question_id
int64
7.99k
24.2k
title
stringlengths
1
145
body
stringlengths
1
7.25k
category
stringclasses
27 values
region
stringclasses
14 values
owner
stringlengths
1
19
created_at
stringdate
2019-04-24 08:12:23
2025-02-11 08:43:31
answer_id
int64
1
13.2k
answer_body
stringlengths
0
14.9k
answer_author
stringclasses
157 values
author_region
stringclasses
13 values
isLawyer
bool
2 classes
isLegist
bool
1 class
answer_created_at
stringdate
2019-04-26 17:12:43
2025-03-30 17:20:45
23,564
Bu holatda nima qilishimni maslahat berasiz?
Meni nomimdan bank xodimlariga yashash manzilimni o'zgartirilgan holatda ariza kelib tushgan va shu ariza bo'yicha mani nomimga 33 million summali kredit chiqarilgan va bu kreditdan men 1 yil mobaynida bexabar edim hozirda shu kredit bo'yicha bank hodimlari to‘lashimni talab qilyapti va qonuniy chora kurishmoqchi bu yerda men jabrlanuvchi sifatida olmagan kredit summani to‘lolmayman va sharoitim ham yuq. Men uzim boquvchisini yo'qotgan ijtimoiy himoyaga muhtojman va talabaman kredit summani to'la olmayman sharoitim yo'q. Bu kredit summani kim to‘laydi. Bu yerda kredit bo'yicha hech qayerga murojaat qilmaganman va bank hodimlari meni kredit masalasi bo'yicha chaqirmagan. Bu yerda kim aybdor va kreditni kim to'laydi
civil
words.regions.samarkand
Zarnigor
2023-08-01T05:15:36.000000Z
12,937
Ассалому алайкум. Банк ходимлари ҳаракатлари юзасидан прокуратурага шикоят қилинг
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-08-15T07:00:45.000000Z
23,560
Men hozirda maktabda ishlashim mumkinmi?
Assalomu alaykum! men pedagogikadan 2 -kursni tugatdim hozirda men maktabga ishlamoqchi edim lekin maktabda 2-kursdan ishga qabul qilmaymiz deb aytdi. Hozirda men ishlash huquqiga egamanmi shunga doir qarorlar bormi
education
words.regions.samarkand
Zarnigor
2023-07-31T13:45:46.000000Z
12,874
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Bu haqida VazirlarMahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ILOVAning 8-bandida ko‘rsatilgan.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T15:02:14.000000Z
23,555
Bu holatda sherigimga qanday chora qo'llash mumkin?
Sheriklik asosida chorvachilik xo‘jaligi tashkil qilganmiz va yer olganmiz xo‘jalik rahbari sherigim hisoblanadi malum bir vaqt o‘tgandan keyin yerdan oladigan daromaddan sherigim o‘zini rahbarligidan foydalanib bizga ulush berishdan bosh tortyapti qanday qonuniy chora ko‘rsak bo‘ladi?
business
words.regions.surkhandarya
Sardor
2023-07-31T07:10:08.000000Z
12,868
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu masala yuzasidan agarda o‘rtada shartnoma mavjud bo‘lsa fuqarolik sudiga murojaat qiling. Shartnoma bo‘lmasa Prokuraturaga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T07:20:17.000000Z
23,554
Men OTMga o'qishga topshirishga ulguramanmi?
bugun 31 iyul 2023 yil yurisprudensiya oqishiga topshirishga kech qolmadimmi yani hozir toshirsam ham boladimi? yoki keyingi yilga qoldimmi? yurisprudensiyaga
education
words.regions.ferghana
muhammadaziz
2023-07-31T06:39:16.000000Z
12,869
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro OTMlarga hujjat 20-iyulga qadar qabul qilinafi. Hozirda qabul tugaganligi sababli kech qoldingiz.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T07:22:16.000000Z
23,553
Bola puliga berilgan arizaning natijasini bilish tartibi qanday?
Assalomu alaykum man bola puliga ariza topshirgan edim javobi kemadi iltimos bola puli olishim mumkinmi javobiz uchun oldindan raxmat
socialsecurity
words.regions.tashkent
Gavhar
2023-07-31T04:22:44.000000Z
12,866
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro sizga sms xabar kelishi kerak. Agarda kelmagan bo‘lsa hududiy budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T06:27:18.000000Z
23,552
Quyidagi yo'llardan foydalanib jarimani to'lash mumkinmi?
salom, men mjchda kassir lavozimidi ishlayman, chek bermaganim uchun jarimaga tortildim (3 300 000) sabab 1 yilda 2 martta takror bo'lgani uchun,va bu ish MIB ga oshirgan. 1 savol belgilangan 3300 000 tulash xozirgi paytda juda ogirlik qilmoqda , ushbu summani kamaytirishni iloji bormi? masalan qayta ko'rib chiqish. 2 deylik sud xukmini uzgartirib bolmadi MIB ijro yigimi uchun 165 000 qoshimcha qildi jami 3 465 000 jarima undirishmoqda ushbu jarimani birdan tulamasdan bolib tulasam boladimi 1-2 oydan uzoqroq muddatga,va yana 165 000 ijro yigimidi oldirib tashlashni iloji bormi?
government
words.regions.sirdarya
Ahror
2023-07-30T23:15:22.000000Z
12,882
Ассалому алайкум! Саволингиздан кўринишича, Сизга савдо ва хизмат кўрсатиш қоидаларини бузганлигингиз учун МЖтКгнинг 164-моддасига мувофиқ, базавий ҳисоблаш миқдорининг 10 баравари миқдорида жарима жазоси қўлланилган. Ўзбекистон Республикаси МЖтКнинг 33-моддасида суд маъмурий жазо чорасини қўллаётганда жавобгарликни енгиллаштирувчи ҳолатларни ва ҳуқуқбузарнинг моддий аҳволини инобатга олган ҳолда сабаблар ва асосларни албатта кўрсатиб, ушбу Кодекснинг Махсус  қисмидаги  моддаларнинг санкциясида назарда тутилган энг кам жазодан ҳам камроқ жазо ёки ушбу моддада назарда тутилмаган бошқа янада енгил жазо чорасини қўллаши мумкинлиги назарда тутилган. Шу боис, юқорида кўрсатилган ҳолатлар мавжуд бўлган тақдирда Сиз маъмурий жарима қўллаган мансабдор шахснинг қарори устидан Жиноят ишлари бўйича туман судига, агар ушбу қарорни туан суди чиқарган бўлса юқори судга шикоят қилишга ҳақлисиз. Бундан ташқари, қонун белгиланган жаримани бўлиб-бўлиб тўлашга ҳам йўл қўяди.
Bahodir Sotvoldiyev
words.regions.tashkent
true
true
2023-08-04T02:29:38.000000Z
23,548
Bu holatda bolaga qanday qilib guvohnoma olish mumkin?
Assalomu alaykum Akam 1-xotini bilan rasman ajrashmasdan turib 2-xotiniga uylandi ammo Nikohi FHDYO tamonidan nikohi qayd qilinmaganligi sababli Rossiyada mulla (eshon) tamonidan diniy tamonlama nikoh oʻqilgan bu toʻgʻrisida maʼlumotnoma bor hozirgi kunda akam farzandli boʻldi endi chaqoloqqa qanday qilib tugʻilganligi haqida guvohnoma olsa boʻladi iltimos shu haqda toʻliq maʼlumot bering qanday qilib tugʻilganligi haqida guvohnoma olsa boʻladi iltimos shu haqda toʻliq maʼlumot bering
family
words.regions.surkhandarya
Jasurbek
2023-07-30T18:02:07.000000Z
12,859
Assalomu alaykum Oila kodeksining 61-moddasida Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi. Ya'ni akangiz va sha'riy nikohdagi ayoli bilan zaks bo'limiga borishadi va otalikni belgilatish bo'yicha ariza berishadi. Shu kodeksning 207-moddasida Agar ota-ona o‘zaro nikohda bo‘lmasalar, bolaning onasi to‘g‘risidagi yozuv onaning arizasiga ko‘ra, otasi to‘g‘risidagi yozuv esa, bolaning otasi va onasining birgalikdagi arizasi bo‘yicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi. Ona vafot etgan yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoxud onalik huquqidan mahrum etilganda, shuningdek onaning qayerda ekanligini aniqlash mumkin bo‘lmaganda ota to‘g‘risidagi yozuv otaning arizasiga ko‘ra vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoziladi. Ya'ni sizlar bu holatda FHDYo (zaks) bo'limiga borishlarning kerak.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-30T19:10:57.000000Z
23,546
Prokuror bo'lish uchun qanday talablar qo'yilgan?
Men 9-sinifni bitirib 2-yillik sanoat kollejini bitirdim yoshlikdan maqsad qilip kelgan kasbim prakror bolish buning uchun men qanday ma'lumot va fanlarni ozlashtirishim va qaysi oqishka toshirishim lozim?
government
words.regions.ferghana
muhammadaziz
2023-07-30T10:38:03.000000Z
12,867
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro buni uchun yurisprudensiya yo‘nali bo‘yicha o‘qish lozim. Bu yo‘nalishda o‘qish uchun huquq va ingliz tili fanlarini o‘zlashtirish lozim
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T06:31:45.000000Z
23,543
O'zbekiston fuqaroligidan chiqish tartibi qanday?
Men fuqarolikni bekor qilmoqchiman .Jinoyat ishi buyicha 168 modda 3 b bandi .Oilali 2 nafar farzandim bor .Boshqa davlat fuqaroligini olmoqchiman .Bunda qanaqa uzgarishlar bo'ladi batavsil malumot kerak
citizenship
words.regions.surkhandarya
Muhriddin
2023-07-30T03:41:26.000000Z
12,856
Assalomu alaykum O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA qonunning 37-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchi tomonidan shaxsan beriladi. E'tibor bering fuqarolikdan chiqish deyilgan bu holatda ham Prezident nomiga ariza yoziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan shaxs iltimosnomani doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda yashayotgan shaxs esa konsullik muassasasiga beradi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik, konsullik muassasasining mavjud emasligi) notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma ishonchli shaxslar orqali berilishi mumkin. Bunining uchun siz qayerda yashayotgan bo'lsangiz, o'sha hududdagi IIBga murojaat qilasiz. 39-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi: so‘rovnoma; pasport yoki identifikatsiyalovchi karta; nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi; davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat. Agar O‘zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o‘ziga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart. Siz arizaga yuqoridagi hujjatlarni ham tayyorlab ilova qilishingiz kerak. Yuqoridagi qonunning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi. Ya'ni fuqarolik sizga chet elda va O'zbekiston hududida barcha erkinliklaringizni taminlaydi va davlat sizni turli tahdidlardan ximoya qiladi, saylash va saylanish huquqiga ega bo'lasiz. Lekin shuni unutmang! Agar siz O'zbekiston hududida jinoyat sodir qilgan bo'lib, javobgarlikka tortilayotgan bo'lsangiz. Siz Fuqorolikdan chiqsangiz ham javobgarlikdan ozod bo'lmaysiz.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-30T04:38:51.000000Z
23,542
Bu holatda qayta auksionga qo'yilish qonunga muvofiqmi?
АссаламуАлайкум, Мен Зангиота тумани, 39-мактаб таркибига кирувчи йўл бўйида жойлашган ер майдонини электрон онлайн савдоларда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 03.08.2021 йилдаги 485-сонли қарорига асосанда Лот 2459821 Лот 2459822 Лот 3110064 (илова килдим) 04.10.2022йил e-auksion дан ижара шартномаси асосида сотиб олганман. Лекин бугунги кунда буютмачи сифатида Давлат активларини бошкариш Тошкент вилояти булим e-auksion оркали лот 6496443 ва лот 5517772 (илова килдим) лар билан менга ижарага берлган ерларди кайтадан ауксенга чикариб юборишган. Хозирги кунда мени тасаруфимдаги енгил канструксяларди урнини қайта ауксонга чиқариш қанчалик қонуний.
government
words.regions.tashkent
Жасур
2023-07-30T03:39:01.000000Z
12,858
Assalomu alaykum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.08.2021 yildagi 485-sonli KO‘CHMA SAVDO FAOLIYATIGA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI YANADA KENG JORIY ETISH HAMDA SAVDO AVTOMATI ORQALI CHAKANA SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA qarorining 19-bandida “K-SAVDO” AATda ko‘chma savdo obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chma savdo sxemasi doirasida va savdo joyini aniq ko‘rsatgan holda elektron blankni to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, transport vositalari bundan mustasno. Ya'ni siz ko'chma savdo obyektingizni savdo joyini aniq ko'rsatgan holda elektron blanka to'ldirish orqali ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin. Yuqoridagi qarorning 20-bandida Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi joylashish sxemalari doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha (yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlashda foydalaniladigan yengil konstruksiyali ko‘chma muzlatgichlar uchun ko‘pi bilan 120 oygacha) ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi. Siz auksionga qo'yilgan joyda g'olib bo'lingandan so'ng, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma bor shuni o'zi sizga o'sha joyni ijaraga olganlik to'g'risida hujjat bo'ladi. Siz 3 yilgacha o'sha hududni ijraga olgansiz shuning uchun qaytadan ijraga qo'yish mumkin emas. Hozir hujjatlarningizni ko'rdim. Bu lotlardagi joylar yonma-yon va har xil joy bo'lishi mumkin. Chunki, ularni ijaraga beriladigan kv bir xil emas va joylashish joyida ham farq bor. Sizga ijraga berilgan joyni kv qancha edi. Agar aynan siz ijaraga olgan joy auksionga qo'yilgan bo'lsa, bu holatda tuman Prokuraturasiga murojaat qilishingizni maslahat beraman.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-30T19:00:49.000000Z
23,531
Bu holatda qarzni qay tarzda undirish mumkin?
Assalom alaykum, men bir odamga qarz bergan edim. o`zi tomonidan aytilgan qarzini qaytarishi davomida bir necha marotaba muddatini buzganligi uchun iivga murojaat qildim. bu davr vaqtida guvohga bir necha marotaba tahdid qilgan, meni haqorat qilgani, harom yeb o`rgangansan (tuhmat) deganligi uchun murojaat qilgandim. IIVga berilgan arizadan keyin qarzini qaytardi. DAVLATNI, Mahallani s.....m bor hammasiga degan joylari, meni shazsiyatimga tekkan joylari bor. Lekin iivga bergan arizamda holatlarni hammasini bayon qilgandim. Haqorat qilish, tuhmat, qarzini o`ynatib o`ynatib berganligi uchun jk 170 moddasiga ko`ra mamuriy jazo qo`llanishini so`ragan edim. gap pulda emas, lekin 3 oy ichida o`ynatib yurdi. bugun iivga borganimda qarzingni qaytarib olding, endi qolganini sudda hal qilasan deya mendan arizamni qaytarib olish haqida ariza yozdirib olishdi. men hozir Davlatni haqorat qilgani, mahallani haqorat qildirgani uchun, menga haqorat, tuhmat, jk 170, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun sudga murojaat qilishim mumkinmi? hamma gaplarini zapislari bor.
civil
words.regions.surkhandarya
Javlon
2023-07-29T06:40:15.000000Z
12,853
Ваалайкум ассалом! Сиз қарзни қайтармаганлиги сабабли ички ишлар ходими томонидан қарздорга нисбатан чора кўрилмаганини билдиргансиз. Амалдаги қонунчиликда қарзни ўз вақтида қайтармаганлик учун қарздорга нисбатан маъмурий ёки жиноий жавобгарлик белгиланмаган. Қарз шартномаси бу шахслар ўртасидаги фуқаролик муносабати бўлиб, унинг бажармаслик оқибатлари бўйича жавобгарлик шартномага ёки фуқаролик кодекси талабларига мувофиқ ҳал қилинади. Фуқаролик кодексининг 327-моддасига кўра, бошқа шахсларнинг пул маблағларини ғайриқонуний ушлаб қолиш, уларни қайтариб беришдан бош тортиш, уларни тўлашни бошқача тарзда кечиктириш ёхуд бошқа шахс ҳисобидан асоссиз олиш ёки жамғариш натижасида улардан фойдаланганлик учун ушбу маблағлар суммасига фоиз тўланиши керак. Фоизлар миқдори кредитор яшайдиган жойда, кредитор юридик шахс бўлганида эса, унинг жойлашган ерида пул мажбурияти ёки унинг тегишли қисми бажарилган кунда мавжуд бўлган банк фоизининг ҳисоб ставкаси билан белгиланади. Қарз суд тартибида ундириб олинганида суд кредиторнинг талабини даъво қўзғатилган кундаги ёки қарор чиқарилган кундаги банк фоизининг ҳисоб ставкасига қараб қондириши мумкин. Ушбу қоидалар қонунда ёки шартномада бошқа фоиз миқдори белгиланган бўлмаса қўлланилади. Кредиторнинг пул маблағларидан қонунсиз фойдаланиш туфайли унга етказилган зарар ушбу модданинг биринчи ва иккинчи қисмларига асосан унга тегиши керак бўлган фоизлар суммасидан ошиб кетса, кредитор қарздордан зарарнинг бу суммадан ортиқча бўлган қисмини тўлашни талаб қилишга ҳақли. Шу боис, Сиз қарздор қарз мажбуриятларини ўз вақтида бажармаганлиги учун ундан фоизлар талаб қилишингиз мумкин. Бунинг учун жавобгар яшайдиган жойдаги фуқаролик ишлари бўйича туманлараро судига даъво ариза билан мурожаат қилишга ҳақлисиз. Саволингиздаги иккинчи масала, яъни давлат ва маҳалла тўғрисида ҳақиқатга тўғри келмайдиган ёлғон ахборот тарқатганлик учун маъмурий жавобгарлик мавжуд бўлиб, ушбу маъмурий ҳуқуқбузарлик учун ичик ишлар органлари томонларидан суриштирув олиб борилиши ва далиллар етарли бўлган тақдирда маъмурий баённома тузилиши лозим.
