question_id
int64 7.99k
24.2k
| title
stringlengths 1
145
| body
stringlengths 1
7.25k
| category
stringclasses 27
values | region
stringclasses 14
values | owner
stringlengths 1
19
| created_at
stringdate 2019-04-24 08:12:23
2025-02-11 08:43:31
| answer_id
int64 1
13.2k
| answer_body
stringlengths 0
14.9k
| answer_author
stringclasses 157
values | author_region
stringclasses 13
values | isLawyer
bool 2
classes | isLegist
bool 1
class | answer_created_at
stringdate 2019-04-26 17:12:43
2025-03-30 17:20:45
|
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
8,203 |
Aliment 16 yoshgacha to'lanadi deb eshitdim. Shu r...
|
Aliment 16 yoshgacha to'lanadi deb eshitdim. Shu rostmi? Agar rost bo'lsa qachon bunday qonun chiqqan? DNK narxi qancha va necha yoshgacha mumkin? Imtiyozlar ham bormi DNK qilish bo'yicha?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Shaxriyor
|
2022-01-26T17:15:38.000000Z
| 213 |
Oila kodeksining 96-moddasiga asosan aliment voyaga yetmagan farzandga voyaga yetgangunga qadar to'anadi. Bu esa 18 yosh hisoblanadi. Hali 16 yoshgacha degan qonunchilikda o'zgarish bo'lgani yo'q. DNK narxi ma'lum normativ-huquqiy hujjat asosida belgilnamagan. Bu narxlar sud ekspertiza, xusussan Hadicha Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan belgilanadi. Siz ushbu tashilotga murojaat qilib bilib olishingiz mumkin narxini. DNK bo'yicha qonunchilikdagi imtiyoz shundayki, agar DNK sudning qarori bilan tayinlansa, belgilangan summaning 50 % to'lanadi. Agar u o'z arizangiz bilan tayinlansa, 100 % to'nalandi. Bundan boshqa imtiyozlar sud ekspertiza markazlarining o'zida nazarda tutilgan bo'lishi mumkin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-23T14:43:38.000000Z
|
8,202 |
Uchta bankdan kredit qarzdorligim bor, shularni yo...
|
Uchta bankdan kredit qarzdorligim bor, shularni yopish uchun chet elda qonuniy shartnoma asosida ishlamoqchiman. Bu mumkinmi?
|
citizenship
|
words.regions.bukhara
|
Bobomurod
|
2022-01-26T17:15:38.000000Z
| 220 |
Siz bunday masalalarni alment bilan bog'liq munosabatlarga o'xshatibsiz, shekilli. To'g'ri, alimenti majburiyati bor shaxsga ma'lum taqiqlar qo'yilar edi. Ammo kredit majburiyati bo'lsa, taqiq qo'yish degan qoida yo'q. Agar bo'lgan taqdirda ham inson huquq va erkinliklarining buzilishi deb bemalol aytish mumkin bo'ladi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T11:32:51.000000Z
|
8,201 |
Nikohdan oʻtayotganda sudlanganlik haqida maʼlumot...
|
Nikohdan oʻtayotganda sudlanganlik haqida maʼlumotnoma kerakmi?
|
family
|
words.regions.tashkent_region
|
Xamza
|
2022-01-26T17:15:37.000000Z
| 205 |
Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 387-sonli Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori 83-bandiga muvofiq nikohni qayd etish uchun ariza berishda nikohlanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, yaʼni pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnmasi yoki harbiy bilet koʻrsatilishi kerak. Sizning holatingizda boshqa hujjatni talab qilishi nooʻrin
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-21T14:52:42.000000Z
|
8,200 |
Ишхона томонидан 11-банд билан доимий пропискага қ...
|
Ишхона томонидан 11-банд билан доимий пропискага қўйилдим. 3 йил муддат ўтмасдан кредитга уй олсам бўладими?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Бекзод
|
2022-01-26T17:15:37.000000Z
| 200 |
Сизнинг саволингизга кўра, икки хил масалани ёритиш керак бўлади. Биринчидан, агар сиз кредитни янги қурилган уй-жойлардан (новостройка) сотиб олиш учун олаётган бўлсангиз, бунда прописка билан боғлиқ ҳеч қандай чеклов йўқ. Иккинчидан, агар иккиламчи бозордан (эски уйлардан) сотиб олмоқчи бўлсангиз, банк кредит бераверади. Аммо Тошкент пропискасининг ажойиб қоидаларига кўра, уйни олди-сотди қилишингиз учун сиз прописка олган иш жойингизга ишга кириб, ишлаётганингизга 3 йил тўлган бўлиши керак. Афсуски, шундай. Бу қоида Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 16 февралдаги 41-сон
қарори
билан тасдиқланган "Ўзбекистон Республикаси фуқароларини Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида доимий прописка қилиш ва турган жойи бўйича ҳисобга олиш тартиби тўғрисида НИЗОМ"нинг 8-бандида назарда тутилган.
У ерда: "8. Тошкент шаҳрида олди-сотди битимларини, алмаштириш, рента, умрбод таъминлаш шарти билан ўзгага бериш ва ҳадя қилишни, шунингдек Тошкент шаҳридаги турар жой ёхуд турар жой бўлмаган бино шаклидаги кўчмас мулкни гаровга (ипотекага) қўйиш, кўчмас мулкдан (кўчмас мулкнинг бир қисмидан) воз кечиш ва кўчмас мулкни ўзгага беришнинг бошқа усулларини нотариал тасдиқлаш ва давлат рўйхатидан ўтказиш қуйидаги ҳолларда амалга оширилади, агар сотиб олувчи томон:
Тошкент шаҳрида доимий пропискага эга бўлган;
Тошкент шаҳри ҳудудида камида
уч йил
доимий яшаб турган (лавозимда бўлган), Рўйхатнинг 2, 5, 9 —
11-бандларига
мувофиқ Тошкент шаҳрида доимий прописка қилинган жисмоний шахс ҳисобланса ва ички ишлар органининг доимий пропискаси борлиги тўғрисидаги маълумотномасини тақдим этса.", деган машҳур қоидалар белгиланган.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-19T14:56:56.000000Z
|
8,199 |
Yoshim 18 da, mening otam bilan onam ajrashgan, me...
|
Yoshim 18 da, mening otam bilan onam ajrashgan, men esa otamning familiyasida qolganman. Oilam ajrashganda men chaqaloq bo'lganman. Hozir men o'gay otam bilan yashayman. Men o'z xohishim bilan familiyamni hozirgi o'gay otamning familiyasiga o'tkazmoqchiman. Buning uchun nima qilishim kerak?
|
citizenship
|
words.regions.namangan
|
Muhammadqodir
|
2022-01-26T17:15:37.000000Z
| 202 |
1. Birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 19-moddasiga muvofiq, Fuqaro qonunda belgilangan tartibda o‘z ismini o‘zgartirishga haqli. Fuqaroning o‘z ismini o‘zgartirishi avvalgi ismi bilan olgan huquq va burchlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Ismini o‘zgartirgan fuqaro o‘zining avvalgi ismiga rasmiylashtirilgan hujjatlarga o‘z hisobidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini talab qilishga haqli. Fuqaro tug‘ilgan vaqtida olgan ismini, shuningdek o‘zgartirilgan ismini fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 226, 227-moddalariga muvofiq, 226-modda. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi o‘n olti yoshga to‘lgandan keyin u yashab turgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
227-modda. Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish oqibatlari
Familiya, ism va ota ismi o‘zgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli o‘zgartishlar kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq, Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach turar joydagi FHDYo organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;
agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.
Xulosa qilib aytganda, familiyangizni o‘zgartirishingiz mumkin, buning uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni yig‘ib, turar joyingiz bo‘yicha FHDYО organi ariza bilan murojaat qilishingiz lozim.
|
Мухриддинхон Файзуллаев
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-20T13:55:04.000000Z
|
8,198 |
Savolim shundan iboratki, uyimning yonginasida min...
|
Savolim shundan iboratki, uyimning yonginasida mini futbol stadioni qurilgan, u yerda futbol o'ynaganlarida shovqini uyimga eshitiladi. Ayniqsa, kechasi judayam bezovta qilishyapti. Bu vaziyatda nima qilishga hayronman. Shu masalada maslahat bersangiz?
|
civil
|
words.regions.samarkand
|
Sanjar
|
2022-01-26T17:15:37.000000Z
| 203 |
O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 192-moddasiga muvofiq,
Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya'ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish —
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, amaladagi tartibga muvofiq, sizni Tungi vaqtda bezovta qilishganda ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida Stadion ma'muriyatini ogohlantirishingiz va keyin sud tartibida o‘z huquqlaringizni himoya qilishingiz mumkin.
|
Мухриддинхон Файзуллаев
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-20T13:56:45.000000Z
|
8,197 |
Йул-патруль хизмати (ЙПХ) ходими дуч келган автомо...
|
Йул-патруль хизмати (ЙПХ) ходими дуч келган автомобилни тўхтатиб, унинг бошқа ҳайдовчи билан юзага келган ҳолатга нисбатан холис - гувоҳ сифатида қатнашишини сўраганида ҳайдовчи ЙПХ ходимига рад жавобини бериб ҳаракатини давом эттиришга ҳаклими?
|
court
|
words.regions.tashkent
|
Комолитдин
|
2022-01-26T17:15:36.000000Z
| 206 |
Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodek qoidalariga koʻra
ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Agar siz toʻgʻridan toʻgʻri voqeaning guvohi (shohidi) boʻlmagan boʻlsangiz. DAN xodimining sizni guvoj tariqasida ishga jalb qilishi noqonuniy hisoblanadi.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-21T15:02:39.000000Z
|
8,197 |
Йул-патруль хизмати (ЙПХ) ходими дуч келган автомо...
|
Йул-патруль хизмати (ЙПХ) ходими дуч келган автомобилни тўхтатиб, унинг бошқа ҳайдовчи билан юзага келган ҳолатга нисбатан холис - гувоҳ сифатида қатнашишини сўраганида ҳайдовчи ЙПХ ходимига рад жавобини бериб ҳаракатини давом эттиришга ҳаклими?
|
court
|
words.regions.tashkent
|
Комолитдин
|
2022-01-26T17:15:36.000000Z
| 207 |
Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodek qoidalariga koʻra
ish bo‘yicha aniqlanishi kerak bo‘lgan biron-bir holatdan voqif bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Agar siz toʻgʻridan toʻgʻri voqeaning guvohi (shohidi) boʻlmagan boʻlsangiz. DAN xodimining sizni guvoj tariqasida ishga jalb qilishi noqonuniy hisoblanadi.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-21T15:02:40.000000Z
|
8,196 |
Assalomu alaykum! Avvalambor, shunday imkoniyat bo...
|
Assalomu alaykum! Avvalambor, shunday imkoniyat borligidan va savolimga javob ola olishimdan sizlarga minnadorchilik bildiraman. Savolim shundan iborat: onam avtomobillarini menga hadya qilmoqchilar, shu sababli qonunda belgilangani kabi notarial xarajatlar va yo'l fondiga to'lanadigan to'lovlar uncha ko'p bo'lmaydi, agar avtomobil xotinimning nomiga hadya qilinsa, yo'l fondiga to'lov qilish kerakmi?
|
auto
|
words.regions.namangan
|
Abduvali
|
2022-01-26T17:15:36.000000Z
| 219 |
Notarial xarajat bo'yicha
: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son
qarori
bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 4-bandi p) kichik bandining izohlariga ko'ra qarindoshlar belgilangan summaning 5 % ini to'laydilar xolos. Ya'ni agar natoriusga to'lovda ana shunday yaxshigina imtiyioz bor. Bu degani, masalan, umuman 1 000 000 so'm to'lash kerak bo'lsa 50 000 so'm to'lanadi.
Yo'l fondiga to'lov bo'yicha
: Bu haqda biror imtiyoz nazarda tutilmagan.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T11:20:10.000000Z
|
8,195 |
Mening bir nafar 2 yoshli farzandim bor. Xotinim b...
|
Mening bir nafar 2 yoshli farzandim bor. Xotinim bilan kelishmovchiliklar sababli ajrashmoqchiman, farzandimni o'zim bilan olib qola olamanmi? Xotinimning onasining uyida farzand katta qilishga sharoiti yoq, 2 xonali uyda 2 kishi va yana 1 nafar nogiron spirtga ruju qo'ygan tog'asi bor, bundan tashqari uyida har kuni mehmon oyog'i arimaydi. Farzandimning bunday oilada tarbiya topishini istamayman. Buning uchun nima qilsam bo'ladi?
|
family
|
words.regions.kashkadarya
|
Abror
|
2022-01-26T17:15:36.000000Z
| 197 |
Assalomu alaykum.
BOLALAR TARBIYASI BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN NIZOLARNI HAL QILISHDA SUDLAR TOMONIDAN QONUNLARNI QO‘LLASH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDAgi Oliy sud Plenumi qarorida 3-bandiga koʻra Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining
71-moddasida
belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga etmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi.
Sud 10 yoshga to‘lgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham e’tiborga olishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, siz fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilib yuqoridagi talablar asosida farzsndingizni tarbiyangizga olinshingiz mumkin.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-19T04:00:38.000000Z
|
8,194 |
Mening savolim shundan iboratki, bobom amakim tomo...
|
Mening savolim shundan iboratki, bobom amakim tomonidan Toshkent propiskasiga kirganlar, 2001-yildan beri Toshkentda doimiy yashaymiz. Bizga propiska olishi imkoni bormi?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Abdulaziz
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 217 |
Ha, Toshkent propiskasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq, buning imkoniyati bor. Agar bobongiz ro'yxatning 2-baniga asosan 2001-yilda kirgan bo'lsa, oradan uch yildan ortiq muddat o'tgan. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to'g'risida
YO'RIQNOMA
ning 24-bandiga asosan 2-band bilan o'tganlar uch yil o'tgach uy sotib olsa, 1-band bo'yicha propiska qilinadi.
