimiz mavjud. Ular mahalliy budjet mablag‘larini kutib o‘tirmaydi, o‘zlari elektr shoxobchalarni tashkillashtiradi”, — deydi Toshkent shahar Transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilda 2,9 million dollar sarflanib, xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan . Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun imtiyozlar amalda — ular uchun boj va aksiz solig‘i to‘lanmaydi .
345
Snoop Dogg strim boshladi, biroq yutqazib qo‘ygani sabab xonadan chiqib ketdi. 200 ming tomoshabin esa 7 soatdan ortiq bo‘sh xonaga termilib o‘tirdi
World
14:34, 05.03.2021 // 11327
Snoop Dogg strim boshladi, biroq yutqazib qo‘ygani sabab xonadan chiqib ketdi. 200 ming tomoshabin esa 7 soatdan ortiq bo‘sh xonaga termilib o‘tirdi. Amerikalik reper Snoop Dogg Twitch platformasida strim boshladi. Biroq translyatsiyadan 15 daqiqa o‘tib, u Amerika futbolining simulyatorida Madden NFL’ga 14:0 hisobda yutqazib qo‘ydi, deb xabar beradi Esquire. Kadr: YouTube Jahli chiqqan reper bir necha bor so‘kinib, jyostikni stolga urgan va shundan so‘ng strim o‘tkazilayotgan xonadan chiqib ketgan. Translyatsiya izohida bu yerda tomoshabinlar “o‘tirishi, dam olishi va vaybdan zavqlanishi” mumkin deb yozilgan. Shu bilan birga, Snoop Dogg strimni to‘xtatmagan va keyingi 7,5 soat davomida tomoshabinlar bo‘sh xonaga termilib o‘tirgan. Reperning translyatsiyalari odatda 20 mingga yaqin tomosha qilinadi, biroq bu safar uni 200 mingdan ortiq odam kuzatgan. Videoning qisqartirilgan versiyasi qo‘shiqchining kanalida e’lon qilingan. Amerika telekanali stolbadan tusha olmayotgan mushukni 1,5 soat efirga uzatdi
346
Toshkent shahar IIBB voyaga yetmagan o‘g‘lini IIO xodimlari kaltaklaganini aytgan ayolning videosiga izoh berdi
Local
14:22, 05.03.2021 // 23773
Toshkent shahar IIBB voyaga yetmagan o‘g‘lini IIO xodimlari kaltaklaganini aytgan ayolning videosiga izoh berdi. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol o‘zining voyaga yetmagan o‘g‘lining kaltaklanishida IIO xodimini ayblayotgani tasvirlangan videoga izoh berdi . Foto: Telegram Internet tarmoqlarida voyaga yetmagan M.J.ning onasi tomonidan qilingan murojaat tarqaldi . Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, 31-yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasida turgan, yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomobildan noma’lum shaxslar 25 million so‘mlik mulkni o‘g‘irlagan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tezkor tergov harakatlari davomida gumon qilinuvchilar aniqlanib, ushlangan. Ulardan biri 19 yoshli Aurillo A. qamoqqa olingan, 22 yoshli Alfreda G.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda. 16 yoshli M.J. voyaga yetmaganligi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi tanlangan. Ta’kidlanishicha, o‘g‘irlangan buyumlarning ko‘p qismi M.J.ning yashash joyida aniqlangan va olib qo‘yilgan.
348
Noodatiy taom — xamir ichida pishgan tovuq oyoqlari
Food
13:56, 05.03.2021 // 9292
Noodatiy taom — xamir ichida pishgan tovuq oyoqlari. Qarsildoq xamirli qopcha ichida mazali go‘sht, xushbo‘y qo‘ziqorin va yumshoqqina kartoshka pyuresi yashiringan. Foto: Lifehacker Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha!
350
Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar
World
13:45, 05.03.2021 // 11280
Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa koronaxabarlar. “Daryo” koronadayjestida o‘tgan bir kecha-kunduz ichida dunyoda yuz bergan koronavirus bilan bog‘liq voqealar rivoji haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Xitoyning Uxan shahrida SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishini tadqiq qilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari guruhi safar haqida oraliq hisobotni e’lon qilmaydi . Guruhga rahbarlik qilgan Piter Ben Embarek missiya haqida bir yo‘la to‘liq hisobot taqdim etilishini aytdi. U yaqin haftalarda e’lon qilinadi va asosiy xulosalardan iborat bo‘ladi. Mutaxassislarning ochiq xatida aytilishicha, Xitoyda deyarli bir oy davomida tadqiqot olib borgan JSST vakillariga virusning kelib chiqish manbalarini o‘rganish uchun yetarlicha imkoniyat berilmagan. Har qanday hisobotlarni e’lon qilishdan oldin esa siyosiy murosaga kelish kerak, chunki ularni Xitoy tomoni ma’qullab berishi kerak. Ishonchli hisobot tayyorlash uchun 2019-yil oxiridagi kasallanish holatlari bo‘yicha tibbiy hujjatlardan yanada to‘liq foydalanish uchun ruxsat kerak, deb hisoblaydi mutaxassislar. Ularning fikricha, “haqiqatda mustaqil jamoa tomonidan manfaatlar to‘qnashuvisiz hamda qaysidir mamlakatning nazoratisiz” yangi tadqiqot o‘tkazilishi kerak. XXR hukumati koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha dastlabki holatlarni 2019-yil dekabr oyining boshida rasman e’lon qilgandi.
