question_id
int64 7.99k
24.2k
| title
stringlengths 1
145
| body
stringlengths 1
7.25k
| category
stringclasses 27
values | region
stringclasses 14
values | owner
stringlengths 1
19
| created_at
stringdate 2019-04-24 08:12:23
2025-02-11 08:43:31
| answer_id
int64 1
13.2k
| answer_body
stringlengths 0
14.9k
| answer_author
stringclasses 157
values | author_region
stringclasses 13
values | isLawyer
bool 2
classes | isLegist
bool 1
class | answer_created_at
stringdate 2019-04-26 17:12:43
2025-03-30 17:20:45
|
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
8,004 | Men do'konda kassir lavozimida ishlar edim va ishd... | Men do'konda kassir lavozimida ishlar edim va ishdan ketishga qaror qildim. Boshlig'imni 14-aprel kuni ogohlantirdim hamda 29-aprel kuni ishdan ketdim. Endi boshlig'im oyligimni berishdan bosh tortyapti. Shunga qanday chora ko'rishim haqida maslahat bersangiz? | labor | words.regions.tashkent | Ahmad | 2022-01-26T17:14:47.000000Z | 33 | Ushbu holatda ish beruvchini ikki hafta oldin ogohlantirib, bu muddat o'tgach mehnat shartnomasini bekor qilib to'g'ri ish qilgansiz. Bunda ish beruvchi siz bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi hamda siz bilan tegishli tartibda hisob-kitob qilishi kerak edi. O'rtada nizo kelib chiqqan bo'lsa, siz Mehnat
kodeks
ining 260-moddasiga asosan yoki Mehnat nizolari komissiyasiga yoki fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-13T09:40:09.000000Z |
8,003 | Bozorlarda, do'konlarga kirganimda ko'pincha rus t... | Bozorlarda, do'konlarga kirganimda ko'pincha rus tilida gaplashuvchilar o'zbeklarga nisbatan: "Sizlar rus tilida gaplashishlariningiz kerak, bilishingiz kerak", deb aytadi. Shu to'g'rimi? Lekin bizlar O'zbekistonda yashaymiz, o'zbek xalqimiz, bizda o'zbek tili davlat tili-ku! | civil | words.regions.tashkent | Anvarov | 2022-01-26T17:14:46.000000Z | 32 | Fuqarolar o'rtasidagi mazkur munosabatlar qonun bilan tartibga solinmaydi. To'g'ri bizda "Davlat tili haqida"
Qonun
bor, ammo mazkur Qonunning 3-moddasi uchinchi qismida Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada qo'llanishini tartibga solmasligi aytib o'tilgan. Shunday ekan, bozorlarda, do'konlarda sizda ham, boshqalarda ham biron-bir rasmiy tilda gapirishni talab qilish huquqi yo'q. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-13T09:28:44.000000Z |
8,002 | Bizning uyimiz bobomning nomida. Bobom Toshkent sh... | Bizning uyimiz bobomning nomida. Bobom Toshkent shahar propiskasida. Shunday holatda bobom bizni Toshkent propiskasiga ololadimi? | civil | words.regions.tashkent | Abdulaziz | 2022-01-26T17:14:46.000000Z | 31 | Ha, bobongiz Propiska bo'yicha ro'yxatning 2-bandiga muvofiq nabiralarini Toshkent propiskasiga olib kirishi mumkin! | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-13T09:21:20.000000Z |
8,000 | Qanday qilib Toshkent shahri va Toshkent viloyatig... | Qanday qilib Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga o'tish mumkin? | civil | words.regions.khorezm | Saidposhsha | 2022-01-26T17:14:46.000000Z | 30 | Agar siz o'z holatingizni batafsil tushuntirganingizda sizga ma'qul yo'llarini ko'rsatish mumkin bo'lar edi. Ammo Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga o'tishning umumiy shartlari bilan quyidagi hujjatlar orqali tanishib chiqishingiz mumkin: "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shaxslar - O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yxati
to'g'risida
"gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining
qarori
, Ichki ishlar vazirining
buyrug'i
. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-13T09:09:08.000000Z |
7,999 | Menga sotilgan tovarni qaytarib berish va pulini q... | Menga sotilgan tovarni qaytarib berish va pulini qaytarib olish tartibi haqida ma'lumot bera olasizmi? | civil | words.regions.kashkadarya | Muxriddin | 2022-01-26T17:14:46.000000Z | 29 | Bu siz tovarni sotuvchiga nima sababdan qaytarib berayotganingizga bog'liq bo'ladi.