2011-yil 14-sentabrdagi O'RQ-296-son
qonun
bilan tasdiqlangan RO'YXATning 2-bandiga asosan esa Qarindoshlar - o'zlarining to'g'r shajara bo'yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinishi mumkin. Shunday ekan bobongizning ikkinchi darajdagi qarindoshlari - nevaralari qonunan mana shunday huquqga ega bo'ladi. Ammo amaliyot va nazariyaning bir-biriga mos kelmasligi holatlaridan ehtiyot bo'lish kerak. Salomat bo'ling!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T10:20:36.000000Z
|
8,194 |
Mening savolim shundan iboratki, bobom amakim tomo...
|
Mening savolim shundan iboratki, bobom amakim tomonidan Toshkent propiskasiga kirganlar, 2001-yildan beri Toshkentda doimiy yashaymiz. Bizga propiska olishi imkoni bormi?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Abdulaziz
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 218 |
Ha, Toshkent propiskasini tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikka muvofiq, buning imkoniyati bor. Agar bobongiz ro'yxatning 2-baniga asosan 2001-yilda kirgan bo'lsa, oradan uch yildan ortiq muddat o'tgan. O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to'g'risida
YO'RIQNOMA
ning 24-bandiga asosan 2-band bilan o'tganlar uch yil o'tgach uy sotib olsa, 1-band bo'yicha propiska qilinadi.
2011-yil 14-sentabrdagi O'RQ-296-son
qonun
bilan tasdiqlangan RO'YXATning 2-bandiga asosan esa Qarindoshlar - o'zlarining to'g'r shajara bo'yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga propiska qilinishi mumkin. Shunday ekan bobongizning ikkinchi darajdagi qarindoshlari - nevaralari qonunan mana shunday huquqga ega bo'ladi. Ammo amaliyot va nazariyaning bir-biriga mos kelmasligi holatlaridan ehtiyot bo'lish kerak. Salomat bo'ling!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T10:20:36.000000Z
|
8,193 |
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб ол...
|
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб олмоқчи ташкилотларни қандай топиш мумкин? Ва улар билан олдиндан шартнома килмокчиман, Россия ташкилотлари бўлса яхшироқ бўларди.
|
business
|
words.regions.bukhara
|
Алишер
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 214 |
Экспорт масалалари Ўзбекистонда Ўзбекистон Республикасининг Ташқи савдо вазирлиги томонидан мувофиқлаштирилади. Шу сабабли сиз мазкур масалада Мазкур вазирликка мурожаат қилишингиз мумкин. Улар сизга экспорт йўл-йўриқларини кўрсатишади. Шунингдек, dehqon.uz sayti билан танишиб чиқинг.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T09:37:25.000000Z
|
8,193 |
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб ол...
|
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб олмоқчи ташкилотларни қандай топиш мумкин? Ва улар билан олдиндан шартнома килмокчиман, Россия ташкилотлари бўлса яхшироқ бўларди.
|
business
|
words.regions.bukhara
|
Алишер
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 215 |
Экспорт масалалари Ўзбекистонда Ўзбекистон Республикасининг Ташқи савдо вазирлиги томонидан мувофиқлаштирилади. Шу сабабли сиз мазкур масалада Мазкур вазирликка мурожаат қилишингиз мумкин. Улар сизга экспорт йўл-йўриқларини кўрсатишади. Шунингдек, dehqon.uz sayti билан танишиб чиқинг.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T09:37:25.000000Z
|
8,193 |
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб ол...
|
Мен 10 тонна қуритилган ўрик сотмоқчиман, сотиб олмоқчи ташкилотларни қандай топиш мумкин? Ва улар билан олдиндан шартнома килмокчиман, Россия ташкилотлари бўлса яхшироқ бўларди.
|
business
|
words.regions.bukhara
|
Алишер
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 216 |
Экспорт масалалари Ўзбекистонда Ўзбекистон Республикасининг Ташқи савдо вазирлиги томонидан мувофиқлаштирилади. Шу сабабли сиз мазкур масалада Мазкур вазирликка мурожаат қилишингиз мумкин. Улар сизга экспорт йўл-йўриқларини кўрсатишади. Шунингдек, dehqon.uz sayti билан танишиб чиқинг.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-24T09:37:25.000000Z
|
8,192 |
Магистратурада ўқиб, бир стафкада ишлаш мумкиними?...
|
Магистратурада ўқиб, бир стафкада ишлаш мумкиними? Тартиби қандай?
|
education
|
words.regions.jizzakh
|
Даврон
|
2022-01-26T17:15:35.000000Z
| 193 |
Assalomu alaykum. Mehnat kodeksining 77-moddasiga koʻra 16 yoshga toʻlgan shaxslar mehnat shartnomasi tuzib ishlari mumkin. Mazkur kodeks 248 - 258-moddalarida oshni taʼlim bilan qoʻshib olib borayotganlar uchun alohida imtiyozlar mavjud. Sizning holatingizda 1 satvka ishlash mumkin bunga qonunchilikda cheklov yoʻq faqat ish faoliyatingiz oʻqishingizga halaqit bermasa boʻldi. Siz oʻz yoʻnalishingiz boʻticha ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzib ishlashingiz mumkin. MK 80-moddasida ishga qabul qilishda kerak boʻladigan hujjatlar roʻyxati belgilab berilgan, shu hujjatlarni arizaga ilova qilgan holda ish beruvchiga murojaat qiiqilishin mumkin.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-16T16:44:21.000000Z
|
8,191 |
15 yoshli bolalar o'rtasida urush bo'lgan. 2 bola...
|
15 yoshli bolalar o'rtasida urush bo'lgan. 2 bola 1 kishini urishgan. Ushbu bolalarning ota-onasiga nisbatan biror bir chora ko'riladimi?
|
court
|
words.regions.surkhandarya
|
Tursunpo'lat
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 196 |
O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi ham Jinoyat kodekslarida badanga shikast yetkazish va bezorilik harakatlari uchun javobgarliklar belgilangan. Bu holatda ma'muriy vujudga kelmaydi. Chunki MJTKga asosan 16 yoshga to'lgan shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoiy javobgarlik esa tan jarohatining darajasiga ko'ra kelib chiqadi. Bu daraja tibbiy ekspertiza xulosasida ko'rsatiladi. Agar jarohat engil bo'lsa, unda jnoiy javobgarlik ham yo'q. Chunki JK bo'yicha engil jarohat uchun javobgarlikka tortish uchun shaxs 18 yoshga to'lgan bo'lishi kerak. Ota-onalarga nisbatan esa javobgarlik kelib chiqmaydi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-17T07:25:50.000000Z
|
8,190 |
Men ishga joylashtirish va ishchi topib berish bo'...
|
Men ishga joylashtirish va ishchi topib berish bo'yicha firma ochgan edim. Buning uchun menga 3 tamonlama shartnoma kerak, kimga murojaat qilib, qanday olsam bo'ladi?
|
labor
|
words.regions.tashkent
|
Munira
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 228 |
Assalomu alaykum, kech javob berilayotganligi uchun uzr so'raymiz. Yuridik.uz saytining hujjat buyurtma qilish bo'limi orqali shunday turdagi shartnoma uhucn buyurtma berishingiz mumkin. Bunda advokatlar sizga xizmat haqqi bayon qilingan taklif yuboradilar. Siz orasidan birini tanlashingiz mumkin.
Hujjat tayyorlash uchun buyurtma
-
https://yuridik.uz/documents/create
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-26T05:28:43.000000Z
|
8,189 |
Yakka tartibdagi tadbirkorlik hujjatimni bekor qil...
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlik hujjatimni bekor qildirganimdan so'ng 1 yildan keyin menga telefon qilib, to'lanmasdan qolib ketgan soliqlarim 500.000 so'mga yaqin ekanligini habar berishdi va shu bo'yicha tolab ketishimni so'rashdi. Bu qanchalik to'g'ri? Hujjatlarimni to'xtatishim oldidan habar qilinmasmidi bu togrisidagi soliqlar?
|
tax
|
words.regions.tashkent
|
Diyorbek
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 192 |
Assalomu alaykum. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 38-moddasiga koʻra
Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Siz yattini toʻxtatayotgan paytingizda soliq qarzi mavjud boʻlishi mumkin. Shu tufayli siz hozirgi vaziyatda Davlat soliq xizmati organiga borib aniqlik kiritishingiz mumkin. Mazkur vaziyatda soliq organining harakati qonuniy hisoblanadi.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-16T09:50:13.000000Z
|
8,189 |
Yakka tartibdagi tadbirkorlik hujjatimni bekor qil...
|
Yakka tartibdagi tadbirkorlik hujjatimni bekor qildirganimdan so'ng 1 yildan keyin menga telefon qilib, to'lanmasdan qolib ketgan soliqlarim 500.000 so'mga yaqin ekanligini habar berishdi va shu bo'yicha tolab ketishimni so'rashdi. Bu qanchalik to'g'ri? Hujjatlarimni to'xtatishim oldidan habar qilinmasmidi bu togrisidagi soliqlar?
|
tax
|
words.regions.tashkent
|
Diyorbek
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 13,126 |
Assalomu alaykum!
Soliq kodeksining 88-moddasiga ko'ra soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin uch yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e’tiboran uch yilni tashkil etadi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-11T09:53:43.000000Z
|
8,188 |
Savol: Men bu yil Musiqa sohasi bo'yicha Magistrat...
|
Savol: Men bu yil Musiqa sohasi bo'yicha Magistraturaga topshirdim. Magistrga topshirganlar ichidan eng bilimi yuqorilardan bir yoki ikkinchilikda turibman qolgan 15 ta topshiruvchi ichida. Mabodo mendan bilimi pastlar o'qishga kirib ketsa haqqoniylik bo'lmasdan , kimga murojaat qilsam bo'ladi ulardan bilimim ustunligini ko'rsatish va o'qishga haqqoniy o'z kuchim bilan kira olishimni isbotlash uchun? Javob uchun oldindan
|
education
|
words.regions.jizzakh
|
Bekzodjon
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 195 |
O'zingiz aytganingizdek birinchilikda turgan bo'lsangiz, buning isbotini (rasmi, hujjati, fayli) o'zingizda saqlab turing. Agar haqiqatdan ham sizdan ko'ra kam ball olgan o'qishga kirsa, bu bo'yicha tegishli tatibda qabul komissiyasiga yoki DTMga murojaat qilishingiz mumkin. Bilimingiz ko'pligini isbotlashning yo'li bu imtihonlarni yaxshi topshirish. Ammo alohida tartibda sizning bilimingiz kim bilandir solishtirib, sinalmaydi. Imtihon barcha uchun bir xilda o'tadi. Agar biror bir qoidabuzarlik bo'lsa, Qabul komissiyasi raisiga yoki DTMga murojaat qiling!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-17T07:11:03.000000Z
|
8,188 |
Savol: Men bu yil Musiqa sohasi bo'yicha Magistrat...
|
Savol: Men bu yil Musiqa sohasi bo'yicha Magistraturaga topshirdim. Magistrga topshirganlar ichidan eng bilimi yuqorilardan bir yoki ikkinchilikda turibman qolgan 15 ta topshiruvchi ichida. Mabodo mendan bilimi pastlar o'qishga kirib ketsa haqqoniylik bo'lmasdan , kimga murojaat qilsam bo'ladi ulardan bilimim ustunligini ko'rsatish va o'qishga haqqoniy o'z kuchim bilan kira olishimni isbotlash uchun? Javob uchun oldindan
|
education
|
words.regions.jizzakh
|
Bekzodjon
|
2022-01-26T17:15:34.000000Z
| 13,125 |
Assalomu alaykum!
Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomning 31-1-bandiga ko'ra oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qarorlardan norozi bo‘lganlar tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-11T09:48:24.000000Z
|
8,187 |
Мен хотиним билан ажрашмоқчиман, болаларни ҳаммаси...
|
Мен хотиним билан ажрашмоқчиман, болаларни ҳаммаси менда қолган, ўзи 3 ойдан бери онасиникида. Агарда судда болалар отаси билан қоламан деса, болалар мен билан қоладими?
|
family
|
words.regions.jizzakh
|
Асил
|
2022-01-26T17:15:33.000000Z
| 190 |
Assalomu alaykum. Sizning savolingiz boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi va
SUDLAR TOMONIDAN NIKOHDAN AJRATISHGA OID ISHLAR BO‘YICHA QONUNCHILIKNI QO‘LLASH AMALIYOTI TO‘G‘RISIDAgi Oliy sud Plenumi qarorida belgilangan qoidalarga koʻra ota ona ajrashayotganda sud farzandlarni kimda qolish masalasini hal qiladi. Farzandlar 10 yoshga toʻlgan va undan katta boʻlsa, sud ulardan ota yoki onadan qay birida qolishni soʻraydi.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-15T15:40:21.000000Z
|
8,186 |
Er-xotin ajrashgan. Eri boshqa bilan turmush qurga...
|
Er-xotin ajrashgan. Eri boshqa bilan turmush qurgan va xotin erga chiqqan. Birinchi turmushdan qizi bor. Qiz ayolning ota-onasining tarbiyasida. Shu qizni vasiylik yoki homiylikka olish shartmi?
|
family
|
words.regions.karakalpakistan
|
Risgul
|
2022-01-26T17:15:33.000000Z
| 187 |
Ushbu savolga javob berishdan oldin vasiylik va homiylik tushunchalarga to’xtalib o’tsak, O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 173-moddasiga muvofiq, Vasiylik o’n to’rt yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta'minot, tarbiya va ta'lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi. Sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o’z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko’ra homiylik belgilanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to’g’risida” Qonuni 20-moddasiga muvofiq, Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo’lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo’lsa, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi. Bunda vasiylik va Homiylik belgilanishi to’g’risida ariza bilan tumani Hokimligiga murojaat qilinadi.
26-moddaga binoan Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko’ra o’zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o’zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko’rsatiladi.