Bahodir Sotvoldiyev
words.regions.tashkent
true
true
2023-07-29T20:22:02.000000Z
23,530
Quyidagi harakatlar uchun ruxsatnoma talab qilinadimi?
Ассалому алейкум. Менинг боғдорчиликка ихтисослашган фермер хўжалигим бор. Боғимда 4-5 дона қуриган (ўрик, шафтоли) дарахтлар бор. Шуларни кесишга, қолган дарахтларни буташга рухсат олиш керакми ёки шартмасми
agriculture
words.regions.bukhara
Abdullo
2023-07-29T02:42:59.000000Z
12,860
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro bu harakatlarni amalga oshirish uchun hududiy ekologiya bo‘limida ruhsat olishingiz kerak. Aks holda O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishnishi mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T03:17:38.000000Z
23,529
Bola puliga toshirilgan arizamning natijasini qanday bilish mumkin?
Bolalar pulini olishga ariza topshirganman. Arizam qabul qilingan yoki qilinmaganini bilishni istayman.
socialsecurity
words.regions.tashkent
Gavhar
2023-07-29T02:02:16.000000Z
12,861
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro sizga bu haqida sms xabarnoma kelishi kerak. Agarda siz sms xabarnomani olmagan bo‘lsangiz hududiy Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T04:08:03.000000Z
23,528
Bu holatda ta'limning qaysi shakli talab etiladi?
Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki tergovchi bo'lishim uchun faqat yuridik universitetning kunduzgi ta'limida tahsil olishim kerakmi yoki sirtqi kollej ta'limi ham bormi iltimos aniqroq javob bersangiz javob uchun oldindan raxmat
education
words.regions.namangan
Madina
2023-07-28T20:42:11.000000Z
12,862
Vaaleykum assalom hurmatli fuqaro bunda talim shaklining farqi yo‘q. Faqat sizning bilimingiz, salohiyatingiz, qobilyatingiz va tajribangiz hisobga olinadi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T04:10:17.000000Z
23,527
Bu holatda qanday qilib kassatsiya bersa bo'ladi?
O‘g‘lim mashina oynalarini tonirovka qilgani uchun jarimaga tortilgan, lekin jarimani to‘lay olmayapti. Shahar sudiga berdi. Biroz kamaytirib berishdi. Shunda ham to‘lay olmayapti. Oliy sudga kassatsiya bergan edi. 6 oy muddat o'tib ketgan deb qaytarishdi. Qanday yo'l bilan kassatsiya sudiga berish mumkin.
court
words.regions.tashkent
Nargiza
2023-07-28T11:11:20.000000Z
12,863
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro bu holatda agarda yetarlicha sabab bo‘lsa Kasatsiya shikoyat arizasi bilan birgalikda muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma kiritilishi kerak.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T04:12:16.000000Z
23,526
Bu holatda qanday qilib farzandimmni o'zim bilan olib qolishim mumkin?
Turmush o'rtog‘im bilan qonuniy ajrashganim yoq. 6 oylik 1 nafar farzandim bor aliment olyapman. Farzandimni o'zimni nomimga olmoqchiman qanday olsam böladi?
family
words.regions.surkhandarya
Madina
2023-07-28T06:11:16.000000Z
12,864
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro bolani ismi familyasini o‘zgartish uchun ota va onani roziligi kerak
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T04:13:35.000000Z
23,525
Bu haqorat uchun qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
Ассалому алайкум мани тинглаб турган инсонлар яхшимисизлар .Саволим куйдагича катта кизимни турмушга берганимга 15 йил булди оилсида тинчи йук Кайната махалла раиси угли хоким йордамчиси шахрисабз р н, хотини кайнаси раддомда мед сестра кизимни номига хусусий богча очиб берган чоршанбе шахарчага умуман тинчлик бермайди босим утказади 1ойдан буён болалари уйимга 2кун олдин бориб яна багчвга жанжал килибди хужайиним вафот этганига8 ой булди сани таг тугинг билан кириб ташлайман отанг йук кимга ишонасан деб бошига кутариб бакирибди куркитиб куйган кизимни уйга келиб йиглаб айтиб берди кучимиз етмайди нима килишга бошим котган кайнатаси махаллаком нима килсам булади йордамлариз керак узим пенсиядаман Кашкадарё шахрисабзс кичик ноки қишлоғи
criminal
words.regions.kashkadarya
Зебо
2023-07-27T18:28:28.000000Z
12,871
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu Vaziyat haqida prokuraturaga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T07:26:25.000000Z
23,524
Dekret pulini qaysi yo'l orqali undirsak bo'ladi?
Assalomu alaykum yaxshimisiz? Menim ayolim 7 yanvar 2023 yil xususiy bog‘chadan dekretga chiqgan. Xususiy tashkilotlardan dekretga chiqsa davlat tamonidan 2 000 000 so‘mgacha to‘lab berish kerak. Bizga to‘lamadi. Shu ishlaydigan bog‘chadan undan keyin dekretga chiqganlarga dekret puli chiqdi. Xamma xujjatlar joyida. 1.5 yildan beri dakumentalini ishlaydi. dekretni qog‘azniham o‘z vaxtida olingan registratsiya qilingan banisada. Adliyaga bordik 3 oy oldin. Aniqlab beramiz deb xech nima aniqlolmadi. Aytamiz aytamiz deb aytmayabdi. Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida Xalq bankiga bordim. Moliyaga bordim bizarda emas deydi. Respublikadan tashab beradi deydi. Vaxt o‘tib ketayabdi. Kimga murojat etishni bilmayabmiz? Qanday qilib o‘ndirsak bo‘ladi dekret pulini. Javob uchun oldindan rahmat
labor
words.regions.samarkand
Rasul
2023-07-27T14:53:31.000000Z
12,854
Ваалайкум ассалом! Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг 2002 йил 1 апрелдаги 21-сон буйруғи билан тасдиқланган "Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақалар тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида"ги Низомнинг 79-81-бандларига мувофиқ, бола туғилганда бериладиган бир марталик нафақа Ўзбекистон Республикаси ҳудудида белгиланган энг кам ойлик иш ҳақининг икки баравари миқдорида берилади. Иш ҳақига коэффициент қўлланиладиган туманларда нафақа ушбу коэффициентларни ҳисобга олган ҳолда белгиланади. Ишлаётган аёлларга, ҳамда ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда олий, ўрта махсус, касб-ҳунар таълим муассасаларида, магистратура, аспирантура, клиник ординатура, докторантурада таҳсил олаётган аёлларга бола туғилганда бериладиган бир марталик нафақа тегишлича иш ёки ўқиш жойидан тўланади. Бола нинг онаси ишламайдиган ва ўқимайдиган ҳолларда нафақа боланинг ишлайдиган ёки ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда ўқийдиган отаси ёки ота-она ўрнини босувчи шахсларга тўланади. Ишламайдиган ва ўқимайдиган ота-оналарга бола туғилганда нафақа ижтимоий таъминот бўлимлари томонидан тайинланади ва тўланади. Шунинг учун бола туғилганда тўланадиган бир марталаик нафақани ундириш масаласида турмуш ўртоғингиз ишлайдиган мактабгача таълим муассасасига раҳбариятига мурожаат қилишингиз тавсия этилади. 
Bahodir Sotvoldiyev
words.regions.tashkent
true
true
2023-07-29T20:58:22.000000Z
23,523
Bu holatda men javobgar bo'lamanmi?
Assalomu alaykum! Men bank xodimiman. Men eski ish joyimdagi kredit yig'ma jildidagi hujjatlar yetishmovchiligiga javobgar bo'lamanmi? Men u yerdan ishdan ketganimga va yig'ma jildlarni topshirganimga 2 yil to'ldi.
labor
words.regions.samarkand
Abror
2023-07-27T06:33:35.000000Z
12,848
Assalomu alaykum Siz hozir o'sha bankda ishlaysizmi ? Siz o'sha bo'limda ishlayotganligingizda kredit yig'ma jildidagi hujjatlar to'liq edimi va boshqa ishga o'tayotgan paytingizda qabul qilish topshirish hujjatlariga qo'l qo'yib siz topshirganmisiz? Shular haqida ma'lumot bersangiz. Agar siz qabul qilish topshirish hujjati asosida hamma hujjatlarni topshirgan bo'lsangiz siz javobgar bo'lmaysiz. To'liqroq javob berish uchun yuqoridagi savollarga javob bering, iltimos.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-27T07:53:15.000000Z
23,521
Bu holatda nima qilishni maslahat berasiz?
Ассалому алейкум, саволим шундан иборатки. Шарий никохдад тугилган фарзандимга номимни берадиган булсам кандай холатда биринчи хотиним бундан хабардор булиши мумкин? Фарзандлари хакидаги маьлумотлар каерда мавжуд булади. Номимни берганимдан кейин фарзандни яшаш жойи буйича руйхатга куйиш тартиби канака оширилади? Ман алимент туламаслик учун эмас биринчи оилам бундан хабар топиши ва унинг бузилишидан хавотирдаман.
family
words.regions.tashkent_region
Жонибек
2023-07-27T04:10:05.000000Z
12,845
Assalomu alaykum Oila kodeksining 61-moddasida Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning otaligi o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxs va onaning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organiga birgalikda topshirgan arizasiga binoan belgilanadi. Ya'ni haqiqatan ham shar'iy nikohdagi farzandingizga o'z xohshingiz bilan nomingizni berishni istasangiz. Sha'riy nikohdagi ayolingiz bilan birgalikda FHDYo (zaks)ga ariza topshirasizlar. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza bolaning tug‘ilganligini qayd etish vaqtida, shuningdek bola tug‘ilganligi qayd etilgandan keyin ham berilishi mumkin. Agar otalikni belgilash to‘g‘risida bola tug‘ilgandan so‘ng er-xotin birgalikda ariza berishining imkoni bo‘lmay qolishi yoki mushkul bo‘lishini ko‘rsatuvchi asoslar mavjud bo‘lsa, tug‘ilajak bolaning o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onasi shunday arizani ona homiladorlik vaqtida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga berishga haqli. Otalikni belgilash haqidagi ma'lumotlar FHDYo bo'limlarida saqlanadi. Shuningdek, farzandingizni tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasida ham siz otasi ekanligingiz saqlanadi. Agarda siz nomingizni bermasangiz ham buni sud orqali belgilatish mumkin. Bunga hech qanday to'siq yo'q. Shuning uchun agar otasi bo'lsangiz o'zingizni xohshingiz bilan otalikni belgilatishga rozi bo'lganingiz ma'qul. Chunki suq orqali bo'lsa, uyingizga suddan xabar keladi. Ota-ona qayerda yashayotgan bo'lsa, voyaga yetmagan shaxsning ham yashash manzili o'sha yer hisoblanadi. Sha'riy nikohdagi ayolingiz qayerda doimiy ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, bolani o'sha doimiy yashash mazili sifatida belgilash mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-27T05:08:50.000000Z
23,520
Bu holatda qayerga bola puliga ariza bersam bo'ladi?
Assalamu alaykum! Men Toshkentda doimi ro'yhada turaman ayolim Qoraqalpag'istonda doimi ro'yhada turadi turmushimiz qonuniy ro'yhatdan o'tgan biz 05.07.2023y farzandlik bo'ldik bolalar nafaqasini olish uchun o'zim yashab turgan MFYga Ariza bersam bo'ladimi yoki Qoraqalpag'iston MFYga beriladimi?
socialsecurity
words.regions.tashkent
Muzaffarman
2023-07-27T03:52:29.000000Z
12,870
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro o‘zingiz yashab turgan hududga ariza berish mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-31T07:24:21.000000Z
23,518
Bu holatda erimning harakatlari qonunga muvofiqmi?
Oilaviy nizolar sababli erim men bn ajrashish uchun sudga ariza berdim sud 6 oy muddatda ko‘rib chiqiladi dedi sudni qarori chiqmasdan turib erim boshqa birov bn nikox yoki shariy nikox qurishi mumkinmi
family
words.regions.surkhandarya
Gavxar
2023-07-26T18:42:07.000000Z
12,842
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu holatda agarda siz yashoyotgan uyda eringiz yana bir ayol bilan umumiy ro‘zg‘or asosida yashasa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi. Umuman boshqa yashasa eringizga ham u uylanadigan ayolga ham hech qanday ma'muriy javobgarlik mavjud emas. Faqatgina nikoh guvohnomasiz sha'riy nikoh o‘qiganligi uchun diniy vakilga ma'muriy javobgarlik mavjud.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-26T19:14:30.000000Z
23,517
Pulni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Men bir tanishim orqali boshqa bir kishidan yer maydonini olishga kelishdik 2022 yil yanvar oyida men u shaxsga kelishilgan pulni yarmidan ko'prog'ini berdim dakumen qilib qolganini berish sharti bilan menda hozirda tilhat ni asli mavjud emas tilhatni yozish jarayonida suratkash olingan sotuvchi bilan hamda pulni sanab hisoblash jarayon zapisti avdio bor u2022 yil sentyabr oyida ohirgi srok edi men unga 20 21 22 23 sanasida tel qilganimda javob bermadi kegin uyiga borganimda ishlarim chiqib qoldi deb keyin qilib berishini aytdi 13 oktyabr sanasida kelib qolgan pulni talab qildi men undan dakument so'raganimda u menga ertaga dakument hal bo'ladi deya ketdi keyingi kun telimga javob bermadi va 7 oydan so'ng yerni boshqa bir kishiga mumay pulga sotgan ekan pulni qaytar deganimda qaytaraman deya ertaga bir hafta deya mana 3 oydan buyon pulni paysalga solmoqda shunga aniq maslahat berishingizni so'rayman
civil
words.regions.surkhandarya
Turgun
2023-07-26T13:34:02.000000Z
12,841
Assalomu alaykum Agar o'sha yer xususiylashtirilgan bo'lsa yoki yerni ustida biror bir inshoot mavjud bo'lsa oldi-sotdi qilish mumkin. Bu holatda Fuqarolik kodeksining 111-moddasida Yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Shuningdek, yer uchastkalari bilan bog'liq bitimlar davlat ro'yxatidan o'tkazishdan tashqari, notarius orqali oldi-sotdi qilinishi kerak. Fuqarolik kodeksning 112-moddasida Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi. Bu degani sizlarni o'rtalaringdagi kelishuv haqiqiy emas. Endi haqiqiy emas degani nima degani shunga to'xtalamiz. Fuqarolik kodeksining 114-moddada Haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Bu degani ikki taraf ham olgan narsani bir-birga qaytarib beradi. Sizga pulingizni qaytarib berishi kerak. Siz bu holatda fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz kerak. Agar siz aytgan yerni ustida hech narsa ya'ni ko'p yillik daraxt yoki biror bir inshoot bo'lmasa yoki o'sha shaxs tomonidan yer xususiylashtirilmagan bo'lsa, bu yerni oldi-sotdi qilish mumkin emas.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-26T17:17:11.000000Z
23,515
Quyidagi vaziyatni tartibga soladigan qonun bormi?