351
Ilon Mask 17 yoshida juda yuqori natijalari sabab dasturlash bo‘yicha testlarni qayta topshirishga majbur bo‘lgan
World
13:33, 05.03.2021 // 9352
Ilon Mask 17 yoshida juda yuqori natijalari sabab dasturlash bo‘yicha testlarni qayta topshirishga majbur bo‘lgan. Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning onasi Mey Maskning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li yoshligida dasturlash bo‘yicha testlardagi juda yaxshi natijalari sabab doim uni qayta topshirishga majbur bo‘lgan. O‘zining Twitter’dagi sahifasida u 1989-yilning may oyi sanasi qo‘yilgan universitet hujjatining nusxasini joylashtirgan, deb yozadi Esquire. Foto: Legion Media “Kompyuter savodxonligi bo‘yicha 17 yoshingda topshirgan testingni topib oldim. Agar xotiram pand bermasa, imtihon oluvchilar hech qachon bunday yuqori natijani ko‘rmagani sabab seni qayta tekshirishga majbur bo‘lgandi. Bu qadar ajoyib muhandis ekanliging ajablanarli emas”, — deb yozadi Mey. .⁦⁦ @elonmusk ⁩ I found your computer aptitude test from when you were 17. If I remember correctly, they had to retest you because they had never seen such a high score. No wonder you are such a brilliant engineer. #ProudMom pic.twitter.com/7sGxAvLF4r — Maye Musk (@mayemusk) March 3, 2021 Mey o‘z postiga o‘g‘lini teg qilgan, biroq Ilon Mask hali javob qaytarganicha yo‘q.
352
“O‘zgidromet” 6-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi
Local
13:09, 05.03.2021 // 60695
“O‘zgidromet” 6-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. “O‘zgidromet” 6-mart, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi . Foto: “Daryo” Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga borib biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
354
“Liverpul” o‘z tarixida ilk bor ketma-ket 5 ta uy o‘yinida yutqazdi
Sport
13:01, 05.03.2021 // 17797
“Liverpul” o‘z tarixida ilk bor ketma-ket 5 ta uy o‘yinida yutqazdi. “Liverpul” Premyer Liga 29-turi doirasida kechgan 4-mart kungi o‘yinda “Chelsi”ga yutqazib qo‘ydi (0:1) . Foto: Opta Yurgen Klopp qo‘l ostidagi jamoa “Enfild”da ketma-ket beshta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Avvalroq jamoa “Byornli” (0:1), “Brayton” (0:1), “Manchester Siti” (1:4) va “Everton”ga (0:2) o‘z uyida yutqazgandi. “Qizillar” o‘z tarixida ilk bor ketma-ket beshta uy o‘yinida mag‘lub bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Opta. Shuningdek, “Liverpul” Premyer Liga doirasida o‘z maydonida besh o‘yinlik mag‘lubiyatli seriya qayd etgan ilk amaldagi chempion bo‘ldi. “Liverpul” umumiy olganda “Enfild”da yettita uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti. So‘nggi bor jamoa 16-dekabrda “Tottenhem”ni mag‘lub etgandi (2:1). Mersisaydliklar keyingi uy o‘yinini 7-mart kuni “Fulhem”ga qarshi o‘tkazadi. !
355
Pechda pishirmay tayyorlasa bo‘ladigan, bir-biridan mazali 5 ta shirinlik retsepti
Food
12:59, 05.03.2021 // 14412
Pechda pishirmay tayyorlasa bo‘ladigan, bir-biridan mazali 5 ta shirinlik retsepti. Pechda pishirishni talab etmaydigan turli xil shirinliklar mavjud. Bundan tashqari, ular odatiy desertlarga nisbatan tez tayyorlanadi hamda kaloriyasi kam.
356
AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi
World
12:44, 05.03.2021 // 27328
AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi. AQSh Davlat departamenti qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet Kamchi Kolbayevni hibsga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun mukofot miqdorini besh baravarga oshirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi . Avvalroq Kolbayev haqida ma’lumot uchun mukofot 1 million dollarni tashkil etgan edi . Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, 2000-yilda Kolbayev jinoiy guruh tarkibidagi o‘zining sobiq xo‘jayinini o‘ldirishga urinish va yana ikki kishining o‘limida ayblanib sudlangan. Mazkur jinoyatlar uchun Kolbayev 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo olti yil o‘tgach, qamoqdan qochib ketgan. 2008-yilda u Moskvada jinoyatchilarning maxfiy yig‘inida jinoiy to‘da boshlig‘i deb e’lon qilingan. AQSh FQB prezident sayloviga aralashishda ayblanayotgan rossiyalik haqidagi ma’lumot uchun 250 ming dollar mukofot va’da qildi 2012-yilda AQSh maxsus xizmatlari Kolbayevni dunyodagi eng yirik narkobaronlar ro‘yxatiga kiritgan. 2017-yilda AQSh hukumati Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan o‘n nafar jinoiy avtoritetni “qora ro‘yxat”ga kiritgan , ular orasida Kolbayev ham bor edi.
357