Xulosa qilib aytganda farzand bilan birga yashamayotgan ota-ona tomonidan shuningdek, ayolning ota-onasi tomonidan tuman Hokimliga ariza bilan murojaat qilib, bolani vasiylikka olish shart!
|
Мухриддинхон Файзуллаев
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-14T06:49:35.000000Z
|
8,186 |
Er-xotin ajrashgan. Eri boshqa bilan turmush qurga...
|
Er-xotin ajrashgan. Eri boshqa bilan turmush qurgan va xotin erga chiqqan. Birinchi turmushdan qizi bor. Qiz ayolning ota-onasining tarbiyasida. Shu qizni vasiylik yoki homiylikka olish shartmi?
|
family
|
words.regions.karakalpakistan
|
Risgul
|
2022-01-26T17:15:33.000000Z
| 2,876 |
Assalomu aleykum. Meni savolim shuki turmush o‘rtog‘im vafotidan keyin qaynotam va qaynonam 4 yoshli o‘g‘limni mendan olib qo‘ymoqchi bunga xaqlimi
|
Bobur
| null | null | null |
2021-01-04T11:46:48.000000Z
|
8,185 |
Men 5 yildan buyon maktabgacha ta'lim muassasasi (...
|
Men 5 yildan buyon maktabgacha ta'lim muassasasi (MTM)da ishlar edim. Iyul oyida ishdan bo'shadim va menga hisob-kitob qilishib, 100 ming so'm chiqarib berildi. May oyida ta'tilga chiqandim. Shu sababli shunaqa chiqadi deyishdi. Shu to'g'rimi hisob-kitob qilinganda hec bo'lmasa 1 oklad chiqmaydimi.
|
labor
|
words.regions.tashkent_region
|
Aziza
|
2022-01-26T17:15:33.000000Z
| 183 |
Sizning savolingiz mavhum bo'lib qolgan. Kerakli ma'lumotlar bo'lmay turib bu savolga biror javob berish mumkin emas. Siz ta'tildan keyin qancha vaqt davomida ishlaganingizni, bu vaqt uchun boshqa haq olgan yoki olmaganingizni, 100 ming nima uchun berilganligini, oyligingiz qancha ekanligni va boshqa ma'lumotlarni ma'lum qiling, iloji bo'lsa.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-12T15:02:28.000000Z
|
8,185 |
Men 5 yildan buyon maktabgacha ta'lim muassasasi (...
|
Men 5 yildan buyon maktabgacha ta'lim muassasasi (MTM)da ishlar edim. Iyul oyida ishdan bo'shadim va menga hisob-kitob qilishib, 100 ming so'm chiqarib berildi. May oyida ta'tilga chiqandim. Shu sababli shunaqa chiqadi deyishdi. Shu to'g'rimi hisob-kitob qilinganda hec bo'lmasa 1 oklad chiqmaydimi.
|
labor
|
words.regions.tashkent_region
|
Aziza
|
2022-01-26T17:15:33.000000Z
| 13,123 |
Assalomu alaykum!
Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko'ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
- oxirigacha olinmagan ish haqini;
- xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
- agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-11T09:40:24.000000Z
|
8,184 |
Yashab turgan Xonadonimiz marhum Buvamning nomlari...
|
Yashab turgan Xonadonimiz marhum Buvamning nomlarida qolgan. Vafot etganlariga 8 yil bo'ldi. Rahmatli otamning vafotlariga esa 12 yil bo'ldi. Uyni yolg'iz o'g'il ukamning nomiga o'tqizmoqchi edik. Ukamning yoshi 18 da. Buvam vafotlardan oldin vasiyatnoma yozb qoldirb ketgan, ammo natariusdan o'tmagan. Vasiyatga ko'ra uyni ukamning nomiga sotilmaslik sharti bilan o'tkazish ko'rsatilgan. Bunday vaziyatda qanday chora ko'rishim kerak? Ammam hamda Amakimdan notarial idoraga borib tilxat yozdirib olib, keyin uyni ukamning nomiga o'tkazishimga to'g'ri keladi? Qanday hujjatlar va qancha mablag' kerak bo'ladi?
|
inheritance
|
words.regions.tashkent_region
|
Nazokat
|
2022-01-26T17:15:32.000000Z
| 184 |
Sizlarda mavjud bo'lgan vasiyatnoma va tegishli rozilik arizalari bilan birga notariusga murojaat etasiz!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-12T15:14:31.000000Z
|
8,183 |
Turmush ortog'i bilan ajrashmasdan boshqa ayol bil...
|
Turmush ortog'i bilan ajrashmasdan boshqa ayol bilan yashab yursa bo'ladimi? Bunga nisbatan jinoyat kodeksida jazo belgilanganmi?
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Xudoyorxon
|
2022-01-26T17:15:32.000000Z
| 181 |
Demokratik qonunlar shunday huquqlar beradiki, hatto begona ayol bilan ham birga yurish va birga yashash mumkin. Faqat u 18 yoshga to'lgan va siz bilan yurishga rozi bo'lgan bo'lsa. Biroq masalaning yana bir tomoni bor. Jinoyat qonunchiligida shunday norma nazarda tutilgan, unga ko'ra, ko'p xotinli bo'lish, ya'ni umumiy ro'zg'or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo'lib yashash (Jinoyat kodeksi 126-modda) jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Benikoh yoki nikoh bilan yashashni, ya'ni sha'riy nikohsiz yoki nikohli yashashni qonun tartibga solmaydi. Qonun nikoh guvohnomasi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Shunday bo'lsada, nikoh guvohnomasi bo'lmasa, sha'riy nikoh o'qish va o'qitishga ma'muriy javobgarlik belgilangan qonunchilikda. O'z holatingizni mana shu qoidalarga qo'yib ko'rib xulosa chiqarib olishingiz mumkin!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-10T12:15:05.000000Z
|
8,182 |
Benikoh bir uyda birga yashab yurish mumkinmi? Bun...
|
Benikoh bir uyda birga yashab yurish mumkinmi? Buning uchun jinoiy javobgarlik yo'qmi?
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Xudoyorxon
|
2022-01-26T17:15:32.000000Z
| 170 |
Demokratik qonunlar shunday huquqlar beradiki, hatto begona ayol bilan ham birga yurish va birga yashash mumkin. Faqat u 18 yoshga to'lgan va siz bilan yurishga rozi bo'lgan bo'lsa. Biroq masalaning yana bir tomoni bor. Jinoyat qonunchiligida shunday norma nazarda tutilgan, unga ko'ra, ko'p xotinli bo'lish, ya'ni umumiy ro'zg'or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo'lib yashash (Jinoyat kodeksi 126-modda) jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Benikoh yoki nikoh bilan yashashni, ya'ni sha'riy nikohsiz yoki nikohli yashashni qonun tartibga solmaydi. Qonun nikoh guvohnomasi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga soladi. Shunday bo'lsada, nikoh guvohnomasi bo'lmasa, sha'riy nikoh o'qish va o'qitishga ma'muriy javobgarlik belgilangan qonunchilikda. O'z holatingizni mana shu qoidalarga qo'yib ko'rib xulosa chiqarib olishingiz mumkin!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T15:42:39.000000Z
|
8,181 |
Мен 5-июлгача бир тишкилотда (Хусусий бандлик аген...
|
Мен 5-июлгача бир тишкилотда (Хусусий бандлик агентлиги) ишлагандим, айни вактда фирманинг молиявий масалаларда бўлган муаммолари сабабли ва фирма ижарага олган бино учун пул тўланмаганлиги сабабли ёпиб қуйилган. Шу фирмага эгалик киладиган директор ўз ловозимини тарк этганлиги сабабли айни вактда фирмада ойлик тўлайдиган шахс йўқ. Лекин фирманинг таъсисчилари бор. Фирма мана 1 ойдан бери директор йўқлигини асос қилиб, июнь ойи учун ойлигимни тўлаб беришдан бош тортяпти. Шу тўғри-ми? Бу вазиятда кимга мурожжат қилиш керак?
|
labor
|
words.regions.navoiy
|
Умид
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 171 |
Амалдаги меҳнат қонунчилигида раҳбарнинг бор ёки йўқлиги иш ҳақини тўлаш масаласига таъсири ҳақида қоида назарда тутилмаган. Аммо ходимнинг ишлаган вақти учун келишилган иш ҳақининг тўланиши шарт эканлиги қатъий белгилаб қўйилган. Шу сабабли нима бўлганда ҳам фирма сизга иш ҳақини тўлаб бериши керак эди, агар у молиявий жиҳатдан тўловга қодир бўлса албатта.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T15:51:25.000000Z
|
8,181 |
Мен 5-июлгача бир тишкилотда (Хусусий бандлик аген...
|
Мен 5-июлгача бир тишкилотда (Хусусий бандлик агентлиги) ишлагандим, айни вактда фирманинг молиявий масалаларда бўлган муаммолари сабабли ва фирма ижарага олган бино учун пул тўланмаганлиги сабабли ёпиб қуйилган. Шу фирмага эгалик киладиган директор ўз ловозимини тарк этганлиги сабабли айни вактда фирмада ойлик тўлайдиган шахс йўқ. Лекин фирманинг таъсисчилари бор. Фирма мана 1 ойдан бери директор йўқлигини асос қилиб, июнь ойи учун ойлигимни тўлаб беришдан бош тортяпти. Шу тўғри-ми? Бу вазиятда кимга мурожжат қилиш керак?
|
labor
|
words.regions.navoiy
|
Умид
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 13,122 |
Assalomu alaykum!
Mehnat kodeksining 244-moddasiga ko'ra ish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini bajarishi lozim.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-11T09:29:40.000000Z
|
8,180 |
5 yilga kreditka aftomobil olmoqchiman, oilam noti...
|
5 yilga kreditka aftomobil olmoqchiman, oilam notinch, mabodo, ajrashsam, shu kreditga olingan mashina ham bo'linadimi?
|
family
|
words.regions.andijan
|
Sanjarbek
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 172 |
Bunday vaziyatlarda amaldagi holatga, ya'ni to ajrashgunga qadar bo'lgan mulkiy holatga qaraladi. O'sha mashinaga qilingan dastlabki to'lov, shungindek, ajrashgunga qadar to'langan boshqa to'lovlar sizning umumiy mulkingizdir va ular bo'linadi. Qolgan qismi esa ajrashgandan keyin kim to'lasa, shungagina tegishli bo'ladi. Shuningdek, ulushini ajratib bermaguncha mashinadan foydalanishga uning ham haqqi bo'ladi. Shuni nazarda tutish kerakki agar, mashina to'liq ikkingizdan biringiz nomingizga o'tgan bo'lsa, unda u umumiy mulk sifatida bo'liq ikkiga bo'linadi. Bunda mashina oylik kredit to'lash majburiyati ham ikkiga bo'linadi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T16:07:39.000000Z
|
8,179 |
Ish beruvchi tomonidan, ish haqim to'g'risidagi ma...
|
Ish beruvchi tomonidan, ish haqim to'g'risidagi ma'lumotnomani begona shaxsga yoki sobiq xotinimga og'zaki murojaatiga asosan mening roziligimsiz berishi mumkinmi?
|
civil
|
words.regions.andijan
|
Nematjon
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 173 |
Berilishi mumkin emas!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T16:10:55.000000Z
|
8,178 |
Yuridik kollejlarga imtihon 1-10-iyulgacha bo'lish...
|
Yuridik kollejlarga imtihon 1-10-iyulgacha bo'lishi kerakligi belgilangan ekan. Lekin Qarshi yuridik kollejiga imtihon bo'lgani yo'q. Bu holat to'g'rimi? Ya'ni imtihon kechiktirilishi mumkinmi?
|
education
|
words.regions.kashkadarya
|
Sarvar
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 174 |
Yuridik kollejlarga qabul qilish bo'yicha tasdiqlangan
NIZOM
ning 2-badidagi qoidalarga muvofiq tanlov 1-iyuldan 10-iyulgacha o'tkazilishi belgilangan. Imtihonlarning kechiktirilishi haqida esa qoida belgilanmagan.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T16:20:01.000000Z
|
8,177 |
Erim bilan turmush qurganimizga 2 yildan oshdi. Or...
|
Erim bilan turmush qurganimizga 2 yildan oshdi. Orada farzandimiz bor. Qaynonam chiqishtirmaydi, qaynonamning yoniga borsam, men ham, farzandim ham yeganimiz yuqmaydi, qizim ham och, men ham och qolib ketamiz. Erim onam deydi, bolani yetim qilgim kelmayapti. Suymaganga suykalish ham to'g'ri kelmayapti. Erim namunali uyga hujjat topshirib, oyma oy to'lovini ham qilyapti. Mening ham haqqim bormi o'sha uyda? Ajrashsam, aliment sifatida uning oylik daromadidan necha foiziga ega bo'lishim mumkin?
|
family
|
words.regions.tashkent_region
|
Dilorom
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 175 |
Agar o'rtangizda bitta farzand bo'lsa, Oila kodeksingin 99-moddasiga ko'ra daromadining 4 dan 1 qismi aliment sifatida olinadi. Uy masalasiga kelsa, Ha, sizning ham ushbu uyda haqqingiz bor.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-09T16:22:14.000000Z
|
8,176 |
Sobiq maktab binosini va yer maydonini xususiylash...
|
Sobiq maktab binosini va yer maydonini xususiylashtirib auksionsiz sotib olish mumkinmi?
|
environmental
|
words.regions.samarkand
|
Orifjon
|
2022-01-26T17:15:31.000000Z
| 165 |
Yo'q, bunday tarzda sotib olib, xususiylashtira olmaysiz! Vazirlar Mahkamasining "Tаdbirkorlik vа shаhаrsozlik fаoliyatini аmаlgа oshirish uchun yer uchаstkаlаrini doimiy foydаlаnishgа berishning zаmonаviy vа shаffof mexаnizmlаrini joriy etish chorа-tаdbirlаri to’g’risidа"gi
Qarori
bilan tasdiqlangan nizomga asosan auksionsiz yer berilishining turlari sanab o'tilgan, ya'ni o'sha nizom qo'llanilmaydigan yer berish tartiblari keltirilgan bo'lib, unda xususiylashtirib olish nazarda tutilmagan. Ammo siz bu yerni Davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki Nizomda ko'rsatilgan boshqa usullarda tadbirkorlik faoliyati uchun olishingiz mumkin. Nizomning 2-badni bilan tanishin chiqing!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-05T15:18:35.000000Z
|
8,175 |
Yoshim 27 da, bolalikdan ko'zim bo'yicha nogironli...
|
Yoshim 27 da, bolalikdan ko'zim bo'yicha nogironlikda turaman, dastlab 3 guruh, bir necha yildan keyin 2 guruh nogironligidaman. Nogironlikka o'tganimga 15 yildan oshdi, tashxis tug'ma miyopiyani og'ir darajasi, minus 20 ma ko'zoynak taqaman ko'z o'zi -23, -24. Har yili nogironlikni uzaytirish uchun kamissiyadan o'taman. Men doimiy nogironlikga o'tsam bo'ladimi?