Боламга богчадан 1 ойлик таьтил сўраганимла асос келтириб беринг диди мудираси! Давлат ишчиси таьтил олган бўлиши керак диган гапни гапирди. Манга асос хужжатлар далил хаттоки кўрсатишмади. Аслида шунақа қонун борми?
education
words.regions.tashkent_region
Шахзода
2023-07-26T11:32:22.000000Z
12,840
Assalomu alaykum O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 25-iyuldagi 8-mh va 55-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi qonunning 13-bandida Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi. Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmaganligi tegishli davolash-profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart. Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi . E'tibor bering Ota-ona muayyan sabab ko'rsatgan holda oldindan bog'chani rahbaryatini yozma ariza bilan ogohlantirsa, bir yilda 60 kungacha farzandini bog'chaga yubormasligi mumkin. Bu uchun haq to'lamaydi. Aynan ota-ona ta'til olgan bo'lishi shart emas. Chunki Nizomda arizada boshqa sabab ko'rsatish ham mumkinligi aytilgan. Shuning uchun ta'til olganligingizni asos qilib keltirishingiz shart emas. Misol tariqasida, Qishloqdan bobo va buvi kelganligi sababini ham ko'rsatishingiz mumkin. Bolaning uyda qolgan boshqa barcha hollarida maktabgacha ta’lim tashkilotida bola ta’minoti uchun to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-26T16:41:45.000000Z
23,508
Bu vaziyatda uyni o'z nomimga o'tqazsam bo'ladimi?
Assalomu alaykum! Bobom uy joyni meni nomimga yani nabirasiga vasiyat qilib qoldirdi. Uy joyni oz nomimga otkazsam boladimi? Biroq xolam bobomni qizi uy joyda uning ham ulushi borligini aytib qarshilik qilyapti. Shu haqqoniymi? Javob un oldindan rahmat!
inheritance
words.regions.khorezm
Mirzobek
2023-07-25T20:29:50.000000Z
12,836
Assalomu alaykum Agar sizga bobongiz uyni toʻliq holatda sizga vasiyat qilib qoldirgan boʻlsalar, bemalol oʻzingizni nomingiz oʻtkazdirishingiz mumkin. Bunga hech qanday taqiq yoʻq. Bu uchun notariusga borasiz.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-26T07:35:06.000000Z
23,506
Ayolim mashinamga teng huquqda da'vo qilishi qonuniymi?
Salom. Ismim Sardor yoshim 32da. Ayolim bilan qonuniy ajrashdik. Bir nafar 2 yoshga to'lgan farzandimiz bor. Aliment to'lab kelmoqdaman. Ajrim sababi ayolimning onasi oilamizga aralashib yashashga qo'ymaganligi. 1-savol: ayolimdan to'y xarajati, o'qishiga to'lagan kontrakt pullarim va maxrga berilgan oltin taqinchoqlarni undirib olish mumkinmi? 2-savol: Turmushimiz davomida o'z nomimga kredit evaziga avtomashina olgandim. Maoshim kamligi tufayli ota onam yordamligida kreditni to'lab bo'ldim. Bu davrda ayolim hech qayerda ishlamagan, oliygoh talabasi edi. Endi mol-mulkni bo'lish uchun sudga ariza topshirib avtomashinamni teng yarmiga ega chiqmoqchi. Bu qanchalik to'g'ri va yoki uning hissasi yo'qligi uchun bo'lishmaslik imkoni bormi?
family
words.regions.navoiy
Eldor
2023-07-25T13:36:35.000000Z
12,834
Assalomu alaykum Eldor aka Birinchi savolingizga javob, Oila kodeksining 44-moddasining 5-bandida Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganida to‘yni o‘tkazishga ketgan sarf-xarajatlarni undirish haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi. Ya'ni to'y uchun qilingan xarajatlar sud tomonidan sizni foydangizga hal qilib bermaydi. Kontrakt pullarini agar to'laganlik bo'yicha kvitansiya yoki boshqa asos bo'lsa, suddan so'rab ko'rishingiz mumkin. Buni undirib berish sudga bog'liq. Ikkinchi savolingizga javob, Oila kodeksining 23-moddasida Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi. E'tibor bering! Nikoh davrida ortirilgan barcha mol-mulk teng o'rtada taqsimlanishi va er yoki xotindan biri ishlamagan bo'lsa ham, mulk teng bo'linadi deyilgan. Oila kodeksining 27-moddasida Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga mulkning qaysi qismi berilishi lozimligini aniqlaydi. Er (xotin)ga unga qarashli ulushdan oshiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk beriladigan hollarda, xotin (er)ga tegishli pul yoki o‘zga kompensatsiya belgilanishi mumkin. Bu degani mashina sizda qolib, unga pul ko'rinishida qiymat belgilanishi mumkin. Agar ota-onangiz avtomashinaning kreditni to'lashda yordam bergan bo'lsa, sudda ota-onangizni 3 shaxs sifatida jalb qilishingiz kerak. Siz yillik daromadlarinigizni sudga taqdim qilasiz va daromadlarinigiz kreditni uzishga yetmasligi aniq bo'lsa va ota-onagiz kreditni uzishda o'z mablag'larini qo'shganligini isbotlovchi asoslar mavjud bo'lsa sud shularni inobatga olib ulushni teng emas, balki boshqacha tartibda bo'lib berishi mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-25T15:15:53.000000Z
23,503
Hovlini kimning nomiga rasmiylashtirishimni maslahat berasiz?
Assalamu alekum! Men hozirda ajrashmaganman. Ikkita ugilim bor biri 16 yosh ikkinchisi 11 yosh xozirda ota onami uyidaman menga qaynotam chet joyda yani Toshkent viloyatida xovlini berishmoqchi savolim shuki shu xovlini ugilimi nomiga oldi soti qilib utkazganim yahshimi yoki uzimi nomimga oldi sotdi qilganim yahshimi? keyin Erim bilan ajrashishga ariza bersam teng huquqli bulib qolmasmikinman?
civil
words.regions.tashkent
Shuhrat
2023-07-25T10:24:02.000000Z
12,837
Assalomu alaykum Agar oʻzingizni nomingizga oldi-sotdi asosida uy olsangiz hali nikoh bekor boʻlmagan boʻlsa, turmush oʻrtogʻingiz ham yarmiga egalik qilish huquqiga ega boʻlib qoladi. Shuning uchun hadya asosida uyni olishingizni maslahat beraman. Oʻgʻlingiz ham hadya asosida olishi mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-26T07:45:26.000000Z
23,502
Quyidagi holatda nima qilishni maslahat berasiz?
Assalomu alaykum Men Buxoro viloyat vobkent tumanidan Ramazonov Asilbek. Mening savolim shundan iboratki. Bizning xonadonda 2 oydan buyon Gaz yo'q. Tuman gazga borsam hisoblagichingiz regiztratsiya bo'lmagan deb gazini yoqib bermaydi. Aperatorlarga aytsam bugun boramiz deb 2 oydan buyon kelmaydi biz bilmaymiz uziz yoqing Toshkent ruxsat bermasa yoqmaymiz degan gaplani aytadi. Sudga murojat qilaman desam Bilganizni qiling deydi. Bu yerda meni Huquqlarim qanday. Qanday Yo'l tutsam bo'ladi. Javob uchun oldindan raxmat.
government
words.regions.bukhara
Asilbek
2023-07-25T10:13:17.000000Z
12,835
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 143-moddasi va O’zbekiston Respublikasi Prokuratura to’g’risidagi qonunning 1-moddasiga ko’ra: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.  Siz ushbu vaziyatda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yoki hududiy bo'limlariga, shu bilan birgalikda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida qonunga muvofiq Hudud gaz ta'minot AJning bosh ofisiga 712021104 ishonch telefoniga yoki ariza orqali murojaat qilishingiz mumkin. Agarda siz bilan Hudud gaz ta'minot AJ shartnoma tuzgan bo'lsa shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun fuqarolik sudiga murojaat qilishingiz mumkin . Bizda Bosh prokuratura va sudga online ariza yozish va jo'natish xizmati mavjud ushbu xizmatdan foydalanmoqchi bo'lsangiz shaxsiy chatimga murojaat qiling.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-26T07:30:07.000000Z
23,499
IIBga ishga kirish uchun oldindan hujjat topshirsam bo'ladimi?
Mn sirdaryo iiv akademik litseyi tugatganman hozirda TDPUning harbiy taʼlim fakultetining 3-bosqich talabsiman bizga harbiy guvohnoma beradi ishga kirish uchun oldinda dakument topshirib qoysam boladimi
military
words.regions.sirdarya
Asilbek
2023-07-24T19:02:04.000000Z
12,832
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabr­dagi 275-qarori bilan «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida»gi nizomning 8-bandiga ko‘ra: Oliy ta’lim muassasasining 4-kursida, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida o‘qiyotgan shaxslar  pedagoglik ishini amalga oshirish uchun qo‘yilishi mumkin va ularga  o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. shunday ekan siz 3-kurs talabasi ekanlogingiz to‘g‘risidagi ma'lumotnoma bilan ishlashingiz mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-24T19:42:08.000000Z
23,492
Quyidsgi holatda ham imtiyoz amal qiladimi?
Men harbiy xizmatchiman, yoshim 35 da! Lekin hali ham buydoqman. Harbiy xizmatchilar farzandlariga berilayotgan imtiyozlardan foydalanish uchun yaqin qarindosh yani akamni farzandini vasiylikka olsam, ushbu imtiyozdan foydalana olamanmi? Yoki mumkin emasmi?
military
words.regions.tashkent
Xayrulla
2023-07-23T19:42:52.000000Z
12,827
Assalomu alaykum Xayrulla aka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to'g'risida 2020-yil 16-iyun kuni PQ--4753-sonli Prezidentning qarori qabul qilingan. Shu qarorning 2-bandida Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq quyidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) qabul qilish uchun 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun besh foizli kvota, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining amaldagi shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibi xamda xodimlari (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya harbiylari va xodimlari) farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi. E'tibor bering harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratilishi belgilanagan. Bu yerda farzandlar deyilgan. Farzandlikka olingan bolalar bundan foydalanishi yoki foydanlishi mumkin emasligi aniq yozilmagan.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-24T05:02:46.000000Z
23,490
Bu holatda kreditni to'lash majburiyati kimda qoladi?
Assalomu alaykum! Men 2022-yil avgust oyida turmush o'rtog'imning xohishi bilan issiqxona uchun kridet oganman hozir hozir ajralish arafasida turibmiz ajrim bo'lgan taqdirda men u xonadonda yashamasam issiqxonadan foydalanmasam kredit to'lovi majburiyati kimda bo'ladi .Bu borada menga hech qanday yengillik bo'lmaydimi?
family
words.regions.kashkadarya
Nurxon
2023-07-23T16:22:17.000000Z
12,826
Assalomu alaykum Oila kodeksining 27-moddasida Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni nikoh davrida ortirilgan barcha molk-mulklar, oila manfaatiga ishlatilgan qarzlar ham er yoki xotinning xohshiga ko'ra yoki qarz bergan shax ( kreditor)ning talabi bilan bo'linishi mumkinligi aytilgan. Demak sizlar ajralayotganda hamma narsasi bo'lishlaring mumkin. Oila kodeksining 28-moddasining 3-bandida Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o‘rtasida taqsimlanadi. Ya'ni kredit ham oila manfaatlariga ishlatilgan shuning uchun u ham taqsimlanadi. Agar siz undan foydanlanmaydigan bo'lsangiz. Sudda shu haqida aytib o'tishingiz kerak. Bu holat sud tomonidan inobatga olinadi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-24T04:08:53.000000Z
23,484
Bu vaziyatda chet elga chiqsam bo'ladimi?
Assalomu alaykum men milliy gvardiyadan shu yil 26 iyun kuni nafaqaga chiqdim davlat tomonidan ipoteka kreditiga 20yilga uy oldim men chet elga chiqsam boʻladimi
civil
words.regions.tashkent_region
Rahimov
2023-07-22T19:51:28.000000Z
12,825
Assalomu alaykum savolingizga javob beraman. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida gi Nizomning 2-bobining 5-bandida shunday qoidalar mavjud:   Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda ,  davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror   chiqarishga haqli. Ya'ni Siz kredit oluvchi sifatida kreditor oldidagi majburiyatlaringizni o'z vaqtida amalga oshirib borishingiz hech qanday cheklovlar joriy qilinmasligi, hamda chet elga chiqishingizga to'sqinlik qilmaydi. Faqatgina, majburiyatlarni o'z vaqtida bajarmaslik oqibatida, tegishli qaror orqali chet elga chiqishingiz ta'qiqlanishi mumkin. Agar siz hozirga qadar doimiy tarzda kredit majburyatlaringizni o'z vaqtida to'layotgan bo'lsangiz. Chet elga chiqishda hech qanday muammoga duch kelmaysiz. Cheklovlar haqidagi holatingizni @mibuzbot telegram boti orqali ham ko'rishimiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-23T04:56:03.000000Z
23,483
Mazkur harakat uchun qanday jazo mavjud?
Meni mashinamni birovga ijaraga bergan edim. Unga online ishonchnoma qilib bergan edim. U esa yana boshqa shaxsga meni ruxsatimsiz meni imzoyimsiz online ishonchnoma qilib bergan ekan. Bu ish uchun qonunda qanday jazo tayinlangan.
criminal
words.regions.tashkent_region
Abduqodir
2023-07-22T17:21:33.000000Z
12,833
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish my.gov.uz sayti orqali berilib shaxsiy kabenetingizdan amalga oshiriladi. Bu ishonchnomada Avtotransport vositasini faqat boshqarish huquqini beradi.Uni sotish va boshqa shaxslarga ishonchnoma berish huquqini beradi. Mazkur shaxs o'zining shaxsiy kabeneti orqali ishonchnoma yarataolmaydi.Demak bu shaxs sizning shaxsiy kabenetingiz orqali ishonchnoma rasmiylashtirgan.Bu esa Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko'ra hujjatlarni soxtalashtirish hisoblanib BHM 50 baravarigacha jarimadan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-25T06:46:01.000000Z
23,475
Bu holatda qizim menda qolishiga qonuniy imkoniyat bormi?
Erim bilan ajrashsam qizm menda qolishi uchun qanaqa faktorlar hisobga olinadi. Onam toshkentda kvartirada turadi. Doimiy yashash joyi qashqadaryoda. Hozir onamni oldidaman qizmni olishim uchun nimalar bolishi kerak menda
family
words.regions.tashkent_region
Sevara
2023-07-21T18:00:23.000000Z
12,814
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasiga muvofiq Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga olinishi belgilangan. Qizingiz 10 yoshgacha siz bilan yashaydi 10yoshdan so‘ng bolani fikri inobatga olinib otasiga berilishi mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T02:04:58.000000Z
23,474
Bu holatda qarzni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Assalom alekom men qarzdorlik masalasi boyicha murojat qilmoqchiman mendan bir xizmat masalasida foydalangan yani men savdogarman va tikuvchiman mendan pardalar olib va pardalar tiktirib ishonch tariqasida 600000 ming bergan umumiy summa 4600000ming bo'lgan va 4000000 qolgan shu pulini bermayman hohlaganini qill deb ayti va men tuman iibga shikoyat qildim unda ish bermadi undrolamdim shunga nma maslahat beraolasz
civil
words.regions.tashkent
Islom
2023-07-21T17:48:43.000000Z
12,812
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 109-moddasiga ko‘ra Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar (3300ming so‘mdan ortiq bo‘lsa guvohlar hisobga olinmaydi) bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki Agarda ichki ishlar organiga qarzdor o‘z tushintirish xatida haqiqatda qarz olganini tan olgan bo‘lsa ichki ishlar to‘plagan hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolik sudiga murojaat qilib undirish mumkin. Hohlasangiz ariza yozib online jo‘natish xizmati mavjud. Bunaqa ishlar amalyotda ko‘p uchrashamiz. Ariza yozish xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy chatga murojaat qiling
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-21T18:14:27.000000Z
23,472
Bu holatda qizimni o'zim bilan olib qolish huquqim bormi?
Erim bilan ajrashsam qizimni olish imkonim qancha qaynonam bilan kelisholmay ularni haqoratlashlari kamsitishi ortidan ruhiy ahvolim yaxshi emas ortiq yashashga kuchim yetmaydi. Qaynonam haqoratlagan ovozli xabarlar bor bularni yordami tegishi mumkinmi
family
words.regions.tashkent_region
Sevara
2023-07-21T08:18:17.000000Z
12,815
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasiga muvofiq Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga olinishi belgilangan. Qizingiz 10 yoshgacha siz bilan yashaydi 10yoshdan so‘ng bolani fikri inobatga olinib otasiga berilishi mumkin.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T02:06:41.000000Z
23,471
Bola puliga topshirilgan arizani natijasini qanday bilish mumkin?