Agar tovar tegishli darajada sifatli bo'lsa-yu, siz uni shunchaki almashtirmoqchi bo'lsangiz, sotuvchining shartlari asosida tovarni qaytarib berishingiz mumkin. Ya'ni, sotuvchi istasa, qaytarib oladi, istamasa, yo'q. Shuningdek, qaytarib olgan taqdirda ham, tovar narxini to'liq berishi ham, kamaytirib berishi ham mumkin.
Ammo siz sifati tegishli darajada bo'lmaganligi sababli tovarni qaytarib bermoqchi bo'lsangiz, sotuvchi tovarni qaytarib olishi hamda pulni qaytarishi kerak. Bunda tovar sifati pasaygan yoki pasaymaganligidan qat'i nazar pulni to'liq qaytarib berish kerak. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-13T07:39:45.000000Z |
7,998 | Logistika firmasi ochish uchun litsenziya olish sh... | Logistika firmasi ochish uchun litsenziya olish shartlari va kerakli hujjatlar haqida batafsil ma'lumot olmoqchi edim. Shu bo'yicha yordam bera olasizmi? | business | words.regions.samarkand | Javohir | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 28 | O'zbekistonda yo'lovchi hamda yuklarni tashish faoliyati litsenziyalanadi. Siz quyidagi hujjatlar bilan tanishib chiqing: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli
qarori
hamda 2018-yil 9-apreldagi 278-son
qarori. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-12T15:53:32.000000Z |
7,997 | Men 2 nafar farzandim uchun aliment olaman. Farzan... | Men 2 nafar farzandim uchun aliment olaman. Farzandlarimning otasi, sobiq erim davlat ishida ishlaydi. U o'z hisobidan ta'til olgani uchun ishlamagan oyiga menga aliment kelmadi. Sobiq erimdan shu oy uchun qanday qilib pul undirishim mumkin? | family | words.regions.tashkent | Nodira | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 27 | O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasi ikkinchi qismiga asosan agar aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo'lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O'zbekiston Respublikasidagi o'rtacha oylik ish haqi miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi. Shunga ko'ra, eringizning ishlamagan vaqti uchun aliment O'zbekistonda umumiy o'rnatilgan o'rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-12T15:41:49.000000Z |
7,996 | Men erim bilan ajrashayotganligim sababli mol-mulk... | Men erim bilan ajrashayotganligim sababli mol-mulkimni, ya'ni, kelinligimda olib borgan narsalarimni qaytarib olish uchun sudga berdim. O'rtada hech qanday nikoh shartnomasi, shuningdek, turmush o'rtog'imning nomida ham, mening nomimda ham hech qanday mulk yo'q. O'rtamizda bitta farzandimiz bor. Birinchi sud bo'lib o'tdi va Majburiy ijro byurosiga uydagi bor narsalarni akt qilish vazifasi yuklatildi. MIB mazkur aktni qancha vaqt mobaynida sudga taqdim etadi? Va men hamda farzandim uchun uydagi narsalarning qancha miqdori (maishiy texnika, kiyim-kechak, mebellar va shunga o'xshash narsalardan) bo'lib berilishi mumkin? Agar uyda men olib borgan narsalar yo'q bo'lsa, nima qilsam va qanday yo'l tutib murojaat qilsam bo'ladi? | family | words.regions.tashkent | Nigora | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 26 | O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga asosan Sizning nikohdan oldingi olgan narsalaringiz faqat o'zingizning alohida mulkingiz hisoblanadi hamda u taqsimlanmaydi. Nikoh davomida orttirgan mulkingiz birgalikdagi mulkingiz bo'lib, u qoidaga ko'ra, teng bo'linadi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-12T15:30:47.000000Z |
7,995 | Мен хорижга чиқиш паспорти билан, чет эл визасини... | Мен хорижга чиқиш паспорти билан, чет эл визасини олмасдан Европага ёки Америка Қўшма Штатларига сайёҳ сифатида борсам бўладими? | citizenship | words.regions.kashkadarya | Сардор | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 7,265 | Assalomu alaykum Sardor!