|
socialsecurity
|
words.regions.andijan
|
Bexzod
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 188 |
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-14T09:07:07.000000Z
|
|
8,175 |
Yoshim 27 da, bolalikdan ko'zim bo'yicha nogironli...
|
Yoshim 27 da, bolalikdan ko'zim bo'yicha nogironlikda turaman, dastlab 3 guruh, bir necha yildan keyin 2 guruh nogironligidaman. Nogironlikka o'tganimga 15 yildan oshdi, tashxis tug'ma miyopiyani og'ir darajasi, minus 20 ma ko'zoynak taqaman ko'z o'zi -23, -24. Har yili nogironlikni uzaytirish uchun kamissiyadan o'taman. Men doimiy nogironlikga o'tsam bo'ladimi?
|
socialsecurity
|
words.regions.andijan
|
Bexzod
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 198 |
Assalomu alaykum. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING TIBBIY-MEHNAT EKSPERTIZA XIZMATI BOSHQARISH TUZILMASINI VA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI 2008-yil 8-avgustdagi 175-sonli qarori 6- ilovasida Tibbiy tekshirishdan qayta o‘tkazish muddati ko‘rsatilmasdan nogironlik guruhi belgilanadigan kasalliklar ro‘yxati belgilangan boʻlib uning 5-bobida koʻz shikastlanishi va kasalliklari keltirilgan. Bizningcha sizdagi holat Har ikki ko‘zning to‘liq ko‘rligi, har ikki ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi pasayishi va eng yaxshi ko‘radigan ko‘zda 0,03 gacha korreksiya yoki barqaror va tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlar natijasida har ikki ko‘zning ko‘rish maydoni 10 gradusgacha konsentrik torayishi. Bandiga tushadi. Bunday holatda siz oʻzingiz yashayotgan tumandagi Tibbiy mehnat ekspert komissiyalariga murojaat qilishingiz mumkin. Ular sizning holatingizni oʻrganib chiqib doimiy nogironlikka oʻtishingiz mumkin boʻladi.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-19T04:17:16.000000Z
|
8,174 |
Yuridik kollejlarga kirish imtihoni qanday amalga...
|
Yuridik kollejlarga kirish imtihoni qanday amalga oshiriladi?
|
education
|
words.regions.kashkadarya
|
Sarvar
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 166 |
Adliya vazirligining yuridik kollejlariga o'qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 858-son
qarori
bilan tasdiqlangan "O’zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining yuridik kollejlariga o’qishga qabul qilish tartibi to’g’risida NIZOM" asosida amalga oshiriladi. Ushbu qaror va nizom bilan tanishib chiqib, bu haqda atroflicha tushuncha olishingiz mumkin!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-05T15:39:37.000000Z
|
8,173 |
55 ёшдаман. Меҳнат таътилим тугагандан кейин авгус...
|
55 ёшдаман. Меҳнат таътилим тугагандан кейин август ойида ишга тушишга рухсат беришмади. Сентябргача уйда утирар эканман. Мен ўриндош эмас, асосий иш урнидаман. Август ойида ишламай ўтиришим тўғрими?
|
labor
|
words.regions.khorezm
|
Шахло
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 167 |
Йиллик меҳнат таътилидан фойдаланиш бу сизнинг ҳуқуқингиз! Бу вақтда ишлаш ҳам сизнинг ҳуқуқингиз! Истанг, ишланг августда, истанг, дам олинг! Аммо сизнинг ишлаганингиз учун ҳақ талаб қилманг!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-05T15:41:56.000000Z
|
8,173 |
55 ёшдаман. Меҳнат таътилим тугагандан кейин авгус...
|
55 ёшдаман. Меҳнат таътилим тугагандан кейин август ойида ишга тушишга рухсат беришмади. Сентябргача уйда утирар эканман. Мен ўриндош эмас, асосий иш урнидаман. Август ойида ишламай ўтиришим тўғрими?
|
labor
|
words.regions.khorezm
|
Шахло
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 13,120 |
Assalomu alaykum!
Mehnat kodeksining 266-moddasiga ko'ra ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun (iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ishni vaqtincha to‘xtatib turish) xodimning o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq to‘lanadi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-04T08:22:06.000000Z
|
8,172 |
Men qonun doirasida Drag Racing (koʻcha poygasi) m...
|
Men qonun doirasida Drag Racing (koʻcha poygasi) markazi tashkillashtirmoqchiman. U kompleksday gap bo'ladi. Bir-ikkita yuristlardan so'rasam, mumkin emas deyishdi. Lekin hozir hamma parklarda karting ishlaydi-ku! Shunga oydinlik kiritib bersangiz, iltimos!
|
business
|
words.regions.navoiy
|
Umid
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 164 |
test
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-03T11:15:18.000000Z
|
8,172 |
Men qonun doirasida Drag Racing (koʻcha poygasi) m...
|
Men qonun doirasida Drag Racing (koʻcha poygasi) markazi tashkillashtirmoqchiman. U kompleksday gap bo'ladi. Bir-ikkita yuristlardan so'rasam, mumkin emas deyishdi. Lekin hozir hamma parklarda karting ishlaydi-ku! Shunga oydinlik kiritib bersangiz, iltimos!
|
business
|
words.regions.navoiy
|
Umid
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 168 |
Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishingiz mumkin. Bu markazni ochishingiz uchun barcha sharoitlar va talablar bajarilgan bo'lsa, sizga to'siq bo'lmaydi. Faqat mazkur o'yinni tashkillashtirish bilan bog'liq barcha talablarni oldin amalga oshiring!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-05T15:44:14.000000Z
|
8,171 |
Bizning OTM da 100 ballik baholash tizimi. Agar ta...
|
Bizning OTM da 100 ballik baholash tizimi. Agar talaba yakuniy imtihondan yiqilsa yoki birinchi vedomostda baholana olmasa, yangi semestrni birinchi oyida stipendiya ololmaydi. Oliy ta'lim vaziri esa stipendiya - bu talabani ijtimoiy himoyalash deya talqin etgandi. Agar talaba hali talabalar safidan chetlatilmagan bo'lsa, uni ijtimoiy himoyadan mahrum qilishga kimnjng haqqi bor?
|
education
|
words.regions.tashkent
|
Sarvar
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 169 |
Ayrim oliy ta'lim muassalarining o'z ichki hujjatlarida, ya'ni faqat ulargagina tegishli bo'lgan hujjatlarda shunday qoida nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Bu talabalarni o'qishga undash uchun albatta!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-08-05T15:47:38.000000Z
|
8,171 |
Bizning OTM da 100 ballik baholash tizimi. Agar ta...
|
Bizning OTM da 100 ballik baholash tizimi. Agar talaba yakuniy imtihondan yiqilsa yoki birinchi vedomostda baholana olmasa, yangi semestrni birinchi oyida stipendiya ololmaydi. Oliy ta'lim vaziri esa stipendiya - bu talabani ijtimoiy himoyalash deya talqin etgandi. Agar talaba hali talabalar safidan chetlatilmagan bo'lsa, uni ijtimoiy himoyadan mahrum qilishga kimnjng haqqi bor?
|
education
|
words.regions.tashkent
|
Sarvar
|
2022-01-26T17:15:30.000000Z
| 13,119 |
Assalomu alaykum!
Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga ko'ra davlat granti asosida ta’lim oluvchi talabalarga fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi va undan ortiq qismi “qoniqarli” baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) bo‘lgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.
Oliy ta’lim muassasalarida stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-05-04T08:16:33.000000Z
|
8,168 |
Singlim eri bilan bazi sabablarga ko'ra ajrashmoqc...
|
Singlim eri bilan bazi sabablarga ko'ra ajrashmoqchi. Ajrashish uchun ariza yozishga borsak, to'lovi bor deyishdi. FHDYOga borsak ham, to'lov bor deyishdi. Qolaversa, advokat xizmati ham pullik ekan. Shu xizmatlarga pulimiz yo'q. Shu hujjatlarni tayyorlash va ajrashish uchun pul to'lamaslikning iloji bormi? Kelinning mebellarini sud qaroridan oldin olishning iloji bormi?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Sobir
|
2022-01-26T17:15:29.000000Z
| 189 |
Assalomu alaykum. Sizning savolingiz boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi qoidalari qoʻllaniladi. Yaʼni nikohni bekor qilish Oila kodeksi va Oliy sud Plenumining Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga doir ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra nikoh tomonlardan har ikkisining yoki er yoki xotindan birining fuqarolik ishlari boʻyicha sudga daʼvo arizasi taqdim qilish orqali hal etiladi. Fuqarolik protsessual kodeksiga koʻra sudga daʼvo arizasi kiritilganda davlat boji toʻlanishi lozim. Ushbu holatda siz sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganingizda davlat bojini javobgardan undirishni soʻrashingiz mumkin. Sudya arizani oʻrganib chiqib hal qiluv qarorida davlat bojini javobgardan undirishi mumkin. Ikkinchi savolingizga kelsak, mebellar toʻy sovgʻasi hisoblanib, bu qonunchilik bilan tartibga solinmaydi. Xohlagan paytda borib olib kelishingiz mumkin.
|
Doniyor Imomniyozov
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2019-08-14T14:06:48.000000Z
|
8,166 |
Сиздан илтимос, шу суд карорини тушунтириб берсанг...
|
Сиздан илтимос, шу суд карорини тушунтириб берсангиз.! Шу карор билан мажбурий ижро мендан газдан файдаланишда келтирилган зарарни ундирадими ёки шу жаримани тўласам бўлдими?
|
court
|
words.regions.kashkadarya
|
Абдухамид
|
2022-01-26T17:15:29.000000Z
| 13,113 |
Assalomu alaykum!
Sud hal qiluv qarorini ilova qilsangiz, sizga yordam berishimiz mumkin.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-04-06T09:21:49.000000Z
|
8,164 |
Yaqin bo'lmagan bir tanishim 3 ming AQSh dollarida...
|
Yaqin bo'lmagan bir tanishim 3 ming AQSh dollarida qarz so'radi va 5 oy muddatda qaytarishini aytdi. Kafolat sifatida natorial tasdiqlatib olamiz, ishonmasangiz dedi. Shu notarial rasmiylashtirilsa, qaytaraolmagan taqdirda sud orqali undirsa bo'ladimi? va bu summani qaytarish uchun qancha vaqt beriladi qarzdorga?
|
civil
|
words.regions.tashkent
|
Abror
|
2022-01-26T17:15:29.000000Z
| 13,112 |
Assalomu alaykum!
Notariat to‘g‘risida qonunga ko'ra qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun notarius qarzdorlikni belgilovchi hujjatlarga ijro xatlarini yozadi. Shu sababli shunday vaziyatda notariusga murojaat etishingizni maslahat beramiz.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidaga asosan davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun muddat belgilaydi. Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran ko‘pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-04-06T09:20:18.000000Z
|
8,163 |
Turmush o'rtog'im nafaqaga chiqmay vafot etgan bo'...
|
Turmush o'rtog'im nafaqaga chiqmay vafot etgan bo'lsa, men nafaqaga chiqganimda turmush o'tog'imning nafaqasini ham olishim mumkinmi?
|
socialsecurity
|
words.regions.ferghana
|
Kimyoxon
|
2022-01-26T17:15:28.000000Z
| 162 |
Yo'q, olishingiz mumkin emas! Siz faqat o'zingizning pensiyangizni olasiz.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-30T15:22:33.000000Z
|
8,162 |
Men dori faoliyati bilan shu'gullanuvchi MCHJ avto...
|
Men dori faoliyati bilan shu'gullanuvchi MCHJ avtomabilini xarid qilmoqchiman, lekin pulim kam bo'lganligi sababli 30 mln berib qolgan summani keyingi yilning shu vaqtigacha beradigan bo'ldim. Menga MCHJ tasischisi yoki direktori tomonidan notorial qarzdorlik to'g'risida hujjat berilsa, mobodo MCHJ yopilgan taqdirda MCHJ direktori yoki MCHJdan pulimni undira olamanmi? Shunaqa holatda qanday yo'l tutganim yaxshi? Chunki direktori yoki tasischisiga biror korxol bo'lsa, men shuncha yil yiqqan pulimni ololmasligim mumkinku. Iltimos, shu masalasa maslahat bering. MCHJ nomidagi avtomashinani qaysi yo'l bilan 1 yildan keyin o'zimning nomimga rasmiylashtirishni kafolatlash mumkin?
|
auto
|
words.regions.tashkent
|
Abror
|
2022-01-26T17:15:28.000000Z
| 163 |
Siz ushbu holatda avtomashinani notarius orqali to'liq o'z nomingizga rasmiylashtiring va qolgan so'mmani ikkingiz kelishgan usulda bo'lib to'lang, shunda siz uchun xavfsiz bo'ladi. Agar ham 30 millionni to'lab, ham avtomashinani MCHJning nomida qoldirsangiz, ertaga siz mashinaga da'vol qilolmaysiz. Faqat qarzga nisbatan da'vo qilasiz. Siz aytganday MCHJga biror korhol bo'lsa, avvola, 1-navabatdagi kreditorlarning talabi qondiriladi. Siz chapak chalib qolishingiz mumkin. Yoki avtomashinaning oldi-sotdi shartnomasining o'zida qolgan so'mmani bo'lib, bo'lib to'lash haqida kelishing! Ana shu yo'l bilan 1 yil keyin o'z nomingizga rasmiylashtirish shartini qo'yishingiz, pulni to'lolmasangiz, to'langan pulni qaytarib olish shartini qo'yishingiz mumkin. Nima bo'lganda ham bitimni notarial tasdiqlatishingiz va albatta o'rtada mashina haqida pag ketayotganligini bildirishingiz kerak. Faqat qarz xususida gap ketsa, ertaga mashinaga da'vo qilolmay qolasiz.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-30T15:33:49.000000Z
|
8,160 |
Сирдарё вилояти, Боёвут туманида жойлашган 12 соти...