Asalomu aleykum men bola puliga ariza topshirdim arizam qabul qilindimi yoqmi bilmoqchiman Hali menga javob kelmadi kimga murojat qilishni bilmay shu saytga yozdim
socialsecurity
words.regions.bukhara
Munisa
2023-07-21T08:07:59.000000Z
12,816
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ariza qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida sizga sms kelishi kerak agarda sms kelmagan bo‘lsa Buydjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qiling
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T02:09:50.000000Z
23,470
Mehnat ta'tili uchun qancha kun uchun to'lanishi kerak?
Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman. Bu yilgi 263-son 26.06.2023 hukumat qarori bilan mehnat ta'tili 56 kun deb belgilandi. Mehnat ta'tili cho'zildi deb 56 kunga pul to'lanadi degani to'g'rimi? Lekin ta'til puli 48 kunga to'landi. Har doimgidak bir xil ta'til bo'lib qoldi. 56 kunga to'lanishi kerakmi yoki 48? Hayit bayramlari kuni hisobiga ta'tildan 3 kun kech ishga chiqiladimi? 1 chi avgustdan emas balki 4 chi avgustdan. Qaysinisi tog'ri?
labor
words.regions.ferghana
Komilaxon
2023-07-21T06:57:00.000000Z
12,800
Sizga Aslida 56 kalendar kun uchun haq to'lanishi lozim.Lekin UZASBO tizimidagi xatoliklar sababli butun respublika miqyosida 48 kun to'lanib qolmoqda.Bu texnik xatolik sizning aybingiz emas albatta Siz hududiy FIB sudga murojaat qilib 8 kunlik haqqingizni undirib olishingiz mumkin. buning uchun davlat boji undirilmaydi faqatgina BHMning 10% miqdorida pochta xarajatlari mavjud.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-21T07:59:12.000000Z
23,470
Mehnat ta'tili uchun qancha kun uchun to'lanishi kerak?
Assalomu alaykum. Men o'qituvchiman. Bu yilgi 263-son 26.06.2023 hukumat qarori bilan mehnat ta'tili 56 kun deb belgilandi. Mehnat ta'tili cho'zildi deb 56 kunga pul to'lanadi degani to'g'rimi? Lekin ta'til puli 48 kunga to'landi. Har doimgidak bir xil ta'til bo'lib qoldi. 56 kunga to'lanishi kerakmi yoki 48? Hayit bayramlari kuni hisobiga ta'tildan 3 kun kech ishga chiqiladimi? 1 chi avgustdan emas balki 4 chi avgustdan. Qaysinisi tog'ri?
labor
words.regions.ferghana
Komilaxon
2023-07-21T06:57:00.000000Z
12,810
Ассалому алайкум. Сиз айтиб ўтган, Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 26 июндаги 263-сон қарорининг энг қуйидаги изоҳ қисмида, ушбу меъёрларда келтирилган ходимларга йиллик узайтирилган меҳнат таътили учун ҳақ тўлашда якшанба ва байрам кунлари инобатга олинмайди деб кўрсатиб ўтилган.
Akbarjon Mamadaliyev
words.regions.namangan
false
true
2023-07-21T12:29:20.000000Z
23,465
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
Assalomu aleykum mening telfon qurilmamdan jiyanlarim foydalanib porno saytlarga kirgan menga 242 modda qarordan 350 so'm jarima tolang deb habar keldi to'lamasam sms yuboramiz kantaktlatizga mibga chiqaramiz vaqti to'lamasangiz prakratura jinoyi javobgarlikka tortishi yozilgan shu to'g'rimi yoki firibgarlik bo'lishi mumkinmi javob bersangiz
criminal
words.regions.namangan
Dilnoza
2023-07-20T13:47:09.000000Z
12,807
Assalomu alaykum Sizga bunday xabar o'natgan firibgarlardir. Ularga aslo aldanmang!
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-21T12:03:21.000000Z
23,464
Haydovchilik guvohnomasi olish uchun o'qish tartibi qanday?
Assalom aleykum Men haydovchilik guvohnomasi olish uchun oʻqimoqchiman buning uchun onlayn hujjat topshirsam boʻladimi moshina haydashni oʻrganmoqchiman
auto
words.regions.navoiy
Fotima
2023-07-20T13:15:09.000000Z
12,817
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro siz ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi o‘quv kurslariga borib shartnoma imzolashingiz lozim
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T02:13:38.000000Z
23,462
Oylik ish haqqimni qanday qilib undirishim mumkin?
Assalomu alekum mening ismim Abdurahimov Muhammadaziz Fargʻona viloyat Margʻilon shahrida joylashga "Expo print tex koller" nomli texkstilga ot'kan yili dekabr oyida usta yordamchisi lavozimida ishga joylashgan edim va may oyida u joydan ish faoliyatimini toʻxtadim ohirigi oyligimni soʻrab ish xodimlar Boshliq ham Buxgalterga murojat bilan chiqdim ular esa turli hil bahonalar bilan oyligimni hozirgi kungacha menga taqdim etmadilar shuning uchun ularga qanday chora koʻrsam boʻldi?
labor
words.regions.ferghana
Muhammadaziz
2023-07-20T07:53:05.000000Z
12,808
Assalomu alaykum! Mehnat qonunchiliga ko'ra m ehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Hisob-kitob xodimga: oxirigacha olinmagan ish haqini; xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni; agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi. Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak. O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Demak, ushbu vaziyatda o'z huquqlaringiz himoya qilinishini istasangiz, ish beruvchi joylashgan hududdagi Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga ish haqini undirish bo'yicha ariza kiritishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-21T12:12:44.000000Z
23,461
Bu holatda katta farzandimni o'zim bilan olib qolishga huquqim bormi?
Katta farzandim shu yil oktabr oyida 3 yoshga to‘ladi. Turmush o‘rtog‘im bilan birga yashamaymiz, qonuniy nikohimiz hali bekor qilinmagan. Turmush o‘rtog‘im va uch nafar farzandlarim hozirda qaynonamning 2 xonalik uyida jami 7 kishi birga yashashmoqda. Katta farzandimni o‘zimning yashash manzilimga belgilashim va o‘zim bilan birga olib yashashim mumkinmi?? va bu uchun qanday asoslar mavjudligi haqida batafsil ma'lumot bersangiz.
family
words.regions.tashkent_region
Shaxrux
2023-07-20T07:14:39.000000Z
12,796
Assalomu alaykum Sizni eng katta farzandingiz 3 yoshga toʻlayotgan boʻlsa, sizni yana 2 ta farzandingiz bormi? Agar eng katta farzandingiz 3 yoshga toʻlayotgan boʻlsa qolgan farzandlaringiz demak hali juda kichik yaʼni ona suti bilan oziqlanadigan yoshdami? Shu savollarga javob bersangiz. Toʻliqroq javob berar edim.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-20T13:23:32.000000Z
23,460
Bu holatda erkakka qanday javobgarlik mavjud?
Ikkita temir yulchi (ayol va erkak) ish yuzasidan tortishib òrtalarida gap qochadi.Ayol sukadi (onadan) erkak jahl ustida bilmay uni 2 marta quli bian uradi. Ayol banisiga boradi kuzi kòkargan burni singan . Dori darmonlarini oborib erkak chin dildan pushaymonligini aytyapti .Erkakka qanaqa chora kuriladi
criminal
words.regions.samarkand
Qosimov
2023-07-20T06:22:39.000000Z
12,791
Assalomu alaykum Bu holatni ikki toifaga bo'lish mumkin. Birinchisi, Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 52-moddasining 2-qismi Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan ( bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori bir baravari 330 ming) to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ikkinchisi, Jinoyat kodeksning 105-modda 1-qism Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli bo‘lmagan va ushbu Kodeksning  104-moddasida   nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmagan, lekin sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo'lsa, uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yuqoridagi holatning qaysi biriga tushishi tibbiy ekspertizaga bog'liq. Ya'ni tan jarohat yengil yoki o'rtacha og'ir ekanligi aniqlanadi. Agar tan jarohat o'rtacha og'ir bo'ladigan bo'lsa, bu holatda jinoyat ishi ochilishi mumkin. Lekin Jinoyat kodeksning 66 1 -moddasida shunday norma mabjud Jinoyat kodeksning 105-moddasining  birinchi qismida  (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Bu degani siz yetkazilgan zararni hammasini qoplab shu ayolni siz bilan yarashishga ko'ndirsangiz. Javobgarlikdan ozod etilishingiz mumkin. Bu 2 xil variant siz aytgan tavsilotlardan kelib chiqib aytilgan. Tibbiy ekspertiza va tavsilotlarning boshqa sabablariga ko'ra, yuqoridagi 2 xil variatdan boshqa moddalardagi javobgalikka ham tushishi mumkin. Agar yengil tan jarohat bo'lsa, bu holatda mamuriy ish bo'ladi. Buni oddiy tilda aytganda juda xavotirlanishga o'rin yo'q.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-20T07:04:50.000000Z
23,456
Alimentni oldindan to'lash tartibi qanday?
Assalomu aleykum. Alimentni odindan 1-2 yilligini to'lash tartibi qanday? Va oylik maosh bilan hisoblanadimi yoki o'rtacha oylik ish haqi bilanmi? Oldindan rahmat
family
words.regions.samarkand
Sherzod
2023-07-19T14:06:51.000000Z
12,794
Assalomu alaykum Sherzod aka Oila kodeksining 99-moddasida Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun — uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Ya'ni ota va ona o'rtasida bolaga aliment to'lash bo'yicha kelishuv bo'lmasa, sud alimentni qaysi tomondan undirishni yuklagan bo'lsa, uning oyligidan undiradi o'rtacha oyligidan emas. Agar oyligidan tashqari boshqa qo'shimcha daromadlarga ega bo'lsa undan aliment to'lashi kerak. Qachon o'rtacha oylikdan kelib chiqib to'lanadi. Qachonki ota yoki ona rasmiy ish joyiga ega bo'lmasa, O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqqi qancha bo'lsa, shundan kelib chiqib aliment to'laydi. Agar rasmiy oylik ish haqqi ega bo'lsa, o'rtacha ish haqqidan emas oylik ish haqqidan to'laydi. Sud aliment undirish bo'yicha MIBga ijro hujjati chiqargan bo'lsa, undirish masalasi MIBda qoladi. Bu uchun qayta sudga berish shart emas. Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 47-modda (4-prim)sida Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik. Ya'ni ota yoki ona ketma-ket 2 oy alimetni to'lamasa, mamuriy javobgarlikka tortiladi. Agar ya'na bir yil davomida shunday holat qayt etilib, aliment to'lamasa jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo'ladi. Qonun bo'yicha uzliksiz 1 yoki 2 yil davomida alimentni to'lamasdan yurish mumkin emas. Qandaydir holatda jabobgarlikka sabab bo'ladi. MIB alimnet undirishda sudning ijro hujjatini bajarmayotgan bo'lsa, siz MIBni ustidan tuman prokraturasiga yoki viloyat MIB boshqarmasiga murojaat qilishingiz kerak. Shunday holatda to'lanmagan alimnet miqdorlarini nima sababdan to'lanmayotganligi aniq bilasiz va undirish harakatlari amalga oshiriladi.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-20T10:30:13.000000Z
23,453
Bu holatda arizani qaytarib olishimiz mumkinmi?
Assalomu alaykum. Men bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan zaksdan utish uchun ariza topshirdim. 2 hafta vaqt utdi. Endi ayrim sabablarga ko‘ra o‘sha arizani qaytarib olishimiz mumkinmi. Nikoh guvohnomasi 06.08.2023 sanasi bilan chiqishi aytilgan edi. Javob uchun oldindan rahmat!
family
words.regions.samarkand
Sanjarbek
2023-07-19T10:20:37.000000Z
12,782
Assalomu alaykum, hurmatli fuqaro! Ariza topshirgan FHDYO ga borib, arizani qaytarishni iltimos qilishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T17:47:59.000000Z
23,451
MIB xodimlari ustidan qayerda shikoyat qilsa bo'ladi?
Assalomu Alaykum Meni Singlim eri bilan ajrashgan ikki nafar voyaga yetmagan qizi bor 2022-yilni Sentiyabir oyidan too dekabrgacha bo'lgan Alimentni to'lamay kelmoqda 2023-yildi boshida fermerga ishga kirib tulanayotgan Aliment muqdori kamaygan mayli lekin o'tgan yildagi tulanmay kelayotgan hozirda ham bir tulasam tulaydi esa yuq Ijroga ariza ham tashadim chora kuringizlar deb lekin ijrodagilar qarzdorlikni undurub berish o'rniga oyma oy 500ming so'mdan to'lab boshladi qarzini ham beradi deb idooo qilyabdi Ijroni ustidan ham nazorat qiladigon tashkilot bormi? Yaqinda Prizidentimizni yangi qonunida Ayol qizlarni Xuquqlarini yanada Ximoya qilishga qaratilgan farmonlari Jomboy tumanida ishlamayabdi javob uchun rahmat
government
words.regions.samarkand
Hamro
2023-07-19T07:34:04.000000Z
12,783
Assalomu alaykum, Hurmatli fuqaro! Yashash joyningizdagi Ma'muriy sudga tuman MIB ustidan ariza(shikoyat) bilan murojaat qilishingiz mumkin.  O`zbekiston Respublikasining  "Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida" gi kodeksiga ko`ra ariza yozma shaklda beriladi va unda quyidagi ma'lumotlar bo`liishi lozim: Ariza berilayotgan sudning nomi; Arizachi haqidagi ma'lumotlar(F.I.Sh. yashash joyi); Arz qilingan talablar asosi; Ushbu arzni tasdiqlovchi dalillar; Ilova qilingan hujjatlar ro`yxati. Ushbu hujjatlarni taqdim etgan holda MIB xodimining harakatsizligi ustidan shikoyat qilishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T18:01:09.000000Z
23,447
Bu holat firibgarlik hisoblanadimi?
Assalomu alaykum bugun menga mvd102-iiv.store saytidan 350 000ming jarima to'lang deb SMS keldi. Agar 6 soat ichida jarima to‘lanmasa barcha kantaktlaringizga SMS habar jo'natiladi deya SMS keldi. 6262 7300 9968 5408 davlat hisob raqamiga jarimani to‘laganizda blokdan chiqasiz deya SMS habar keldi. Shu qanchalik to‘g‘ri
criminal
words.regions.jizzakh
Aziza
2023-07-19T05:00:34.000000Z
12,785
Assalomu alaykum Bunday saytlar orqali pul o'tkazib, firibgarlarga aldanib qolmang. Jarimani faqatgina ishonchli bo'lgan saytlar orqali tekshiring va to'lang. https://ejarima.uz/ orqali yoki https://my.gov.uz/ orqali jarimalaringizni tekshirib borishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T18:25:09.000000Z
23,446
Mashinani suddan oldin jarima maydonidan qanday olib chiqish mumkin?
Manga nisbatan GAI xodimi MJTK 127 modda 2 qismi bòyicha mamuriy bayonnoma rasmiylashtirdi va avtomashinamni jarima maydoniga joylashtirildi. 1 savol Agar mashina raqamiga maska (latta) bilan bekitilgan bòlsa shu moddani qòlashshi mumkinmi 2-savol avtomashinamni suddan oldin jarima maydonidan qanday olib chiqishim mumkin
auto
words.regions.tashkent
Fazliddin
2023-07-18T20:04:11.000000Z
12,778
Assalomu alaykum Fazliddin aka Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 291-moddasida Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni siz qonunchilik buzish orqali nimadir sodir qilgansiz shu qonun buzilish bartaraf etilmaguniga qadar (bu jarima bo'lishi mumkin. Shu jarimani to'lasangiz qonun buzilishi bartar etiladi degani) yoki mamuriy ish sudga chiqarilgan. Sud bu ishni ko'rib chiqmaguniga qadar mashina ushlab turilishi mumkin. Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 127-moddasining  ikkinchi qismidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, ichki ishlar organlari tomonidan mashina ushlab turilishi hamda avtomashinani jarima maydonchasiga qo'yish huquqiga ega. Demak, IIB hodimlari o'z huquqidan foydalanagan. Endi Mamuriy javobgarlik to'g'risida qonuning 127-moddasini 2-qismiga to'xtalsak, 2-qismida Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish. E'tibor bering avtomashina davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklayash deyilgan yozuv bor. Siz ham maska bilan mashinaning raqamini berkitgansiz bu esa davlat raqamini ko'rish imkonyatini cheklaydi. Shuning uchun 127-modda 2-qism to'g'ri qo'llangan. Agar avtomashina bilan bo'gliq ish sudga oshirilgan bo'lsa, sudga mashinani jarima maydonidan olib chiqish bo'yicha iltimosnoma bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T05:32:33.000000Z
23,445
Men IIBga ishga kira olamanmi?
men iqtisod yonalishida 2-kursda o'qiyman 1 yil iqtisod yonalishida stajim bor, ichki ishlarga ishga kirsam boladimi. qande orgin hodimi bob ishga kirsam boladi ?
government
words.regions.sirdarya
Saidahmad
2023-07-18T18:18:26.000000Z
12,819
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida” gi  Nizomga muvofiq 1.Xizmatga 165 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar qabul qilinadi. Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar o‘rnatiladigan bo‘linmalar va lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. 2. Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmagan, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi ham, tegishli ma’lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi. 3. Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiruvchilar uchun ushbu talab o‘rnatilmaydi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T03:10:31.000000Z
23,444
Bu holatda oylik ish haqqimni qanday to'liq undirsam bo'ladi?