Shuni aytishim mumkinki, O'zbekiston Respublikasi pasporti
Guide Passport Ranking Index reytingida 84-o‘rinni egallagan bo'lib, bu fuqarolarga 60 ta davlatga vizasiz
kirish imkonini beradi.
Bu degani Siz bemalol
ushbu link orqali
kirib mamlakatimiz fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladigan 60 ta davlatga sayohat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, barcha davlat fuqarolari uchun bo'lgani singari Respublikamiz fuqarolari uchun ham ma'lum bir davlatlarga chiqishda viza olish talab etiladi. Bu mamlakatlar soni hozirgi kunda 169 tani tashkil etmoqda. | Mirabbos Mirzokirov | words.regions.namangan | false | true | 2022-02-14T06:41:30.000000Z |
7,994 | Men oilam bilan kelishmadim. 5 oy birga yashadik,... | Men oilam bilan kelishmadim. 5 oy birga yashadik, ayolim homilador, men bilan yashash niyati yo'q, lekin ajrashishning iloji yo'q deyishdi. Men oilada bitta o'g'ilman, oilada onamga, oilamga kelin kerak. Shuning uchun uylanishim zarur. Qanday qilib turmush qursam bo'ladi? Iltimos, yordam bersangiz. Qaynonam, agar turmush qursam, meni sudga berishini aytgan. | family | words.regions.khorezm | Azamat | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 2 | Assalomu alaykum, Azamat,
Oila kodeksining 39-moddasiga binoan Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emas. Bundan kelib chiqadiki, siz ayolingizning roziligisiz sudga da'vo ariza bersangiz arizangiz rad etiladi. Siz farzandingiz tug'ilishini va 1 yoshga to'lishini kutishingiz lozim yoki ayolingiz o'z xohishi bilan sudga nikohni bekor qilish haqida da'vo ariza bilan murojaat qilishi kerak bo'ladi.
Bu shuni anglatadiki, siz istasangiz ham qonuniy ajrashaolmaysiz, va albatta ayolingizdan ajrashmasdan turib, boshqa shaxs bilan nikohdan o'tishingiz mumkin emas. To'g'rirog'i yangi nikohdan o'tmoqchi bo'lganingizda, FHDYo arizangizni rad qiladi. | Hamidulla Ziyoyev | words.regions.kashkadarya | false | true | 2019-04-29T04:13:33.000000Z |
7,993 | Фуқаро узоқ йиллардан буён Тошкент вилоятида яшаса... | Фуқаро узоқ йиллардан буён Тошкент вилоятида яшаса, аммо пропискаси Тошкент шаҳрида бўлса, яшаётган жойидаги маҳалла раислигига номзодини қўйса бўладими? | civil | words.regions.tashkent | Абдушукур | 2022-01-26T17:14:45.000000Z | 25 | "Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролар йиғини раиси (Оқсоқоли) сайлови тўғрисида"ги Қонуннинг 17-моддасига кўра,
"Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) лавозимига номзодлар Ўзбекистон Республикаси фуқаролари бўлиши, қоида тариқасида, олий маълумотга эга бўлиши, бевосита сайловга қадар камида беш йил тегишли ҳудудда доимий яшаётган бўлиши, ташкилотчилик қобилиятига, давлат органларида ёки нодавлат нотижорат ташкилотларида ёхуд тадбиркорлик ва бошқа хўжалик фаолияти соҳасида иш тажрибасига, шунингдек ҳаётий тажрибага ва аҳоли ўртасида обрў-эътиборга эга бўлиши керак".