|
Сирдарё вилояти, Боёвут туманида жойлашган 12 сотихли уй-жойни сотдим, расмийлаштириш учун қандай ҳужжатлар тўплашим зарур?
|
housing
|
words.regions.sirdarya
|
Бекзод
|
2022-01-26T17:15:27.000000Z
| 160 |
Уй-жой олди сотди шартномасини нотариас орқали амалга оширасиз. Ўзбекистон Республикаси адлия вазирининг 2019 йил 4 январдаги 2-мҳ-сон буйруғи билан тасдиқланган "Нотариуслар томонидан нотариал ҳаракатларни амалга ошириш тартиби тўғрисидаги йўриқнома"да эса тегишли қоидалар белгиланган. Бунинг учун Сизга биринчи навбатда мулк ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжат керак бўлади. Мулк ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжат қуйидагилардан бири бўлиши мумкин:
- нотариал тасдиқланган шартномалар (келишувлар);
- меросга бўлган ҳуқуқ тўғрисидаги гувоҳнома;эр-хотиннинг умумий мол-мулкидаги улушига мулк ҳуқуқи тўғрисида берилган гувоҳнома;
- суд қарори (ҳал қилув қарори, ажрим ва бошқалар) ёки давлат ижрочисининг қарори ёхуд давлат ижрочиси томонидан тасдиқланган ундирувчи ва қарздор ўртасида тузилган бино ва иншоотни бериш далолатномаси;кўчмас мулк ёки унинг бир қисми аукционда сотиб олинганлигини тасдиқловчи аукцион натижалари тўғрисидаги баённома;
- маҳаллий давлат ҳокимияти органининг қурилиши тугалланган бинони, иншоотни, уйни фойдаланишга қабул қилиш тўғрисидаги комиссия далолатномасини тасдиқлаш ҳақидаги қарори (2018 йил 18 майга қадар);
- қурилиши (реконструкцияси) тугалланган бинолар ва иншоотларни фойдаланишга қабул қилиш далолатномаси (2018 йил 18 майдан бошлаб);
- кўчмас мулк ёки унинг бир қисмини очиқ савдода сотиб олинганлиги ҳақида гувоҳнома;
- хусусийлаштирилган давлат биноси, иншооти, турар жойига бўлган мулк ҳуқуқини берувчи давлат ордери;
- қонун ҳужжатларига зид бўлмаган бошқа ҳужжатлар.
Сизда мулк ҳуқуқини тасдиқловчи ҳужжат билан бирга қуйидагилар ҳам бўлиши керак:
- коммунал хизматлар (газ таъминоти, совуқ сув таъминоти ва оқова сувларни чиқариш, иссиқлик таъминоти (марказий иситиш ва иссиқ сув таъминоти) бўйича хизматлар) ва электр энергияси учун тўланадиган мажбурий тўловлар бўйича қарзи мавжуд эмаслиги тўғрисидаги маълумотномалар;
- кадастр маълумотномаси;
- солиқлар бўйича бюджет олдида қарзи мавжуд эмаслиги тўғрисидаги маълумотнома;
- турар жойда доимий пропискада бўлган шахслар ҳақидаги ички ишлар органининг маълумотномаси;
кўчмас мулк ёки унинг бир қисми гаровга қўйилган бўлса, гаровга олувчининг розилиги.
Бундан ташқари алоҳида ҳолларда бошқа ҳужжатлар ҳам нотариус томонидан талаб қилиниши мумкин. Бунинг учун ҳужжатнинг
тўлиқ матни
билан танишиб чиқинг!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-29T13:16:04.000000Z
|
8,159 |
Mening pasportimning varog'i yo'qolgan, buni Rossi...
|
Mening pasportimning varog'i yo'qolgan, buni Rossiyada, Krasnadar aeroportidabilib qoldim, pasportning 31-32-varog'lari. Ushbu varoqlarda xorijga kirish chiqish pechatlari yo'q ekan, men xabardor emas edim. Menga biror cjora ko'riladimi?
|
citizenship
|
words.regions.ferghana
|
Nargizahon
|
2022-01-26T17:15:27.000000Z
| 161 |
Yo'q, agar Siz pasportni ataylab bunday holatga keltirmagan bo'lsangiz javobgarlik kelib chiqmaydi. Ammo ataylab yaroqsizlantirgan bo'lsangiz Sizga nisbatan O'zbekiston Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 223-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlik kelib chiqadi. Unda eng kam oylik ish haqining ikkindan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima nazarda tutilgan. Shuni ham eslatib o'tamizki, agar pasportingiz yaroqsiz holga kelgan bo'lsa, Rossiyadagi O'zbekiston konsullik idorasi orqali O'zbekistonga qaytish guvohnomasini olasiz.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-29T15:31:42.000000Z
|
8,157 |
Turmush o'rtog'im mendan ajrashaman deb turib olga...
|
Turmush o'rtog'im mendan ajrashaman deb turib olgan, men esa xohlamayman. U yaxshilikcha ajrashaylik, bo'lmasa sudga ariza beraman deyapti? Nima nima qisam bo'ladi? Bolalarim yetim bo'lib qolishini xohlamayman?
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Abdullo
|
2022-01-26T17:15:26.000000Z
| 151 |
Никоҳингизни сақлаб қолишингиз учун Турмуш ўртоғингизнинг розилиги талаб этилади. Агар у ажрашиш фикридан қайтмаса ва ажраршишни хоҳласа бу унинг ҳуқуқи. Сиз уни мажбурлаб ёки қонун уни мажбурлаб ушлаб қололмайди.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-26T19:59:30.000000Z
|
8,156 |
Opamning erining uyi buzilib, o'rniga 2 xona ona-o...
|
Opamning erining uyi buzilib, o'rniga 2 xona ona-onasiga va yana 3 xona o'ziga uy oldi. Opamning 3 nafar farzandi bor. Erining uyiga farzandlari bilan borib, yashamoqchi bo'lsa, eri: "Ket, bu uyni otamning nomiga olganman, sening haqqing yo'q", - deb uydan ketishini talab qilyapti. Nohotki, 2 o'g'il va 1 qizi bilan opam uydan o'z ulushini ololmasa?
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Akromova
|
2022-01-26T17:15:26.000000Z
| 152 |
Қонун бўйича опангизнинг бундай ҳуқуқи бўлмайди. Орангиз фақат вояга етмаган фарзандлар учун таъминот, яъни алимент олиш ҳуқуқига эга.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-26T20:06:24.000000Z
|
8,155 |
Men turmushga chiqqanman. Kelinlik uyim bir xonali...
|
Men turmushga chiqqanman. Kelinlik uyim bir xonali. Biz avval ijarada turar edik, keyin qaynim kredit asosida qurilgan uylardan ikki xonali uy oldi va biz shu uyda kreditini to'lash sharti bilan yashab kelayotgan edik. Hozirda o'zi uylanishini va uyni bo'shatishimizni so'rayapti. Mening qizlik uyimdan uy olishga haqqim bormi?
|
housing
|
words.regions.tashkent
|
Akromova
|
2022-01-26T17:15:26.000000Z
| 153 |
Qizliq uyingizdan uy olishga haqqingiz yo'q. Uydan meros olishingiz mumkin. Bu ham uyning kimning nomida ekanligiga bog'liq. Agar u ota onangizning nomida bo'lsa, ular vafotlaridan keyin uyni sizga meros qoldirishi mumkin. Yoki uyga qonun bo'yicha boshqa merosxo'rlar bilan birgalikda ulushdor merosxo'r bo'lishingiz mumkin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-26T20:09:39.000000Z
|
8,154 |
Turmush o'rtog'im 20 kundan buyon onasinikida. 3 o...
|
Turmush o'rtog'im 20 kundan buyon onasinikida. 3 oylik bolam bilan yashamayman deydi, lekin da'vo arizasini yozmayapti. Men bolam bir yoshga to'lgandan keyin da'vo arizasi yozsam, aliment qachondan undiriladi? Men ikki joyda asosiy va o'rindoshlik asosida ishlayman, aliment miqdori qanday bo'ladi bu holatda?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Azizjon
|
2022-01-26T17:15:26.000000Z
| 147 |
O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasiga asosan 1 bola uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadlar jamining to'rtdan biri miqdorida aliment to'lanadi. Masalan, jami daromad 4 000 000 so'm bo'lsa, 1 000 000 so'm to'lanadi. Bunda asosiy ish joyingiz va o'rindoshlik asosida ishlaydigan joyingizdan oladigan daromadingiz qo'shib hisoblanadi va shundan 4 dan 1 qismi belgilanadi. Keyinchalik daromadning o'zgarishiga qarab to'lanadigan aliment miqdori ham o'zgartirilib borilishi mumkin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-24T14:34:21.000000Z
|
8,154 |
Turmush o'rtog'im 20 kundan buyon onasinikida. 3 o...
|
Turmush o'rtog'im 20 kundan buyon onasinikida. 3 oylik bolam bilan yashamayman deydi, lekin da'vo arizasini yozmayapti. Men bolam bir yoshga to'lgandan keyin da'vo arizasi yozsam, aliment qachondan undiriladi? Men ikki joyda asosiy va o'rindoshlik asosida ishlayman, aliment miqdori qanday bo'ladi bu holatda?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Azizjon
|
2022-01-26T17:15:26.000000Z
| 13,111 |
Assalomu alaykum!
Oila kodeksining 136-moddasiga ko'ra aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-30T07:26:14.000000Z
|
8,153 |
Xotinim 3 oylik bolasi bilan onasining uyiga ketga...
|
Xotinim 3 oylik bolasi bilan onasining uyiga ketganiga 20 kundan bo'di. Hozir birga yashamayman deydi. Bolani shifokorlarga ko'rsatib dori olib bermading deydi, men hamma dorilarni olib berganman. Ajrashish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Azizjon
|
2022-01-26T17:15:25.000000Z
| 148 |
Ajrashish uchun hududiylik bo'yicha turar joyingiz kiradigan fuqarolik sudiga murojaat qilasiz! Ajrashish 2 joyda amalga oshiriladi (1. sudda va 2. FHDYOda). Er-xotin o'rtasida voyaga yetmagan farzandlar va boshqa nizolar bo'lmaganda FHDYOda, nizo bo'lganda hamda voyaga yetmagan farzand bo'lganda (xuddi sizning holatingizdek) fuqarolik sudida.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-24T14:40:06.000000Z
|
8,153 |
Xotinim 3 oylik bolasi bilan onasining uyiga ketga...
|
Xotinim 3 oylik bolasi bilan onasining uyiga ketganiga 20 kundan bo'di. Hozir birga yashamayman deydi. Bolani shifokorlarga ko'rsatib dori olib bermading deydi, men hamma dorilarni olib berganman. Ajrashish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
|
family
|
words.regions.bukhara
|
Azizjon
|
2022-01-26T17:15:25.000000Z
| 13,110 |
Assalomu alaykum!
Oila kodeksining 39-moddasiga ko'ra xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. Ushbu holatni inobatga olishingiz so'raladi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-30T07:23:06.000000Z
|
8,152 |
Agar shaxs xorijda bo'lsa, undan qanday aliment ol...
|
Agar shaxs xorijda bo'lsa, undan qanday aliment olish mumkin? Hali sudga berilgani yo'q, sudga berilsa, sud taraflarning ishtirokisiz ham qaror chiqarishi mumkinmi?
|
family
|
words.regions.andijan
|
Jamshid
|
2022-01-26T17:15:25.000000Z
| 157 |
Siz da'vo arizasini Fuqarolik sudiga berib qo'yavering, sud ish holatlaridan kelib chiqib, yoki ishni uning ishtirokisiz ko'rib chiqadi, yoki ko'rmasdan qoldiradi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-27T12:34:29.000000Z
|
8,151 |
Maktab o'qituvchilari qo'shimcha o'qitgan soati uc...
|
Maktab o'qituvchilari qo'shimcha o'qitgan soati uchun ta'til puli beriladimi?
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Bahadir
|
2022-01-26T17:15:25.000000Z
| 146 |
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qoidalariga asosan, ta'til muddati xodimning ishlagan kunlaridan hisoblab chiqariladi. Ishlagan soatlaridan emas. Ammo ish vaqtidan tashqari ishlagan qo'shimcha soatlarinigz uchun qo'shimcha ko'paytirilgan tariflarda haq olish huquqingiz bor.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-23T14:59:50.000000Z
|
8,151 |
Maktab o'qituvchilari qo'shimcha o'qitgan soati uc...
|
Maktab o'qituvchilari qo'shimcha o'qitgan soati uchun ta'til puli beriladimi?