Assalomu alikum Men Ziyotov Bekzodbek Navoiy Viloyati Navoiy shahrida Òzbekiston 4a-4 xonadonda yashab kelaman! Sizga shuni ma'lum qilamanki 2021yil 6-oktyabr sanasida Navoiy Sputnik qorģonidagi Baxt Texstil. Korxonasiga ishga qabul qilindim! Shundan kegin biz samarqandga bu firmani jonboyda ham yana bir filialini ochdik va usha yerda ishladim! 1 yarim yil mobaynida ! Bizga mehnat ta'tili ham berilmadi! Yul kira haqqi esa oz chontagimzdan edi! Ish vaqti 8:00 dan 20:00 gacha edi! Shuningdek biz soat 16:00 gacha bolgan vaqtga pul olar edik! Lekin kegin bilsam ya'ni bazadan hisoblangan xisob kitobga kòra bizning mooshim toģri kelmayabdi! Shu korxonada 21 oy mobaynida ishlab keldim va Mehnat ta'tilisiz shuningdek bazadan ish xaqqimzni talab qilsam xech kim e'tibor ham qilmadi! Nachalnik bolsa ishlab turgan joyimda haqoratlab meni va 2 navfar hamkasbimni ishdan chetlashtirdi! Va yillik tolanadigan maoshimizni berishmadi ! Manashu mu'ammoni qaysi yol bilan xal qilsam bòladi iltimos manga tushuncha bersangiz Va meni 21 oylik ish haqqim qayerga yuqolganini kim tushuntiib beroladi manga shu masalani korib chiqsangiz! Iltimos!
labor
words.regions.navoiy
Bekzodbek
2023-07-18T17:20:29.000000Z
12,784
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro! Siz ushbu vaziyatda mehnat nizolari bo'yicha komissiyaga yoki ish beruvchi joylashgan hududdagi Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishingiz mumkin. Har ikkala organga shikoyat qilayotganingizda Siz arizangizda vajlaringizni, ularga asos bo'luvchi hujjatlaringizni hamda talablaringizni bayon etishingiz lozim. Agar siz sudga murojaat qilsangiz ham davlat boji to'lashdan ozod qilinasiz. Sud ish beruvchining xatti-harakatlariga baho berib, to'lanmagan ish haqqingizni undirib berish to'g'risida qaror chiqarishi mumkin. Shuningdek, mehnat qonunchiligiga ko'ra foydalanilmagan mehnat ta'tillari pulli kompensatsiya ko'rinishida undirilishi mumkin. Buni albatta arizangizda kiritib o'tishingiz lozim.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T18:17:58.000000Z
23,440
Men bu holatda DXXga ishga kirsam bo'ladi?
Men Xujayorov Fayzullo Ilxom oʻgʻli 2001-yil 15-fevralda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tugʻilganman. Millatim Oʻzbek Maʼlumotim oʻrta maxsus kasb-hunar kollejini kinalogiya yoʻnalishi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yoʻnalishida BC pravam bor. Men 1-yilik xizmatga borganman. Mening maqsadim DXX CHQ GA ISHGA KIRMOQCHIMAN yoʻnalishim boʻyicha kinalog. Iltimos shu boʻyicha tushuncha berilar.
military
words.regions.surkhandarya
Fayzullo
2023-07-18T09:48:44.000000Z
12,777
Assalomu alaykum Fayzullo aka Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida''gi qonuning 40-moddasida davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga (ishga) qabul qilinayotgan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishiga ijozat beriladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan o‘tadi. Mazkur normaga muvofiq, fuqarolarni ishga qabul qilish tartib-taomili sir tutilish belgilangan. Shung ko'ra, ishga qabul qilish masalasida qay tartibda o'tish, DXX ishga kirishda qanday talablar qo'yilishi sir hisoblanadi. Ishga qabul qilish bilan bog‘liq tartib DXX ichki hujjatlari bilan belgilanadi. Bunday maʼlumotlarni bilish va qanday hujjatlar asosida ishga kirish uchun siz oʻzingizni viloyatingizdagi DXX boshqarmasiga borishingiz va kadrlar boʻlimidan ishga kirish haqida toʻliqroq maʼlumot olishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-18T10:40:46.000000Z
23,437
Mazkur holat jinoyat hisoblanadimi?
ëктирган 1 йил давомидм ман блан гаплашиб келган яхши корган кизимни бошка блан тойи боб кетиши арафасида турибди ман кизни сани тойингни бузаман диб ëкида болага олдин гаплашган хамма нарсаларни корсатаман диб тойини тохтатишим жиноятга олиб келадими агар жиноят болса манга канака жазо тайинланади ???
criminal
words.regions.surkhandarya
Дилшод
2023-07-18T04:01:11.000000Z
12,787
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-1-moddasiga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Agar shaxs bunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil ichida yana shunday qilmish sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi va Jinoyat kodeksining 141-1-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.  Agar shaxsiy va oilaviy sirga oid ma’lumotlar shaxsning roziligisiz qonunga xilof ravishda olish, saqlash va tarqatish oqibatida: og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa (masalan, shaxsiy siri tarqatilishi oqibatida shaxs o‘z joniga qasd qilsa); g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa (shaxsiy hayotga doir ma’lumotni tarqatishda moddiy naf ko‘rishni qasd qilsa; xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa. Bunda ushbu harakatni sodir etgan shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T19:29:16.000000Z
23,433
Dastlabki tergov muddati qancha?
Assalomu alaykum! Men jabrlanuvchiman dastlabki tergov bo’lmoqda hozir gumonlanuvchiga JK 105 2-bandi “m” qismi bilan ish ochilgan dastlabki tergov muddati qancha va men muddatni tezlashtirishga xaqqim bormi?
criminal
words.regions.jizzakh
Nuriddin
2023-07-17T17:07:25.000000Z
12,788
Assalomu alaykum! Jinoyat protsessual qonunchiligiga ko'ra dastlabki tergov uch oy ichida tugallanishi lozim. Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. Ushbu holatlardan biri ro'y bergan holatda dastlabki tergov tugatilishi mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T19:40:14.000000Z
23,431
Direktorning harakatlari qonunga muvofiqmi?
Assalomu alaykum Oliy Ta'lim da 3 kurs talabasiman uz hududimdagi maktab direktoriga ish berish masalasida bordim maktab buyincha ixtisosligim buyicha 1 ta uqituvchi borligini va 14 soat dars borligini bu uqituvchini uziga dars yetmasligini bahona qilib kursatdi Menga dars soati bermasligiga haqqi bormi shu tuĝrimi?
education
words.regions.kashkadarya
Iroda
2023-07-17T12:13:45.000000Z
12,780
Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom mavjud. Shu nizomning 15-bandida Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar; o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari; chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar); TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar; asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar; o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari; respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar; oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar; asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari; ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar; pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar; belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar; oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar; qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar; oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari; pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar; oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar; oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari. Umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin. 16-bandida quqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Ya'ni bu degani yuqoridagi ko'rsatgichga ega bo'lgan o'qituvchiga 30 soatgacha dars berish mumkin. Bundan qolgan qismi boshqa o'qituvchilarga bo'linadi. Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin. Agar shu hodim yozma roziligi bilan boshqa o'qituvchiga dars soatlarini berishga rozi bo'lsa, berishi mumkin bo'ladi. Siz bu holatni aniqlashtirishingiz uchun o'sha maktabga ish so'rab borishingiz kerak. Agar ular ish yo'q degan vaj keltirishsa, siz haqiqatan ham ish yo'q ekanligi bo'yicha yozma xat berishni talab qiling. Agar direktor yozma xat berishdan bosh tortsa, demak maktabda ish bor degani va bu bo'yicha tuman bandlik bo'limiga yoki prokuraturaga murojaat qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, agar yozma javob xati berishgan bo'lsa ham, shu xatni to'g'ri berganligi bo'yicha yuqoridagi tashkilot va organga murojaat qilish huquqiga egasiz.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T06:51:27.000000Z
23,421
Bu yil men OTMga o'qishga topshira olamanmi?
10-sinfdan o'qishga topshirmoqchi edim.Men bu haqda har xil malumotlar eshitdim.Men sizlardan shu haqida to'liqroq ma'lumot berishinggizni iltimos qilar idim va agar o'qishga topshirish uchun nimalar qilish kerakligini surayman
education
words.regions.kashkadarya
Elahod
2023-07-16T08:30:28.000000Z
12,774
Assalomu alaykum Siz oʻqishga topshira olmaysiz. Chunki siz 11-sinfni yakunlab attestatsiya olmagansiz. Shuning uchun test markazining bazasi sizni rad etishi mumkin. Agar siz shahodatnoma bilan topshirib sizni baza rad etmasdan test sinovida yuqori ball olib oʻqishga kirganingizda ham, universitet oʻqish boshlanayotgan vaqtda sizni oʻqishga qabul qilmaydi. Shuning yana bir yil yaxshi tayyorgarlik koʻrib keyingi yilga topshirishingizni maslahat beraman.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-16T08:37:04.000000Z
23,412
Bu vaziyatda erimni ustidan shikoyat qilsam bo'ladimi?
Assalom aleyküm men ikkinchi hotin bulib yashayman erim meni butkul tashlab quyadi hozirda 8 oylik homiladorman erimni ustidan shikoyat qilsam qandaydir chora kuriladimi erimga nisbatan
family
words.regions.samarkand
Nargiza
2023-07-15T11:09:24.000000Z
12,822
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro agarda siz erngizni birinchi turmush o‘rtog‘i(kundoshingiz) bilan bir tom ostida bir uyda umumiy ro‘zg‘or yuritmasangiz eringizga hech qanday javobgarlik yo‘q
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T10:47:09.000000Z
23,412
Bu vaziyatda erimni ustidan shikoyat qilsam bo'ladimi?
Assalom aleyküm men ikkinchi hotin bulib yashayman erim meni butkul tashlab quyadi hozirda 8 oylik homiladorman erimni ustidan shikoyat qilsam qandaydir chora kuriladimi erimga nisbatan
family
words.regions.samarkand
Nargiza
2023-07-15T11:09:24.000000Z
12,823
Faqatgina alument olish huquqiz bor
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-22T10:47:32.000000Z
23,395
Bu holatda harbiy bo'limning mazkur holatdagi harakatlari qonunga muvofiqmi?
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, Voyankomat bir oylik harbiy xizmatni o'tab kelgan fuqaroni, uning roziligisiz qandaydir o'quv yig'inlarga majburiy jalb qilishi mumkinmi?
military
words.regions.karakalpakistan
Inomjon
2023-07-14T07:26:45.000000Z
12,776
Hurmatli Inomjon! O‘zbekiston Respublikasining “ Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida ”gi, “ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida ”gi qonunlariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini Vataniga sodiq, harbiy xizmatga har tomonlama tayyor bo‘lgan fuqarolar bilan butlash, ular tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi va sharoitlarini, qo‘shinlarning davlatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishga doimiy jangovar shayligini ta’minlash, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 325 bandda o'tib ko’rsatilgan:  “Rezervchilarni tayyorlashning asosiy mazmuni ular ro‘yxatga olingan bo‘linmalar tarkibida jangovar tayyorgarlik bo‘yicha individual bilim, malaka va mahoratlarni oshirish, harakatlar taktikasini puxta o‘rganishdan iborat” 326 bandda «Rezervchilarni tayyorlash, qoidaga ko‘ra, hududiy prinsip bo‘yicha harbiy qismlar, o‘quv markazlari qoshida harbiy yig‘inlar tashkil etish va o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek safarbarlik o‘quvlari va mashqlarini o‘tkazish davomida amalga oshiriladi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har yili tasdiqlanadigan rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi asosida vazirliklar tomonidan ishlab chiqiladigan harbiy yig‘inlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirmaga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarni harbiy yig‘inlarga chaqirishning hisob-kitobi joriy yilning 1-avgustiga qadar tegishli vazirliklar tomonidan taqdim etiladigan takliflar asosida har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tuziladi.
Viktor Matrasulov
words.regions.khorezm
false
true
2023-07-17T06:20:57.000000Z
23,394
Mazkur holatda davlat boji kim tomonidan qo'lanadi?
Ассалому алейкум! Ер масаласи бойича саволим бор, хокимият тарафидан 2020 йил ‘ешларга бизнинг келажагимиз’ 6 соток ер майдони ажратилганди. Курилиш ишларини бошламаганим учун хокимият мени фукоролик судга берди ерни кайтарип олиш учун 15.06.2023 суд болип отди ва мендан ерни кайтарип олди. Енди менга почта оркали хат келди фукоролик судидан давлат божидан 660.000 минг карздорсиз деп, бу божни хокимият толамайдими?
civil
words.regions.karakalpakistan
Фаррух
2023-07-14T06:56:37.000000Z
12,773
Assalomu alaykum Farrux aka Sudda qaysi tarafni manfaati qondirilib berilsa, oʻsha tomon davlat bojini oddiy qilib aytganda yutqazgan tomondan undirishni soʻraydi. Shuning uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha xat sizga kelgan.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-14T07:03:58.000000Z
23,383
Men hozrigi holatda maktabda dars bera olamanmi?
Assalom alekum! Men Nizomiy DPI sirtqi ta‘lim tarix 2- kurs talabasiman kelasi o‘quv yilidan. Maktabga ishlashim mumkinmi? Talaba 2-kursdan ishlashi mumkin degan mazmundagi qaror loyihasi tasdiqlandimi?
education
words.regions.surkhandarya
Gulhayo
2023-07-13T03:50:59.000000Z
12,771
Assalom aleykum Gulhayo. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21-dekabr kungi 275-sonli qarorining 2-bo'limi 8-bandi ya'ni Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga halaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilangan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda siz 3- kursdan boshlab ishlashingiz mumkin bo'ladi. siz nazarda tutgan qaror tasdiqlanganicha yo'q. Yuridik.uz platformasidan foydalanganingiz uchun tashakkur.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-14T04:52:34.000000Z
23,382
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
Ассалому алайкум менинг телефонимдан ҳар хил порно сайтларга кирилганган ва ҳозир менга 242-модда билан жиноий иш очилади 350 000 сўм жарима тўламасангиз ва қурилмадаги контактларга СМСФ юборамиз, Uzbekistan-102mvd деб сайтидан хабар келayapti браузеримга. 242-моддани тушинтириб берсангиз, илтимос! Бу хабар хаккерларни найранги эмасми? нима килсам болади?
criminal
words.regions.andijan
Murodjon
2023-07-13T02:48:17.000000Z
12,768
Assalomu alaykum Murodjon Bu xabarlarga ishonmang va pul toʻlamang.Firibgarlar bunday xabarlarni yuboradi. Jarima sizga chiqsa, bunday tartibda sizga yuborilmaydi. Sizga pochta orqali keladi va kim nima sababdan sizga jarima qoʻllaganligi aniq yoziladi. Shuning uchun bunda xabarlarga ishonmang.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-13T03:37:20.000000Z
23,380
Bu holatda pulni qanday qaytarib olsam bo'ladi?
Assalomu alaykum! Man instagramda onlayn magazinga kiyim buyurtma qilgandim va uzogʻi 5kun korsatilgan muddatdan 12 kun oʻtdi ammo na pul na tovar qaytarilmadi Admin hatto javob bermayapti dalil sifatida click orqali tashlangan karta va chek rasmi va suhbat bolgan skrinshotlar bor karta raqam egasini ism familiyasi ham kimga va qanaqa murojaat qilsam boladi zero minglab odamlani pulini shunchaki aldov bilan oʻzlashtrib ketishyapti
civil
words.regions.kashkadarya
Adiy
2023-07-12T18:21:27.000000Z
12,790
Assalomu aleykum Ushbu holat bo'yicha Siz tuman Ichki ishlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T20:02:50.000000Z
23,378
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
Assalomu alaykum, menga JK-242-moddasi bilan ta‘qiqlangan pornografik saytlarga bir necha bor kirganingiz uchun 350 000 so‘m jarima solindi, agar jarimani 6 siat ichida 8600 0417 9722 0465 kartasiga to‘lamasangiz kontaktlarizdagi barcha raqamlarga sms boradi va JK-242-modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib prokuraturaga yuboriladi degan habar uzbekistan-102mvd dan habarnoma keldi va men 350 000 so‘m yuqoridagi karta raqamiga pul o‘tkazdim, endi uni qanday qaytarib olsam bo‘ladi, iloji bormi, iltimos yordam bering
criminal
words.regions.andijan
Dilshodbek
2023-07-12T10:08:53.000000Z
12,764
Assalomu alaykum Dilshodbek Bunday xabarlarga ishonmang va pul o'tkazdirmang. Bunday holatlar firibgarlar tomonidan amalga oshiriladigan xarakat.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-12T11:24:12.000000Z
23,377
Farzandimni opamga qonuniy berishimning tartibi qanday?