Мазкур қоидадан кўриниб турибдики, агар улар 5 йилдан ортиқ муддат яшаётган бўлсалар-да, доимий яшаш жойи Тошкент шаҳрида бўлганлиги сабабли номзод кўрсата олмайдилар. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-12T15:22:49.000000Z |
7,992 | Menga sudga chaqiruv qog‘oz keldi. Ammo nima uchun... | Menga sudga chaqiruv qog‘oz keldi. Ammo nima uchun sudga chaqirishayotganini bilmadim. Mening 1 oylik chaqalog‘im bor. Meni sudga chaqirilish sababini bilsam bo‘ladimi? | court | words.regions.tashkent | Zulayho | 2022-01-26T17:14:44.000000Z | 24 | Ha, albatta. Bilishingiz mumkin.
Sud ishlarini yuritishga doir har qaysi hujjatga asosan sudga chaqiriluvchilar nima sababdan chaqirilayotganliklari ma'lum qilinishi kerak. Aslida, chaqiruv xatida sizni chaqirish sababi keltirilishi kerak edi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-12T15:15:31.000000Z |
7,991 | 1 yil oldin, ya'ni, 2018-yil aprel oyi o'rtalarida... | 1 yil oldin, ya'ni, 2018-yil aprel oyi o'rtalarida mening velosipedimni o'g'rilab ketishdi. Bu haqda tuman ichki ishlar bo'limiga ma'lum qildim. Voqea shu atrofdagi kuzatuv kameralariga tushgan bo'lib, o'g'ri ham videoda ko'ringan, lekin hali ham bu ish ochilishidan biron-bir darak yo'q.
Ichki ishlar xodimlariga ishning nima bo'layotganligini so'rab, murojaat qilsam, "Bo'lyapti, qidiryapmiz", deb har safar bitta gapni takrorlashadi, lekin biron-bir natija haligacha sezilmadi. Man endi nima qilishim yoki kimga murojaat qilishim kerak? | criminal | words.regions.namangan | Mahmudxon | 2022-01-26T17:14:44.000000Z | 18 | Bunday masalalarda, ya'ni yuritilayotgan jinoyat ishi masalasida holat va hozirgi ketayotgan aniq jarayon ma'lum bo'lmay turib, aniq javob berish mumkin emas. Siz jinoyat ishini yuritayorgan tegishli mansabdor shaxsga yoki bo'ysunuv tartibida uning rahbarlariga yoxud prokurorga murojaat qilishingiz mumkin. Siz ulardan jinoyat ishi qo'zg'atilgan yoki qo'zg'atilmaganligini, nega u to'xtatib turilganligini, ish bo'yicha kimgadir ayblov e'lon qilingan qilinmaganligini, kameraga tushganning shaxsi aniqlangan aniqlanmaganligini, agar aniqlangan bo'lsa, u bo'yicha qanday ishlar qilinganligini so'rang! Shuningdek, tegishli mansabdor shaxsdan mazkur ish bo'yicha qabul qilingan eng so'ngi hujjatni ham so'rang, undan ko'p narsa aoydinlashadi. Huquqlaringizni tushuntirishlarini so'rang va tushuntirilgan huquqlaringiz asosida harakat qiling! | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-10T15:48:33.000000Z |
7,989 | Mening yoshim 18 da. Otam 1991-2019-yillarda ichki... | Mening yoshim 18 da. Otam 1991-2019-yillarda ichki ishlar organlarida xizmat qilgan edi. U kishi 2019-yil 17-mart kuni vafot etdi. Otamning vafoti sababli oilam va men uchun qanday imtiyozlar beriladi va ulardan foydalansa bo'ladimi? | labor | words.regions.bukhara | Frdavs | 2022-01-26T17:14:44.000000Z | 17 | Bunday munosabatlar mehnatga doir qonun hujjatlari, xususan, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bilan tartibga solinadi.