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Bahadir
|
2022-01-26T17:15:25.000000Z
| 13,109 |
Assalomu alaykum!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 10-apreldagi 3-2019, 19-qq va 15-2019-qq-son qarori bilan tasdiqlangan O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash nizomiga ko'ra soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Shu sababli mehnat ta'tiliga puliga soatbay dars o'tgani uchun haq to'lanmaydi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-30T07:18:53.000000Z
|
8,150 |
Навоий вилояти Учқудуқ тумани Бозор ҳудудидаги дўк...
|
Навоий вилояти Учқудуқ тумани Бозор ҳудудидаги дўконлар бузулиш арафасида. Менинг хусусий мулким бузилганда мени қандай ҳуқуқларим бор?
|
environmental
|
words.regions.navoiy
|
Фуркат
|
2022-01-26T17:15:24.000000Z
| 156 |
Ўзбекистон
Ер кодекси
нинг 27-моддасида Ер участкалари давлат ёки жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйилиши муносабати билан уйи (квартираси) бузилиши лозим бўлган фуқароларни турар жой билан таъминлаш қоидалари назарда тутилган. Унда олиб қўйиш муносабати билан мулкдорга етказилган барча зарарлар қоплаб берилиши кераклиги назарда тутилган. Бундан ташқари Ўзбекистон Вазирлар Маҳкамасининг 2006 йил 29 майдаги 97-сонли
қарори
билан тасдиқланган «Давлат ва жамоат эҳтиёжлари учун ер участкаларининг олиб қўйилиши муносабати билан фуқароларга ва юридик шахсларга етказилган зарарларни қоплаш тартиби тўғрисида»ги Низом мавжуд. Унда олиб қўйишнинг тартиблари ва етказилган зарарнинг ўрнини қоплаш тартиби белгиланган. Мазкур ҳужжатлар билан батафсилроқ танишиб чиқинг! Юқоридаги қонун ҳужжатларига мувофиқ, Сиз, демак, бозор ҳудудидаги бузилган дўконингиз ўрнига худди шундай дўкон олишингиз ёки ушбу дўконингизнинг бозор нархида компенсация олишингиз мумкин.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-27T12:08:50.000000Z
|
8,148 |
Biz MCHJ shaklida ish yuritamiz. Faoliyatimiz spor...
|
Biz MCHJ shaklida ish yuritamiz. Faoliyatimiz sport o'yingohlari. Sun'iy qoplamali fudbol stadionlarimiz bor. Kechki payt 10 dan keyin IIB xodimlari kelib majburiy ishimizni to'xtatyapti. Shu masala haqida huquqiy axborot bersangiz. Tunda faoliyat yuritish uchun nima qilishimiz kerak? Litsenziya kerakmi? Qanday shartlar asosida tunda ishlashga ruxsat beriladi? Agar mumkin bo'lmasa, soat nechchigacha ishlashimiz mumkin? Batafsil tushuntirish bersangiz!
|
business
|
words.regions.surkhandarya
|
Muallifsiz
|
2022-01-26T17:15:24.000000Z
| 155 |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 624-sonli
QAROR
iga muvofiq endilikda yangi tartiblar joriy etilmoqda. Qarorning 2-bandidagi qoidalar ko'ra, 2019-yil 15-oktabrdan boshlab jamoat xavfsizligi bo’yicha umumiy ovqatlanish korxonalari va ko’ngilochar obyektlarda ularning 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishini ta'minlash ma'qullandi. Buning uchun ular quyidagi talablarni bajarishi kerak:
-"Xavfsiz shahar" konsepsiyasi doirasida umumiy ovqatlanish korxonalari va ko’ngilochar obyektlarning ichki qismiga, shu jumladan, xizmat ko’rsatish xonalari, kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida o’ttiz kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini o’rnatish;
-binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritish;
-binoda shovqinning ruxsat etiladigan shovqin me'yorlariga qo’yiladigan sanitariya qoidalari va normalaridan oshmasligini ta'minlash, shu jumladan, obyektlarni to’liq tovush o’tkazmaydigan etib jihozlash yoki tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan foydalanmaslik;
-yong’in o’chirish vositalari hamda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar to’plami solingan tibbiy yordam qutichalari bilan ta'minlash;
-binoning barcha uchun ko’rinarli joylariga yong’in va boshqa favqulodda (tezkor) vaziyatlar yuz bergan taqdirda harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv xizmatlarining telefon raqamlari ko’rsatilgan ma'lumotlarni o’rnatish."
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-27T11:23:32.000000Z
|
8,147 |
Мен "1 хбет" билан шерикчилик асосида тотализатор...
|
Мен "1 хбет" билан шерикчилик асосида тотализатор клуб очмоқчиман. Бу қонунийми?
|
business
|
words.regions.namangan
|
Бахром
|
2022-01-26T17:15:23.000000Z
| 154 |
Йўқ! Вазирлар Маҳкамасининг "Қимор ўйинларини ташкил этиш ва ўтказишни янада тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги
Қарорига
мувофиқ ҳозирда бундай фаолият тақиқланади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-26T20:16:05.000000Z
|
8,146 |
Vaqtincha propiskaga ro'yxatga olindim. Vaqtincha...
|
Vaqtincha propiskaga ro'yxatga olindim. Vaqtincha ro'yxatga olingan mahallamdan turar joy bo'yicha ma'lumotnoma olishga haqlimanmi?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Abdujabbor
|
2022-01-26T17:15:23.000000Z
| 143 |
Ha, albatta, bunga huquqingiz bor. O'zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida"gi
Qonun
ida ularning fuqarolarga tegishli hujjatlar, jumladan, ma'lumotnomalar berishi qayd qilingan.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-19T14:31:05.000000Z
|
8,145 |
YHX tomonidan qo'llaniladigan jarimalari bo'yicha....
|
YHX tomonidan qo'llaniladigan jarimalari bo'yicha. Shu yilning yanvar oyida eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida ma'muriy jarima qo'llanildi. Buni fotoradar qayd etgan. Biroz vaqtdan keyin bu haqda transport vositasining egasiga tegishli xat jo'natilgan. Ammo jo'natilgan manzilda egasi yashamaydi, faqat propiskada turadi. U yerda ijarachilar yashaydi! Keyinchalik o'z vaqtida jarima to'lanmaganligi sababli ish MIBga yuborilgan va MIBdan ma'lum vaqt o'tgandan keyin jarima borligi xaqida yana o'sha manzilga xat kelgan. Biroz vaqt o'tishi bilan MIBdan ikkinchi marta xat kelgan, Ikkinchi xatda transport vositasining egasi eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima to'lashi va transport vositasi qidiruvga berilishi aytilgan. Shundan keyin ijarachilar ushbu xatni uy egasiga yetkazishgan. Endi quyidagi savollar tug'iladi. 1) O'z vaqtida to'lanmagan jarima uchun penya to'lanadimi? 2) Agar penya to'lansa, nega MIBda eng kam oylik ish haqining 1 baravari hamda qo'shimcha penyalar birga hisoblab chiqilmagan? 3) Agar tegishli tartibda ogohlantirishga qaramasdan jarima to'lanmagan bo'lsa, nega aynan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima solinyapti? 4) Agar dastlabki eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdoridagi jarimani YHXga borib to'lasam, MIBning jarimalari bekor bo'lib ketadimi?
|
auto
|
words.regions.tashkent
|
Komoliddin
|
2022-01-26T17:15:23.000000Z
| 144 |
Bunda sizga ikki xil holatni ma'lum qilamiz: 1. Agar siz haqiqatdan ham qonunda belgilangan tartibda jarima to'lashingiz to'g'risida ogohlantirilgan bo'lsangiz. Jarimalarning har ikkalasini ham to'lashingiz kerak bo'ladi. Sizni xabardor qilish qonuniy bo'lishi kerak. Ya'ni sizning doimiy turar joyingizga yuborilgan xabarnoma Sizga yoki sizga berib qo'yishi kerak bo'lgan boshqa odamga berilgan bo'lishi kerak. Agar Sizga ular ma'lum qilgan bo'lsa, siz qonuniy ogohlantirilgansiz. 2. Agar tegishli idoralar Sizni belgilangan tartibda ogohlantirmagan bo'lsa, faqat 1 baravar jarimani to'lashingiz kerak bo'ladi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-19T14:35:43.000000Z
|
8,144 |
Ҳомиладорлик ва тўғиш бўйича нафақаларни ҳисоблашд...
|
Ҳомиладорлик ва тўғиш бўйича нафақаларни ҳисоблашда нафақа миқдори ходимнинг йиллик ўртача иш ҳақидан ҳисобланадими ёки ҳомиладорлик таътилига чиққунга қадар охирги ой иш ҳақидан келиб чиқиб ҳисобланадими?
|
labor
|
words.regions.kashkadarya
|
Аброр
|
2022-01-26T17:15:23.000000Z
| 145 |
Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 233-моддасига асосан: "Аёлларга туққунга қадар етмиш календарь кун ва туққанидан кейин эллик олти календарь кун (туғиш қийин кечган ёки икки ва ундан ортиқ бола туғилган ҳолларда — етмиш календарь кун) муддати билан ҳомиладорлик ва туғиш таътиллари берилиб,
давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тўланади
." Бу борада эса «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги
низом
қабул қилинган. Ушбу қарор билан танишиб чиқинг!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-19T15:14:09.000000Z
|
8,144 |
Ҳомиладорлик ва тўғиш бўйича нафақаларни ҳисоблашд...
|
Ҳомиладорлик ва тўғиш бўйича нафақаларни ҳисоблашда нафақа миқдори ходимнинг йиллик ўртача иш ҳақидан ҳисобланадими ёки ҳомиладорлик таътилига чиққунга қадар охирги ой иш ҳақидан келиб чиқиб ҳисобланадими?
|
labor
|
words.regions.kashkadarya
|
Аброр
|
2022-01-26T17:15:23.000000Z
| 13,108 |
Assalomu alaykum!
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 1-apreldagi 21-son
buyrug‘i
bilan tasdiqlangan
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga ko'ra
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-28T05:17:56.000000Z
|
8,143 |
Mening qurilishi tugallanmagan joyim bor, bu joyni...
|
Mening qurilishi tugallanmagan joyim bor, bu joyning barcha hujjatlari ya'ni hokimning qarori, kadastr hujjatlari, joyning dalolatnomasi, davlat soliq qo'mitasidan pul to'lov kvitansiyalari bor. Bu joyga allaqanday odam da'vogarlik qilmoqda, meni sudga berib, o'ziga soxta, ya'ni davlat notarial xizmatidan o'tmagan hujjatlar bilan joyga da'vogarlik qilmoqda, u odamga nima chora ko'rsa bo'ladi?
|
environmental
|
words.regions.khorezm
|
Dilmurod
|
2022-01-26T17:15:22.000000Z
| 150 |
Mazkur vaziyatda holat aniq bo'lmaganligi sababli biror baho berishning iloji yo'q. Holat tafsilotlarini kengroq yoritib bersangiz, iltimos!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-24T15:28:15.000000Z
|
8,142 |
Men yashayotgan xonadon suv tarmog'iga ulanmagan,...
|
Men yashayotgan xonadon suv tarmog'iga ulanmagan, yaqin atrofdagi qo'shnilar ham ulanmagan, men tuman suv oqova tashkilotiga borib ma'lumotnoma olmoqchi bo'lsam, menga katta miqdorda qarzdorlik yozilgan ekan. Bu qarzdorlik qanday paydo bo'lgan desam, siz suvni tashib ichuvchi istemolchisiz, deb aytyapti. Qayerdan tashib ichamiz desam, farqi yo'q qayerdandir suv ichasiz-ku, deyapti. Aslida biz er osti suvidan foydalanamiz. Shu masalada yordam bersangiz, ular aytayotgan qarzdorlik to'g'rimi?
|
housing
|
words.regions.samarkand
|
Xolmurot
|
2022-01-26T17:15:22.000000Z
| 149 |
Suv tarmog'iga ulanmagan bo'lsangiz va unga noqonuniy ulanmagan bo'lsangiz, bunday qarzdorlik kelib chiqishi mumkin emas.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-24T14:48:04.000000Z
|
8,141 |
Тошкент шаҳри Сергели туманидаги янги қурилган уйл...
|
Тошкент шаҳри Сергели туманидаги янги қурилган уйлардан олган оила, агар эр-хотин ўртасидаги мол-мулк ҳисобланса, ҳар иккаласи ҳам 1-банд бўйича Тошкент шаҳрига прописка қилинадими ёки фақат кадастр кимнинг номига бўлса ўшанга 1-банд билан прописка қилинадими?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Рустам
|
2022-01-26T17:15:22.000000Z
| 133 |
Бунда иккита ҳолат бўлиши мумкин. 1. Агар янги уй ҳар иккаласининг номига олинса, яъни олди-сотди шартномаси ёки бошқа шунга ўхшаш шартномада уйни эр-хотин иккаласи биргаликда сотиб олган бўлса, ҳар иккаласи ҳам 1-банд бўйича пропискага ўтади. 2. Агар уй бир кишининг номига олинган бўлса, у биринчи банд бўйича, турмуш ўртоғи ва бошқа яқин қариндошлари эса 2-банд бўйича прописка қилинади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-16T14:47:47.000000Z
|
8,140 |
Men 2012-2016-yillar oralig'ida Qoraqalpoq davlat...
|
Men 2012-2016-yillar oralig'ida Qoraqalpoq davlat universitetining lingvistika: ingliz tili yo'nalishi bo'yicha grant asosida bakalavr bosqichida tahsil oldim. Ma'lumki, o'qishni bitirgandan keyin davlat uchun 3 yil ishlab berganimizdan keyin (mehnat daftarchasi bo'yicha) bakalavr diplomi beriladi. Va shu yili (2016-yil) Chegarasiz shifokorlar tashkilotiga ishga kirib, 2017-yilgacha 1 yil muddat ishladim va 2017-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining Magistratura bo'limi lingvistika: ingliz tili yo'nalishi bo'yicha kontrakt asosida magistr bosqichida tahsil oldim. Va 2019-yili ushbu dargohni bitirdim. Savolim shuki, ushbu 2 yillik magistraturadagi o'qishim mehnat daftarchasiga tushadimi? Agar tushsa 2016-2017-yillar oralig'ida ishlagan 1 yilim bilan qo'shib hisoblasak, 3 yil bo'lsa, unda ushbu 3 yillik "staj" bilan bakalavr darajasidagi diplomimni olishim mumkinmi?
|
labor
|
words.regions.karakalpakistan
|
Ikram
|
2022-01-26T17:15:21.000000Z
| 127 |
Иш стажи, ўз-ўзидан тушунарлики, фуқаронинг меҳнат шартномаси тузиб ҳақиқатдан ишлаган даври (шунингдек, Меҳнат кодексида иш стажига киритиладиган бошқа даврлар ҳам)ни ўз ичига олади. Ўқишнинг ўзи (агар ушбу даврда фуқаро ишлаган бўлмаса) иш тажига кирмайди ва юқорида айтилган дипломни олиш учун 3 йиллик иш стажига ҳам ҳисобланмайди.
|
Utkirbek Kholmirzayev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-16T06:37:48.000000Z
|
8,139 |
Shahar ichida qolgan tumanga imtiyoz bormi? Ya'ni...
|
Shahar ichida qolgan tumanga imtiyoz bormi? Ya'ni mening yashash manzilim Sergelidagi "Bobur" mahallada yashayman. Mahalladan 2 ta katta ko'chaga chiqadigan yo'l bor, 1 tasi Sergeli avtomobil bozoriga chiqadi, yana biri Halqa yo'liga chiqadi, Qo'yliqqa ketadigan yo'l.
|
housing
|
words.regions.tashkent_region
|
Jahongir
|
2022-01-26T17:15:21.000000Z
| 132 |
Саволингизни аниқлаштиришингиз лозим: қандай имтёзни назарда туатётганингизни келтиринг. Масалан, уй-жой олиш бўйича имтиёзми ёки солиқ тўлаш бўйичами?
|
Utkirbek Kholmirzayev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-16T12:47:51.000000Z
|
8,138 |
Men bu yil universitetning tarix fakultetini tamom...
|
Men bu yil universitetning tarix fakultetini tamomladim. Ichki ishlar tizimiga ishga kirmoqchiman. Uylanganimga 6 oydan oshdi. Qaynog'am (turmush o'rtog'imning akasi) muqaddam sudlangan. Men ichki ishlar organlariga ishga kirsam bo'ladimi? Agar bo'lsa buni iltimos qonun yoki qarorlar yordamida asoslab bering?
|
labor
|
words.regions.ferghana
|
Furqat
|
2022-01-26T17:15:21.000000Z
| 126 |
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар органларида хизматни ўташ тартиби тўғрисидаги низом (Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 ноябрдаги ПҚ-3413-сон қарори билан тасдиқланган, http://www.lex.uz/docs/3430641)нинг 11-банди икинчи хатбошисида бошқа давлат органларидан салбий сабабларга кўра бўшатилган, шунингдек, содир этган жинояти учун муқаддам судланган (қўлланилган жазо туридан, судланганлик ҳолати тугалланган ёки олиб ташланган ва амнистия акти қўлланилгандан қатъи назар) фуқаролар хизматга қабул қилиниши мумкин эмаслиги кўрсатилган бўлиб, бу хизматга кирмоқчи бўлган номзоднинг ўзига нисбатан қўйилган талаб ҳисобланади. Яъни, ушбу банддан келиб чиқилса
турмуш ўртоғингиз акасининг судланганлиги хизматга қабул қилинишингизга тўғридан-тўғри монелик қилолмайди дейиш мумкин
.