Men yaqinda tugʻilgan chaqalogʻimni opamga bermoqchiman. Sababi 3 yildan beri befarzand. Meni katta oʻgʻlim 2 yoshda kichkinasi hali 2 haftalik. Kichkina oʻgʻlimni opam oilasiga farzandlikka bermoqchiman. Opamni eri nevrologik sabablarga koʻra 2-guruh nogironi. Buni qay tartibda amalga oshirishim kerak?
civil
words.regions.khorezm
Odamboy
2023-07-12T04:22:28.000000Z
12,799
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro ushbu masala O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151-172-moddalari bilan tartibga solinadi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi. Siz va opangiz avvalombor Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilishingiz kerak va ular sizga 16 turdagi hujjatlar ro'yxatini taqdim qiladi.Shu hujjatlarni rasmiylashtirganingizdan so'ng vasiylik va homiylik organi xodimlari uyingizni ko'zdan kechirgandan so'ng xulosa beradi.Ushbu xulosa bilan sudga murojaat qilasiz.Sud Jismoniy va yuridik shaxsl;arning murojaatlari to'g'risidagi qonunga ko'ra 1 oy ichida arizani o'rganib chiqadi.
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-07-21T07:26:47.000000Z
23,374
Men 3-kursdan o'qishimni sirtqi ta'limga ko'chirsam bo'ladimi?
Ассалому алейкум. Мен кундузги таълимда у’кийман. 2- курсни тамомладим. Саволим шундан иборатки: 3- курсдан бошлаб сиртки таълимга ку’чирсам буладими?
education
words.regions.navoiy
Шохжахон
2023-07-11T22:40:39.000000Z
12,789
Assalomu aleykum Ha, Siz kunduzgi ta'limdan Kunduzgi; Sirtqi; Kechki (smenali) ga ko'chirishingiz mumkin. Buning uchun Siz https://transfer.edu.uz/uz orqali belgilangan muddatda asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-19T20:00:37.000000Z
23,365
Bu vaziyatda pulni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Man qo'qon shaxrida yashayman utgan oyda onamlardi mazalari Bulme qoldi doktorlar isitmalarini tushiralmadi shunda bir tanishim Toshkent shaxrida bir yaxshi doktor borlegini aytib tel numerini berdi man unda tel qilib analizlarini tashadim u esa xar xil dorilar yozib bu dorilar faqat Toshkentda bulishini plastik kartasiga pul tushirsam junatib yuborishini ayti va man kartasiga 4.3 mln sum tashab berdim va oradan 20 kun vaqt o'tdi na doridan junatdi na pulimi qaytargani yug nima qilsam buladi
criminal
words.regions.ferghana
Muxiddin
2023-07-11T06:16:11.000000Z
12,756
Hurmatli Muhiddin! Sizning holatingizda aniq firibgarlik belgilari. Siz shifokorning yashash joyidagi huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz kerak. Bunday holda, uning plastik kartasiga pul o'tkazmalarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish kerak. Sizda uning telefon raqami ham bor.
Viktor Matrasulov
words.regions.khorezm
false
true
2023-07-11T06:31:13.000000Z
23,365
Bu vaziyatda pulni qanday qilib undirsam bo'ladi?
Man qo'qon shaxrida yashayman utgan oyda onamlardi mazalari Bulme qoldi doktorlar isitmalarini tushiralmadi shunda bir tanishim Toshkent shaxrida bir yaxshi doktor borlegini aytib tel numerini berdi man unda tel qilib analizlarini tashadim u esa xar xil dorilar yozib bu dorilar faqat Toshkentda bulishini plastik kartasiga pul tushirsam junatib yuborishini ayti va man kartasiga 4.3 mln sum tashab berdim va oradan 20 kun vaqt o'tdi na doridan junatdi na pulimi qaytargani yug nima qilsam buladi
criminal
words.regions.ferghana
Muxiddin
2023-07-11T06:16:11.000000Z
12,762
Ассалому алайкум. Ариза ёзиб беришимиз мумкин 90 042 00 41 боғланиш учун
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-12T04:31:39.000000Z
23,359
Quyidagi tartibdagi qurilish uchun qonunchilikda javobgarlik bormi?
Ассалом Алейкум хурматли юристлар мани саволим. Ховлида тураман, уйимни орқа томонига қўшним мани уй деворимга тираб гараж, тандирхона қуриб олган(алохида деворларсиз), масала шундаки мени уйимни пойдевор қисмига (хаво айланиш яхши бўлмаганлиги сабабли) зарар йетишни бошлабди. Бир неча бор айтсам хам бепарво. Қонуний чора борми
housing
words.regions.ferghana
Отабек
2023-07-10T03:14:26.000000Z
12,757
Hurmatli Otabek! Sizning holatingizda, ushbu muammoni qonuniy ravishda hal qilish uchun siz noqonuniy qurilishni majburan buzish to'g'risida qaror qabul qilish uchun yashash joyingizdagi fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishingiz kerak.
Viktor Matrasulov
words.regions.khorezm
false
true
2023-07-11T06:34:58.000000Z
23,346
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
Romitan tumanidagi 30-umumtalim maktab o`qituvchisi Aralova Muxayyo men OTM hujjat topshirmoqchiman 20 yillik stajim bor hujjat topshirishda 5 yillik pedagogik staj imtiyoz ko`rinmayopti sirtqiga topshirolmayopman muammo nimadaligini bilmayopman
education
words.regions.bukhara
Muxayyo
2023-07-08T07:41:10.000000Z
12,759
Hurmatli Muxayyo! 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan. Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron  tizimi-erp.maktab.uz ” dasturiga kiritishlarini so’raydi.
Viktor Matrasulov
words.regions.khorezm
false
true
2023-07-11T06:42:33.000000Z
23,344
Mazkur holat yuzasidan qayerga murojaat qilishim kerak
07.07.2023 soat 00.47 karta raqamimdan bepull ilovasi 600000 ming mablag’ni noqonuniy uzim bilmagan tartibda ywchib ovotti man bankimga murojat qilsam ham bepulga murojat qilsam ham hal qibirisholmadi nima qilishim kerak firibgarlarni topishni iloji bormi har kuni yechishga harakar qilishvotti kartami bloklattirdim shunda ham yechishga urinish buvotti
criminal
words.regions.tashkent_region
Behzod
2023-07-08T05:28:39.000000Z
12,809
Assalomu alaykum Ushbu vaziyatda Siz tuman IIB ga murojaat qilishingiz lozim.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-21T12:18:11.000000Z
23,343
қўшмча келишув шаклининг намунасидан тайёрлаб берсангиз
Ассалому алайкум. Ишлаётган ходимларнинг мехнат шартномасига янги Мехнат кодексига асосан қўшмча келишув шаклининг намунасидан тайёрлаб берсангиз илтимос.
labor
words.regions.andijan
Мукаддам
2023-07-08T05:13:43.000000Z
12,761
Assalomu alaykum, Muqaddam Siz ishlaydigan korxona nomini aytsangiz, nomini ham ko`rsatgan holda tayyorlab beramiz.
Akbarjon Mamadaliyev
words.regions.namangan
false
true
2023-07-12T04:22:15.000000Z
23,334
YPX xodimining harakatlari qonunga muvofiqmi?
Assalom aleykum! Men avtosalondan yangi mashina xarid qildim. Menga avtasalondan tomonidan mashinani boshqarish uchun ishonchnoma berishdi. Postda dan hodimi toxtatdi va hujatlarimni so’radi men hujjatlarimni taqdim qildim va dan xodimi hujjatim haqiqiy emasligi aytdi men dan xodimidan post boshlig’ini chaqirishini so’raganimda U 2 marta rad qildi va men mashinani haydab ketdim. Haydovchilik guvohnomamni ham bermadi va men 1102 ishonch telefoniga qo’giroq qilib bo’lgan voqeani aytim. Bir necha kundan so’ng dan hodimi menga qo’ng’iroq qilib mashinani jarima maydoniga olib kelishimni va menga nisbatan 194 moddaga asosan tegishli jarima to’lab ketishim kerakligini aytdi aks holda mashinamni qidiruvga berishini yokida uyimdan olib chiqib ketishini aytdi. Savolim. Dan xodimi shunday hatti harakat qilishga haqqi bor va mashinamni uyimdan olib chiqib ketishga haqqi bormi?
auto
words.regions.tashkent
Sherzod
2023-07-07T11:14:34.000000Z
12,753
Assalomu alaykum Sherzod aka savolingizga javob beraman. Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 219-moddasida Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonunchilik bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, Ya'ni avtotransport egasi qonunchilikda belgilangan qoidalarga amal qilamganda avtotransport ushlab turilishi uchun jarima maydonchasiga olib borilishi mumkin. Toki ushlab turilish sababi bartaraf etilmaguniga qadar yoki ma'muriy huquqbuzarlik ish ko'rib chiqilmaguniga qadar ushlab turilishi mumkin. Yuqoridagi moddaning a-bandida Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 194-moddasida  (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda IIB hodimi avtotranspot vositasini ushlab turish huquqiga ega ekanligi belgilanagan. Siz avval sizni ma'muriy javobgarlikka tortishdimi yoki yo'q shuni aniqlashtiring. Mamuriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 194-modddasi bilan bog'liq ishlar jinoyat sudi tomonidan ko'rib chiqiladi va ish ko'rilayotganda sizni xabrodor qilishlari zarur. Sudda ish ko'rib chiqilguniga qadar mashina ushlab turilishi mumkin. Shuning uchun avto mashinangizni sud yakunlanmaguniga qadar haydamaganingiz ma'qul. Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 293-modda ko'ra, Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarni ko‘zdan kechirish, transport vositalarini ushlab turish va ko‘zdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish, transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaxs yuqori organga (mansabdor shaxsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin. Siz ham bor shu asosga ko'ra, IIB hodimni ustidan shikoyat qilishingiz mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-07T12:11:01.000000Z
23,300
Bu vaziyatda qanday qilib nikohni bekor qilish mumkin?
Assalomu aleykum Boshqa mamlakatdan nikohdan o'tgan lekin O'zbekistondan respublikasidan nikohni ro'yhatdan o'tkazmagan. nikohni bekor qilmoqchi, Turmush o'rtog'im ajrashmoqchi emas. Nima qilsa bo'ladi? Boshqa mamlakatdagi Turmush o'rtog'im O'zbekiston respublikasini elchi xonasiga borib meni qidirishga bera oladimi
family
words.regions.samarkand
Zarrux
2023-07-04T08:29:51.000000Z
12,746
Assalomu alaykum, savolingizga javob beraman. Oila kodeksining 235-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni e’tirof etish tartibi ko'rsatilgan. Shunga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida tuzilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning  16-moddasida  nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari o‘rtasida boshqa davlat hududida o‘sha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb e’tirof etiladi. Demak, siz boshqa davlatda o'sha davlatning qonuchiligiga amal qilgan holda nikohni qayt etgan bo'lsalarning bu nikoh O'zbekiston hududida ham tan olinadi. Endi chet elda nikohdan o'tib, O'zbekiston hududida ajrashishga keladigan bo'lsak, Oila kodeksining 236-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari o‘rtasidagi nikohdan ajratish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir. Demak, er yoki xotindan biri O'zbekiston fuqarosi bo'lib, ular chet davlatdan nikohdan o'tishgan bo'lsa ham O'zbekistonga kelib ajrashishni so'rab sudga murojaat qilishi mumkin. Shuning uchun siz ham umumiy tartibda Fuqarolik sudiga ajrashish uchun da'vo ariza kiritishingiz mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo‘lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin. Agar o'rtada farzand bo'lmasa va hech qanday nizo mavjud bo'lmagan holda diplomatik vakolatxonalarda ham ajrashish mumkin.
Jahongir Dadajonov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-04T09:45:34.000000Z
23,284
Bu holatda mening mehnat ta'til qachon tugaydi?
Men 03.07.2023 yilda mehnat taʼtiliga chiqdim . Taʼtil vaqti 42 kalendar kuni, 3 ta farzandim bor.Ishga qaytish sanasini hisoblab bera olasizmi? Mttda tarbiyachiman . Oldindan raxmat
labor
words.regions.ferghana
Xafiza
2023-07-03T08:10:44.000000Z
12,744
Assalom aleykum Xafiza. siz tarbiyachi bo'lsangiz demak 42 kalendar kun asosiy ta'tilga chiqasiz. Mehnat kodeksining 401-moddasiga ko'ra O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. demak 42+ 4 =46 . undan tashqari ushbu kodeksning 220-moddasiga asosan Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi. masalan sizda 12 yoshga to'lmagan 2 yoki undan ortiq farzanlaringiz bo'lsa va ish stajingiz 5 yildan oshgan bo'lsa 42+4+2=48 kalendar kun hisoblanadi har 5 yillik staj uchun 2 kalendar kun hisoblanadi undan tashqari sizning maktabgacha ta'lim muassasangiz joylashgan hudud VMQ ning 743- sonli qarori ilovasi ro'yhatiga kiruvchi hududlarda bo'lsa yana qo'shimcha ta'til kunlari qo'shib hisoblanishi mumkin. Demak siz 3.07.2023 sanasidan ta'tilga chiqqan bo'lsangiz 4 kalendar kun qo'shilgan bo'lsa 17.08.2023 gacha va ishga chiqish kuningiz 18.08.2023 sanasi hisoblanadi yuridik xizmat ko'rsatish markazidan o'tgan ta'til buyrug'ingiz bilan tanishishingiz lozim.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-03T12:07:56.000000Z
23,282
Menga bu vaziyatda chet elga chiqishga ta'qiq yoqmi?
Assalomu aleykum Talabaman kunduzgi talimda o'qiyman yozgi tatil vaqtida chet davlatga chiqsam bo'ladimi? Agar chet davlatga chiqib dars boshlangunicha qaytib kelsam Insititut tomonidan hech qanaqa muammo bo'lmaydimi?
education
words.regions.kashkadarya
Shaxzod
2023-07-02T21:13:25.000000Z
12,732
Va aleykum assalom Shaxzod. Sizning ta'lim muassasangiz ichki nizomida chet elga chiqish uchun hechqanday taqiq bo'lmasa (odatda ichki nizomlarda bunday talab bo'lmaydi) siz bemalol yozgi ta'til davrida chet elga chiqishingiz mumkin. lekin dars soatlaringizda akademik qarzdorlik ya'ni belgilangan miqdordan ortiq sababsiz dars qoldirishingiz inistitut tomonidan sizga nisbatan chora ko'rishga sabab bo'lishi mumkin.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-03T04:03:33.000000Z
23,278
Quydigi holatda qaysi tashkilotga murojaat qilish kerak?