Otangiz xizmat vazifalarini bajarishi jarayonida vafot etgan bo'lsa, qonun hujjatlarida belgilangan bir martalik qat'iy belgilangan kompensatsiyalar oilangizga to'lab berilishi mumkin.
Bundan tashqari, vafot etgan otangizning qaramog'ida bo'lgan mehnatga layoqatsiz oila a'zolari "Boquvchisini yo'qotganlik pensiya"sini olishi mumkin. Siz so'g'lom va 18 yoshda bo'lsangiz, bunday ta'minot siz uchun amal qilmaydi. Ammo oilangizda shunday toifadagi shaxslar bo'lsa, ta'minot olish huquqiga ega bo'ladi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-10T15:39:20.000000Z |
7,988 | Nomusga tegish jinoyati sodir bo'lganda surushturu... | Nomusga tegish jinoyati sodir bo'lganda surushturuv ishlari qay tarzda olib boriladi va jabrlanuvchidan qanday arizalar olinadi? | criminal | words.regions.samarkand | Zaynura | 2022-01-26T17:14:44.000000Z | 16 | Jinoyat ishlarini yuritish O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining normalariga muvofiq amalga oshiriladi. Surishtiruv ishlarini aniq bir jinoyatga nisbatan aniq bir usullarda oshirish tartiblari belgilanmagan. tegishli mas'ullar har bit holatga qarab, alohida yondashadilar va har bir jinoyat bo'yicha alohida tergov harakatlarini o'tkazish talab etiladi. Jinoyat ishi bo'yicha qanday harakatlarni amalga oshirish, Surishtiruvchi, Tergovchi, Prokuror, Sudya tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Nomusga tegish jinoyati (Jinoyat kodeksi 118-moddasi birinchi qismi) jabrlanuvchining shikoyatiga asosan qo'zg'atiladigan jinoyatlar toifasiga kiradi, ammo og'irlashtiruvchi holatlarda bo'lsa, jabrlanuvchining shikoyatidan qat'i nazar jinoyat ishi qo'zg'atiladi. Agar jnoyat JKning 118-moddasi birinchi qismiga tushsa, jinoyat ishi qo'zg'atilishi uchun jabrlanuvchi jinoyat ishi qo'zg'atish yuzasidan ariza yozib beradi. Bundan tashqari holat yuzazidan tushuntirishlar va ko'rsatmalar beradi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-10T15:19:17.000000Z |
7,987 | Onam olamdan o'tganiga 2 yil bo'ldi, uy onamning n... | Onam olamdan o'tganiga 2 yil bo'ldi, uy onamning nomida, tog'am sovg'a qilganlar. Shu uyni xolam talab qilishiga haqqi bormi? | civil | words.regions.tashkent | Ibrohim | 2022-01-26T17:14:44.000000Z | 15 | Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqi bilan, xususan, fuqarolik huquqining hadya va meros tushunchalari bilan bog'liq bo'lgan qoidalari bilan tartibga solinadi.
Tog'angiz uyni onangizga hadya qilgan va ushbu uy ongangizning nomiga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan bo'lsa, demak, uy hadya asosida onangizning mulkiga aylangan. Mazkur hadya qonuniy tartibda amalga oshgan bo'lsa, xolangizning u uyga da'vo qilishga huquqi yo'q.
Shu bilan birga onangizning farzandi, ya'ni, siz bo'lmasangiz yoki merosdan chetlashtirilsangiz, yoki merosni qabul qilmasangiz, yoki undan voz kechsangiz, ushbu uyga xolangiz meros huquqi bo'yicha da'vo qilishi mumkin bo'lar edi. | Bahodir Sotvoldiyev | words.regions.tashkent | true | true | 2019-06-10T14:53:25.000000Z |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.