Бироқ, ушбу низом 11-банди тўртинчи хатбошисида ички ишлар органларига хизматга кирувчи номзодларга хизмат сири ҳисобланувчи Ўзбекистон Республикаси
ички ишлар вазири томонидан белгиланадиган ҳамда ошкор этилиши ман этиладиган махсус талаблар
ҳам ўрнатилади деийлган.
Демак, агар мазкур махфий махсус талабларга кўра қайноғангиз судланганлиги тўсқинлик қилмаса, муаммосиз ички ишлар органларида хизмат қилишингиз мумкин.
Ва таъкидлаш лозимки, ушбу махфий махсус талаблар очиқ фойдаланишда мавжуд эмас ва биз юристлар бу бўйича сизга маслаҳат беролмаймиз.
|
Utkirbek Kholmirzayev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-16T06:27:12.000000Z
|
8,137 |
Men xorijdagi nufuzli universitetlardan birida tah...
|
Men xorijdagi nufuzli universitetlardan birida tahsil olmoqchiman. Ammo yosh darajasi chegaralangan. Yoshimni o'z arizamga binoan o'zgartirishim mumkinmi?
|
citizenship
|
words.regions.surkhandarya
|
Soliha
|
2022-01-26T17:15:21.000000Z
| 130 |
Шахснинг ёши у туғилган вақтдан бошлаб ҳисобланади. Туғилиш эса юридик факт бўлиб, у ўрнатилган тартибда туғилганлик ҳақидаги тиббий маълумотнома (тиббиёт муассасаси - туғруқхонада расмийлаштирилади) асосида Фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органлари томонидан туғилганлик ҳақидаги гувоҳнома орқали тасдиқланади.
Бир шахснинг туғилиши бир марта бўладиган фактлигини инобатга олиб, айтиш мумкинки, ёшингизни ўз аризангизга кўра ўзгартиришингиз имконсиздир.
|
Utkirbek Kholmirzayev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-16T11:32:35.000000Z
|
8,136 |
Mening savolim shundan iboratki, meni bir tashkilo...
|
Mening savolim shundan iboratki, meni bir tashkilotga ishga qabul qilishdi. 1-2 yil o'tgach menga bosh mutaxassis lavozimini berishdi. Bizning bo'lim axborot texnologiyalari va noshirlik bo'limi. Bizning bo'limda 3 nafar xodim ishlaydi, 1 ta oliy mutaxassis 1 ta ...
|
labor
|
words.regions.samarkand
|
Mahmud
|
2022-01-26T17:15:20.000000Z
| 121 |
Savolingizni aniqroq qilib bering, iltimos!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-14T19:25:38.000000Z
|
8,135 |
Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga doimiy ro'y...
|
Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga doimiy ro'yhatga o'tish tartibi qanday?
|
citizenship
|
words.regions.tashkent_region
|
Jahongir
|
2022-01-26T17:15:20.000000Z
| 122 |
Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga doimiy propiskaga o'tish tartibi ham xuddi boshqa viloyatlarnikidek, ya'ni masalan, Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga o'tish uchun nima talab qilinsa, Toshkent viloyatidan ham shu narsa talab qilinadi. Amamldagi tartib esa,
Qonun
va uning asosida qabul qilingan hujjatlar bilan tartibga solinadi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-14T19:31:31.000000Z
|
8,134 |
Zarur ish stajiga ega bo'lmagan, lekin yoshi 55 da...
|
Zarur ish stajiga ega bo'lmagan, lekin yoshi 55 da bo'lgan ayol pensiya olish huquqiga egami?
|
labor
|
words.regions.ferghana
|
Ulug'bek
|
2022-01-26T17:15:20.000000Z
| 123 |
Ha, albatta, olish huquqiga ega, ularga zarur ish stajiga ega bo'lmaganligi sababli eng minimal pensiya tayinlanadi. Bu miqdor esa yangi hujjat bo'yicha 1-avgustdan 267 650 so'm qilib belgilandi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-14T19:35:12.000000Z
|
8,134 |
Zarur ish stajiga ega bo'lmagan, lekin yoshi 55 da...
|
Zarur ish stajiga ega bo'lmagan, lekin yoshi 55 da bo'lgan ayol pensiya olish huquqiga egami?
|
labor
|
words.regions.ferghana
|
Ulug'bek
|
2022-01-26T17:15:20.000000Z
| 124 |
Ha, albatta, olish huquqiga ega, ularga zarur ish stajiga ega bo'lmaganligi sababli eng minimal pensiya tayinlanadi. Bu miqdor esa yangi hujjat bo'yicha 1-avgustdan 267 650 so'm qilib belgilandi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-14T19:35:19.000000Z
|
8,133 |
Бобом ўзининг номидаги уй-жойини менга ҳадя қилиб...
|
Бобом ўзининг номидаги уй-жойини менга ҳадя қилиб бермоқчи эди. Нотариус уйдаги рўйхатдаги одамлар розилик бериши керак деб ҳадя қилолмайсиз деди. Бувим ўтиб кетганлар. Уйда амаким ва аммам рўйхатда. Бобом ўз уйини хоҳлаган одамга беришга ҳакки йўқми?
|
inheritance
|
words.regions.tashkent_region
|
Тулкин
|
2022-01-26T17:15:19.000000Z
| 135 |
1. Бобонгиз ўз уйини, яъни фақатгина ўзига тегишли бўлган уйни ўзи истаганга ҳадя қилиши мумкин. Аммо бу уй марҳум бувингизнинг ва бобонгизнинг умумий мулки бўлса, тегишли равишда қонун бўйича марҳум бувиларингизнинг фарзандларининг ҳам розилиги талаб қилинади. Умуман олганда уларнинг уйга нисбатан мерос ҳуқуқи мавжуд бўлади. 2. Шунингдек Ўзбекистон Республикаси Уй-жой кодексининг нормаларига асосан агар уйингиз хусусийлаштирилган квартира ёки уй бўлса ҳам оила аъзоларнинг ҳамда рўйхатда турувчиларнинг розилиги талаб қилинади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T10:05:02.000000Z
|
8,131 |
Мен 2014 йилдан буён Тошкент вилояти Соғликни сақл...
|
Мен 2014 йилдан буён Тошкент вилояти Соғликни сақлаш бошқармасига қарашли ташкилотда ҳисобчи вазифасида ишлайман. Президентнинг ПК4359 сонли карорига асосан суҳбат асосида уқишга қабул қилинишим мумкинми?
|
education
|
words.regions.tashkent_region
|
Озода
|
2022-01-26T17:15:19.000000Z
| 136 |
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Сиз юқорида қайд этган 2019 йилдаги 4359-сонли Қарорига асосан Олий таълим муассасаларига 2019/2020 ўқув йилидан бошлаб вазирлик, идора ва йирик хўжалик бирлашмаларининг (иш берувчилар) эҳтиёжларидан келиб чиқиб, кундузги бакалавриат таълим йўналишларига мос бўлган йўналишлар доирасида табақалаштирилган тўлов-контракт асосида сиртқи ва кечки таълим шаклида ўқитишни ташкил этиш ҳуқуқи берилган эди. Бунда, ўқишга қабул қилиш тегишли иш берувчиларнинг тавсияси асосида камида беш йил иш стажига эга бўлган ходимлар ҳисобидан кейинчалик ушбу тизимда беш йил ишлаб бериш шарти билан иш фаолиятига мос бўлган бакалавриат таълим йўналишларига суҳбат натижаларига асосан амалга оширилади. Шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2019 йил 4 июлдаги 1-сон баёнига 21-илова билан Иқтисодиёт тармоқларида камида беш йил иш стажига эга бўлган фуқароларни сиртқи ва кечки таълим шаклига суҳбат натижаларига кўра табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиш учун тавсия этиш ҳуқуқига эга бўлган вазирлик, идора ва йирик хўжалик бирлашмаларининг РЎЙХАТИ тасдиқланди. Аммо мазкур рўйхатда Сизнинг республикас бошқарув органингиз бўлган Соғлиқни сақлаш вазирлиги йўқ. Рўйхат билан танишинг:
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T11:10:43.000000Z
|
8,130 |
Safarbarlik chaqiruv rezerviga ortiqcha miqdorda p...
|
Safarbarlik chaqiruv rezerviga ortiqcha miqdorda pul o'tqazib yuboribman, ortiqchasini qanday qaytarib olaman.
|
finance
|
words.regions.karakalpakistan
|
Rustam
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 137 |
Бундай ҳоллар муаммо келтириб чиқариши керак бўлмаган ҳоллар. Туман мудофаа ишлар бўлимига ариза ёзинг ва улар сизга ортиқча ўтган пулларни қайтариб беришади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T11:12:56.000000Z
|
8,130 |
Safarbarlik chaqiruv rezerviga ortiqcha miqdorda p...
|
Safarbarlik chaqiruv rezerviga ortiqcha miqdorda pul o'tqazib yuboribman, ortiqchasini qanday qaytarib olaman.
|
finance
|
words.regions.karakalpakistan
|
Rustam
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 13,107 |
Assalomu alaykum!
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risida nizomga ko'ra ortiqcha to‘langan pul badallari belgilangan tartibda qaytariladi. Buning uchun maxsus hisob raqamiga pul badallarini to‘lagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi to‘langan pul badallari to‘g‘risidagi kvitansiyalarning (to‘lov topshiriqnomasining) nusxalarini ilova qilgan holda (harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi) mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga ortiqcha to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan va ortiqcha to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza berish kerak bo'ladi.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-22T08:02:04.000000Z
|
8,129 |
2 та болам бор, хотиним билан ажрашсам бўладими? У...
|
2 та болам бор, хотиним билан ажрашсам бўладими? Уни ҳиёнатда ушлаб олдим.
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Сардор
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 138 |
Никоҳдан ажрашиш 2 та йўл билан амалга оширилади. Биринчидан ўртада низо ўлмаган ва вояга етмаган бола бўлмаганда ФҲДЁ органларида, иккинчидан ўртада вояга етмаган бола бўлган ҳамда низо бўлганда суд томонидан амалга оширилади.
Ҳа, ажраша оласиз, бунинг учун, фарзандларингиз вояга етмаган бўлса, фуқаролик судига мурожаат қиласиз.
Мазкур ҳужжат
билан танишиб чиқинг! Ушбу ҳужжатда никоҳдан ажрашиш билан боғлиқ кўпгина саволларга бир йўла жавоб топилади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T11:24:19.000000Z
|
8,128 |
Tarvuz-qovun mahsulotlariga soliq to'lash bo'yicha...
|
Tarvuz-qovun mahsulotlariga soliq to'lash bo'yicha qaror qabul qilinganmi?
|
tax
|
words.regions.bukhara
|
Shermuhammad
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 139 |
Ўзбекистон Республикасининг Солиқ кодексида полиз билан боғлиқ экинлардан олинадиган даромадларга солиқ солинмаслиги юзасидан бир қатор имтиёзлар белгиланган. Хусусан:
1. Солиқ кодекси 179-моддаси 12) бандида Жисмоний шахсларнинг уй хўжалигида, шу жумладан деҳқон хўжалигида етиштирилган ҳайвонларни (қорамол, парранда, мўйнали ва бошқа ҳайвонлар, балиқ ва бошқаларни) тирик ҳолда ҳамда уларни сўйиб, маҳсулотларини хом ёки қайта ишланган ҳолда, саноатда қайта ишлашдан ташқари, табиий ва қайта ишланган чорвачилик, асаларичилик ва деҳқончилик маҳсулотларини сотишдан олинадиган даромадларига солиқ солинмаслиги назарда тутилган. Мазкур даромадлар солиқ тўловчи тегишли маҳаллий давлат ҳокимияти органи, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органи, боғдорчилик, узумчилик ёки полизчилик ширкатларининг бошқарувлари томонидан берилган, реализация қилинган маҳсулот солиқ тўловчи томонидан унга ёки унинг оила аъзоларига ажратилган ер участкасида етиштирилганлигини тасдиқловчи белгиланган шаклдаги ҳужжатни тақдим этган тақдирда, солиқ солишдан озод қилинади.