Assalomu alaykum, ajrashganman, farzandim 3 yoshga to'lmagan, bola 3 yoshga to'lgunga qadar onaga to'lanadigan sut puli olish uchun qayerga ariza yozishim kerak bo'ladi?
family
words.regions.tashkent_region
Feruza
2023-07-02T19:09:02.000000Z
12,731
Assalom aleykum Feruzaxon. Siz bola pulini olish uchun mahallaga ariza berishingiz lozim. quyida ariza berish tartibini va nafaqa tayinlash to'g'risidagi nizomni sizga havola qilaman. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.10.2021 yildagi 654-son ( Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi) 13. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilaga bolalar nafaqasi yoxud moddiy yordam yashash joyi bo‘yicha oilaning muomalaga layoqatli a’zosining yozma arizasiga asosan tayinlanadi. 14. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi. Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi. 15. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi) boshlig‘ining nomiga ushbu Nizomga  3-ilovaga  muvofiq shakldagi ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi); chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi); bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi; oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ushbu Nizomga  3a-ilovaga  muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot; ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reyestr” ATga taqdim etish to‘g‘risida oilada birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolari bilan tasdiqlangan ushbu Nizomga  3b-ilovaga  muvofiq shakl bo‘yicha ariza. Bunda birga yashovchi 18 yosh va undan katta yoshdagi muomalaga layoqatli barcha oila a’zolari imzolarining haqiqiyligi uchun ariza beruvchi javobgar bo‘ladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tekshiriladi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash uchun arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga oila ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etiladi. Bunda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan keyin berilgan arizalar belgilangan tartibda keyingi oyda ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchi tomonidan ushbu bandda keltirilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ariza beruvchiga qo‘shimcha ravishda qaysi hujjatlar taqdim etilishi kerakligi haqida xabar qiladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar qo‘shimcha besh kun ichida, biroq ushbu nafaqa yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 16-sanasiga qadar taqdim etilishi shart. 16. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi arizada ko‘rsatilgan ariza beruvchi va uning oila a’zolari tarkibini hamda ular arizada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yashayotganligini ariza berilgan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida, biroq bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olishni istayotgan oydan oldingi oyning 18-sanasiga qadar o‘rganib chiqadi. Ariza beruvchining oila tarkibi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga  4-ilovaga  muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumot fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har besh kunda kamida bir marotaba, biroq ariza berilgan oyning 19-sanasiga qadar ushbu Nizomning  14-bandida  ko‘rsatilgan ariza va taqdim etilgan zarur hujjatlarni hamda oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga  4-ilovaga  muvofiq shakl bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan ma’lumotlarni Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga arizalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlashni so‘rab murojaat etilgan arizalar ro‘yxatiga asosan ushbu Nizomga  5-ilovaga  muvofiq shakl bo‘yicha taqdim etiladi. 17. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan arizalar Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan har kuni, biroq ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar “Yagona reyestr” ATga kiritiladi. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan arizalar va unga ilova qilingan hujjatlar 3 yil davomida Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limlarida saqlanadi.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-03T03:54:08.000000Z
23,274
Holat yuzasidan qaysi tashkilotga murojaat qilishim kerak?
Salom ! Davlat ishida ishlayman ish stajim 14 yil buldi va har yili Mart oyida Tatilga chiqardim shu yil 13 oy dan beri otpuska bermayabti sababi boxona kimga mirojat qilishim kerak kim xal qilib beradi
labor
words.regions.navoiy
JASUR
2023-07-02T09:41:11.000000Z
12,720
Assalom alaykum. Ishlayotgan joyingiz viloyat yoki respublika boshqarmasiga, shuningdek kasaba uyushmasiga murojaat qilishingiz mumkin. Agar natija bolmasa sud huquqingizni tiklab beradi
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-07-02T09:49:27.000000Z
23,273
Men subsidyaga uy-joy olsam bo'ladimi?
Assalamu alaykum meni yoshim 34 da turmush chiqmaganman ota onam vafot etgan akam va oilasi bilan bir hovlida turamiz. Mening savolim subsidaga uy joy olsam bo'ladimi? Subsida olish uchun qayerga murojaat qilaman.
socialsecurity
words.regions.samarkand
Navruza
2023-07-02T05:23:01.000000Z
12,722
Assalom alaykum. Subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilasiz. Ular sizdan elektron ariza olib qolishadi. Qonunchilikda belgilangan mezonlarga tushsangiz sizga uy joy uchun subsidiya ajratiladi.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-07-02T09:52:54.000000Z
23,271
Men uyumni 1 yil muddatgacha shartnomasiz ijaraga bersam bo'ladimi?
Ассалому алайкум ҳурматли юристлар! Сизларга саволим шундан иборатки, "Фуқаролик кодекси" нинг 539-модда. Мулк ижараси шартномасининг шакли Мулк ижараси шартномаси бир йилдан ортиқ муддатга мўлжалланган бўлса, тарафлардан биронтаси юридик шахс бўлган ҳолларда эса, муддатидан қатъи назар, ёзма шаклда тузилиши шарт дейилган.Демак мен уйимни 1 йил муддатгача ёзма шаклсиз ёки шартномасиз ижарага берсам бўлади деганими? Жавоб учун олдиндан раҳмат!
civil
words.regions.tashkent
Kamoliddin
2023-07-01T21:05:07.000000Z
12,719
Assalom aleykum Kamoliddin aka. Ha siz to'g'ri tushungansiz. Ammo, Fuqarolik kodeksining boshqa moddasida (574-modda Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakli va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasining shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan bino yoki inshootni yoxud uning bir qismini ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim va ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi deyilgan. Demak, bu yerda 1 yildan ortiq muddatga tuziladigan bino ijara shartnomasi davlat ro'yhatidan o'tkazilishi lozim. ijara shartnomasini o'zi yozma shaklda tuzilishi lozim. va tuzilgan shartnomani soliq idorasiga ro'yhatga qo'yishingiz lozim agar ro'yhatga qo'ymasangiz ma'muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak ijara shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda soliq organiga royhatga qo'yilishi lozim. ijara shartnomasi shakli haqida kerak bo'lsa boshqa ma'lumotlar berishimiz mumkin. tizimdan foydalanganingiz uchun tashakkur.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-02T08:57:11.000000Z
23,271
Men uyumni 1 yil muddatgacha shartnomasiz ijaraga bersam bo'ladimi?
Ассалому алайкум ҳурматли юристлар! Сизларга саволим шундан иборатки, "Фуқаролик кодекси" нинг 539-модда. Мулк ижараси шартномасининг шакли Мулк ижараси шартномаси бир йилдан ортиқ муддатга мўлжалланган бўлса, тарафлардан биронтаси юридик шахс бўлган ҳолларда эса, муддатидан қатъи назар, ёзма шаклда тузилиши шарт дейилган.Демак мен уйимни 1 йил муддатгача ёзма шаклсиз ёки шартномасиз ижарага берсам бўлади деганими? Жавоб учун олдиндан раҳмат!
civil
words.regions.tashkent
Kamoliddin
2023-07-01T21:05:07.000000Z
12,723
Assalom alaykum. 539-moddadagi mulk ijara shartnomasi uy joylar ijarasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 603-moddaga kora uy joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklida tuzilishi hamda mazkur shartnoma soliq organlarda hisobga qoyilishi belgilab qoyilgan.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-07-02T10:00:29.000000Z
23,265
Men bu holatda qanday kasb egasi bo'lishim mumkin?
Men o'z milliy universitetining Siyosatshunoslik yunalishiga uqishga topshirmoqchiman,lekin menda savol bor men prokuror sudya hech bumasa advokat bumoqchiman ,siyosqtshunoslik yunalishini bititib shularning birontasida ishlash mumkinmi uzi siyosatshunoslik yunalishini bitirib kim bulib ishlashim mumkin
education
words.regions.surkhandarya
Sunnatullo
2023-07-01T09:11:03.000000Z
12,726
Assalom aleykum Sunnatillo. Siz mazkur yo'nalishni tamomlab yuqoridagi kasblarni egallay olmaysiz. chunki Prokuror,advokat yoki sudya bo'lish uchun sizdan oliy yuridik ma'lumot ta'lab etiladi. shu sizga yuqoridagi kasblardan birini egallash uchun Toshkent davlat yuridik universiteti yoki yurisprudensiya yo'naishiga ega hududlardagi OTM larga hujjat topshirishingizni tavsiya qilaman.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-02T17:57:45.000000Z
23,264
Bu holatda nima qilishni maslahat berasiz?
Telegram kanalida kobalt moshinasi sotilayotkan elonni 14 iyun kuni korib sovdolashish uchun sotuvchining oldiga bordim savdomiz òxshab moshinni sotib oladigan boldim va uyga sotuvchi bilan birgalikda kelib oldindan 65.000.000 sòm berishga keldik va men ushbu summani sotuvchiga tilxat xamda video syomka orqali berdim. Qolgan summani moshinani rasmilashtirilganidan keyin olishga rozi boldi va moshinani uyimga qoldirib ketdi. Ammo moshina rasmiylashtirish kuni kelganda oilaviy muommosini baxona qilib rasmiylashtirish idorasiga kelmadi. Oradan 10 kun òtib moshinani sotmasligini va olgan 65.000.000 sòm miqdordagi pulini qaytarib berishini aytdi afsuski 30 iyun kuni bolsada xali xamon pulni olib kelmadi telfon qilsak baxona qilishdan toxtamayapti shunday vaziyatda qanday yòl tutishni maslahat berasiz
auto
words.regions.surkhandarya
Sirojjon
2023-06-30T21:24:50.000000Z
12,736
Ассалому алайкум, сизда иккита йўл бор. Биринчиси, Жиноят кодексининг 168-моддасига кўра ф ирибгарлик, яъни алдаш ёки ишончни суиистеъмол қилиш йўли билан ўзганинг мулкини ёки ўзганинг мулкига бўлган ҳуқуқни қўлга киритиш — базавий ҳисоблаш миқдорининг эллик бараваридан юз бараваригача миқдорда жарима ёки икки йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки бир йилдан уч йилгача озодликни чеклаш ёхуд уч йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланади. Агар у одамнинг мақсади олдиндан пулни олиб, кейин машинани қайтариб бермаслик бўлса бу масалада прокуратурага ариза ёзишингиз мумкин. Ариза ёзиш хизмати бор. Иккинчиси, қўлингиздаги тилхат билан фуқаролик судига мурожаат қилиб олд-сотди шартномасини тузилган яъни ҳақиқий деб топиш бўйича мурожаат қиласиз. Бу кўпроқ вақт талаб этади ва бироз мураккаб жараён. Шу сабабли ҳозирча биринчи йўлни кўриб қўйиш керак. Алоқа учун рақамим 90 042 00 41
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-03T09:17:35.000000Z
23,263
Mazkur holat firibgarlik hisoblanadimi?
Assalomu alaykum Menga kecha uzbekistan-menistrry102.store saytidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimidan bildirishnoma keldi. Unga koʻra men pornografik materiallar tarqatilgan saytlarga bir necha marotaba kirganligim uchun telefonim blokirovka qilindi deb keldi. Keyin 6 soat ichida 350 000 ming soʻm jarima toʻlovi qilinmasa ushbu maʼlumotlar telefonimdagi barcha kontaktlarga yetib borishi mumkinligi ham taʼkidlab oʻtildi. Agar ushbu jarima toʻlanmasa, ish JKning 242-moddasi boʻyicha prokuraturaga oshirilishini bildirdi. Lekin JKning 242-moddasiga bu jinoyat toʻgʻri kelmaydiku. Shu masala boʻyicha xuquqiy yordam bersalaringiz degandim.
criminal
words.regions.tashkent_region
Muhammad
2023-06-30T17:57:25.000000Z
12,713
Assalamu alaykum. Bu firibgarlar tuzog'i. Hech qanday to'lov qilmang. Brouzerizi xotirasini o'chirib yuboring xabar ham yo'qoladi.
Aslbek Kasimov
words.regions.andijan
false
true
2023-07-01T05:48:54.000000Z
23,262
Men bu holatda qanday qilib DXXga ishga kirishim mumkin?
Assallomu aleykum! men 2002.04.07Qoraqolpoqiston respublikasi Amudaryo tumanida tugilganman dxx ga ishga kirmoqchiman .2021 2022 mudatli harbiy xizmatni otaganman 2022 yildan buyon IIV Qorovul qoshinlari safida shartnoma asosida xizmatni otamoqdaman shunga maslaxat bersangiz oldindan raxmat!
military
words.regions.tashkent_region
Abbos
2023-06-30T15:54:14.000000Z
12,737
Ассалому алайкум. Давлат хавфсизлик хизматига ишга кириш учун уларнинг 71 239-62-78 шу рақамига қўнғироқ қилишингиз ёки https://pm.gov.uz/uz#/authorities/1/10398/_apply шу сайт орқали онлайн мурожаат юбориб жавоб олишингиз мумкин.
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-03T09:20:01.000000Z
23,261
Men bu holatda uyni aka opalarim roziligisz sota olamanmi?
Uyimiz dadam nomida edi yaqinda vafot etdi bir akam bir opam bor uyni ularning roziligisiz sota olamanmi? ular uydan chiqib ketishgan uyda men oyim ayolim yashaymiz
civil
words.regions.ferghana
Jasur
2023-06-30T12:54:19.000000Z
12,728
Assalom aleykum Jasur. Agar dadangiz notarial tasdiqlangan vasiyatnoma qoldirmagan bo'lsalar ularning roziligi kerak bo'ladi. Siz uyni notarius orqali oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlash uchun merosga davogarning rozilini talab qiladi. merosga da'vo qiluvchilar merosga da'vosi yo'qligini bildirgandan keyingina natarius sizni shartnomangizni tasdiqlab beradi. Fuqarolik kodeksi (1151-modda Hozir bo‘lmagan merosxo‘rlarning huquqlari) tegishli moddasiga ko'ra Agar merosxo‘rlar orasida turgan joyi noma’lum shaxslar bo‘lsa, qolgan merosxo‘rlar, vasiyatnomani ijro etuvchi (meros boshqaruvchisi) va notarius ularning turgan joyini aniqlash hamda ularni vorislikka chaqirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishlari shart. Agar turgan joyi aniqlanib, meros olishga chaqirilgan-u, lekin hozir bo‘lmagan merosxo‘r merosdan voz kechmagan bo‘lsa, qolgan merosxo‘rlar merosni taqsimlash niyatlari to‘g‘risida uni xabardor qilishlari shart. Agar hozir bo‘lmagan merosxo‘r xabar qilingan paytdan e’tiboran uch oy ichida qolgan merosxo‘rlarni merosni taqsimlash haqidagi kelishuvda ishtirok etish istagi to‘g‘risida xabardor qilmasa, qolgan merosxo‘rlar hozir bo‘lmagan merosxo‘rga tegishli bo‘lgan ulushni ajratib, o‘zaro kelishuvga ko‘ra meros taqsimotini amalga oshirishga haqlidirlar. Agar hozir bo‘lmagan merosxo‘rning turgan joyi meros ochilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida aniqlanmasa va uning merosdan voz kechishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, qolgan merosxo‘rlar meros taqsimotini ushbu moddaning  ikkinchi qismi  qoidalari bo‘yicha amalga oshirishga haqlidirlar deyilgan. yuqoridagilardan shu ma'lum bo'ladiki agar opangiz yashash manzili aniq bo'lsa hatto ancha vaqtdan buyon chet elda bo'lsa ham ularning merosdan voz kechganligi to'g'risida yozma roziligi kerak bo'ladi.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-02T18:40:29.000000Z
23,260
Men sudda yo'qotgan narsalarimni undirib olishga huquqim bormi?
Assalomu alaykum. Mani 4 nafar farzandim bor. Shu 4 ta farzandim tuĝilguncha erim hamma tillalarimni sotib tugatgan. Qarzi tugasa bòldi deb indamadim. Endi bòlsa man oilamni boqalmiman, ajrashaman diyapti. Sudda shu yòqotgan narsalarimni qaytarib berishini sòrashga haqlimanmi.
family
words.regions.ferghana
Oyazimxon
2023-06-30T12:33:56.000000Z
12,715
Assalom alaykum. Agar tillalariz toy sovg'asi sifatida berilgan bolsa yoki sizga hadya sifatida qoldirilgan bolsa yoki umuman bu buyum toydan oldin pulingizga olgan bolsangiz sudda qaytarishni talab qilishga haqlisiz. Faqat osha tilla buyumlar sizga toy sovg'asi yoki hadya qilinganligini o'zingizni pulingizga olinganligi faktini isbotlab berishingiz talab etiladi.
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-07-01T07:57:14.000000Z
23,259
Bu holatda ulushlar qanday taqsimlanadci?
Ассалому алайкум, мени номимда уй бор, аёлимни номида йўқ, 3 та вояга етмаган фарзандимиз (17-13-9 ёш) бор. Иккаламиз хам ишлаймиз. Бу холатда хам уй тенг 2 га бўлинадими ёки болалар аёлим билан яшаса улушлар қандай бўлади? Жавобингиз учун олдиндан рахмат
family
words.regions.tashkent_region
Жасурбек
2023-06-30T09:47:54.000000Z
12,712
Assalom Aleykum. Oila kodeksining 23-moddasida (Er va xotinning umumiy mulki) Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.- deb belgilangan. yuqoridagilarni inobatga oladigan siz birgalikda nikoh davomida orttirgan mol mulklaringiz birgalikdai mulk hisoblanadi va turmush o'rtog'ingiz birgalikdagi mulkni tassaruf etish va foydalanishda siz bilan teng huquqli hisoblanadi.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-06-30T15:49:05.000000Z
23,255
Menga 2 oylik mehnat ta'tili to'liq beriladimi?
Assalomu alaykum! men 2022yil professional taʼlim tizimiga ishga kirdim va shu yili 8 oy mehmat taʼtiliga chiqmasdan ishladim.2022-2023 oʻquv yilida yana ishladim mana hozirgi kunga kelib mehnat taʼtiliga chiqishimiz kerak .Shunda mehnat taʼtili 2yillik toʻliq beriladimi va taʼtilga haq toʻlash ham 2yillik boʻladimi oldindan rahmat
civil
words.regions.navoiy
Sanʼat
2023-06-29T13:38:47.000000Z
12,733
Assalom aleykum San'atbek. Afsuski buning iloji yo'q chunki yangi Mehnat kodeksi ning 234-moddasi birinchi qismida Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi- deyilgan. Undan tashqari mazkur kodeksning 230- moddasida Har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak deb aniq ko'rsatib o'tilgan. Qolaversa Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. Agar ish beruvchi ta'tilni boshqa muddatga ko'chirmoqchi bo'lsa xodimni ogohlantirib buyruq bilan uni boshq qulay muddatga ko'chirishi lozim bo'ladi. Shuningdek. agar siz pedagog xodim bo'lsangiz kodeksning 223-moddasida har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga va uslubiyotchilariga. Ushbu toifadagi xodimlarning ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tiliga to‘liq hajmda haq to‘lanadi deyilgan. undan tashqari yangi mehnat kodeksiga asosan yillik mehnat ta'tilining maksimal muddati 56 kalendar kundan oshmasligi belgilangan.Yuqoridagilarni inobatga olgan holda siz pulli kompensatsiyangizni ishdan bo'shagan paytizda olishiz mumkin.
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-03T05:51:48.000000Z
23,252
Mazkur mashinga led lampa qo'yishga ruxsat bormi?
Assalomu alaykum menda nexia 1 avtamabili bor ishlab chiqarishdan tohtaginiga 15 yil boldi shunga belgilangan tartibda led lampa qoyishga ruxsat bormi? agar ruxsat bolsa qarorni qayerdan olsam boladi
auto
words.regions.khorezm
Javlon
2023-06-28T19:41:47.000000Z
12,734
Assalom aleykum Javlon aka. Mazkur holatni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 128 5 -moddasi 3-qismida ko'rsatilgan bo'lib Unda : Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning  birinchi  yoki  ikkinchi qismlarida  nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi- deyilgan. Yuqoridagi moddaga asoslanadigan bo’lsak,  led chiroqlardan foydalanmaganingiz maqsadga muvofiq. Ma’lumot uchun VMQ ning 191-sonli (rus tilida ) qarorda batfsil ko;rsatilgan
Fazliddin Jumaniyazov
words.regions.karakalpakistan
false
true
2023-07-03T06:46:41.000000Z
23,250
Holat yuzasidan qayerga murojaat qilsam bo'ladi?
Ishda turli bahona va tanbehlar bilan meni obrusizlantirishlar kuzatilmoqda! Ularning asl maqsadi meni ishdan yoki lavozimdan chetlatish! Yoshim 34 da pensiyaga chiqishimga 2 yil qoldi! Bu holatda kimga qanday murojaat qilish kerak? Rahbarlarga ham qonun bormi?
labor
words.regions.karakalpakistan
Xayrulla
2023-06-28T16:18:28.000000Z
12,738
Ассалому алайкум. Энг аввало, бу ҳолатларни запись (аудио ёки видео) қилиб боринг. Эртага қаергадир устидан шикоят қилсангиз далил талаб қилишса тақдим этишингиз учун. Ўзбекистон Республикасининг маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг 40-моддасига кўра т уҳмат, яъни била туриб ёлғон, бошқа бир шахсни шарманда қилувчи уйдирмаларни тарқатиш — базавий ҳисоблаш миқдорининг йигирма бараваридан олтмиш бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади. Агар сиз айтгандек ҳолат бўлаётган бўлса ва албатта далилингиз бўлса туман ИИБга шикоят қилинг. Эсда сақланг! Ўз розилигингиз билан ишдан бўшаш ҳақида ариза ёзманг. Меҳнат қонунчилиги бўйича пенсияга чиқсангиз ҳам иш берувчи сизни ишдан бўшатишга ҳақли эмас.
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-03T09:23:38.000000Z
23,248
Menga mehnat ta'tili puli to'lanadimi?
Men 2023yil 24-fevraldan tugruq tatiliga chiqdim. Sentyabrdan boshlab fevralgacha 6 oy muddat ishladim savolim shundan iboratki: menda mehnat tatil puli tòlanadimi agar tòlansa qancha qismi tòlanadi
labor
words.regions.andijan
Gulzoda
2023-06-27T19:17:09.000000Z
12,716
Assalomu alaykum, Gulnoza Siz qonunchilik bo`yicha har yilgi mehnat ta'tilini homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin olishingiz mumkin . (Mehnat kodeksi 228-moddasi) . Shuningdek, sizga "otpusknoy" to`lashda, sentabrdan fevralgacha bo`lgan haqiqatda ishlagan vaqtingiz, shu bilan birga sizni ish joyingiz (lavozimingiz) saqlanishi lozim bo`lgan payt-homiladorlik va tug`ish ta'tilida bo`lgan paytingiz (Mehnat kodeksi 226-moddasi) ham (126 kalendar kun) hisobga olinadi. Ikkinchi savolingizga keladigan bo`lsak, sizga mehnat ta'tili berilishi shart, (Mehnat kodeksi 214-moddasi). Har yilgi mehnat ta'tilini bermaslik va "otpusknoy" pulini bermaslik, ish beruvchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Akbarjon Mamadaliyev
words.regions.namangan
false
true
2023-07-01T16:17:23.000000Z
23,241
Ajrashish uchun onlayn ariza topshirsa bo'ladimi?
Assalomu alaykum yaxshimisiz men Toshkent shahrida yashayman turmush oʻrtogʻim bilan ajrashmoqchiman shunga onlayn ariza topshirsam boʻladimi 4 ta voyaga yetmagan farzandlarim bor
family
words.regions.tashkent_region
Sevara
2023-06-27T09:59:04.000000Z
12,705
Assalomu alaykum! Siz arizangizni https://cabinet.sud.uz/sign-in orqali elektron topshirishingiz mumkin. Havolaga kirgandan so'ng one.id kabinetingiz orqali saytda shaxsiy kabinet yaratasiz va shaxsiy kabinet orqali arizangizni fuqarolik ishlari bo'yicha sud (turmush o'rtog'ingiz yashaydigan joyda faoliyat yuritayotgan) ga jo'natasiz. Shuningdek, arizangizning holatini ham shu sahifa orqali tekshirib borishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-06-28T18:15:43.000000Z
23,239
Mazkur holat jinoyat sifatida baholandimi?
Assalomu alaykum 30 yoshdaman 2 yil telefon orqali bir yigit bilan gaplashganmiz 3 may kuni u kelib meni nomusimga tegib Rossiyada qochib ketdi sudga arizani berdim ekspirtiza qildirdim chiqmadi kech bo'libdi hech qanaqa dalil yo'q arizani qaytarib olishim uchun u yigit opalari mani haqorat qilib har xil tahdidlar qilyapdi nima qilsam bo'ladi
criminal
words.regions.kashkadarya
YOQUTOY
2023-06-27T04:51:28.000000Z
12,739
Ассалому алайкум. Жиноят кодексининг 118-моддасига кўра н омусга тегиш, яъни зўрлик ишлатиб, қўрқитиб ёки жабрланувчининг ожизлигидан фойдаланиб, жинсий алоқа қилиш жавобгарликка сабаб бўлади. Агар юқоридаги аломатлар Сиз билан бўлмаган бўлса унда унга жавобгарлик ҳам йўқ. Лекин унинг қариндошлари сизга таҳдид қилиши мумкин эмас. Аризани қайтариб олиш бу сизнинг ҳуқуқингиз. Ҳақорати учун жавобгарлик бор. Сиз бу масалада туман ИИБга шикоят қилинг.
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-03T09:26:19.000000Z
23,236
Bog' uchun olingan yerlarni xususiylashirish mumkinmi?
Biz bog‘ hisobida 6 sotix yer sotib olgandik, qurulish qilingan ammo hali tugallanmagan, bog‘ uchun olingan yerlarni ham yangi qonunga ko‘ra xususiylashtirish mumknmi?
housing
words.regions.namangan
Dovudxon
2023-06-26T18:53:58.000000Z
12,702
Assalomu alaykum. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni xususiylashtirish mumkin emas. Sotib olgan yeringiz toifasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan bo'lsa xususiylashtira olmaysiz.
Aslbek Kasimov
words.regions.andijan
false
true
2023-06-27T03:04:12.000000Z
23,235
Bu holatda meni asossiz lavozimimni pasaytirish mumkinmi?
Assalamu aleykum savolim shundan iboratki hech qanday asos yoki sabablarsiz egallab turgan lavozimdan past lavozimga o'tkazishga department direktorni haqqi bormi ? Ish davomimda umuman xayfsan yoki ogohlantirish olmaganman hech qanday sababsiz joyingni bo'shat bu o'tiradi sening joyingga deb ariza yozishga undayapti
labor
words.regions.tashkent
Elyor
2023-06-26T18:34:29.000000Z
12,704
Assalomu alaykum hurmatli murojaatchi! Mehnat qonunchiligiga ko'ra ish beruvchining ushbu harakatlari noqonuniydir.  Xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi. Xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Biroq, ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan boshqa ishga uning roziligisiz o'tkazish mumkin.  Demak, ishlab chiqarishdagi zarurat yoki hozirgi vazifangizda bekor turib qolish holatlari mavjud bo'lmasa, ish beruvchi Sizni boshqa ishga o'tkazayotganda albatta roziligingizni olishi zarur.  Ushbu vaziyatda siz buzilayotgan huquqlaringizni yakka mehnat nizolari bo'yicha komissiya yoki fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilish orqali himoya qilishingiz mumkin.
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-06-28T18:08:55.000000Z
23,233
Mazkur holatda nikohni qay tarzda bekor qilsa bo'ladi?
Ассалому алайкум менинг танишим Жанубий корега турмушга чиққан эди никохни Узбекистонда ва Кореяди рўйхатдан ўтказилган ша йил улар корея судида ўзаро келишган холда ажрашган ва ажрашганлиги хақидаги хужжатларни ўзбек тилига таржима қилиб ўзининг номидан иш олиб бориш учун синглисининг номига ишончнома асосида жунатган. Биз рўйхатдан ўтган ФХДЁ бўлимига мурожат қилдик аммо бу ишни суд орқали ажрим бўлади деяпти шу тўғоими агар иккаласи хам кореяда бўлса яна қорея қонунлари билан ажри қарори чиқарилган бўлса фақат ўша қарор тан олиниб ФХДЁ рўйхатни янгилаб қўмайдими ? шу масалада тўлиқ жавоб беришингизни ва иложи бўлса менга боғланиб амалий ёрдам беришингизни сўрайман
family
words.regions.tashkent
Jamshid
2023-06-26T13:51:08.000000Z
12,743
Ассалому алайкум. Оила кодексининг 236-моддасига кўра Ўзбекистон Республикаси фуқаролари билан чет эл фуқаролари ёки фуқаролиги бўлмаган шахслар ўртасидаги никоҳдан ажратиш Ўзбекистон Республикаси ҳудудидан ташқарида тегишли чет эл давлатининг қонунчилигига риоя этилган ҳолда амалга оширилган бўлса, Ўзбекистон Республикасида ҳақиқий деб эътироф этилади. Демак, ФХДЁда эътироф этилиши керак. Бу масалада юқори турувчига шикоят ёзинг. Шикоят ёзиш хизмати ҳам мажуд 90 042 00 41 алоқа учун рақам
Muxriddin Shamsiddinov
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-07-03T09:37:12.000000Z
23,231
Bu holatda men qarzimni sud orqali undirib olsam bo'ladimi?
Ассалом алекум. Бир танишимга қарз берган эди. Берилган қарзни нотариусдан қарз шартномаси сифатида рўйхатдан ўтказган эдик. Танишимни қарзни қайтаришга имкони бўлмаганлиги сабабли қарз шартномасида кўрсатилган муддатда (2022 йил сентябрь ойида) қайтармади. Одамгарчилик учун судга мурожжат қилмадим ва қарзни 2023 йил июль-август ойларида қайтариш бўйича оғзаки келшиб олди. Танишим энди ҳар хил бохоналар билан қарзни қайтармасдан юрибди. Савол. 1. Қарзни қайтариш учун қарз шартномаси бўйича судга мурожаат қилсам бўлади? 2. Қарз шартномасида қарзни қайтариш муддати ўтиб кетганлиги муаммо бўлмайдими? Маслахат учун олдиндан рахмат.
civil
words.regions.jizzakh
Даврон
2023-06-26T12:31:30.000000Z
12,706
Assalomu alaykum Birinchidan, qarz shartnomasi bo'yicha da'vo ariza javobgar ya'ni qarzdor yashaydigan hududdagi fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taqdim etiladi. Ikkinchidan, qarzni vaqtida to'lamaganlik holati siz uchun hech qanday muammo tug'dirmaydi. Siz da'vo arizangizda kechiktirilgan har bir kun yoki davr uchun penya undirishni so'rashingiz mumkin (q arzdor majburiyatlarning bajarilishini kechiktirib yuborganida to‘laydigan va o‘tkazib yuborilgan muddatning har bir kuni uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga nisbatan foiz bilan hisoblanadigan neustoyka penya hisoblanadi )
Munira Turobova
words.regions.tashkent_region
false
true
2023-06-28T18:22:51.000000Z
23,229
Hozir men raschyot to'lanishini so'rasam bo'ladimi?
Assalomu alaykum. Man 2021 yil aprel oyida DMTT dan o'z xoxishim bilan ishdan bo'shaganman. Raschyot to'lanmagan. To'lanishi kerakligini bilmaganman. Xozirda raschyot to'lanishini so'rasam bo'ladimi
labor
words.regions.ferghana
Dilshoda
2023-06-26T09:35:03.000000Z
12,698
Assalom alaykum. Boladi. Oz ish joyingizga yozma murojaat qilasiz. Agar to'lashmasa tumaningizdagi adliya bo’limiga ariza yozsangiz yordam berishadi
Umidjon Obidjonov
words.regions.andijan
false
true
2023-06-26T09:42:08.000000Z
23,226
Bu holatda kollej talabasi MTTda tarbiyachi bo'lib ishlashi mumkinmi?
Pedagogika kollejlarida Maktabgacha ta'lim yo'nalishida sirtqi ta'lim shaklida o'qiyotgan talabalar maktabgacha ta'lim muassalarida tarbiyacha bo'ib ishlashi mumkinmi
education
words.regions.karakalpakistan
Mardon
2023-06-26T06:19:29.000000Z
12,697
Assalomu alaykum hurmatli fuqaro O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2021-yil 30-dekabrdagi 255-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida" buyrug'ining 3-§ da Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachsi lavozimining malaka tavsiflari belgilangan bo'lib, unga ko'ra maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot; –boshqa yo‘nalish bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotlilar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim; –amaliy ish staji talab qilinmaydi Xulosa qilib aytganda Pedagogika kollejlarida Maktabgacha ta'lim yo'nalishida sirtqi ta'im shaklida o'qiyotgan talabalar maktabgacha ta'lim muassalarida tarbiyachi bo'lib ishlashi mumkin emas. ⭕️SIZNING KATTA MUAMMOYINGIZGA BIZDA OSON, QULAY, ARZON ENG MUHIMI SAMARALI YECHIM BOR.  Bizda quydagi yuridik xizmatlar mavjud.  ♻️Telefon va telegram orqali online maslahat  📄Aliment va moddiy ta'minot to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (3 kunda ijroga qaratiladi,zakssiz ham undirishmumkin)  🚻Ajrim to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish xizmati  💱Qarz to‘g‘risida ariza yozib online jo‘natish (til xatsiz ham undirish mumkin)  ♻️(jinoiy,ma'muriy,iqtisodiy va fuqarolik)sudlarga, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Majburiy ijro buyrosi va boshqa davlat tashkilotlariga da'vo, shikoyat yoki taklif yozib online jo‘natishda amaliy yordam  🆔One va mobile id ochishda amaliy yordam  🆔Elektron imzo ochishda amaliy yordam  🆙Prezident vertual qabulxonasiga ariza kiritib berish 🚻(zaks) Nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini olib berish amaliy yordam  🚼Bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining dublikatini olib berishda amaliy yordam
G'ayrat Abdinazarov
words.regions.kashkadarya
false
true
2023-06-26T07:52:58.000000Z