2. Солиқ кодекси 282-моддаси иккинчи қисми 1) бандида боғдорчилик, узумчилик ёки полизчилик ширкатларининг умумий фойдаланишдаги (кириш йўллари, суғориш ариқлари, коллекторлар ва умумий фойдаланишдаги бошқа ерлар), жамоа гаражларининг ерларига солиқ солинмаслиги белгиланган.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T11:39:52.000000Z
|
8,128 |
Tarvuz-qovun mahsulotlariga soliq to'lash bo'yicha...
|
Tarvuz-qovun mahsulotlariga soliq to'lash bo'yicha qaror qabul qilinganmi?
|
tax
|
words.regions.bukhara
|
Shermuhammad
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 140 |
Агар тарвуз-қовунингиз мана шундай тарзда етиштирилган бўлса, шу солиқ имтиёзлари қўлланилади.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T11:40:45.000000Z
|
8,127 |
Qonun buzarliklarni yoki qonun buzayotgan shaxslar...
|
Qonun buzarliklarni yoki qonun buzayotgan shaxslarni kamera yoki mobil telefon bilan suratga olsa bo'ladimi?
|
auto
|
words.regions.bukhara
|
Abrorbek
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 141 |
Kamera yoki mobil telefoningz bilan suratga olishingiz mumkin emas. Ammo shunday huquqingiz bor. Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda jamoatchilik nazoratini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-sonli "Yo'l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi
qarori
qabul qilingan. Unga ko'ra buni videoregistratorlar bilan amalga oshirish mumkin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T12:06:26.000000Z
|
8,127 |
Qonun buzarliklarni yoki qonun buzayotgan shaxslar...
|
Qonun buzarliklarni yoki qonun buzayotgan shaxslarni kamera yoki mobil telefon bilan suratga olsa bo'ladimi?
|
auto
|
words.regions.bukhara
|
Abrorbek
|
2022-01-26T17:15:18.000000Z
| 13,105 |
Assalomu alaykum!
Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 276-moddasiga ko'ra ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishga oid dalillar har qanday faktik ma’lumotlardan iborat bo‘lib, organlar (mansabdor shaxslar) shu ma’lumotlarga asoslanib ma’muriy huquqbuzarlik holati yuz bergan yoki bermaganligini, muayyan shaxsning uni sodir etishda aybdorligini va ishni to‘g‘ri ko‘rib chiqish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni qonunda belgilangan tartibda aniqlaydi.
Ushbu ma’lumotlar quyidagi vositalar: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qo‘yish to‘g‘risidagi bayonnoma, audio-,
videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar,
shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi.
Shu sababli suratga olishingiz mumkin deb hisoblaymiz.
|
Kamron Aliyev
|
words.regions.tashkent
| false | true |
2024-03-21T08:00:24.000000Z
|
8,126 |
Ўзим Сурхондарё вилоятиданман, Тошкент туманидан у...
|
Ўзим Сурхондарё вилоятиданман, Тошкент туманидан уй сотиб олмоқчиман, шу уйни ўз номимга расмилаштирсам бўладими?
|
housing
|
words.regions.surkhandarya
|
Сохиб
|
2022-01-26T17:15:17.000000Z
| 142 |
Агар Сиз Сурхондарёда доимий рўйхатда турсангиз, ўз номингизга Тошкент вилояти ҳудудидан иккиламчи бозордан уй сотиб ололмаймиз. Агар Сиз фойдаланишга топширилганига 3 йил тўлмаган янги уй сотиб олсангиз, ўз номингизга ола оласиз. Биласиз-ки Тошкент шаҳри ва Тошкент вилояти учун алоҳида прописка тизими ҳамда бунинг асосида мулк сотиб олишда ҳам алоҳида қонуний тартиблар ўрнатилган. Шундай қилиб, ҳозирда ўз номингизга фақат "Новостройка" сотиб олишингиз мумкин.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-18T12:10:12.000000Z
|
8,125 |
Majburiy ijro byurosi, hokimyat va boshqa tashkilo...
|
Majburiy ijro byurosi, hokimyat va boshqa tashkilotlarga kirmoqchi bo'lsak davroza oldidagi xavfsizlik xonasida telefonlarni olib qo'yishadi, telefonsiz kirasiz deyishadi. Shu to'g'rimi?
|
civil
|
words.regions.surkhandarya
|
Amal
|
2022-01-26T17:15:17.000000Z
| 117 |
Hech bir normativ-huquqiy hujjatda Siz aytgan obyektlarga telefon olib kirmaslik to'g'risida qoida nazarda tutilmagan. Ammo ushbu tashkilot hududiga kirib-chiqish qoidalari har biri uchun alohida o'zlari tomonidan tasdiqlanib, hamma o'qiydigan joyda osib qo'yilishi kerak. Ana shunga ko'ra, tashkilotlar hududiga telefon olib kirish taqiqlanishi mumin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-10T14:39:03.000000Z
|
8,123 |
Oilada anchadan beri dadam bilan kelishmaymiz, dad...
|
Oilada anchadan beri dadam bilan kelishmaymiz, dadam sobiq harbiy bo'lgan. Hozirda nafaqada, shaharda harbiylarga berilgan uyimiz bor. Barchamiz aslida tumanda hovlida yashaymiz (bu yerda katta opamdan boshqa hech kim propiskada emas). Onam, men, singlim, dadam hammamiz shaharda propiskada turamiz. Men o'qib yurgan davrlarimda ( shahardagi uyda ijarachi turardi ), u yerni remont qilib o'zim 2 oylarcha turdim. Keyin dadam borib turib oldi. Hozirda u yerda boshqa begona ayol bilan yashaydi (nikohsiz ). Bizlar hovlini katta opamning nomiga o'tkazib (ajrashgan, 2 nafar farzandi bor) onam, singlim - uchalamiz 2 xonali xonadonga almashtirib ber desak, ko'nmayapti, shikoyat qilamiz desak, hovlini bolalar uyiga o'tkazib yuboraman, kvartirani davlat hisobiga topshirib yuboraman, deb po'pisa qilyabti. Shu vaziyatta qanday yo'l tutsak bo'ladi? Singlim ham ajrashgan, 1 nafar farzandi bor. Hovlini bolalar uyiga o'tkazib yuborishi, kvartirani davlatga topshirib yuborishi mumkinmi?
|
family
|
words.regions.samarkand
|
Xudoyorxon
|
2022-01-26T17:15:16.000000Z
| 118 |
Agar hovli ham, shahrdagi kvartira ham otangizning nomida bo'lsa, demak uni tasarruf qilish ham uning huquqi. Ammo mazkur mulklar onangiz bilan nikoh davomida qo'lga kiritilgan va o'rtalaridagi umimiy mulk bo'lsa, unda mazkur mulkni tasarruf qilish uchun, masalan, Siz aytganday, bolalar uyiga berib yuborishi uchun onangizning ham roziligi talab qilnadi. Shuningdek, agar ularni Sizlarga emas begonaga meros qilib bermoqchi bo'lsa, bunda faqat o'zining ulushinigina meros qilib qoldiradi, chunki uning yarmi onangizning ham mulki hisoblanadi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-10T15:51:06.000000Z
|
8,122 |
Ажрашишни ёпиқ судда ўтказиш ҳуқуқим борми?
|
Ажрашишни ёпиқ судда ўтказиш ҳуқуқим борми?
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Алишер
|
2022-01-26T17:15:16.000000Z
| 119 |
Албатта, ўтказиш мумкин. Бунинг учун судга илтимоснома киритасиз.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-10T15:56:23.000000Z
|
8,121 |
Салом мен 2015 йил университетнинг бакалаврини гра...
|
Салом мен 2015 йил университетнинг бакалаврини грант асосида битирдим ва 2015 йил мактабга ишга кирдим. Бир йил ишладим, сўнг декретга чикиб, магистратурага ўкишга кирдим, шу йил, 2019 йил магистратурани битирдим ва диплом олмокчи бўлиб борсам, улар декретда вактда ўкиш мумкинмас, диплом бермаемиз дейишябти. Шу тўғрими? Мен нима қилсам бўлади?
|
education
|
words.regions.tashkent
|
Нажмиддин
|
2022-01-26T17:15:16.000000Z
| 120 |
Декретга чиққанингиз сабабли диплом бермаслик мумкин эмас, бунинг устига сиз магистратурага кириб ўқидим деяпсиз. Давлат имтиҳонларни муваффаққиятли топширган бўлсангиз, диплом берилади. Сиз бакалаврда давлат гранти асосида ўқигансиз ва белгиланган 3 йилни ишлаб бермагансиз, диплом шу сабабли берилмаган бўлса керак.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-10T16:01:20.000000Z
|
8,120 |
Savolim shuki oy boshida dadam kuchada ketyotgan p...
|
Savolim shuki oy boshida dadam kuchada ketyotgan payt qaynonam qizingni yigishtirib ol deb qulidagi bakalashka suvi bn dadamga otvorgan dadamni boshiga tekkan dadam uzlarini ximoya qilaman deb ayolni nuqib yuborganlar qaynonam esa ugliga qaynotang meni doposladi deb aytgan shu kuni erim uyimga bostirib kirib dadamga qul kutardi onamni oyogini bosvolganmi xullas onamni oyoq barmoqlari singan bizni ekpertizaga junatdi lekin singan emas lat yegan deb yozib beribdi. Erim oldin sudlangan shunga endi qamalishim mumkin dedi qanday jazo qullaydi ishimiz sudgacha borsa. Men xodisa yuz bergan yerda surishtirdim dadam qul kutarib mushtlashmagan lekin nuqib yuborgan ayol yiqilmagan xushini yoqotmagan lekin tanasida tan jaroxat bor ekan miyasi chayqalgan emish
|
family
|
words.regions.namangan
|
Dilnoza
|
2022-01-26T17:15:15.000000Z
| 113 |
Dadangizning ayolni urganlgi to'g'risida: agar ayol engil tan jarohati olgan bo'lsa, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik kelib chiqishi mumkin. Agar tan jarohati o'rtacha yoki og'ir bo'lsa Jinoyat kodeksining 105 va 104-moddalari bilan javobgarlik kelib chiqadi. Buning uchun albatta jarohatning og'irlik darajasini aliqlagan ekspertiza xulosasi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, jamoat joyida janjal ko'tarilganligi uchun tegishli tartibda dadangiz va ayolga nisbatan ma'muriy bezorilik bilan ma'muriy javobgarlik kelib chiqadi. Turmush o'rtog'ingizning holati bo'yicha: xuddi yuqoridagi javob bu holatga ham tushadi. Shuni nazarda tutish kerakki, buning tegishli faktlar va xulosalar kerak. Ularni esa mas'ul shaxslar aniqlaydi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-09T16:21:37.000000Z
|
8,118 |
Assalomu alaykum. Men Islom akademiyasida 1-kursda...
|
Assalomu alaykum. Men Islom akademiyasida 1-kursda o'qiyman. Vaenkomaddan chaqirib muddatli hizmatga pul tolab qoyishimni talab qilishyapti. Yangi qonun chiqgan emish. Haqiqatda shundaymi yoki Oliy ta'limda o'qiydiganlar armiyaga borish va unga pul tolashga majbur emasmi. Shu haqida qonun bo'lsa jo'natsangizlar. Rahmat
|
citizenship
|
words.regions.tashkent
|
Abdurahim
|
2022-01-26T17:15:15.000000Z
| 114 |
To'lash-to'lamaslik Sizning ixtiyoringiz.
Ushbu
hujjat bilan tanishib chiqing!
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-09T16:28:05.000000Z
|
8,117 |
Agar ona voyaga yetmagan farzandlarini tashab chet...
|
Agar ona voyaga yetmagan farzandlarini tashab chet elga ketsa. Onani onalik huquqidan mahrum qisa boladimi?
|
family
|
words.regions.tashkent
|
Baxtiyor
|
2022-01-26T17:15:14.000000Z
| 115 |
Ha, mahrum qilinishi mumkin.
Oila kodeksi
ning 79-moddasiga asosan quyidagi hollarda Ota-onalik huquqidan mahrum qilanadi:
- ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʼlashdan boʼyin tovlasa;
- uzrsiz sabablarga koʼra oʼz bolasini tugʼruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga - oʼxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
- ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʼlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʼrsatsa;
- muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʼlgan boʼlsa;
- oʼz bolalarining hayoti yoki sogʼligʼiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʼligʼiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʼlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-09T16:33:11.000000Z
|
8,116 |
ассалому алейкум.мен 19 йилдан бери электргаз пайв...
|
ассалому алейкум.мен 19 йилдан бери электргаз пайвандчи булиб ишлайман.аммо менда диплом йук шогирд тушиб урганганман.хозир хам уша касбда ишлаяпман менга пенсияга анча бор ёшим 40да.шунга карамай менга эртарок пенсияга чикишга рухсат борми?
|
labor
|
words.regions.tashkent_region
|
Тулкин
|
2022-01-26T17:15:14.000000Z
| 116 |
Imtiyozli tarzda pensiga chiqishi mumkin bo'lganlar ro'yxati "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’g’risida"gi
Qonun
ning 9 - 12-moddalarida va Vazirlar Mahkamasining "Imtiyozli shаrtlаrdа pensiyagа chiqish huquqini beruvchi ishlаb chiqаrishlаr, muаssаsаlаr, ishlаr, kаsblаr, lаvozimlаr vа ko’rsаtkichlаrning ro’yxаtini tаsdiqlаsh to’g’risidа"gi
Qaror
ida ko'rsatib o'tilgan. Mazkur ro'yxatda elektrgazpayvandlovchi ham ko'rsatilgan bo'lib, ularning pensiyaga chiqish imtiyozi 10 yil oldin qilib ko'rsatilgan.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-09T16:46:17.000000Z
|
8,115 |
Agar sog'lom bo'lib, 27 yoshgacha xarbiy xizmatga...
|
Agar sog'lom bo'lib, 27 yoshgacha xarbiy xizmatga ulgurmasa (o'qish sababli) unga qanday hujjat beriladi? Agarda berilsa, u hujjat bilan ishlasa bo'ladimi?
|
labor
|
words.regions.andijan
|
Асилбек
|
2022-01-26T17:15:14.000000Z
| 105 |
27 yoshga to'lgan, ammo harbiy xizmatga bormagan kishi tabiiyki, harbiy guvohnomaga ega bo'lmaydi. Shu sababli u harbiy guvohnoma talab etiladigan ishlarda ham ishlay olmaydi.
|
Bahodir Sotvoldiyev
|
words.regions.tashkent
| true | true |
2019-07-08T15:19:32.000000Z
|
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.